Amikatsinning aptekalardagi narxlari
AMIKASIN eritma 500mg N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
5 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
AMIKASIN eritma 500mg N20
|
|
19 ta dorixonada bor
|
56 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
80 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMIKASIN kukuni 0,5g
|
|
16 ta dorixonada bor
|
5 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
9 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
4 000 so'mdan
Bron qilish
|
AMIKASINA SULFAT kukuni 0,5g
|
|
18 ta dorixonada bor
|
5 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Amikatsin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AMIKASIN
AMIKACIN
Preparatning savdo nomi: Amikasin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amikasin
Chiqarilish shakli: vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: amikasin sulfati (amikasinga qayta hisoblanganda) – 500 mg.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli kukun, gigroskopik.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (aminoglikozidlar guruxi).
ATX kodi: J01GB06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Keng ta‘sir doirasiga ega yarimsintetik antibiotik, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ribosomalarning 30S subbirliklari bilan bog‘lanib, transport va matrisali RNK kompleksini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, oqsil sintezini bloklaydi, shuningdek bakteriyalarning sitoplazmatik membranalarini buzadi.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar – Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella spp., Serratia spp., Providencia spp., Enterobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp.; ba‘zi grammusbat mikroorganizmlarga – Staphylococcus spp. (shu jumladan penisillinga, ba‘zi sefalosporinlarga chidamli) nisbatan yuqori faol; Streptococcus spp. ga nisbatan o‘rtacha faol.
Benzilpenisillin bilan bir vaqtda buyurilganida Enterococcus faecalis ning shtammlariga nisbatan sinergik ta‘sir ko‘rsatadi.
Anaerob mikroorganizmlarga ta‘sir qilmaydi.
Amikasin boshqa aminoglikozidlarni faolsizlantiradigan fermentlarning ta‘siri ostida faolligini yo‘qotmaydi va tobramisin, gentamisin va netilmisinga chidamli Pseudomonas aeruginosa ning shtammlariga nisbatan faolligi saqlanib qolishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga (m/i) yuborilganidan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi.
7,5 mg/ml dozada mushak ichiga yuborilganida maksimal konsentrasiyasi (Cmax) – 21 mkg/ml, 7,5 mg/ml dozada vena ichiga infuziya qilingandan 30 minutdan keyin – 38 mkg/ml. Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tcmax) – m/i yuborilganidan so‘ng taxminan 1,5 soat. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 4-11%.
Hujayradan tashqari suyuqliklarda (abssesslarning ichidagisi, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik, assit, perikardial, sinovial, limfatik va peritoneal suyuqlik) yaxshi taqsimlanadi. Yuqori konsentrasiyalarda siydikda aniqlanadi; past konsentrasiyalarda – safro, ko‘krak suti, ko‘z suyuqligi, bronxial sekreti, balg‘am va orqa miya suyuqligida (OMS) da aniqlanadi. Organizmning barcha to‘qimalariga yaxshi o‘tadi, u yerda hujayra ichida to‘planadi; qon bilan yaxshi ta‘minlangan a‘zolarda: o‘pkalar, jigar, miokard, taloq va ayniqsa buyraklarda yuqori konsentrasiyalarda aniqlanadi, u yerda po‘stloq moddasida to‘planadi, kamroq konsentrasiyalarda – mushaklar, yog‘ to‘qimasi va suyaklarda aniqlanadi.
Kattalarga o‘rtacha terapevtik dozalarda (normada) buyurilganida amikasin gematoensefalik to‘siq (GET) orqali o‘tmaydi, bosh miya pardalari yallig‘langanida o‘tkazuvchanligi biroz oshadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning OMS dagi konsentrasiyasi kattalarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi – homilaning qonida va amniotik suyuqlikda aniqlanadi. Kattalarda taqsimlanish hajmi – 0,26 l/kg, bolalarda – 0,2-0,4 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan kam bo‘lganda – 0,68 l/kg gacha, 1 haftalikdan kichik va tana vazni 1500 g dan ortiq bo‘lganda – 0,58 l/kg gacha, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – 0,3-0,39 l/kg. V/i yoki m/i yuborilganida o‘rtacha terapevtik konsentrasiyasi 10-12 soat davomida saqlanadi.
Metabolizmga uchramaydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) kattalarda – 2-4 soat, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 5-8 soat, kattaroq yoshli bolalarda – 2,5-4 soat. T1/2 ni yakuniy kattaligi – 100 soatdan ortiq (hujayra ichidagi zahiralardan ajralib chiqishi).
Buyraklar orqali kalava filtrasiyasi yo‘li bilan (65-94%) asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak klirensi – 79-100 ml/min.
Kattalarda buyraklar faoliyati buzilganida T1/2 buzilish darajasiga qarab – 100 soatgacha, mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – 1-2 soatgacha tebranadi, kuygan va gipertermiyasi bo‘lgan bemorlarda T1/2 klirensi yuqoriligi tufayli, o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda qisqaroq bo‘lishi mumkin.
Gemodializda (4-6 soat davomida 50%) chiqariladi, peritoneal dializning samarasi kamroq (48-72 soat davomida 25%).
Qo‘llanilishi
Grammanfiy mikroorganizmlar (gentamisin, sizomisin va kanamisinga chidamli) yoki grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarni assosiasiyasi chiqargan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: nafas yo‘llarining infeksiyalari (bronxit, pnevmoniya, plevra empiemasi, o‘pka abssessi), sepsis, septik endokardit, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari (shu jumladan meningit), qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (shu jumladan, peritonit), siydik jinsiy yo‘llarining infeksiyalari (pielonefrit, sistit, uretrit), teri va yumshoq to‘qimalarning yiringli infeksiyalari (shu jumladan, infeksiyalangan kuyishlar, infeksiyalangan yaralar va turli genezli yotoq yaralar), o‘t-safro yo‘llari, suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari (shu jumladan osteomielit), jarohat infeksiyalari, operasiyadan keyingi infeksiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
M/i, v/i (oqim bilan, 2 minut davomida yoki tomchilab), kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga – 5 mg/kg dan har 8 soatda yoki 7,5 mg/kg dan har 12 soatda; siydik yo‘llarining (asoratlanmagan) bakterial infeksiyalarida – 250 mg dan har 12 soatda; gemodializ seansini o‘tkazgandan so‘ng qo‘shimcha doza – 3-5 mg/kg buyurilishi mumkin.
Kattalar uchun maksimal doza – sutkada 15 mg/kg, ammo sutkada 1,5 g dan ko‘p emas 10 kun davomida yuboriladi.
Davolash davomiyligi v/i yuborilganida – 3-7 kun, m/i yuborilganida – 7-10 kun.
Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga boshlang‘ich doza – 10 mg/kg, so‘ngra 7,5 mg/kg dan har 18-24 soatda; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga boshlang‘ich doza – 10 mg/kg, so‘ngra 7,5 mg/kg dan har 12 soatda 7-10 kun davomida yuboriladi.
Kuygan bemorlarda T1/2 qisqaroq (1-1,5 soat) bo‘lganligi sababli, bu bemorlarga har 4-6 soatda 5-7,5 mg/kg doza talab qilinishi mumkin.
M/i yuborish uchun 250 mg yoki 500 mg flakonning ichidagisiga 2-3 ml in‘eksiya uchun suv qo‘shib tayyorlangan eritma ishlatiladi.
Amikasin vena ichiga 30-60 minut davomida tomchilab, zarurati bo‘lganida – oqim bilan yuboriladi.
V/i (oqim bilan) yuborish uchun 250 mg yoki 500 mg flakonning ichidagisiga 2-3 ml in‘eksiya uchun suv yoki 0,9% natriy xloridining eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasi qo‘shib tayyorlangan eritma ishlatiladi.
V/i (tomchilab) yuborish uchun flakonning ichidagisi 200 ml 5% dekstroza eritmasi yoki 0,9% natriy xloridi eritmasida eritiladi.
V/i yuborish uchun eritmadagi amikasinning konsentrasiyasi 5 mg/ml dan oshmasligi kerak.
Buyraklarning ajratib chiqarish faoliyatini buzilishi bo‘lganida dozasini kamaytirish yoki yuborishlar oralig‘ini uzaytirish lozim.
Yuborishlar oralig‘i uzaytirilgan holda (agar kreatinin klirensining darajasi noma‘lum, pasientning holati turg‘un bo‘lsa) preparatni qabul qilishlar orasidagi interval quyidagicha aniqlanadi:
Interval (soatlar) = qon zardobidagi kreatininni konsentrasiyasi × 9.
Agar zardobdagi kreatininning konsentrasiyasi 2 mg/100 ml bo‘lsa, u holda tavsiya qilingan bir martalik dozani (7,5 mg/kg) har 18 soatda yuborish kerak.
Interval uzaytirilganida bir martalik doza o‘zgarmaydi.
Dozalash tartibi o‘zgarmaganda bir martalik doza kamaygan holda
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun birinchi doza 7,5 mg/kg ni tashkil qiladi.
Navbatdagi dozalarni hisoblash uchun bemorlarning kreatinin klirensini (ml/min) normadagi kreatinin klirensga bo‘linadi, so‘ngra chiqqan raqam birinchi dozaning kattaligiga (mg) ko‘paytiriladi, ya‘ni:
Har 12 soatda bemorda aniqlangan kreatinin
yuboriladigan = __klirensi (ml/min)___________ × birinchi doza (mg)
navbatdagi doza (mg) normadagi kreatinin
klirensi (ml/min)
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, jigar faoliyatini buzilishi (“jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya);
Qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, leykopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya;
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, neyrotoksik ta‘siri (mushaklarni tortilishi, uvishish hissi, sanchilish, tutqanoq hurujlari), nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishi (nafasni to‘xtashi);
Sezgi a‘zolari tomonidan: ototoksiklik (eshitishni pasayishi, vestibulyar va labirint buzilishlar, qaytmas karlik), vestibulyar apparatga toksik ta‘siri (harakatlar diskoordinasiyasi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish);
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrotoksiklik – buyrak faoliyatini buzilishi (oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya);
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, terini qizarishi, isitma, Kvinke shishi;
Mahalliy: in‘eksiya qilingan joyda og‘riq, dermatit, flebit va periflebit (vena ichiga yuborilganida).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, anamnezdagi boshqa aminoglikozidlarga), eshitish nervining nevriti, azotemiyali va uremiyali og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan – miasteniya, parkinsonizm, botulizm (aminoglikozidlar nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishini chaqirishi mumkin, bu skelet mushaklarini yanada kuchsizlanishiga olib keladi), degidratasiya, buyrak yetishmovchiligi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri, chala tug‘ilgan chaqaloqlar, keksalik yoshi, laktasiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Penisillinlar, geparin, sefalosporinlar, kapreomisin, amfoterisin V, gidroxlortiazid, eritromisin, nitrofurantoin, V guruhi vitaminlari va S vitamini, kaliy xlorid bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib.
Karbenisilin, benzilpenisillin, sefalosporinlar bilan o‘zaro ta‘sirlashganida sinergizm namoyon qiladi (og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda beta-laktam antibiotiklar bilan birga qo‘llanganida aminoglikozidlarning samaradorligi pasayishi mumkin).
Nalidiks kislotasi, polimiksin V, sisplatin va vankomisin oto- va nefrotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradilar.
Diuretiklar (ayniqsa, furosemid), sefalosporinlar, penisillinlar, sulfanilamidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar nefronlarning naychalarida faol sekresiya uchun raqobatlashib, aminoglikozidlarning eliminasiyasini bloklaydilar, qon zardobida ularning konsentrasiyalarini oshirib, nefro- va neyrotoksiklikni kuchaytiradilar.
Kuraresimon preparatlarning miorelaksasiyalovchi ta‘sirini kuchaytiradi. Metoksifluran, parenteral yuborish uchun polimiksinlar, kapreomisin va nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklovchi boshqa dori vositalar (galogenlangan karbonvodorodlar ingalyasion anesteziyada qo‘o‘lash uchun preparatlar sifatida, opioid analgetiklar), sitrat konservantli qonning katta miqdorini vena ichiga quyish nafasni to‘xtab qolish xavfini oshiradilar.
Indometasinni parenteral yuborish aminoglikozidlarning toksik ta‘sirini rivojlanishi xavfini oshiradi (yarim chiqarilish davrini oshishi va klirensini pasayishi).
Antimiastenik dori vositalarning samarasini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashdan oldin 30 mkg amikasin saqlovchi disklar yordamida ajratib olingan qo‘zg‘atuvchilarning sezuvchanligi aniqlanadi. Mikroorganizmlar o‘smagan maydonning diametri 17 mm va undan ortiq bo‘lganida mikroorganizm sezuvchan, 15 mm dan 16 mm gacha – o‘rtacha sezuvchan, 14 mm dan kam – chidamli hisoblanadi.
Plazmada amikasinning konsentrasiyasi 25 mkg/ml dan oshmasligi kerak (15-25 mkg/ml konsentrasiya terapevtik hisoblanadi).
Davolash davrida haftada kamida 1 marta buyraklar faoliyati, eshitish nervi va vestibulyar apparatni nazorat qilish kerak.
Nefrotoksiklikni rivojlanish ehtimoli buyraklar faoliyati buzilgan, shuningdek katta dozalarda yoki uzoq vaqt davomida buyurilganida yuqoriroq bo‘ladi (bemorlarning bu toifasida buyraklar faoliyatini har kuni nazorat qilish talab qilinishi mumkin).
Audiometrik sinamalar qoniqarsiz bo‘lganida preparatning dozasi pasaytiriladi yoki davolash to‘xtatiladi.
Siydik chiqarish yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan pasientlarga katta miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish tavsiya etiladi.
Klinik dinamika ijobiy bo‘lmaganida chidamli mikroorganizmlarni rivojlanishi mumkinligini yodda tutish kerak. Bunday hollarda davolashni bekor qilish va tegishli davolashni boshlash kerak.
Hayotiy ko‘rsatmalarga qarab preparatni emizikli ayollarda qo‘llash mumkin (aminoglikozidlar katta bo‘lmagan miqdorlarda ko‘krak sutiga o‘tadilar, biroq ular me‘da-ichak yo‘llaridan sekin so‘riladilar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar qayd etilmagan).
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: toksik reaksiyalar (eshitishni yo‘qolishi, ataksiya, bosh aylanishi, siyishni buzilishi, chanqoqlik, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi yoki bitib qolishi hissi, nafasni buzilishi).
Davolash: nerv-mushak o‘tkazuvchanligini blokadasi va uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun – gemodializ yoki peritoneal dializ; antixolinesteraz vositalar, kalsiy (Sa2+) tuzlari, o‘pkalarni sun‘iy ventilyasiyasi, boshqa simptomatik va tutib turuvchi davolash.
Chiqarilish shakli
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg.
500 mg amikasin 10 ml sig‘imli flakonlarda.
50 flakon 5 dona rus va o‘zbek (davlat) tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga stasionarlarga yetkazib berish uchun karton qutiga joylangan.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari