Ambrosanning aptekalardagi narxlari
AMBROSAN tabletkalari 30mg
|
|
5 ta dorixonada bor
|
22 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
AMBROSAN tabletkalari N20
|
|
1 ta dorixonada bor
|
22 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
AMBROSAN tabletkalari 30mg N20
|
|
272 ta dorixonada bor
|
20 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
23 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
19 500 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Ambrosan ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMBROSAN®
AMBROSAN®
Savdo nomi: Ambrosan®
Xalqaro patentlanmagan nomi: ambroksol
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tabletkalar
Tarkibi:
faol modda: ambroksol gidroxloridi (ambroxoli hydrochloridum)
1 Ambrosan tabletkasi 30 mg ambroksol gidroxloridi saqlaydi.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, kopovidon, magniy stearati.
Farmakoterapevtik guruhi: mukolitiklar guruhiga mansub balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATS toifasi: R05CB06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ambroksol bromgeksinning metaboliti hisoblanadi va ung nisbatan kuchliroq samara namoyon qiladi. Ambroksol nafas yo‘llarida balg‘amning sekresiyasini oshiradi, shuningdek o‘pka surfaktantini hosil bo‘lishini oshiradi va xilpillovchi epiteliyning faolligini rag‘batlantiradi. Buning natijasida shilliqni transporti (mukosiliar klirens) yaxshilanib balg‘amni ajralishini yengillashishiga va yo‘talni kamayishiga yordam beradi. Ambroksol bronxlarning o‘ta yuqori faolligini pasaytiradi, bronxial sekretda IgA ning sekresiyasini oshiradi va antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganida ambroksol me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi va yuqori troplikka ega bo‘lganligi tufayli, bronxlar va o‘pka to‘qimasining shilliq qavatiga oson o‘tadi.
Gematoensefalik to‘siq (GET), yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga ichga qabul qilgandan so‘ng 0,5-3 soatdan keyin erishiladi. Ambroksolning yarim chiqarilish davri davomli bo‘lib 7-12 soatni tashkil qiladi. Jigarda biotransformasiyaga uchraydi va qabul qilingan dozaning 90% buyraklar orqali metabolitlar holida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- o‘tkir bronxit, traxeit, laringit, faringit;
- zo‘rayish bosqichidagi surunkali bronxit;
- balg‘amni ajralishi qiyin bo‘lgan bronxial astma;
- bronxopenvmoniya;
- bronxoektatik kasallik;
- yirik jarrohlik aralashuvlari, jarohatlar va boshqalardan so‘ng bronx-o‘pka tizimidagi dimlanishni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1 tabletkadan sutkada 3 marta.
Davolovchi ta‘siri 2 tabletkadan sutkada 2 marta qabul qilish bilan kuchaytirilishi mumkin.
5-12 yoshdagi bolalar: ½ tabletkadan sutkada 2-3 marta.
Tabletkalarni ovqatdan so‘ng yetarli miqdordagi suv bilan ichib qabul qilish kerak. Qo‘shimcha suyuqlik ichish ambroksolning mukolitik samarasini oshiradi.
Ambrosan preparati bilan davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va kasallikning xarakteriga qarab, shaxsiy ravishda aniqlanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ambrosan odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Biroq u qabul qilinganida ovqat hazm bo‘lishida ba‘zi muammolar (masalan, jig‘ildon qaynashi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish) yuzaga kelishi mumkin. Alohida hollarda teri toshmalar ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar namoyon bo‘lishi mumkin.
Juda kam hollarda anafilaktoid turdagi reaksiyalar qayd etilgan, biroq, ambroksolni qabul qilish va reaksiyalarni namoyon bo‘lishi o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmaganligini ta‘kidlash kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Zo‘rayish bosqichidagi me‘da va 12-barmoqli ichak yara kasalligi;
- Homiladorlik (I uch oyligi), laktasiya;
- Ambroksolga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ambrosan® preparatini antibiotiklar (amoksisillin, sefuroksim, eritromisin, doksisiklin) bilan bir vaqtda qo‘llanishi o‘pka to‘qimasida antibiotiklarning konsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Bu samarasini terapevtik maqsadlarda qo‘llash mumkin. Yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuasi yo‘tal refleksini pasayishi oqibatida sekretni havfli to‘planishini chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi, me‘da va 12-barmoqli ichak yarasi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktasiya
Keng klinik tajriba kabi klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlar ushbu preparatni homiladorlikni 28 haftasidan keyin qo‘llash salbiy ta‘sirlarni chaqirmasligidan dalolat beradi. Shunga qaramasdan, homiladorlik vaqtida dori vositasi qabul qilishni asosiy qoidalariga rioya qilish kerak. Ambroksol ona sutiga o‘tadi. Homiladorlik yoki laktasiya vaqtida preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida, davolashda kutilgan foyda va havf nisbatini yaxshilab tortib ko‘rish kerak.
Transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda dozani oshirib yuborish simptomlari bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emas.
Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak. Preparatni dozasini oshirib yuborilishining belgilari paydo bo‘lgan hollarda simptomatik davolashni boshlash kerak.
Chiqarilish shakli va o‘rami
30 mg dan tabletkalar, 20 tabletka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
15-25oS gacha bo‘lgan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari