Alloxolning aptekalardagi narxlari
ALLOXOL tabletkalari N10
|
|
25 ta dorixonada bor
|
1 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ALLOXOL-UBF tabletkalari N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
5 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
ALLOXOL tabletkalari N50
|
|
278 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
18 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
16 500 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Alloxol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALLOXOL
ALLOCHOLUM
Preparatning savdo nomi: Alloxol
Chiqarilish shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: qoramolning quruq safrosi – 80 mg, quritilgan sarimsoqpiyoz – 40 mg; faollashtirilgan ko‘mir – 25 mg; gazanda barglari – 5 mg;
yordamchi moddalar (yadro): magniy oksidi – 11 mg, kartoshka kraxmali – 43 mg, talk – 3 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 1 mg, kalsiy stearati – 2 mg.
yordamchi moddalar (qobig‘i): saxaroza (qand) – 164 mg, magniy gidrokarbonati (magniy karbonat asosi) – 35 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 2 mg, titan dioksidi – 3 mg, povidon (polivinilpirolidon) – 2 mg, talk – 3 mg, tropeolin O bo‘yovchisi – 0,04 mg, asalari mumi – 0,2 mg.
Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomoni qavariq, och-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida uch qavat: yadrosi – kulrang-qora rangli dog‘li, o‘rta qavati – oq rangli, va tashqi – och sariq rangli ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi: safro haydovchi vosita.
ATX kodi: A05AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Safro haydovchi (xolekinetik va xoleretik) vosita bo‘lib, ichakda chirish va achish jarayonlarini pasaytiradi. Jigar hujayralarining sekretor funksiyasini kuchaytiradi, me‘da-ichak yo‘llarining (MIY) a‘zolarining sekretor va harakat faolligini reflektor oshiradi. Safro va o‘t kislotalarini hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Safroning ta‘siri jigar parenximasini sekretor funksiyasiga reflektor ta‘siri bilan ifodalanadi. Safro shuningdek MIY sekretor va harakat funksiyasini kuchaytiradi.
Sarimsoqpiyozning tarkibidagi moddalar MIY sekretor va motor funksiyasini kuchaytiradi, safroning sekresiyasini rag‘batlantiradi.
Gazandaning barglari safro haydovchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Faollashtirilgan ko‘mir MIY da toksik moddalarni bog‘lab oluvchi adsorbent hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Alloxol MIY da yaxshi so‘riladi. Alloxolning tarkibidagi holat va xenodezoksixolat kislotalari jigarda metabolizmga uchraydi: aminokislotalar bilan kon‘yugasiyaga uchraydi, safroga sekresiyalanadi, u yerdan yana ichakka chiqariladi, so‘ngra qisman qayta so‘riladi; qolgan qismi ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Surunkali reaktiv gepatit, xolangit, toshsiz (kalkulyoz bo‘lmagan) xolesistitda, o‘t chiqarish yo‘llarining gipokinetik tur bo‘yicha diskeneziyasi, atonik qabziyat, postxolesistektomik sindromida majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin, 1-2 tabletkadan sutkada 3-4 marta 3-4 hafta davomida buyuriladi.
12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 3 marta (ovqatdan keyin) 3-4 hafta davomida buyuriladi.
Takroriy davolash kurslari 3 oylik interval bilan o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Diareya, allergik reaksiyalar, qon zardobida “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar.
O‘ta yuqori sezuvchanlik, kalkulyoz xolesistit, obturasion sariqlik, o‘tkir gepatit, jigarning o‘tkir va nimo‘tkir distrofiyasi, me‘da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida), o‘tkir pankreatit, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, saxaroza/izomaltoza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiya sindromida (chunki tarkibida saxaroza bor) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Qandli diabet (preparatning tarkibida saxaroza bor).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Alyumin gidroksid saqlovchi preparatlar, kolestiramin, kolestipol preparatning so‘rilishi va samarasini kamaytiradi. Bir vaqtda qabul qilish maqsadga muvofiq emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni ona uchun foyda, homila yoki bola uchun xavfdan yuqori bo‘lganida, shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Alohida diqqat va reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga preparatning ta‘siri
Preparat avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va alohida diqqatni va reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Diareya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, terini qichishishi kuzatilishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
50 tabletkadan polimer bankalarda.
10, 20, 24, 50 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
10 tabletkadan 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ram yoki 1 polimer banka tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
10, 20, 24 va 50 tabletkadan kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga yoki karton qutilar guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari