ADAMOL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ADAMOL®
ADAMOL®
Preparatning savdo nomi: Adamol®
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun kapsulalar
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: g‘adir-budir sariq erbaho, guttuin serdselistli, diffuz oldendandiya (Gediotis), Xristin dorivor tizimgul, Yunnan marmarak (ko‘pildizpoyali), yopishkok remaniya, yasminsimon gardeniya, jiyakli volodushkalar, astragala, kokossimon piyoz zamburug‘i ekstraktlari, ayiq safrosidan ajratib olib quritilgan kukun, kraxmal, talk, magniy stearati – 0,46 g.
Ta‘rifi: jigarrang rangdan to to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun saqlovchi, achchiq va yengil burushtiruvchi ta‘mli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: prostata bezi kasalliklarida qo‘llanadigan vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Majmuaviy preparatdir. Dori preparatining tarkibiga kiruvchi dorivor o‘simliklar ekstraktining ta‘sir etuvchi moddalari siydik xaydovchi, antiseptik, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Prostatit va prostata bezining xavfsiz giperplaziyasidagi siyishni buzilishida (pollakiuriya, dizuriya, og‘riqli siyishda) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin qo‘llanadi. 2-3 kapsuladan kuniga 3 marta. Davolash kursi 2-3 xaftani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak tizimi tomonidan: dispeptik buzilishlar, ko‘ngil aynishi, ishtaxani pasayishi, epigastral sohada og‘riq, og‘iz qurishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri qichishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
- preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik;
- jigar va/yoki buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlari, shuningdek yurak yetishmovchiligining og‘ir shakli;
- me‘da va 12 barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
12 kapsuladan alyumin folga bilan yopishtirilgan blisterlarda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Germetik o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari