Aksel klobetazol ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AKSEL KLOBETAZOL
AXCEL CLOBETASOL
Preparatning savdo nomi: Aksel Klobetazol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klobetazol propinati
Dori shakli: surtma
Tarkibi:
Har bir 1 g quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: klobetazol propionati – 0,5 mg;
yordamchi moddalar: emulgin V2, suyuq parafin, oq yumshoq parafin.
Ta‘rifi: yarim tiniq, mumli, suvda erimaydigan surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: glyukokortikosteroidlar
ATX kodi: D07AD01
Farmakologik xususiyatlari
Klobetazol propionati glyukokortikoid bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Fosfolipaza A2 ning faolligini ingibisiya qiladigan lipokortin-oqsillarini hosil bo‘lishini induksiya qiladi, araxidon kislotasi va uning metabolizm mahsulotlari – prostaglandinlar, leykotrienlar hosil bo‘lishini tormozlaydi. Surtilgan sohada shish, shiperemiya va qichishishni bartaraf qiladi.
Mahalliy qo‘llanganida tizimli qon oqimiga so‘rilishi mumkin. Terining katta sohalariga surtilganida so‘rilishi yaqqol namoyon bo‘ladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, katta bo‘lmagan miqdori buyraklarda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.
Farmakokinetikasi
Ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Psoriaz (tarqalgan blyashkali shaklidan tashqari), surunkali ekzema, yassi temiratki, diskoid qizil yugurik, boshqa steroidlarning ta‘siriga berilmaydigan teri kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Krem va surtma terining shikastlangan sohalariga sutkada 1-2 marta yaxshilanish kuzatilgunicha yupqa qavat qilib qo‘yiladi. Preparatni qo‘llashni davom ettirish zarurati baholanmasdan, preparat bilan davolashni 4 haftadan ortiq o‘tkazish mumkin emas. Teri kasalliklari zo‘rayganida preparat bilan qisqa takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin. Agar glyukokortikoidlar bilan davolashni davom ettirish zarur bo‘lsa, faolligi kamroq preparatlarni ishlatish kerak. Ayrim rezistent holatlarda, ayniqsa giperkeratozda Aksel Klobetazolning kremi va surtmasining yallig‘lanishga qarshi samarasini shikastlangan sohaga tunga PE yordamida okklyuzion bog‘lov qo‘yish orqali kuchaytirish mumkin. Shundan so‘ng erishilgan davolash samarasini preparatni okklyuzion bog‘lovsiz qo‘llash bilan tutib turish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Uzoq muddat qo‘llanganida – yuzda va tananing boshqa sohalarida atrofik o‘zgarishlar (so‘gal, terini yupqalashishi, qon-tomirlarni kengayishi), terining himoya faoliyatini susayishi, kam hollarda – psoriazning pustulyoz shakli rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik; pushti va o‘smirlik husnbuzari; perioral dermatit, terini virusli (oddiy gerpes), zamburug‘li (kandidoz), bakterial (impetigo) infeksiyalari; perianal va genital qichishish; 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar dermatozi (shu jumladan, bichilishda dermatitlar va kuzatiladigan toshma) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ko‘rsatilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
2-4 hafta davomida yaxshilanish kuzatilmaganida tashxisni to‘g‘ri qo‘yilganiga shubha tug‘ilishi kerak. Zo‘rayishlar kuzatilganida qisqa muddatli takroriy davolash kurslarini o‘tkazish kerak. Psoriaz bilan xastalangan pasientlarda terining himoya faoliyati susayishi mumkin, pustulyoz psoriaz namoyon bo‘lishi, tolerantlik, qaytalanishlar rivojlanishi mumkin. Bolalarda, ayniqsa ko‘krak yoshidagi bolalarda preparatni davomli va uzluksiz qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki buyrak usti bezlari po‘stloq qavatining faoliyati susayishi mumkin. Ko‘krak yoshidagi bolalardagi tagliklar okklyuzion bog‘lov sifatida ta‘sir qilishi va kortikosteroidlarni so‘rilishini oshirishi mumkin. Preparat yuzga 5 kun davomida va okklyuzion bog‘lovsiz qo‘llanadi. Teriga yangi bog‘lov qo‘yishdan oldin terini tozalash kerak, chunki germetik (okklyuzion) bog‘lovlar oqibatida hosil bo‘ladigan iliqlik va namlik bakterial infeksiyani rivojlanishiga olib keladi. Bakterial infeksiyani qo‘shilishi preparatni qo‘llashni to‘xtatishni va antibakterial davolashni buyurishni talab etadi. Preparatni ko‘zlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak (glaukoma rivojlanishi mumkin). Preparatning katta miqdorlarini uzoq muddat (yoki katta sohalarga) qo‘llash tizimli so‘rilishiga (giperkortisizmga) olib kelishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davri
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Giperkortisizm belgilari namoyon bo‘ladi (preparat bekor qilish talab etiladi).
Chiqarilish shakli
15 grammdan tyubikda, bir tyubik qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari