AMBROLAN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMBROLAN
AMBROLAN
Preparatning savdo nomi: Ambrolan
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda – ambroksol gidroxloridi 30 mg,
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, mikrokristall sellyuloza, povidon, magniy stearati, suv.
Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bo‘lish riskasi bщlgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Shamollash va yo‘tal simptomlarini bartaraf etish uchun preparatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar. Mukolitiklar. Ambroksol.
Kod ATX: R05CB06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ambroksol bromgeksinning metaboliti hisoblanadi. Bronxial sekretining seroz komponentini oshishi, gidrolizlovchi fermentlarning va lizosomalarni faollashishi hisobiga balg‘amning yopishqoqligini kamaytiradi.
Ambrolan surfaktantning sintezi va sekresiyasini rag‘batlantiradi. Balg‘amni bronxlardan chiqarilishini yengillashtirib mukosiliar transportni oshiradi.
Farmakokinetikasi
Ambroksol qabul qilinganidan keyin deyarli to‘liq so‘riladi. Ichga qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyasiga 1 soatdan 3 soatgacha erishadi. Ichga qabul qilinganidan keyin ta‘siri 30 minutdan keyin boshlanadi va 6-12 soat davom etadi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 85% (80-90%) ni tashkil qiladi. Ambroksol gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi va yo‘ldosh orqali kiradi.
Dibromantranil kislotasi va glyukuron kon‘yugatlarini hosil qilib jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 1,3 soatni tashkil etadi, plazmada so‘nggi yarim parchalanish davri taxminan 7 soatdan 12 soatni tashkil etadi. Buyrak orqali chiqariladi: 90% – suvda eruvchan metabolitlari, 5% – o‘zgarmagan ko‘rinishda.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ambroksolning buyrak klirensi 20 dan 40% gacha kamayadi.
Qo‘llanilishi
- balg‘am chiqarilishini qiyinlashishi bilan bo‘lgan o‘tkir va surunkali respirator kasalliklar
- surunkali bronxit
- balg‘am chiqarilishini qiyinlashishi bilan bo‘lgan bronxial astmada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ambrolanni ovqatdan keyin, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga ichga qabul qilinadi.
12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 tabletkadan (30 mg) sutkada 2 marta buyuriladi, zarurati bo‘lganida terapevtik samarani kuchaytirish uchun shifokor bilan maslahatlashgandan keyin doza sutkada 3 marta 30 mg gacha oshirilishi mumkin.
Davolash kursining davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va o‘rtacha 4-5 kunni tashkil qiladi.
Buyrak va jigar faoliyatini jiddiy yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda har kunlik dozani kamaytirish yoki dozalash intervalini uzaytirish talab etilishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Noxush samaralari ularning jiddiyligi va tez-tezligi bo‘yicha tasniflanadi.
Juda tez-tez (≥1/10)
Tez-tez (≥1/100 <1/10 gacha)
Tez-tez emas (≥1/1000 <1/100 gacha)
Kam hollarda (≥1/10000 <1/1000 gacha)
Juda kam hollarda (<1/1000 gacha)
Noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi)
Tez-tez
– diareya
Tez-tez emas
– ko‘ngil aynishi, qusish
– allergik reaksiyalar
Kam hollarda
– yurak sohasida og‘riq
Juda kam hollarda
– dispepsiya
– teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish
– anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan, anafilaktik shok)
– terini shikastlanishi (Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi)
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- ambroksolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik
- galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi
- me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi
- homiladorlik va laktasiya davri
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ambrolanni va yo‘talga qarshi vositalarini bir vaqtda qo‘llash, yo‘talning kamayishi fonida balg‘amning chiqarilishini qiyinlashishi tufayli tavsiya qilinmaydi. Ambrolanni antibiotiklar (amoksisillin, sefuroksim, eritromisin, doksisiklin) bilan birga qo‘llash antibiotiklarning o‘pka to‘qimasidagi konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda sutkalik dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni oshirish kerak.
Allergiyaning teri ko‘rinishlari paydo bo‘lganida – Ambrolanni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Bronxomotor faoliyatni yetishmovchiligi yoki balg‘am ko‘p miqdorda ajralganida preparatni qabul qilishni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina to‘xtatish mumkin.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi
Pasientning avtotransportni boshqarish yoki boshqa operatorlik faoliyat qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: qisqa muddatli bezovtalik, ko‘p so‘lak ajralishi, qusish, arterial bosimni pasayishi, diareya.
Davolash: simptomatik. Preparat qabul qilingandan 1-2 soatdan keyin sun‘iy qusishni chaqirish, me‘dani yuvish, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni iste‘mol qilish.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.
2 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari