AESKUVEN ko'rsatmalar
Yo‘riqnoma:pasientlar uchun ma‘lumot
Aeskuven
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Kattalarda qo‘llash uchun.
Oddiy kashtan urug‘ining quruq ekstrakti
Siz bu dorini qabul qilishni boshlashdan oldin, ushbu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Doim bu vositani ushbu yo‘riqnomada ta‘riflanganidek yoki shifokoringiz yoki farmasevt buyurganidek qabul qiling.
- Bu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, ehtimol Sizga yana bir marta o‘qib chiqish talab qilinishi mumkin.
- Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslaxat kerak bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
- Agar Siz 4 haftadan keyin o‘zingizni yaxshi xis qilmasangiz yoki agar Siz o‘zingizni yomon his qilsangiz shifokor bilan maslahatlashing.
- Agar Sizda biron-bir nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling. Bu ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan har qanday kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarni o‘z ichiga oladi. 4-bo‘limga qarang.
Ushbu yo‘riqnomada nima saqlanadi
- Aeskuven o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
- Aeskuvenni qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak
- Aeskuvenni qanday qabul qilish kerak
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
- Aeskuvenni qanday saqlash kerak
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
- Aeskuven o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
Aeskuven – bu oyoqlar shishi, venalarni varikoz kengayishi, og‘irlik xissi, og‘riq, charchoqlik, qichishish, boldirlarda zo‘riqish va tirishishlar bilan xarakterlanuvchi surunkali venoz yetishmovchiligini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan, dori vositadir.
- Aeskuvenni qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak
Aeskuvenni qabul qilmang
agar Sizda oddiy kashtan urug‘ining quruq ekstraktiga yoki preparatning boshqa ingredientlariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa (6-bo‘limda sanab o‘tilgan).
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Aeskuven preparatini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Aeskuvenni qabul qilayotganda alohida ehtiyotkorlik kerak.
- terini qizarishi yallig‘lanish belgilari bilan yoki usiz.
Bu yuza venalarning yallig‘lanish belgilari bo‘lishi mumkin (tromboflebit),
- agar Sizda oyoqlarda kuchli og‘riq bo‘lsa, yoki agar sizda oyoqlarning pastki qismida yoki tovonda ochiq jarohatlar (shuningdek oyoqlarda yaralar), yoki uning ko‘rinishlari bo‘lsa yoki paydo bo‘layotgan bo‘lsa,
- agar siz to‘satdan bir yoki ikkala oyoqda shishni sezgan bo‘lsangiz,
- agar yurak og‘rig‘iga to‘satdan shikoyatlar paydo bo‘lsa, masalan, agar nafasni qiyinlashishi yoki ko‘krakda og‘riq yoki buyrakda og‘riq paydo bo‘lsa. Bunday hollarda Aeskuvenni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish kerak.
Bolalar va o‘smirlar
Dori preparati bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlar uchun mo‘ljallanmagan.
Boshqa dorilar va Aeskuven
Agar siz oxirgi vaqtda har qanday boshqa dorilarni qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsangiz shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.
Aeskuvenni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Homiladorlik va emizish
Homilador va emizayotgan ayollarda oddiy kashtan urug‘ining quruq ekstrakti Aeskuven preparatini qo‘llash bo‘yicha yetarlicha ma‘lumotlar yo‘q.
Shuning uchun Aeskuven homiladorlik va emizish davrida tavsiya qilinmaydi.
Mexanizmlarni haydash va boshqarish
Mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Aeskuven laktoza va saxaroza saqlaydi
Agar ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligingiz Sizga ma‘lum bo‘lsa, Aeskuvenni faqat davolovchi shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qiling.
- Aeskuvenni qanday qabul qilish kerak
Doimo bu dori ushbu yo‘riqnomasida ta‘riflanganidek, yoki shifokoringiz yoki farmasevt buyurganidek qabul qiling. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Kattalar uchun tavsiya etiladigan doza quyidagicha:
2 qobiq bilan qoplangan tabletkalar ertalab va kechqurun (bu 60 mg kuniga 2 martaga to‘g‘ri keladi). Jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari hollarida dozalash tartibi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Dori preparati bolalar va18 yoshdan kichik o‘smirlar uchun mo‘ljallanmagan.
Qo‘llash usuli
Aeskuven, qobiq bilan qoplangan tabletkalarini chaynamasdan va oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Me‘da yoki ichak tomonidan buzilishlarda ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash davomiyligi
Davomliy samara kamida 4 hafta davolanganda kuzatiladi. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin uzoq vaqt qo‘llash mumkin. «ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari» va «bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limida ko‘rsatilganlarga amal qiling.
Agar Siz Aeskuvenning ta‘siri juda kuchli yoki juda kuchsizligini xis qilsangiz, iltimos shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslaxatlashing.
Agar Siz Aeskuvenni sizga buyurilgan dozasidan ko‘proq qabul qilgan bo‘lsangiz
Doza oshirib yuborilganda darhol shifokorga murojaat qiling.
Agar Siz Aeskuvenni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz oldingi dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz ikki barobar dozani qabul qilmang.
Agar Siz Aeskuvenni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolash istagan vaqtda xech qanday zararli ta‘sirlarsiz to‘xtatilishi mumkin.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha dorilar kabi, bu dori ham, barchada bo‘lmasa ham nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
Oddiy kashtan urug‘ining quruq ekstraktidan tayyorlangan preparatlarni qo‘llaganda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan, shuningdek bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yoki yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligi noma‘lum.
Nojo‘ya ta‘sirlari haqida xabarlar
Agar Sizda biron-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling. Bu ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga taalluqli. Nojo‘ya ta‘sirlari haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning xavfsizligi haqida mukammalroq ma‘lumotlarni taqdim qilishga yordam bergan bo‘lasiz.
- Aeskuvenni qanday saqlash kerak
Bu dorini bolalar ko‘rmaydigan va ololmaydigan joyda saqlang.
Preparatni o‘ramida va blisteridagi ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati (EXP) o‘tgach qabul qilmang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga taalluqli.
30°S dan yuqori haroratda saqlamang.
Har qanday ishlatilmagan dori preparatini yoki chiqindilarni mahalliy talablarga muvofiq utilizasiya qilish kerak.
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
Aeskuven nima saqlaydi
Faol modda:
Oddiy kashtan urug‘ining quruq ekstrakti
1 qobiq bilan qoplangan tabletka suvsiz β-Aescin ga qayta hisoblanganda muvofiq 30 mg triterpen glikozidiga to‘g‘ri keluvchi AesculushippocastanumL., urug‘ining (oddiy kashtan urug‘i): 93.3–162.1 mg ekstrakti (quruq ekstrakt) saqlaydi.
Erituvchili ekstraksiya: 50% li etanol.
Boshqa ingredientlar:
Laktoza monogidrati, sellyuloza kukuni, saxaroza (saccharose), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, metakril kislotasi-metil metakrilat sopolimeri (1:1), talk, araviy kamedi, titan dioksidi (Ye 171), makrogol 6000, povidon 25, krospovidon A turi kalsiy karbonati, asalari mumi, karnaub mumi, shellak, temir (III) gidroksidi oksid x N2O (Ye 172), temir (III) oksidi (Ye 172), temir (II, III) oksidi (Ye 172).
Aeskuven o‘rami ichidagisi qanday ko‘rinishga ega
Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, jigarrang-to‘q sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Aeskuven o‘ramda qobiq bilan qoplangan 40 tabletkadan chiqariladi.
Chiqarish shakllari