Ambropro ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMBROPRO
Preparatning savdo nomi: Ambropro
Ta‘sir etuvchi modda: ambroksol gidroxloridi
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ml eritma saqlaydi:
faol moddalar:
ambroksol gidroxloridi – 15 mg
yordamchi moddalar:
limon monogidrat kislotasi – 1,8 mg
natriy xloridi – 13,6 mg
natriya gidrofosfat geptagidrat – 4,7 mg
xlorid kislotasining – do pH 4,3–5,3
1 mol/l eritmasi
in‘eksiya uchun suv – do 2 ml.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi: Mukolitik vositasi.
ATX kodi: R05CV06
Farmakologik xususiyatlari
Ambroksol preparatining ta‘sir etuvchi moddasi – nafas yo‘llarining bezlarining sekresiyasini oshiruvchi ambroksol gidroxloridi hisoblanadi. Ambroksol o‘pka surfaktantini ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va siliar faollikni rag‘batlantiradi, buning natijasida shilliqni ajralishi va uni chiqarilishi (mukosiliar klirens) osonlashadi. Mukosiliar klirensni yaxshilanishi klinik-farmakologik tadqiqotlari vaqtida isbotlangan. Suyuqlik sekresiyasini faollashuvi va mukosiliar klirensni oshishi shilliqni chiqarilishini osonlashtiradi va yo‘talni kamaytiradi. Ambroksol gidroxloridining mahalliy og‘riqsizlantiruvchi samarasi quyon ko‘zi modelida kuzatilgan bo‘lib, uni natriy kanallarni bloklash xususiyati orqali tushuntirish mumkin. In vitro sharoitida tadqiqotlar ambroksol gidroxloridi neyronlardagi natriy kanallarini bloklashini ko‘rsatgan; bloklovchi bog‘lanish qaytuvchan va konsentrasiyaga bog‘liq bo‘lgan. In vitro sharoitida tadqiqotlarida ambroksol gidroxloridini qondan sitokinlarni ajralishini va mononuklear va polimorfnuklear hujayralarni to‘qimalar bilan bog‘lanishini ahamiyatli darajada kamaytirishi aniqlangan. Faringiti bo‘lgan pasientlarni jalb qilish bilan o‘tkazilgan klinik sinovlar natijasida ambroksolni qo‘llanganda tomoqdagi og‘riq va qizarishni sezilarli darajada kamayishi isbotlagan. Og‘riqni tez kamayishiga olib keluvchi va burun bo‘shlig‘i, quloq sohasi va nafas olishda traxeyadagi diskomfort og‘rig‘i bilan bog‘liq bu farmakologik xususiyatlarning yuqori nafas yo‘llarini kasalliklarini davolashda ambroksolning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan klinik tadqiqotlardagi simptomlarni yordamchi kuzatilishda olingan ma‘lumotlarga mos keladi. Ambroksol gidroxloridini qo‘llangandan keyin bronx-o‘pka shilliqida va balg‘amda antibiotiklarning (amoksisillin, sefuroksim, eritromisin) konsentrasiyalari oshadi.
Farmakokinetikasi
Ambroksol parenteral yuborilganda to‘qimalarga tez o‘tadi. Yuqori konsentrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Ambroksol gidroxloridining terapevtik diapazonini yetarli darajada kengligi tufayli dozaga tuzatish qiritish kerak emas. Pasient yoshi va jinsi ambroksol gidroxloridining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Ambroksol orqa miya suyuqligiga va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, shuningdek ko‘krak sutiga o‘tadi. Metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali va qisman o‘zgarmagan ambroksol ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Bronxial sekresiyani buzilishlari va shilliqni siljishini susayishi bilan bog‘liq o‘tkir va surunkali bronxopulmonal kasalliklarda simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
In‘eksiya uchun ambroksol eritmasi mushak ichiga, teri ostiga yoki vena ichiga (sekin oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Erituvchi sifatida 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li glyukoza, Ringer-Lokk eritmasi yoki boshqa pH 6,3 dan yuqori bo‘lmagan asosli eritma qo‘llash mumkin.
Kattalarga odatda 2 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, og‘ir hollarda dozani ikki barobar oshirish mumkin.
Bolalarga preparatni sutkasiga 1 kg tana vazniga 1,2-1,6 mg doza hisobida buyuriladi.
Odatda 2 yoshgacha bolalarga 1 ml dan sutkada 2 marta (1/2 ampula) buyuriladi.
2 dan 5 yoshgacha – 1 ml dan (1/2 ampula) 3 marta;
5 yoshdan kattalarga – 2 ml dan (1 ampula) 2-3 marta buyuriladi.
Respirator distress-sindromda yangi tug‘ilgan va vaqtidan oldin tug‘ilgan chaqolarga: Ambroksol preparatining sutkalik dozasi 10 mg/kg gacha oshiriladi (og‘ir holatlarda – 20 mg/kg gacha, 3-4 yuborishga bo‘lib taqsimlanadi).
Kasallikni o‘tkir ko‘rinishi yo‘qolgandan keyin in‘eksiya bekor qilinadi va Ambroksol preparatini boshqa dori shakllari ichga qabul qilishga yoki rektal qo‘llashga o‘tilishi mumkin. Davolash davomiyligi kasallikni kechuvini o‘ziga xos xususiyatiga bog‘liq. Ambroksolni shifokor tavsiyasisiz 4-5 kundan ko‘p qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi va teri tomonidan: anafilaktik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, angionevrotik shish, teri toshmasi, eshakemi, qichishish va boshqa allergik reaksiyalar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jig‘ildon qaynashi, so‘lak oqishi, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, qorinda og‘riq.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya.
Umumiy buzilishlar: shilliq qavati tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, hansirash, isitma, rinoreya, nafas yo‘llarini qurishi.
Terini og‘ir shikastlanishlari: ambroksol kabi mukolitik vositalarni qo‘llanishi bilan bog‘liq Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi to‘g‘risida juda kam xabar qilingan. Asosan ularni asosiy kasallikni og‘ir kechishi yoki bir vaqtda boshqa preparatni qo‘lash bilan tushuntirish mumkin.
Har qanday nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganida darhol tibbiy yordamga murojaat qilish va ambroksol bilan davolashni to‘xtatish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ambroksol gidroxloridiga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Kam uchraydigan nasliy holatlarda preparatning yordamchi moddalariga nomutanosiblik bo‘lishi mumkinligi tufayli, preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori preparatlar bilan klinik nojo‘ya o‘zaro ta‘sirlari to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Ambroksol gidroxloridni qo‘llangandan keyin bronx-o‘pka shilliqida va balg‘amda antibiotiklarni (amoksisillin, sefuroksim, eritromisin) konsentrasiyalari oshadi. Ambroksol va yo‘talni susaytiradigan vositalarni bir vaqtda qo‘llash yo‘tal refleksini bostirishi oqibatida shilliqni haddan ziyod to‘planishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmuani faqat shifokor kutiladigan foyda va qo‘llashdan bo‘lgan xavf nisbatini sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Terini og‘ir shikastlanishlari: ambroksol gidroxloridi kabi balg‘am ko‘chiruvchi vositalarni qo‘llanishi bilan bog‘liq Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) bo‘yicha hammasi bo‘lib bir qancha xabarlar tushgan: asosan ularni pasientlarda asosiy kasallikni og‘ir kechishi va/yoki bir vaqtda boshqa preparatni qo‘llanishi bilan tushuntirish mumkin. Shuningdek Stivens-Djonson sindromini yoki Layell sindromini boshlang‘ich bosqichida pasientlarda isitma, zirqirash, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq kabi grippning boshlanish belgilariga xos nospesifik simptomlar bo‘lishi mumkin. Grippni boshlanish belgilariga xos bo‘lgan, bunday nospesifik simptomlarda yo‘tal va shamollashga qarshi simptomatik davolashni qo‘llash xato hisoblanadi. Shuning uchun teri va shilliq qavatini yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganida darhol tibbiy yordam uchun murojat qilish va ambroksol gidroxloridi bilan davolashni to‘xtatish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar ambroksol gidroxloridini faqat shifokorning maslahatidan keyin qabul qilishlari mumkin. Ambroksol shilliqni ajralishini sekresiyasini kuchaytirishi mumkinligi tufayli, preparatni bronxial motorikani buzilishida va shilliq sekresiyasini kuchayishida (masalan, birlamchi siliar diskineziya kabi kam uchraydigan kasalliklarda) ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim. Buyrak faoliyatini buzilishlari yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (xususan qo‘llashlar o‘rtasidagi intervalni uzaytirish yoki dozani kamaytirish lozim). Jigarda hosil bo‘ladigan metabolitlarni to‘planib qolishi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda kuzatiladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.
Ambroksol gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni homiladorlikni kechishiga, embrion/homilani rivojlanishiga, tug‘ruqqa yoki tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga bevosita yoki bilvosita ta‘sirlarini aniqlamagan.
Ambroksol gidroxloridining klinik tadqiqoti natijasida preparatni homiladorlikning 28-haftasidan keyin qo‘llanganda homilaga biron-bir zararli ta‘siri borligi aniqlanmagan. Shunga qaramay, homiladorlik vaqtida dorilarni qabul qilish bo‘yicha odatdagi choralarga rioya qilish kerak. Ayniqsa homiladorlikni I uch oyligida Ambroksolni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Ambroksol gidroxloridi ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun uni emizish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Bolalar.
Bolalarga 12 yoshdan boshlab qo‘llanadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ambroksolni boshqa dori shaklida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bugungi kunda odamlarda dozani oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Dori dozasini oshirib yuborilishidagi va/yoki xato qo‘llangandagi simptomlar to‘g‘risidagi ma‘lum bo‘lgan yakka xabarlardan ambroksolni tavsiya qilingan dozalardagi nojo‘ya ta‘sirlariga javob beradi va simpotamitik davolashni talab qiladi.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma 15 mg/2 ml. 10 dona ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish pichog‘i bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari