Amarilning aptekalardagi narxlari
AMARIL tabletkalari 4mg N30
|
|
218 ta dorixonada bor
|
43 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
138 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
99 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMARIL tabletkalari 2mg N30
|
|
246 ta dorixonada bor
|
38 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
69 800 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
58 900 so'mdan
Bron qilish
|
AMARIL tabletkalari 1mg N30
|
|
4 ta dorixonada bor
|
31 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
AMARIL tabletkalari 3mg N30
|
|
245 ta dorixonada bor
|
35 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
95 200 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
80 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMARIL M tabletkalari 2mg/500mg N30
|
|
1 ta dorixonada bor
|
52 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
||
AMARIL MSR tabletkalari 2mg/500mg N30
|
|
186 ta dorixonada bor
|
92 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
132 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
110 900 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Amaril ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMARIL®
AMARYL®
Preparatning savdo nomi: Amaril® (Amaryl®)
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glimepirid (glimepiride)
Dori shakli: tabletkalar.
Tarkibi:
Amaril 1 mg li bir tabletkada quyidagilar saqlanadi:
faol modda: 1 mg glimepirid;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmali (A tipi), povidon 25000 (Ye1201), mikrokristall sellyuloza (Ye460), magniy stearati (Ye470), temir (III) oksidi (Ye172).
Amaril 2 mg li bir tabletkada quyidagilar saqlanadi:
faol modda: 2 mg glimepirid;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmali (A tipi), povidon 25000 (Ye1201), mikrokristall sellyuloza (Ye460), magniy stearati (Ye470), temir (III) oksidi (Ye 172), indigokarmin alyuminiy laki.
Amaril 3 mg li bir tabletkada quyidagilar saqlanadi:
faol modda: 3 mg glimepirid;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmali (A tipi), povidon 25000 (Ye1201), mikrokristall sellyuloza (Ye460), magniy stearati (Ye470), temir (II) oksidi (Ye 172).
Amaril 4 mg li bir tabletkada quyidagilar saqlanadi:
faol modda: 4 mg glimepirid;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmali (A tipi), povidon 25000 (Ye1201), mikrokristall sellyuloza (Ye460), magniy stearati (Ye470), indigokarmin alyuminiy laki.
Ta‘rifi:
Amaril 1 mg: Uzunchoq, ikki tomoni yassi, ikkala tomonida bo‘lish chiziqchasi bo‘lgan pushti rangli tabletkalar. Yuqori shtampi: NMK/firma belgisi. Quyi shtampi: Firma belgisi/NMK.
Amaril 2 mg: Uzunchoq, ikki tomoni yassi, ikkala tomonida bo‘lish chiziqchasi bo‘lgan yashil rangli tabletkalar. Yuqori shtampi: NMM/firma belgisi. Quyi shtampi: Firma belgisi/NMM.
Amaril 3 mg: Uzunchoq, ikki tomoni yassi, ikkala tomonida bo‘lish chiziqchasi bo‘lgan och sariq rangli tabletkalar. Yuqori shtampi: NMN/firma belgisi. Quyi shtampi: Firma belgisi/NMN.
Amaril 4 mg: Uzunchoq, ikki tomoni yassi, ikkala tomonida bo‘lish chiziqchasi bo‘lgan havo rangli tabletkalar. Yuqori shtampi: NMO/firma belgisi. Quyi shtampi: Firma belgisi/NMO.
Zarur bo‘lganda Amaril® tabletkalarini chiziqcha bo‘ylab ikkita teng qismga bo‘lsa bo‘ladi.
Farmakoterapevtik guruhi: peroral qo‘llash uchun gipoglikemik vosita, insulindan tashqari: sulfonilmochevina hosilasi.
ATX kodi: A10VV12.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Glimepirid, Amarilning faol moddasi – sulfonilmochevinaning hosilasi bo‘lgan, peroral qo‘llash uchun gipoglikemik (qand miqdorini tushiruvchi) preparatdir.
Glimepirid me‘da osti bezining beta hujayralaridan insulin sekresiyasini rag‘batlantiradi. Sulfonilmochevinaning boshqa hosilalari bilan bo‘lgani kabi, bu ta‘sir pankreatik beta-xujayralarni o‘zining insulinini ta‘siriga sezuvchanligini yaxshilanishiga asoslangan. Bundan tashqari glimepirid shuningdek sulfonilmochevinaning boshqa hosilalari uchun ta‘riflangan yaqqol nopankreatik ta‘sirga ega.
Insulinni bo‘shatilishi
Sulfonilmochevina hosilalari beta hujayralarining membranasida joylashgan ATF ga bog‘liq kaliy kanallarining yopilishi orqali insulin sekresiyasini boshqaradilar.
Kaliy kanallarini yopish oqibatida beta hujayralar membranasining depolyarizasiyasini chaqirib, bu bilan kalsiy kanallarini ochilishiga va hujayra ichiga kalsiy kirishining ko‘payishiga yordam beradi.
Keltirilgan jarayon insulinni beta hujayralardan bo‘shatilishiga olib keladi.
Yuqori o‘rin bosuvchi tezlikka ega glimepirid beta hujayra membranasining ATF ga bog‘liq kaliy kanallari bilan bog‘liq oqsili bilan bog‘lanadi, ammo sulfonilmochevina hosilalarining an‘anaviy bog‘lanish joyidan farq qiladi.
Oshqozon osti bezidan tashqari faolligi
Bundan tashqari glimepiridning oshqozon osti bezidan tashqaridagi samaralari namoyon bo‘lgan: insulin ta‘siriga nisbatan periferik to‘qimalarning sezuvchanligini oshishi va jigar orqali insulin qabul qilinishining kamayishi.
Qondagi glyukozani periferik to‘qimalar (mushak va yog‘) orqali qabul qilinishi hujayra membranalarida joylashgan maxsus transport proteinlari (GLYUT4) orqali namoyon bo‘ladi. Bu to‘qimalarga glyukozaning transporti glyukozani utilizasiya bosqichi bilan tezlik bo‘yicha chegaralangan. Glimepirid mushak va yog‘ hujayralarining plazmatik membranasiga glyukozani transport qiluvchi (GLYUT4 – transporterlar) faol molekulalarning miqdorini juda tez ko‘paytiradi.
Glimepirid izolyasiyalangan mushak va yog‘ hujayralarida dori vositasi bilan chaqiraladigan lipogenez va glikogenez jaryonlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan glikozil-fosfatidilinozitol-spesifik fosfolipaza S ning faolligini kuchaytiradi.
Glimepirid glyukoneogenezni ingibirlovchi fruktozo-2,6-bisfosfatning hujayra ichidagi konsentrasiyasini ko‘paytirish yo‘li orqali jigarda glyukoza hosil bo‘lish jarayonini ingibirlaydi.
Glimepirid siklooksigenazani tanlab ingibirlab araxidon kislotasini trombositlar agregasiyasiga imkon yaratadigan tromboksan A2 ga aylanishini kamaytiradi, va bu bilan antitrombotik ta‘sir etadi.
Umumiy ma‘lumotlar
Sog‘lom odamlarda glimepiridning minimal effektiv peroral dozasi taxminan 0,6 mg ni tashkil qiladi. Glimepiridning samarasi dozaga bog‘liqdir.
Glimepirid qabul qilish davrida yuqori jismoniy yuklanmaga fiziologik javob sifatida insulin sekresiyasining mos ravishda pasayishi saqlanadi.
Kuzatiladigan ta‘siri ovqat qabul qilish bilan bog‘liq emas, preparat ovqatdan 30 min oldin yoki preparat qabul qilinganidan keyin darhol ovqat qabul qilinganmi buni ahamiyati yo‘q.
Diabet bilan kasallangan bemorlarda bir mahal sutkalik doza qabul qilinganida 24 soat davomida qoniqarli metobolik nazoratga erishish mumkin.
Glimepiridning gidroksimetaboliti sog‘lom odamlarda kam miqdorda lekin ahamiyatli ravishda qondagi glyukoza miqdorining kamayishini chaqirgan bo‘lsada, bu metabolit preparat umumiy samarasining faqat bir kichik qismigagina javobgardir.
Metformin bilan majmuaviy davolash
Ma‘lum bir klinik tekshiruv natijasida maksimal dozada metformin qabul qilgan va davolanishining qoniqarsiz natijalariga ega bo‘lgan bemorlarga davolash sxemasiga glimepiridni qo‘shish metabolizm nazoratini yaxshilanishiga olib kelgan.
Insulin bilan majmuaviy davolash
Glimepiridni insulin bilan birga qo‘llash haqidagi ma‘lumotlar chegaralangan.
Maksimal dozada glimepirid qabul qilganda ham qoniqarsiz natijalarga ega bo‘lgan bemorlarga insulin bilan davolashni boshlash mumkin. Ikkita klinik tekshiruv davomida majmuaviy davolash metabolik nazoratni yaxshilanishiga huddi insulin bilan monoterapiya o‘tkazilgandek olib kelgan, faqat majmuaviy davolashda insulinning dozasi ancha kamroq bo‘lgan.
Bemorlarning alohida guruhlari
Bolalar va o‘smirlar
24 hafta davom etgan faol nazoratli klinik tekshiruv (glimepirid kuniga 8 mg gacha yoki metformin 2,000 mg gacha kuniga) 285 ta (8-17 yoshdagi) 2-chi turdagi diabet bilan kasallangan bolalar ishtirokida o‘tkazilgan. Ikkala preparat, glimepirid va metformin, HbA1c ning dastlabki darajaga nisbatan ahamiyatli pasayishini
[glimepirid -0,95 (qon zardobida 0, 41); metformin -1,39 (qon zardobida 0,40)]. Ammo bunga qaramasdan, HbA1c ning dastlabki darajasiga nisbatan o‘rtacha o‘zgarishiga ko‘ra glimepirid «metforminadan yomon emas» degan statusga erisha olmadi. Metformin foydasiga bo‘lgan farq 0,44 % ni tashkil qildi. Yuqori chegarasi ishonch intervalining (1,05) 95 % bo‘lib, kam bo‘lmagan samarasining mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichi 0,3 % dan ko‘p bo‘lgan. Glimepirid bilan davolash qandli diabetning 2-chi turi bilan kasallangan katta yoshdagi bemorlarni davolashga nisbatan bolalar uchun hech qanday ortiqcha havfsizlik muammolarni keltirib chiqarmagan.
Pediatrik bemorlar uchun havfsizlik va samaradorlikning davomli tekshiruvlar ma‘lumotlari mavjud emas.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Glimepirid ichga qabul qilinganda uning biokiraolishligi to‘liq. Ovqat qabul qilish so‘rilishiga, so‘rilish tezligining biroz sekinlashishidan tashqari sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Glimepirid 4 mg sutkalik dozasi ko‘p marta qabul qilinganda, taxminan 2,5 soatda qon zardobida maksimal konsentrasiyasi (Cmax) ga yetadi va 309 ng/ml ni tashkil qiladi; doza va Cmax o‘rtasida, shuningdek doza va AUC (konsentrasiya vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon) o‘rtasida to‘g‘ri chiziqli nisban mavjud.
Taqsimlanishi
Glimepirid uchun taxminan albuminning taqsimlanish hajmiga teng juda past taqsimlanish hajmi (taxminan 8,8 l), plazma oqsillari bilan yuqori bog‘lanish darajasi (99% dan ortiq) va past klirens (taxminan 48 ml/min) xarakterlidir.
Hayvonlarda glimepirid ko‘krak suti bilan chiqariladi. Glimepirid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi.
Biotransformasiyasi va chiqarilishi
Glimepirid bir marta ichga qabul qilingandan keyin siydik bilan 58% va ahlat bilan 35% chiqariladi. Siydikda o‘zgarmagan modda aniqlanmagan.
Preparatning plazmadagi konsentrasiyasi ko‘p martalik dozalash tartibiga mos keluvchi yarim chiqarilish vaqti 5-8 soatni tashkil etadi. Yuqori dozalar qabul qilingandan so‘ng yarim chiqarilish davri biroz oshadi.
Siydik va ahlatda jigardagi metabolizmi natijasida (asosiy ferment – CYP2C9) hosil bo‘ladigan ikkita nofaol metaboliti aniqlanadi, ularda bittasi gidroksi hosila, ikkinchisi – karboksi hosiladir. Glimepiridni ichga qabul qilingandan keyin bu metabolitlarning yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 3-5 soatni va 5-6 soatni tashkil qiladi.
Glimepirid ko‘krak suti bilan chiqariladi va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Preparat gematoensefalik to‘siqdan yomon o‘tadi.
Glimepiridni bir martalik va ko‘p martalik (sutkada bir marta) qabul qilishni solishtirilganda farmakokinetik ko‘rsatkichlarda hech qanday ishonchli farqlar aniqlanmagan va turli pasientlar orasida ularning past o‘zgaruvchanligi kuzatilgan. Preparatni organizmda to‘planishi kuzatilmagan.
Alohida guruh pasientlari
Turli jins va turli yosh guruhlaridagi pasientlarda farmakokinetik ko‘rsatkichlar o‘xshash bo‘lgan. Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi past bo‘lgan) bo‘lgan pasientlarda glimepiridning klirensini oshishiga va uning qon zardobidagi o‘rtacha konsentrasiyasini pasayishiga tendensiya kuzatiladi, bu ehtimol preparatning oqsillar bilan kamroq bog‘lanishi oqibatidagi tez chiqarilishi bilan bog‘liqdir. Shunday qilib, ushbu toifa pasientlarda preparatni to‘planib qolish xavfi mavjud emas.
Qandli diabetning 2 tipi bilan kasallangan 30 ta pediatrik bemorlarda (10-12 yoshli 4 nafar bola va 12-17 yoshli 26 nafar bolalar) glimepiridning 1 mg li bir martalik dozasini farmakokinetikasi, xavfsizligi va o‘zlashtiraolinishini o‘rganish yuzasidan klinik sinovlar, AUC0-last, Cmax va t1/2 ning o‘rtacha ko‘rsatkichlari, ilgari kattalarda kuzatilgan ko‘rsatkichlar bilan bir xilligini ko‘rsatdi.
Qo‘llanilishi
Qandli diabet 2 tipi (monoterapiyada yoki metformin va insulin bilan majmuaviy davolash tarkibida) davolash uchun, faqat parhez, jismoniy mashg‘ulotlar yoki vaznni kamaytirish yordamida adekvat nazorat qilish imkoni bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi
Qo‘llash usuli va dozalar
Peroral qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Diabetni muvaffaqiyatli davolashning asosi yaxshi parhez, muntazam jismoniy mashg‘ulotlar, shuningdek qon va siydik ko‘rsatkichlarini muntazam nazorati hisoblanadi. Ovqatlanish tartibi yuzasidan tavsiyalardan og‘ishlar dorilar bilan kompensasiya qilinmasligi mumkin.
Boshlang‘ich doza va dozani tanlash
Glimepiridning dozasi qondagi va siydikdagi glyukoza miqdorining tahlil natijalari bo‘yicha belgilanadi.
Boshlang‘ich doza – sutkada 1 mg glimepiridni tashkil qiladi. Agar ushbu doza qo‘llanilganda muvafaqqiyatli metabolik nazoratga erishilsa, bu dozadan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sifatida foydalanilsa bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda glyukozaning qondagi konsentrasiyasini muntazam nazorati ostida doza bosqichma-bosqich (1-2 hafta oralig‘ida) quyidagi tartibda oshirilishi mumkin sutkada 1 mg–2 mg–3 mg–4 mg–6 mg. Tavsiya qilinadigan maksimal sutkalik doza – 6 mg.
Sutkalik dozani qabul qilish soni va vaqti bemorning turmush tarziga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi. Odatda, sutkalik dozani 1 qabulda ertalabki ovqat qabul qilishdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida yoki agar sutkalik doza qabul qilinmagan bo‘lsa, bevosita birinchi ovqat qabul qilishdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida buyurish yetarlidir. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, keyingi qabul qilishda yuqoriroq doza yordamida uni bartaraf etish mumkin emas. Amaril tabletkalari butunligicha, chaynamasdan yetarli miqdorda suyuqlik bilan (taxminan 0,5 stakan) qabul qilinadi. Amaril qabul qilingandan so‘ng ovqat qabul qilishni o‘tkazib yubormaslik juda muhimdir.
Agar bemorda sutkada 1 mg glimepirid qabul qilinganidan keyin gipoglikemik reaksiya rivojlansa, demak bu holat qandli diabet faqat parhezga amal qilish bilan nazorat qilinishi mumkinligidan dalolat beradi.
Diabet nazoratini yaxshilanishi insulinga bo‘lgan sezuvchanlikni oshishi bilan kechadi, shuning uchun davolash kursi davomida glimepiridga bo‘lgan ehtiyoj kamayishi mumkin. Gipoglikemiyani oldini olish maqsadida dozani asta-sekin kamaytirish yoki umuman davolashni to‘xtatish kerak. Dozalash tartibini qayta ko‘rib chiqishda zarurati shuningdek, bemorda agar gipo- yoki giperglikemiya rivojlanish xavfini ko‘paytiruvchi tana vazni yoki hayot tarzini o‘zgarishi yoki boshqa omillar ta‘sir qilganda ham paydo bo‘lishi mumkin.
Metformin bilan majmuada qo‘llash
Metformin qabul qilayotgan bemorlar qonidan glyukoza konsentrasiyasini yetarli barqarorlanmagan holatda, glimepirid bilan yondosh davolashni boshlash lozim. Metforminning dozasi avvalgi darajada saqlab turilgan hollarda glimepirid bilan davolash minimal dozadan boshlanadi, so‘ng uning dozasi asta-sekin istalgan gipoglikemik nazorat darajasiga qarab, 6 mg maksimal sutkalik dozagacha oshiriladi. Majmuaviy davolash sinchkov tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazilishi kerak.
Insulin bilan majmuada qo‘llash
Glimepiridning maksimal dozasi bilan monoterapiyada yoki metforminning maksimal dozasi bilan majmuada qabul qilinganida glyukozaning qondagi konsentrasiyasini me‘yorlashishiga erishish mumkin bo‘lmagan hollarda, glimepiridni insulin bilan majmuada qo‘llash mumkin. Bunday hollarda glimepiridning bemorga buyurilgan oxirgi dozasi o‘zgarmay qoladi. Bunda insulin bilan davolash minimal dozadan, qondagi glyukozaning konsentrasiyasini nazorati ostida, insulinning dozasini asta-sekin oshirilishi bilan boshlanadi. Majmuaviy davolash albatta shifokor nazoratini talab etadi. Glikemiya nazoratini uzoq muddat tutib turilganda ushbu majmuaviy davolash insulinga bo‘lgan ehtiyojni deyarli 40% ga kamaytirishi mumkin.
Bemorni boshqa gipoglikemik preparatdan glimepiridga o‘tkazish
Glimepirid va boshqa peroral gipoglikemik preparatlarning dozalari orasida aniq nisbat mavjud emas. Bunday preparatlardan glimepiridga o‘tkazishda oxirgisining boshlang‘ich sutkalik dozasi 1 mg ni (xatto bemorni boshqa peroral gipoglikemik preparatning maksimal dozasidan o‘tkazilayotgan holatda ham) tashkil qilish kerak. Glimepiridning dozasini har qanday oshirilishi glimepiridga bo‘lgan javobni e‘tiborga olgan holda, yuqorida ko‘rsatilgan tavsiyalarga muvofiq bosqichma-bosqich o‘tkazilishi kerak. Avvalgi gipoglikemik vositaning qo‘llanilayotgan dozasi va samaradorlik davomiyligini e‘tiborga olish zarur. Ayrim hollarda, ayniqsa, yarim chiqarilish davri uzoq bo‘lgan gipoglikemik preparatlar (masalan, xlorpropamid) qabul qilinganda, gipoglikemiyani rivojlanish xavfini oshiruvchi additiv samaradan saqlanish uchun, davolashni vaqtinchalik (bir necha kun davomida) to‘xtatishga zarurat tug‘ilishi mumkin.
Pasientni insulindan glimepiridga o‘tkazish
Juda kam hollarda, agar qandli diabetning II tipi bilan og‘rigan pasient insulin bilan davolanayotgan bo‘lsa, kasallikning kompensasiyasida va me‘da osti bezining beta hujayralari sekretor faoliyati saqlanganida, ularni glimepiridga o‘tkazish tayinlanishi mumkin. O‘tkazish shifokorning sinchkov nazorati ostida amalga oshirilishi zarur. Bunda bemorni glimepiridga o‘tkazish glimepiridning 1 mg li minimal dozasidan boshlanishi kerak.
Buyrak va jigar yetishmovchiligida qo‘llanilishi
Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda preparatning qo‘llanilishi bo‘yicha yetarli bo‘lmagan hajmdagi ma‘lumotlar mavjud (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Agarda Siz Amaril dori vositasini dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, unutilgan dozani o‘rniga ikkilangan dozani qabul qilmang.
Amaril preparati bilan davolashni to‘xtatish
Agarda Siz davolashni to‘xtatsangiz, qondagi qand miqdori kerakli miqdorda pasaymasligi va buning natijasida kasallik zo‘rrayib ketishini bilishingiz kerak.
Shifokoringiz o‘zi bekor qilmagunicha Amaril preparatini qabul qilishni davom ettiring.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Quyidagi kelttirilgan yoki boshqa, yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lishi holatida, iltimos, albatta, darhol davolovchi shifokoringizga murojaat qiling!
Glimepirid va sulfanilmochevinaning boshqa hosilalarini qo‘llashda yuzaga kelgan nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida klinik tadqiqotlar vaqtida olingan ma‘lumotlar quyida keltirilgan. Nojo‘ya ta‘sirlar a‘zolar tizimi sinfi bo‘yicha guruhlanib, uchrashi mumkin bo‘lgan kamayish tartibida guruhlanib, taqsimlangan (juda tez-tez: ≥1/10; tez-tez: ≥1/100, <1/10; tez-tez emas: ≥1/1000, <1/100; kam hollarda: ≥1/10000, <1/1000; juda kam hollarda: <1/10000; tez-tezligi noma‘lum (uchrash tez-tezligi amalda bo‘lgan ma‘lumotlarga asosan baholana olmaydi)).
- Limfatik tizim va qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, granulositopeniya, agranulositoz, eritrositopeniya, gemolitik anemiya va pansitopeniya, ular odatda preparat qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng qaytuvchandir.
Uchrash tez–tezligi no‘malum: dori vositasini qabul qilish post marketing tajribasi davomida trombositlar miqdori 10 000/mkl dan kam og‘ir trombositopeniya va trombositopenik purpura holatlari qayd etilgan.
- Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: leykositoplastik vaskulit, hayotga xavf tug‘diruvchi holatlargacha avj oluvchi qon bosimini pasayishi, dispnoe, ba‘zida anafilaktik shok bilan kechuvchi o‘rtacha yaqqollikdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari,.
Tez-tezligi noma‘lum: sulfonilmochevinaning boshqa hosilalari, sulfanilamid preparatlar va unga o‘xshash moddalar bilan kesishgan allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
- Moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: gipoklikemiya.
Bu reaksiyalar asosan preparat qabul qilingandan keyin tezda paydo bo‘ladi, ular xavfli tus olishi mumkin va ularni har doim xam oson bartaraf etib bo‘lmaydi. Bunday reaksiyalarning yuzaga kelishi, boshqa gipoglikemik preparatlar bilan davolashda bo‘lgani kabi, ovqatlanishdagi odatlar va preparatning dozasi kabi qator shaxsiy omillarga bog‘liq. (qo‘shimcha ma‘lumotni olish uchun “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
- Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: glyukozaning qondagi konsentrasiyasini, ayniqsa davolashning boshida o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi kuzatilishi mumkin.
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda bosim, og‘irlik yoki diskomfort hissi, ba‘zi hollarda davolashni to‘xtatishga olib keluvchi qorinda og‘riqlar.
- Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: jigar fermentlari darajasini oshishi.
Juda kam hollarda: jigarning anomal faoliyati (masalan, xolestaz yoki o‘tning badanga tarqalishi), gepatit va jigar yetishmovchiligi.
- Teri va teriosti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: terida qichishish, toshma, eshakemi va yorug‘likka sezuvchanlik ko‘rinishidagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuzaga kelishi mumkin.
- Laboratoriya tadqiqotlari natijalari
Juda kam hollarda: qonda natriy konsentrasiyasini kamayishi.
Gumon qilinayotgan nojo‘ya ta‘sirlar haqida ma‘lumot:
Dori vositasini ro‘yxatga olish vaqtidan keyingi paytda olingan gumon qilinayotgan nojo‘ya ta‘sirlar haqida ma‘lumotlar katta ahamiyatga ega. Ular dori vositasini foyda va zarar tomonlarini uzluksiz nazorat qilish imkoniyatini beradilar. Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini har bir olingan gumon qilinayotgan nojo‘ya ta‘sirlar haqidagi ma‘lumotlar to‘g‘risida milliy ma‘lumot tizimi orqali habar berishlarini so‘rashadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Glimepiridni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:
- glimepirid yoki preparatning qaysidir komponentiga, boshqa sulfonilmochevina hosilalariga yoki sulfanilamid preparatlariga yuqori sezuvchanlik (o‘ta yuqori sezuvchanlik rivojlanishi xavfi bor);
- qandli diabetning 1 tipida;
- diabetik komada;
- ketoasidozda;
- jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari;
- buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari ( shu jumladan, gemodializdagi bemorlar);
- homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Glimepirid bilan birga ayrim boshqa dori vositalari qabul qilinganda glimepiridning gipoglikemik ta‘siri kutilmagan holda yoki noxush pasayishi yoki noxush oshishi mumkin. Shu sababli boshqa dori vositalari shifokor ruxsati (yoki ko‘rsatmasi) bilan qabul qilinishi lozim.
Glimepirid sitoxrom R4502S9 ishtirokida metabolizmga uchraydi, buni induktorlar (masalan, rifampisin) yoki ingibitorlar (flukonazol) bilan bir vaqtda qo‘llaganda hisobga olish kerak.
Adabiyotlarda chop etilgan in vivo sharoitidagi o‘zaro ta‘sirlarning natijalari, flukonazol eng kuchli SYR2C9 ingibitori hisoblanib, glimepiridning AUC ni taxminan 2 martaga oshiradi.
Glimepiridning boshqa sulfonilmochevina hosilalari bilan qo‘llanilishi tajribalarida quyidagilar aniqlangan:
Gipoglikemik ta‘sirni kuchayishi va u bilan bog‘liq gipoglikemiyani mumkin bo‘lgan rivojlanishi glimepiridni quyidagi dori vositalari bilan birga qo‘llanganida kuzatiladi:
- fenilbutazon, azapropazon, oksifenbutazon,
- insulin va boshqa gipoglikemik preparatlar, masalan, metformin,
- salisilatlar va aminosalisilat kislotasi.
- anabolik steroidlar va erkaklar jinsiy gormonlari.
- xloramfenikol, ayrim uzoq ta‘sirga ega sulfanilamidlar, tetrasiklinlar, xinolonlar va klaritromisin,
- kumarin antikoagulyantlar.
- fenfluramin,
- dizopiramid,
- fibratlar,
- angiotenzinga aylanuvchi ferment (AAF) ingibitorlari,
- fluoksetin, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari,
- allopurinol, probenisid, sulfinpirazon,
- simpatolitiklar,
- siklo-, tro- va ifosfamidlar,
- mikonazol ,flukonazol,
- pentoksifillin (yuqori dozada parenteral yuborilganda),
- tritokvalin.
Gipoglikemik ta‘sirini susayishi va u bilan bog‘liq glyukozaning qondagi konsentrasiyasini oshishi glimepiridni quyidagi dori vositalari bilan birga qo‘llaganda kuzatiladi:
- estrogenlar va progestogenlar,
- saluretiklar va tiazid diuretiklar,
- qalqonsimon bezi gormonlari, glyukokortikoidlar,
- fenotiazinlar, xlorpromazinlar,
- epinefrin va boshqa simpatomimetik vositalar,
- nikotin kislotasi (yuqori dozada) va nikotin kislotasi hosilalari,
- surgi vositalari (uzoq vaqt qo‘llaganda),
- fenition, diazoksid,
- glyukagon, barbituratlar va rifampisin,
- asetazolamid.
N2-reseptorlarning blokatorlari, klonidin va rezerpin glimepiridning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytirishi ham, susaytirishi ham mumkin.
Beta-adrenoblokatorlar kabi simpatolitik vositalar, klonidin, guanetidin va rezerpin ta‘sirida adrenergik kontrregulyasiya belgilari gipoglikemiyaga javoban kuchayishi yoki susayishi mumkin.
Glimepiridni qabul qilish fonida kumarin hosilalari ta‘sirini kuchayishi yoki susayishi mumkin.
Alkogolni bir marta yoki surunkali iste‘mol qilish glimepiridning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
O‘t kislotalarining sekvestrantlari: kolesevelam glimepirid bilan bog‘lanib glimepiridni me‘da ichak yo‘lidan so‘rilishini kamaytiradi. Glimepiridni kolesevelam qabul qilinishidan kamida 4 soat oldin qo‘llanilishi holatida hech qanday o‘zaro ta‘siriga olib kelmagan. Shuning uchun glimepiridni kolesevelam qabul qilinishidan kamida 4 soat oldin qo‘llash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Glimepiridni bevosita ovqatlanishdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
Ovqat qabul qilish nomuntazam vaqt oralig‘ida bo‘lsa yoki ovqat qabul qilish umuman o‘tkazib yuborilsa, glimepirid qabul qiluvchi pasientda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Gipoglikemiyaning kuzatilishi mumkin bo‘lgan belgilari: bosh og‘rig‘i, kuchli ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, toliqish hissi, uyquchanlik, uyquni buzilishi, bezovtalik, tajovuzkorlik, diqqat va reaksiyani buzilishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutq va ko‘rishni buzilishi, afaziya, tremor, parez, sensor buzilishlar, bosh aylanishi, yordamga muhtojlik hissi, o‘zini nazorat qilish hissini yo‘qolishi, deliriy, serebral tirishish, ongni chalkashishi va yo‘qolishi, komatoz holat, yuza nafas olish, bradikardiya. Bundan tashqari, orqaga yo‘nalgan bog‘liklik turidagi adrenergik mexanizm natijasida muzdek, yopishqoq ter ajralishi, bezovtalik, taxikardiya, arterial gipertenziya, yurak urishini tezlashishi, stenokardiya va yurak ritmini buzilishi kabi simptomlar yuz berishi mumkin.
Kuchli gipoglikemiyaning klinik manzarasi insultning klinik manzarasini eslatishi mumkin.
Deyarli barcha holatlarda simptomlar uglevodlar (qand) ni darhol qabul qilish bilan tezkor nazorat qilinishi mumkin. Sun‘iy qand o‘rnini bosuvchi vositalar bunday holatda samarasizdir.
Sulfonilmochevinaning boshqa hosilalari qo‘llash tajribasidan ma‘lumki, davolash boshida qarshi choralarni muvaffaqiyatli qo‘llanishiga qaramay, keyinchalik gipoglikemiya takroran namoyon bo‘lishi mumkin.
Qandning odatdagi miqdorini qabul qilish bilan vaqtincha nazorat qilinadigan kuchli yoki uzoq davom etuvchi gipoglikemiya darhol tibbiy yordam yoki gospitalizasiyani talab etadi.
Gipoglikemiyaning rivojlanishga yordam beruvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- pasientlarning shifokor bilan hamkorlik qilishga hoxishini yo‘qligi (ayniqsa keksa yoshda) yoki yetarli emasligi, to‘liq bo‘lmagan, nomuntazam ovqatlanish, ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish, ochlik;
- odatdagi parhezni o‘zgarishi,
- jismoniy yuklama va uglevodlar iste‘mol qilish orasidagi disbalans,
- alkogolni, ayniqsa ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborilganda iste‘mol qilish,
- buyrak faoliyatini buzilishi, jigar faoliyatini og‘ir buzilishi,
- glimepiridning dozasini oshirib yuborilishi,
- endokrin tizimining uglevod almashinuviga ta‘sir ko‘rsatuvchi yoki qarshi turdagi bog‘lanish gipoglikemiyasi (masalan, qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi, gipofizar yetishmovchiligi yoki buyrak usti po‘stlog‘i bezlarining yetishmovchiligi) ba‘zi kompensasiyalanmagan kasalliklarida boshqa dori vositalarini qabul qilish (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang).
Glimepirid bilan davolash glyukozaning qon va siydikdagi konsentrasiyasi muntazam monitoringini talab etadi. Shuningdek, glikozillangan gemoglobin miqdorini aniqlash tavsiya etiladi.
Shuningdek glimepirid bilan davolashda jigar faoliyatini muntazam tekshirish va qon elementlari (asosan leykositlar va trombositlar) sonini hisoblash zarur.
Stress vaziyatlarda (masalan, baxtsiz xodisalar, jarrohlik operasiyalari, isitma bilan birga keluvchi infeksion kasalliklar va b.) vaqtincha insulinga o‘tish buyurilishi mumkin.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yoki gemodializ o‘tkaziladigan pasientlarda glimepiridni qo‘llash tajribasi mavjud emas. Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga insulinga o‘tish buyurilgan.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarda sulfonilmochevina hosilalarini qo‘llash gemolitik anemiyaga olib kelishi mumkin. Glimepirid sulfonilmochevina hosilalari sinfiga kirishi sababli glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarda uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
Bundan tashqari, sulfonilmochevina hosilari saqlamagan muqobil dori vositalari bilan davolash variantini ko‘rib chiqish kerak.
Amaril laktoza monogidrati saqlaydi, shuning uchun laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-laktoza so‘rilishi buzilgan pasientlarda uni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Glimepiridni homilador ayollarda qo‘lash mumkin emas. Homiladorlik rejalashtirilayogan bo‘lsa yoki homiladorlik boshlanganida ayollarni insulin bilan davolashga o‘tkazish zarur.
Glimepiridni insonlarda ko‘krak suti bilan ajralib chiqarilishi noma‘lum. Kalamushlarda glimepirid ko‘krak suti bilan ajralib chiqariladi. Sulfonilmochevining boshqa hosilalari insonda ko‘krak suti bilan chiqarilganligi tufayli va emizikli go‘daklarda gipoglikemiya rivojlanish xavfi mavjudligi sababli, glimepiridni emizikli davrdagi ayollarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Bolalar va o‘smirlar
8 yoshdan kichik pasientlarda glimepiridni qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emas. 8 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda glimepiridni monoterapiyada qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma‘lumotlar mavjud. (5.1. va 5.2. bo‘limlarga qarang). Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar glimepiridning samaradorligi va bezararligi bo‘yicha yetarli emasligi sababli, pediatriyada bunday qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport va mexanizmlar boshqarishga ta‘siri
Glimepiridni avtotransport va mexanizmlar boshqarishga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Pasientning diqqatni jamlash reaksiyasi gipoglikemiya yoki giperglikemiya rivojlanishi yoki masalan, ko‘rish qobiliyatini buzilishi natijasida kamayishi mumkin. Ushbu ta‘sirlar bunday ko‘rinishlar asosan zarur bo‘lganda (masalan, avtomobil boshqarish yoki texnika) holatlarda xavf tug‘dirishi mumkin.
Pasientlarni avtomobil xaydash vaqtida gipoglikemiya yuzaga kelishini oldini oluvchi choralar zarurati to‘g‘risida xabardor qilish lozim. Asosan, gipoglikemiya epizodlari ko‘p takrorlanuvchi pasientlar, shuningdek gipoglikemiyaning boshlang‘ich belgilari to‘g‘risida mutqalo ma‘lumotga ega bo‘lmagan yoki kam ma‘lumotga ega bo‘lgan pasientlar uchun o‘ta zarurdir. Bunday hollarda avtotransport xaydash yoki texnika boshqarish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish zarur.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Glimepiridning yuqori dozasi qabul qilinganda 12 soatdan 72 soatgacha bo‘lgan davomiylikda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin, u glyukozaning qondagi konsentrasiyasi boshlang‘ich davrda tiklangandan so‘ng takrorlanishi mumkin. Gipoglikemiya deyarli har doim uglevodlarni (glyukoza yoki qand, masalan, bir bo‘lak qand, mevaning shirin sharbati yoki choy) qabul qilish bilan darhol bartaraf etilishi mumkin. Shu boisdan bemor yonida 20 g glyukoza (4 bo‘lak qand) olib yurishi kerak. Gipoglikemiyani davolashda qand o‘rnini bosuvchilar samarador emas. Qo‘p holatlarda stasionarda kuzatish tavsiya etiladi. Davolash qusishni chaqirishni, suyuqlik (suv yoki faollashtirilgan ko‘mirli (adsorbent) limonad) va natriy sulfatini (surgi) qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Preparat katta miqdorda qabul qilinganda me‘dani faollashtirilgan ko‘mir va natriy sulfat bilan yuvish tayinlangan. Og‘ir gipoglikemiyaning klinik manzarasi miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi (MQO‘B) ning klinik manzarasiga o‘xshash bo‘lishi mumkin, shuning uchun u shifokor kuzatuvi ostida darhol davolashni, ayrim hollarda esa bemorni gospitalizasiya qilishni talab etadi. Glyukozani yuborishni iloji boricha tezroq boshlash, zarurat bo‘lganida v/i oqim bilan 50 ml 40% eritmani, keyinchalik 10% li eritmani infuzion yuborishni glyukozaning qondagi konsentrasiyasini sinchkov monitoringi bilan boshlash kerak. Keyinchalik davolash simtomatik bo‘lishi kerak.
Gipoglikemiya belgilari keksa bemorlarda, vegetativ neyropatiya bilan kasallangan va β-adrenoblokatorlar, klonidin, rezerpin, guanetidin va boshqa simpatolitik vositalar bilan bir vaqtda davolanayotgan bemorlarda yuzaki bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi mumkin.
Agar qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarni turli shifokorlar davolasa (masalan, baxtsiz xodisadan keyin shifoxonada bo‘lgan vaqtda yoki dam olish kunlari kasallanganda), bemor albatta o‘z kasalligi va avvalgi davolanish to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Emizikli ayollar yoki kichik bolalar tasodifan Amaril qabul qilishi natijasidagi gipoglikemiyani davolashda dekstrozaning ko‘rsatilgan dozalari (50 ml 40% eritma) xavfli giperglikemiyani oldini olish maqsadida sinchkov nazorat qilinishi kerak. Shuning uchun glyukozaning qondagi konsentrasiyasi uzluksiz va sinchkov monitoring qilinishi zarur.
Chiqarilish shakli
1 mg, 2 mg, 3 mg , 4 g glimepirid saqlovchi tabletkalar. 15 tabletkadan blisterlarda.
2 tadan blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutilarda.
Amaril 1 mg li tabletkalari: 15 tabletkadan blisterda, 2 blisterdan karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga yoki 30 tabletkadan blisterda, 1 blisterdan karton qutida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga.
2 mg, 3 mg , 4 g glimepirid saqlovchi tabletkalar: 15 tabletkadan blisterlarda, 2 tadan blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutilarda.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonadan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari