AKRIDOFERONning aptekalardagi narxlari
AKRIDOFERON eritma 125mg/ml 2ml N5
|
|
143 ta dorixonada bor
|
93 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
150 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
130 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
AKRIDOFERON ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AKRIDOFERON
ACRIDOFERON
Preparatning savdo nomi: Akridoferon
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): akridonsirka kislotasi
Dori shakli: mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi:
Bir ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: akridonsirka kislotasi – 250,0 mg;
yordamchi moddalar: meglyumin – 193,0 mg, meglyumin 10% (m/hajm), pH muvofiqlashtirish uchun, in‘eksiya uchun suv – 2,0 ml gacha.
Ta‘rifi: tiniq, sariq-yashil rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: immunostimulyator vosita.
ATX kodi: L03AX18
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Akridonsirka kislotasi interferonning quyimolekulyar induktoridir, bu uning biologik keng faollik doirasini (viruslarga qarshi, immunomodulyasiya qiluvchi, yallig‘lanishga qarshi va boshqalar) belgilaydi.
Akridonsirka kislotasi yuborilganidan keyin interferonni xosil qiluvchi asosiy xujayralar – bu makrofaglar, T- va V-limfositlardir. Infeksiyaning turiga qarab, immunitetning u yoki bu bug‘ini faolligini oshganligi kuzatilishi mumkin. Preparat limfoid elementlar saqlovchi (taloq, jigar, o‘pka) a‘zo va to‘qimalarda interferonning yuqori titrlarini induksiya qiladi, granulositlar xosil bo‘lishini rag‘batlantirib, suyak ko‘migining ustun xujayralarini faollashtiradi. Akridonsirka kislotasi T-limfositlar va tabiiy killer xujayralarni faollashtiradi, T-xelperlar va T-supressorlar subpopulyasiyalari orasidagi muvozanatni normallashtiradi. α-interferonlarning faolligini kuchaytiradi. Akridonsirka kislotasi kana ensefalita, gripp, gepatit, gerpes viruslari, sitomegalovirus, odam immun tanqisligi virusi, papilloma virusi va boshqa viruslarga nisbatan faol. O‘tkir virusli gepatitlarda Akridonsirka kislotasi kasalliklarni surunkali shakliga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
OITV-infeksiyasining ilk ko‘rinishlari bosqichida immunitet ko‘rsatkichlarini barqarorlashishiga yordam beradi. Preparatni o‘tkir va surunkali bakterial infeksiyalarni majmuaviy davolashda (neyroinfeksiyalar, xlamidiozlar, bronxitlar, pnevmoniyalar, operasiyadan keyingi asoratlar, urogenital infeksiyalar, yara kasalligi) immunoterapiyaning komponenti sifatida yuqori samaradorligi aniqlangan. Akridonsirka kislotasi revmatik va biriktiruvchi tuqimaning tizimli kasalliklarida autoimmun reaksiyalarni susaytirib va yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatib, yuqori samaradorlik namoyon qiladi.
Farmakokinetikasi
Maksimal mumkin bo‘lgan doza yuborilganida qondagi maksimal konsentrasiyasiga 1-2 soat o‘tgach erishiladi, 24 soat o‘tgach preparat juda oz miqdorlarda aniqlanadi. Gematoensefalik to‘sig‘i orqali o‘tadi. Yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida organizmda to‘planmaydi.
Ko‘llanilishi
Akridoferon 125 mg/ml eritmasi mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun kattalarda majmuaviy davolashda:
- OITV-infeksiyasi (2A-2V bosqichi);
- neyroinfeksiyalar: seroz meningitlar va ensefalitlar, kana borelliozi (Layma kasalligi);
- A, V, S, D virusli gepatitlar;
- gerpes va sitomegalovirus infeksiyalari;
- o‘tkir va surunkali bakterial va zamburug‘li infeksiyalar bilan assosiasiyalangan ikkilamchi immun tanqisliklari;
- xlamidiy infeksiyalari;
- revmatik va biriktiruvchi tuqimaning tizimli kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik);
- bo‘g‘imlarning degenerativ – distrofik kasalliklari: deformasiyalanuvchi osteoartroz va boshqalarda qo‘llanadi.
Akridoferon 125 mg/ml eritmasi mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun bolalarda majmuaviy davolashda:
- A, V, S, D virusli gepatitlar;
- gerpetik infeksiyalar;
- OITV-infeksiyasi (2A-2V bosqichi) da qo‘llanadi;
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalar
Kattalarda
Akridonsirka kislotasi mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada bir marta asosiy sxema bo‘yicha qo‘llanadi: kunora. Davolash kursining davomiyligi kasallikka bog‘liq.
- Gerpes va sitomegalovirus infeksiyasida asosiy sxema bo‘yicha 0,25 g dan 10 in‘eksiya. Yig‘indi doza 2,5 g. Davolash kasallikni zo‘rayishini boshida samaraliroq.
- Neyroinfeksiyalarda preparat asosiy sxema bo‘yicha yuboriladi. Davolash kursi 0,25-0,5 g dan 12 in‘eksiya, etiotrop davolash bilan majmuada. Yig‘indi doza 3-6 g. Zaruratiga qarab takroriy kurslar o‘tkaziladi.
- Xlamidiy infeksiyasida asosiy sxema bo‘yicha yuboriladi. Davolash kursi 10 in‘eksiya 0,25 g dan. Yig‘indi doza 2,5 g. Takroriy davolash kursi 10-14 kundan keyin o‘tkaziladi. Akridonsirka kislotasini antibiotiklar bilan birga qo‘shish madsadga muvofiqdir.
- O‘tkir virusli A, V, S, D gepatitlarda va aralash shakllarida preparat asosiy sxema bo‘yicha 0,5 g dan 10 in‘eksiyalardan yuboriladi. Yig‘indi doza 5,0 g. Infeksiyani davomli kechishida kurs 10-14 kundan keyin takrorlanadi.
- Surunkali virusli V, S, D gepatitlarida va aralash shakllarida preparat asosiy sxema bo‘yicha 0,5 g dan 10 in‘eksiyalarda yuboriladi, keyin bir maromda ushlab turuvchi sxema bo‘yicha xaftada 3 marta uch oy davomida majmuaviy davolash tarkibida. Interferonlar va ximioterapiya bilan qo‘shish tavsiya qilinadi. Kursni takrorlash 10-14 kundan keyin.
- OITV-infeksiyasida (2A-ZV bosqichi) asos sxemasi bo‘yicha 10 in‘eksiyalar 0,5 g dan va keyin bir maromda ushlab turuvchi sxema bo‘yicha uch kunda bir marta 2,5 oy davomida. Takroriy davolash kursi 10 kundan keyin.
- Immun tanqisligi xolatlarida davolash kursi asosiy sxema bo‘yicha 0,25 g bir martalik dozada mushak ichiga 10 in‘eksiyalar. Yig‘indi doza 2,5 g. Takroriy kurs 6-12 oydan sung o‘tkaziladi.
- Revmatik va biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklarida – 4 kurs, asosiy sxema bo‘yicha 0,25 g dan 5 in‘eksiya 10-14 kunlik tanaffus bilan. Takroriy kurs shifokor tavsiyasi bo‘yicha.
- Bo‘g‘imlarning degenerativ-distrofik kasalliklarida – 2 kurs, asosiy sxema bo‘yicha 0,25 g dan 5 in‘eksiyalar 10-14 kunlik tanaffus bilan. Takroriy kurs shifokor tavsiyasi bo‘yicha.
Bolalar:
Pediatriya amaliyotida Akridoferon mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada bir marta asosiy sxema bo‘yicha qo‘llanadi: kunora. Sutkalik davolash dozasi tana vazniga 6-10 mg/kg ni tashkil qiladi.
- A, V, S, D o‘tkir virusli gepatitlarda va aralash shakllarida preparat asos sxemasi bo‘yicha 15 in‘eksiyalarda yuboriladi. Infeksiyani davomli kechishida takroriy kurs 10-14 kundan keyin.
- V, S, D surunkali virusli gepatitlarda preparat davolash asosiy sxema bo‘yicha 10 in‘eksiyalarda yuboriladi va so‘ngra bir maromda ushlab turuvchi sxema bo‘yicha xaftada uch marta uch oy davomida majmuaviy davolash tarkibida yuboriladi. Interferonlar va ximioterapiya bilan qo‘shish tavsiya qilinadi.
- VICH – infeksiyasida (2A-2V bosqichlari) kurs asosiy sxema bo‘yicha 10 in‘eksiyalar va so‘ngra bir maromda ushlab turuvchi sxema bo‘yicha uch kunda bir marta uch oy davomida. Takroriy kurs 10 kundan keyin.
- Gerpetik infeksiyada kurs asosiy sxema bo‘yicha 10 in‘eksiya. Virusni replikativ faolligi saqlanganida davolash kursi tutib turuvchi sxema bo‘yicha uch kunda bir marta, to‘rt xafta davomida yuborish bilan davom ettiriladi.
Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda
Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda akridonuksus kislotasi bilan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llash usuli
Preparat mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada bir marta asosiy sxema bo‘yicha: kunora.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan reaksiyalar xaqida xabarlar:
Preparat qayd etilgandan keyin kuzatilishi mumkin bo‘lgan xabarlar xaqida ma‘lumotlar zarur xisoblanadi. Bu preparatni foyda/xavf nisbatini muntazam monitoringini ta‘minlaydi. Sog‘liqni saqlash xodimlarini nojo‘ya reaksiyalar xaqidagi xabarlarni davlat tizimi tomonidan biron bir kutilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar xaqidagi xabar berishini so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bulmagan xolatlar
Akridoferonni quyidagi xolatlarda qo‘llash mumkin emas:
- faol substansiyaga yoki yordamchi moddalarning birontasiga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik;
- emizish davri;
- dekompensasiyalangan jigar sirrozi;
- 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Akridoferon interferonlar va nukleozid analoglarining ta‘sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘satmalar
Gripp va respirator virusli infeksiyalar
Gripp va respirator virusli infeksiyalarni davolashda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Qalqonsimon bezi kasalliklari
Qalqonsimon bezi kasalliklarida shifokor – endokrinologning maslahati kerak.
Mushak ichiga yoki vena ichiga qo‘llanganda in‘eksiya uchun eritma sekin yuboriladi, chunki eritma gipertonik hisoblanadi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri
Emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Fertillik
Fertil yoshidagi erkak va ayollarda akridonsirka kislotasini samarasi noma‘lum.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Akridoferon ta‘sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta‘sir qiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qullanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi bo‘yicha ma‘lumotlar yuq.
Chiqarilish shakli
2 ml in‘eksiya uchun eritma jigarrang rangli shishada 5 ampula qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari