Alaks ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALAKS
ALACS
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqish kerak, chunki u pasient uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Ayrim kasalliklarni shifokor yordamisiz davolash imkonini yaratish uchun ushbu preparat reseptsiz beriladi. Lekin davolashda yaxshi natijalarga erishish uchun Alaksni preparatini ehtiyotkorlik bilan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida keltirilgan ma‘lumotlarga muvofiq qo‘llash kerak.
-Zarurati bo‘lganida takroran o‘qib chiqish uchun ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani saqlash kerak.
-Maslahat yoki qo‘shimcha ma‘lumot kerak bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat etish kerak.
-Agar kasallik simptomlari kuchaysa yoki ularda o‘zgarishlar sizilmasa, shifokorga murojaat etish kerak.
Preparatning savdo nomi: ALAKS
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Aloe capensis, Frangulae corticis extractum siccum
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: kaps saburi kukuni (Aloe capensis) – 35 mg; itshumrut po‘stlog‘ining quruq ekstrakti (Frangulae corticis extractum siccum) – 42 mg;
yordamchi moddalar: tabletka mag‘zi: 2% li silikagellli mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, povidon, magniy stearati;
qobig‘i: saxaroza, talk, purkash bilan quritilgan arab yelimi, oq asalari va karnaub mumi aralashmasi (Capol® 1295), qizil koshenil Ye 124.
Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, qizg‘ish, sindirilganda och dog‘li jigarrang tabletka.
Farmakoterapevtik guruhi: surgi vositasi
ATX kodi: A06AV
Farmakologik xususiyatlari
1,8-digidroksiantrasen hosilalari surgi ta‘sir ko‘rsatadi. Glyukofrangulinlar va frangulinlar – bu muvofiq ravishda 0-diglikozidlar va 0-monoglikozidlardir. Aloinozidlar va aloin – bu S,0-diglikozidlar va S-glikozidlardir. Odatda (barcha v-0-glikozidlarga taalluqli) ovqat odamning hazm qilish yo‘llarini yuqori qismidagi ovqat hazm qilish fermentlarini tomonidan parchalanmaydi va shuning uchun ovqat hazm qilish yo‘llarida ahamiyatsiz darajada so‘riladi. Bu birikmalar ichakning bakterial florasi ta‘siri ostida faol metabolitlar (antron-9-emodin) ga aylanadi.
Samarasi ikkita asosiy ta‘sir mexanizmi bilan namoyon bo‘ladi:
- Ichak ichidagisini passajini tezlashishiga olib keluvchi yo‘g‘on ichak motorikasini rag‘batlantirish (yo‘g‘on ichakning shilliq qavatida joylashgan Na+/K+ nasosi va Cl kanallarini susayishi).
- Ichak bo‘shlig‘iga suyuqlikni ajralib chiqishini oshishiga olib keluvchi (shilliq va xloridlarni chiqarilishini rag‘batlantirish) jarayonlariga ta‘siri. Motorikaga ta‘siri, balkim chambar ichakdagi neyronlarni – ehtimol prostaglandinlar tomonidan rag‘batlantirishi bilan bog‘liq samaralar hisoblanadi. Odatda Preparat qabul qilingandan keyin 8-12 soat o‘tgach defekasiya kuzatiladi – bu preparatni chambar ichakka tushishiga va faol metabolitiga aylanishi uchun zarur vaqt bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Dori preparati Alaks qobiq bilan qoplangan tabletka uchun farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun farmakokinetikasi baholanayotgan preparatning alohida faol moddalarini tadqiqotlari asosida aniqlangan.
Itshumrut po‘stlog‘i. v-0-glikozidlar odam ovqat hazm qilish yo‘llarining yuqori qismida ovqat hazm qilish fermentlari tomonidan parchalanmaydi va shuning uchun ovqat hazm qilish yo‘llarida ahamiyatsiz darajada so‘riladi. Bundan birikmalar, yo‘g‘on ichakning bakterial florasi ta‘siri ostida faol metabolitlar, ya‘ni antron-9-emodinga aylanadi. Eng avvalo antraxin aglikonlar so‘rilishga uchraydi, ular keyinchalik glyukuronatlar va sulfatlarga aylanadi. Itshumrut po‘stlog‘ining ekstrakti ichga qabul qilinganida odamlar siydigida rein, emodin va xrizofanolning juda kam miqdori aniqlanadi. Boshqa antrabirikmalar qabul qilinganida rein kabi ularning faol metabolitlari emizikli onalarning sutiga kam miqdorda kiradi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda rein yo‘ldosh to‘sig‘i oqrali faqat oz miqdorda o‘tishi aniqlangan.
Kap saburi. Aloinozidlar, aloinlar va gidroksialoinlar bevosita yo‘g‘on ichakka o‘tadi, ularda bakterial fermentlar, xususan Eubacterium sp., BAR shtamm tomonidan faol antron birikmalar (antrabirikmalar), asosan aloe-emodin-9-antronga aylanib metabolizmga uchraydi. Aloe-emodin-9-antron qanday so‘rilishi noma‘lum. Lekin bevosita ko‘r ichakka yuboriladigan nishonlangan antron reinni ishlatib hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar faqat antron reinning faqat oz miqdori (10% dan kam) so‘rilishi namoyish etilgan. Erkin antronoidlarning tizimli metabolizmi halqaning tutilishi va tarkibiga bog‘liq. Aloe-emodin holatida hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda yuborilgan dozaning kamida 20-25% so‘rilishini namoyish qilgan. Aloe-emodin biokiraolishligi uni so‘rilishiga ishora qilishiga nisbatan past darajada hisoblanadi, chunki u rein va boshqa noma‘lum metabolitgacha tez oksidlanadi yoki kon‘yugasiyaga uchraydi.
Qo‘llanilishi
Qobiq bilan qoplangan tabletka ko‘rinishidagi Alaks kap saburi kukuni (Aloe capensis) va Itshumrut po‘stlog‘ining quruq ekstrakti (Frangulae corticis extractum siccum) saqlaydi. Preparatning tarkibiga kiruvchi antrabirikmalar surgi ta‘sir ko‘rsatadi. Surgi ta‘sir mexanizmi yo‘g‘on ichak peristaltikasini rag‘batlantirilishi (nerv oxirlarini ta‘sirlanishi) va ichakda suvni qayta so‘rilishini susayishi bilan tushuntiriladi. Natijada ichak passajini tezlashishi va yumshoq konsistensiyali axlat paydo bo‘lishi kuzatiladi. Surgi samarasi preparat qabul qilingandan keyin 8-12 soat o‘tgach kuzatilishi mumkin. Alaks preparati tasodifiy (sporadik) ravishda yuzaga keluvchi qabziyatlarda qisqa muddatli qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llash usuli va dozalari
12 yoshdan oshgan bolalar, kattalar, keksa yoshdagi shaxslar: kechqurun qobiq bilan qoplangan 1-2 tabletka bir stakan suv bilan qabul qilinadi. Normal sharoitlarda preparatni xaftada 2-3 martagacha qo‘llash yetarli. Tegishli bir martalik doza – bu yumshoq konsistensiyali axlat hosil bo‘lishi va kuchanmasdan bo‘shalishga olib keluvchi eng past dozadir. 30 mg antrabirikmalarni tashkil etuvchi sutkalik doza oshirilmasin, bu taxminan sutkada 2 tabletkaga mos keladi. Preparatni 1-2 xaftadan ortiq qo‘llash shifokor bilan maslahatlashishni talab etadi. Agar preparatni qo‘llash vaqtida simptomlar (qabziyat) saqlanib qolsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin. Itshumrut po‘stlog‘i va kap saburi qorinda spastik og‘riq chaqirishi, suyuq axlat hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa ta‘sirlangan ichak sindromi bo‘lgan shaxslarda. Biroq bu simptomlar shuningdek haddan tashqari yuqori dozalar qabul qilingan holatlarda rivojlanishi mumkin va bunday holatlarda qabul qilinayotgan dozani kamaytirish kerak. Preparatni uzoq vaqt qabul qilish suv-elektrolit buzilishlariga, shuningdek siydikda oqsil va qon paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Preparatni qo‘llash vaqtida siydik sariq yoki qizil-jigarrangga (siydikni rN ga bog‘liq) kirishi mumkin, lekin bu simptomlar sezilarli klinik ahamiyatga ega emas. Yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki farmasevtga murojaat etish tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol moddalari yoki biron-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanligi tasdiqlangan hollarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Ichak tutilishi va ichak bo‘shlig‘ini torayishi, ichak atoniyasi, chuvalchangsimon o‘simta yallig‘lanishi, yo‘g‘on ichakni yallig‘lanish kasalliklari (masalan, Kron kasalligi, yarali kolit), noma‘lum etiologiyali qorin og‘rig‘i, suv-elektrolit tanqisligi bilan kechuvchi og‘ir suvsizlanishda preparatni qo‘llash mumkin emas. 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llanilmasin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Surgi vositalarini uzoq vaqt qo‘llash yurakka ta‘sir ko‘rsatuvchi dori preparatlarining ta‘sirini kuchaytirishi yoki o‘zgartirishi mumkin. Siydik haydovchi preparatlar, kortikosteroidlar yoki qizilmiya ildizi preparatlarini bir vaqtda qabul qilish elektrolit buzilishlarini kuchaytirishi mumkin.
Preparat ichga qabul qilinayotgan boshqa preparatlarning so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pasientlarning alohida guruhlarida qo‘llaganda ehtiyotkorlik choralariga rioya qiling
Yurakka ta‘sir ko‘rsatuvchi dori preparatlari, siydik haydovchi preparatlar, kortikosteroidlar yoki qizilmiya ildizi preparatlarini qabul qilayotgan shaxslar itshumrut po‘stlog‘i va kap saburi preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Surgi ta‘sirga ega boshqa vositalar kabi ichakda axlatni tiqilishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusish kabi sababi aniqlanmagan o‘tkir yoki davomli me‘da-ichak ko‘rinishlari aniqlangan shaxslarda qo‘llanmasligi kerak – bunday hollarda preparatni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Agar surgi vositalarini har kuni qo‘llash zarur bo‘lsa, yuzaga kelayotgan qabziyatni sababini aniqlash kerak. Surgi vositalarini uzoq vaqt qo‘llashdan saqlanish kerak. 1-2 xaftadan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi va faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha davom ettirilishi mumkin. Nerv oxirlariga rag‘batlantiruvchi surgi vositalarini uzoq vaqt qo‘llash ichak funksiyasini buzilishiga (ichak atoniyasi) va qabziyatlarni yaqqolligi kuchayishiga va dozani oshirish zaruratiga olib keluvchi vositalar qaramlikka olib kelishi mumkin. Faqat parhezni o‘zgartirish yoki axlat massalari xajmini oshiruvchi vositalarni iste‘mol qilish yordamida terapevtik samaraga erishilmagan hollarda itshumrut po‘stlog‘i va kap saburini saqlovchi preparatlar qo‘llash mumkin. Axlatni tutib turolmasligi bo‘lgan shaxslarga itshumrut po‘stlog‘i va kap saburini saqlovchi preparatlar buyurilganda orqa chiqaruv teshigi sohasida bichilishlarni oldini olish uchun tagliklarni tez-tez almashtirish zarur. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda itshumrut po‘stlog‘i va kap saburini saqlovchi preparatlarni buyurish elektrolit buzilishlarni chaqirishi mumkin.
Alaks preparatini bolalarda qo‘llash
Alaks preparati 12 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llanilmasin.
Alaks preparatini buyrak (yoki) jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi
Yondosh buyrak kasalliklari bo‘lganida Alaks preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Alaks preparatini keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi
Keksa yoshdagi pasientlarda Alaks preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik
Homilador ayollarda qo‘llanilmasin.
Emizish davri
Qo‘llashning xavfsizligi haqidagi ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Ayrim metabolitlari ko‘krak suti bilan ajraladi.
Avtotransportni boshqarish va mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish
Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish va mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparatning ayrim komponentlari haqida muhim ma‘lumot
Preparat laktoza saqlaydi. Ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlanganida preparatni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat etish kerak. Preparatning tarkibiga kiruvchi bo‘yovchi (qizil koshenil) allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi yoki suiiste‘mol qilinishining asosiy simptomlari bo‘lib kuchli qorin og‘rig‘i va suv va elektrolitlarni yo‘qotilishiga olib keluvchi og‘ir darajadagi ich ketishi hisoblanadi, ularni o‘rnini to‘ldirish kerak (ich ketishi asosan kaliyni yo‘qotilishini chaqirishi mumkin). Preparatning dozasi oshirib yuborilganda shifokorga murojaat etish kerak. Davolash simptomatik bo‘lishi va organizmda suyuqlik o‘rnini jadal to‘ldirishni o‘z ichiga olishi kerak.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletka.
10 tabletkadan 2 blister karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari