ABROL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ABROL®
ABROL®
Preparatning savdo nomi: Abrol®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol (ambroxol)
Dori shakli: tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 30 mg ambroksol gidroxloridi;
yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
Ta‘rifi: bir tomonida o‘yig‘i bo‘lgan oq rangli dumaloq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vosita
ATX kodi: R05CB06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ambroksol o‘rin almashingan benzilamin va bromgeksin metaboliti bo‘lib hisoblanadi. Ambroksol gidroxloridi nafas yo‘llari bezlari sekresiyasini oshirishi va alveolalarda va bronxiolalardagi Klar hujayralarida II tipdagi pnevmositga bevosita ta‘sir ko‘rsatish yo‘li bilan o‘pka surfaktanti ajralishini kuchaytirishi haqidagi ma‘lumotlar mavjud. Shuningdek ambroksol gidroxloridi siliar epiteliy faolligini rag‘batlantiradi, buning oqibatida shilliqni ajralishi va uning chiqarilishi (mukosiliar klirens) yengillashadi. Suyuqlik sekresiyasini faollashuvi va mukosiliar klirensni oshishi shilliqni chiqarilishini va yo‘talni yengillashtiradi. Qaytar va konsentrasiyaga bog‘liq bo‘lgan neyronlardagi natriy kanallarini bloklashi hisobiga ambroksol gidroxloridida mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir borligi tug‘risida ma‘lumotlar mavjud.
Shuningdek ambroksol gidroxloridida yallig‘lanishga qarshi (qondan sitokinlarni ajralib chiqishini sezilarli ravishda kamaytirish va mononuklear va polimorfnuklear hujayralar bilan bog‘lanishi hisobiga) ta‘siri mavjudligi haqida ma‘lumotlar mavjud.
Faringiti bo‘lgan pasientlarda ambroksol gidroxloridini qo‘llanilishi og‘riqni va tomoqdagi qizarishni sezilarli ravishda kamayishiga olib kelgan.
Ambroksol gidroxloridini qo‘llanilishi bronx-o‘pka sekretida va balg‘amda antibiotiklarning (amoksisillin, sefuroksim, eritromisinva doksisiklin) konsentrasiyasini oshiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Ambroksol gidroxloridini ta‘siri uzaytirilmagan peroral shakllaridan so‘rilishi davolash diapazonidagi dozaga to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik bilan tez va to‘liq yuz beradi. Tezda ajralib chiqadigan dori shakli peroral qabul qilinganida 1–2,5 soatdan keyin va sekin ajralib chiqariladigan dori shakllari qabul qilinganida 6,5 soatdan keyin qon plazmasida maksimal darajaga erishiladi.
Taqsimlanishi. Peroral qabul qilinganida ambroksol gidroxloridini qondan to‘qimalarga taqsimlanishi o‘pkada faol modda konsentrasiyasi yuqori bo‘lgan holda, tez va yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Peroral qabul qilinganida kutiladigan taqsimlanish hajmi 552 l ni tashkil etadi. Dozalarning davolash diapazonida preparatning taxminan 90% foizi qon plazmasida oqsillar bilan bog‘lanadi.
Metabolizmi va chiqarilishi. Peroral qo‘llanilganidan keyin dozaning taxminan 30% tizim oldi metabolizmi yo‘li bilan chiqariladi. Ambroksol gidroxloridi glyukouronizasiya va dibromantranil kislotasigacha parchalanishi (taxminan dozaning 10%) yo‘li bilan asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Ambroksol gidroxloridining dibromantranil kislotasigacha parchalanishi metabolizmi CYP3A4 ishtirokida yuz beradi. Peroral qabul qilinganidan keyin 3 kun o‘tgach, dozaning taxminan 6% o‘zgarmagan holda siydik bilan, dozaning taxminan 26 foizi kon‘yugasiyalangan shaklda chiqariladi.
Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 10 soatni tashkil etadi. Umumiy klirensi minutiga 660 ml chegarasida bo‘ladi. Buyrak klirensi umumiy klirensning 83% ni tashkil etadi.
Alohida pasientlar guruhidagi farmakokinetikasi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ambroksol gidroxloridini chiqarilishi kamaygan bo‘ladi, bu qon plazmasida uning darajasini 1,3–2 marta oshishini keltirib chiqaradi. Ambroksol gidroxloridining davolash diapazoni yetarlicha keng bo‘lganligi tufayli, dozani o‘zgartirish kerak emas.
Pasientning yoshi va jinsi ambroksol gidroxloridining farmakokinetikasiga klinik jihatdan ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi, shu sababli dozaga biror-bir tuzatish kiritish kerak emas.
Qo‘llanilishi
Bronxial sekresiyani buzilishi va shilliqni xarakatlanib o‘tishini kuchsizlanishi bilan bog‘liq o‘tkir va surunkali bronxo-pulmonal kasalliklarda sekretolitik davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar boshqacha doza buyurilmasa, Abrol® dori vositasining tavsiya etiladigan dozasi quyidagicha bo‘ladi:
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda: doza sutkada 2–3 marta 1/2 tabletkani tashkil etadi (sutkada ambroksol gidroxloridining 30–45 mg ga ekvivalent); kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda: doza birinchi 2–3 kun davomida sutkada 3 marta 1 ta tabletkani tashkil etadi (sutkada ambroksol gidroxloridining 90 mg ga ekvivalent). Davolashni sutkada 2 marta 1 ta tabletkani (sutkada ambroksol gidroxloridining 60 mg ga ekvivalent) qo‘llagan holda davom ettirish kerak.
Zarurat bo‘lganida kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun davolash samarasi sutkada 2 marta 2 ta tabletkani (sutkada ambroksol gidroxloridining 120 mg ga ekvivalent) qo‘llash bilan kuchaytirilishi mumkin.
Tabletkalarni ovqatlangandan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan, suv, choy yoki meva sharbati) bilan butunligicha yutiladi.
Umuman olganda qo‘llash davomiyligi bo‘yicha cheklovlar yo‘q, ammo uzoq muddatli davolashni tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazish lozim. Abrol® tabletkalarini shifokor bilan maslahatlashmasdan 4–5 kundan ko‘p qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (teri toshmasi, shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar, angionevrotik shish, dispnoe, qichishish va boshqa allergik reaksiyalar), anafilaktik reaksiyalar, jumladan anafilaktik shok; eshakemi.
Umumiy buzilishlar: shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar, isitma.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: eritema, terining og‘ir shikastlanishlari: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, qorinda og‘riq, og‘izni qurishi, jig‘ildon qaynashi, qabziyat, so‘lak oqishi, tomoqni qurishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: rinoreya, nafas yo‘llarini qurishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Abrol® preparatini ambroksol gidroxloridiga yoki preparatning boshqa komponentlariga ma‘lum yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Abrol® 30 mg tabletkalari ta‘sir kuchi tufayli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ambroksolni tegishli dozada qo‘llash tavsiya etiladi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Abrol® tabletkalarini va yo‘talni susaytiruvchi vositalarni bir vaqtda qo‘llanilishi yo‘tal refleksini susayishi oqibatida shilliqni ortiqcha to‘planishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday kombinasiyadan faqat preparatni qo‘llashdan kutiladigan foyda va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf nisbati shifokor tomonidan sinchkov baholanganidan keyin foydalanish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Terining og‘ir shikastlanishlari – Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) haqida bor-yo‘g‘i bir nechta xabar kelib tushgan bo‘lib, ular ambroksol gidroxloridi kabi balg‘am ko‘chiruvchi vositalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan. Ularni asosan pasientlarda asosiy kasallikni og‘ir kechishi yoki boshqa preparatni bir vaqtda qo‘llanilishi bilan izohlash mumkin.
Shuningdek Stivens-Djonson sindromi yoki Layell sindromining boshlang‘ich bosqichida pasientlarda nospesifik, grippni boshlanish belgilariga o‘xshash isitma tanada og‘riq rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq kabi simptomlar bo‘lishi mumkin. Bunday nospesifik, grippni boshlanish belgilariga o‘xshash simptomlarda yo‘talga va shamollashga qarshi preparatlar bilan simptomatik davolashni yanglish qo‘llash mumkin. Shuning uchun teri va shilliq qavatlarni yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganida darhol tibbiy yordam olish uchun murojaat qilish va ambroksol gidroxloridi bilan davolashni to‘xtatish lozim. Ambroksol shilliq sekresiyasini kuchaytirishi mumkinligi tufayli, Abrol® tabletkalarini bronxlar motorikasi buzilganida va shilliq sekresiyasi kuchayganida (masalan, birlamchi siliar diskineziya kabi kam uchraydigan kasallikda) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Buyrak faoliyati buzilgan yoki og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga Abrol® tabletkalarini faqat shifokor maslahatidan keyin qo‘llash lozim. Ambroksol qo‘llanilganida, jigarda metabolizmga uchraydigan, so‘ngra esa, buyrak orqali chiqariladigan har qanday ta‘sir etuvchi modda kabi og‘ir darajada buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda jigarda hosil bo‘ladigan metabolitlarni to‘planishi yuz beradi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik. Ambroksol gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali singib o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrionni/homilani rivojlanishi, tug‘ruq yoki postnatal rivojlanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita zararli ta‘sirlar aniqlanmagan.
Preparatni homiladorlikning 28 haftasidan keyin qo‘llanilishiga doir klinik tadqiqotlar natijasida homilaga nisbatan biror-bir zarar aniqlanmagan.
Biroq homiladorlik davrida dorilarni qabul qilinishiga nisbatan odatdagi choralarga rioya qilish kerak. Ayniqsa homiladorlikning I trimestrida Abrol® tabletkalarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Emizish. Ambroksol gidroxloridi ona sutiga o‘tadi. Garchi go‘daklarga noxush ta‘siri kutilmasa-da, Abrol® tabletkalarini laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar.
Siropni o‘zlashtira olmaydigan 6 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda qo‘llaniladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda odamlarda dozani oshirib yuborilishi hollari haqida xabarlar yo‘q. Doza oshirib yuborilgan holatlar va/yoki dorilarni yanglish qo‘llanilgani haqidagi yakka xabarlardan ma‘lum bo‘lgan simptomlar tavsiya etilgan dozalarda ambroksolning ma‘lum nojo‘ya ta‘sirlariga mos keladi va simptomatik davolashni talab etadi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda; 2 blisterdan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda original o‘ramida saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari