ANGALning aptekalardagi narxlari
ANGAL pastilkalar mentol N24
|
|
1 ta dorixonada bor
|
38 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
ANGAL ko'rsatmalar
Shuning uchun preparat tomoqdagi yallig‘lanish simptomlarini yumshatadi, og‘ir bakterial infeksiyalar rivojlanishi xavfini kamaytiradi, yutishdagi og‘riqni va tomoqni ta’sirlanishini kamaytiradi.
Angal Limon spreyi qand (saxaroza) saqlamaydi, shuning uchun uni xatto qandli diabetda xam qo‘llash mumkin.
Angal Limon spreyi quyidagilarda mahalliy qo‘llanadi:
• og‘iz bo‘shlig‘i (stomatit, gingivit) va tomoq (faringit) shilliq qavatining yallig‘lanishini davolash;
• og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishida og‘riqni yengillashtirish;
• tomoqning yallig‘lanish simptomlarini (yutishdagi og‘riq, ta’sirlanish) yengillashtirish.
Angal Limon spreyi kattalar, o‘smirlar va 5 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
Agar 3-4 kun davomida simptomlar kuchaysa yoki yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
• ushbu preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yoki lidokainga o‘xshash boshqa mahalliy anestetiklarga allergiya bo‘lganida;
• 5 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun;
• alkogolga qaramlikda.
Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari
Preparatni qo‘llash oldidan quyidagi hollarda shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing:
• tananing yuqori hararati, yutishni qiyinlashishi bilan tomoqda kuchli og‘riq bo‘lganida;
• yurak yetishmovchiligida;
• jigar faoliyatini buzilishida;
• yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun preparatlar qabul qilinganida;
• allergik reaksiyalarga moyillikda.
Spreyni ko‘z sohasiga purkatishdan saqlaning. Ko‘zga tasodifan tushganida ularni oqar suvda qovoqlar ochiqligida 15 minut davomida yuving.
Sprey qo‘llanganidan keyin ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish kerak, shuningdek tishlarni tozalamaslik kerak.
Preparat ko‘pincha tish pastalari tarkibiga kiradigan ayrim moddalar bilan nomutanosib. Shuning uchun tish pastasini ishlatish va bu preparatni qo‘llash orasida kamida 30 minut o‘tishi kerak.
Homiladorlik vaqtida yoki emizish davrida, shifokor preparatni buyurmagandan tashqari hollarda, Angal Limonni qo‘llamang.
Preparat shuningdek xomiladorlik va emizishda salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki u spirt saqlaydi.
ILOVA-VARAQASI
Preparatni qo‘llashdan oldin qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. U Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Ushbu dori reseptsiz beriladi. Shunday bo‘lsada, optimal samaraga erishish uchun yo‘riqnomaga rioya qilish kerak. – Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani saqlab qo‘ying. Keyinroq Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelishi mumkin. – Qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslahat olish uchun farmasevtga murojaat qiling. – Simptomlar kuchayganda yoki 3-4 kun davomida yahshilanish kuzatilmasa, davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak. – Agar nojo‘ya samaralar og‘irlashsa yoki ushbu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering. |
Mazmuni:
- Angal® pastilkalari nima va u nima uchun qo‘llanadi.
- Angal® pastilkalarini qo‘llashdan oldin.
- Angal® pastilkalarini qanday qo‘llash kerak.
- Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
- Saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddati.
ANGAL®
pastilkalar
tomoq yallig‘lanishini davolash uchun qo‘llanadi
Tarkibi
Bir pastilka 5 mg xlorgeksidin digidroxloridi va 1 mg lidokain gidroxloridi saqlaydi.
Yordamchi moddalar: levomentol, suvsiz limon kislotasi, sorbitol, magniy stearati.
Pastilkalar qand saqlamaydi.
Ta‘rifi
Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, bir oz sezilarli dog‘lari bo‘lgan pastilkalar.
O‘rami: perforasiya qilingan blisterda 24 pastilkadan (2x12) qutida.
1.ANGAL® PASTILKALARI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI
ANGAL® pastilkalari antibakterial va mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga ega. Pastilkalarning tarkibidagi xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, shuningdek dermatofitlarga va zamburug‘larga ta‘sir ko‘rsatuvchi kation antiseptik hisoblanadi. Xlorgeksidin ayrim lipofil viruslarning (gripp virusi, gerpes virusi, OITS) infektiv xususiyatini tez bloklaydi. Past konsentrasiyalarda bakteriyalarni ko‘payishini to‘xtatadi, yuqori konsentrasiyalarda – ularni nobud qiladi.
Ikkinchi faol modda lidokain, amid tipidagi mahalliy anestetik. U mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Pastilkalar quyidagilar uchun qo‘llanadi:
- og‘iz va halqumning yallig‘langan shilliq qavatini mahalliy davolash uchun;
- og‘izning shilliq qavatini yallig‘lanishida og‘riqni bartaraf qilish uchun;
- angina simptomlarini (yutishda og‘riq, ta‘sirlanish) yengillatish uchun qo‘llaniladi.
- ANGAL® PASTILKALARINI QO‘LLASHDAN OLDIN
Preparat qo‘llanilmasin:
- Ushbu preparatning ta‘sir etuvchi moddalariga (xlorgeksidin, lidokain) yoki har qanday boshqa komponentiga yoki lidokain kabi boshqa maxalliy anestetiklarga allergiyada (o‘ta yuqori sezuvchanlik);
- 5 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas;
- Preparat levomentol saqlaganligi tufayli, anamnezda mushak tirishishlar bo‘lgan bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Quyidagilarda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak:
- agar tana harorati oshgan bo‘lsa va tomoqda kuchli og‘riq bilan kechuvchi yutishda qiyinchilik bo‘lsa.
- yurak yetishmovchiligida;
- jigar funksiyasini buzilishida;
- yurak ritmini buzilishini (aritmiyalar) davolash uchun preparatlar qabul qilinganda;
- allergik reaksiyalarga moyillik bo‘lgan holatlarda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
Bunga o‘xshash holatlarda preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat ko‘pincha tish pastasi tarkibiga qiruvchi ayrim moddalar bilan nomutanosib. Shu boisdan tish pastasi va ushbu preparatni qo‘llash orasida kamida 30 minutli davrga amal qilish lozim.
Agar 3-4 kun davomida simptomlar kuchaysa yoki holat yaxshilanmasa, shifokorga murojat qilish lozim.
Boshqa preparatlar qabul qilish
Agar Siz xar qanday dori preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlarni qabul qilgan bo‘lsangiz, bu xaqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar qiling.
Angal preparatini xolinesteraza fermentini susaytiruvchi boshqa preparatlar (neostigmin, distigmin, piridostigmin) va miasteniya gravis (mushak zaifligi bilan namoyon bo‘luvchi autoimmun kasallik) davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasin.
Angal va yurak ritmini buzilishini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Angalni tomoqda yallig‘lanishni kamaytiruvchi boshqa preparatlar (antiseptiklar) bilan, ularning o‘zaro ta‘siri tufayli, bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Bu holat Angal pastilkalari singari bir hil faol moddalarni saqlovchi preparatlarga (masalan Angal S spreyi) taalluqli emas. Angal pastilkalari va Angal S sprey birga qo‘llanganda sutkalik dozani oshirish mumkin emas. (“Angal® pastilkalarini qanday qo‘llash kerak” bo‘limiga qarang);
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik vaqtida yoki emizish davrida preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.
Shifokor tomonidan buyurilgan holatlardan tashqari, Angal homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Transportni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
O‘rganilmagan.
Yordamchi moddalar haqida ma‘lumot
Bitta pastilka 1,2 mg sorbitol saqlaydi. Ushbu preparatni diabet bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.
Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan odamlarda qo‘llash mumkin emas.
Ayrim odamlarda sorbitol me‘da-ichak buzilishlarini (diareya) chaqirishi mumkin.
- ANGAL® PASTILKALARI QANDAY QO‘LLANADI
Mahalliy qo‘llash uchun buyuriladi.
Bitta pastilka og‘izda sekin shimiladi.
Kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlar: kuniga 6 dan – 10 tagacha pastilka buyuriladi.
5 yoshdan katta bolalar: kuniga 3 tadan-5 tagacha pastilka buyuriladi.
Kattalar uchun maksimal doza:
- bir martalik doza 5 mg xlorgeksidin (tana vazni 0,08 mg/kg) va 1 mg lidokainni (tana vazni 0,02 mg/kg) tashkil qiladi, bu 1 pastilkaga to‘g‘ri keladi;
- sutkalik doza 50 mg xlorgeksidin va 10 mg lidokainni tashkil qiladi, bu 10 pastilkaga to‘g‘ri keladi.
Angal pastilkalarini Angal sprey bilan birga qo‘llash mumkin, lekin sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Kattalarda preparatning ikkala shaklini 10 martagacha birga qo‘llash mumkin. Masalan, agar Siz 1 pastilka qabul qilsangiz, shu kun davomida Siz Angal S spreyni 9 marta qo‘llashingiz mumkin. Agar Siz 2 pastilka qabul qilsangiz, shu kun davomida Siz Angal S spreyni 8 marta qo‘llashingiz mumkin va hokazo.
Bolalarda pastilkalarni qabul qilish va sprey bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Preparatni uzoq muddat qo‘llash uchun mo‘ljalanmagan.
Preparatni 3-4 kundan ortiq va xaddan tashqari tez-tez qo‘llash mumkin emas.
Tomoqni yallig‘lanishi tufayli og‘riqni va ta‘sirchanlikni kamayishigacha preparatni qo‘llash lozim.
Simptomlar kuchayganida yoki 3-4 kun davomidan so‘ng holat yaxshilanmasa shifokorga murojaat qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Angalning dozasi oshirib yuborilganida zudlik bilan shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.
Ushbu dori preparati og‘iz bo‘shlig‘ida maxalliy qo‘llanganiga va toksik ko‘rinishlar namoyon bo‘lishiga yetarli dozalar saqlab mosligiga qaramay tasodifan yoki ehtiyotsizlik oqibatida ichga qabul qilinganda, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli mavjud. Ayniqsa bu bolalarga taalluqlidir.
Tizimli intoksikasiya markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimiga ta‘sir ko‘rsatishi oqibatida yuz beradi. Dozani oshirib yuborilishining birinchi belgilari markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ortiqcha dozalar (xar kuni 20 pastilkadan ortiq) qo‘llangandan keyin yutishni buzilishi rivojlanishi mumkin (yutish refleksini nazorati ustidan susayadi).
Markaziy nerv tizimiga ta‘siri tufayli quyidagi: bosh og‘rig‘i, gallyusinasiyalar, bosh aylanishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alishi, quloqlarni shang‘illashi yoki jaranglashi (tinnitus), terida noxush hislar (masalan, qitiqlovchi yoki sanchiqlar), nutqni buzilishi, eshitishni buzilishi, og‘iz sohasida uvishish, asidoz (tez-tez nafas olish, ongni chalkashishi, charchoq kabi simptomlari) kuzatilishi mumkin.
Ko‘z olmasining nazorat qilib bo‘lmaydigan ritmik xarakatlari, mushaklarni tortishishi, psixozlar, konvulsiyalar (tirishishlar), nafasni to‘xtab qolishi, koma, tirishishlar, ong darajasini pasayishi kabi simptomlar rivojlanishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri oqibatida: to‘satdan arterial bosimni pasayishi, yurak ritmini sekinlashishi, yurak ritmini buzilishlari va to‘satdan yurak to‘xtashi yuz berishi mumkin.
Shuningdek me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar (qusish, qizilo‘ngach, me‘da va (yoki) o‘n ikki barmoq ichak yaralari, xalqum shishi), quvonchli-qo‘zg‘algan kayfiyat (eyforiya), ko‘rishni buzilishi, ta‘m sezishni to‘liq yo‘qolishi (bir necha soat davom etuvchi) va jigar fermentlari darajasini oshishi (faqat qon taxlilida aniqlanadi) paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llashni o‘tkazib yuborilishi
Unutilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
Ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan savollar paydo bo‘lganida shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- KUZATILISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALARI
Barcha dori preparatlari kabi Angal xam, garchi ular hammada paydo bo‘lmasada nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Ularni paydo bo‘lish tezligi bo‘yicha tasniflanuvchi quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin.
Tez-tez (100 nafar pasientdan 1-10 nafarida uchraydi): ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, terida allergik reaksiyalari.
Kam hollarda (10000 nafar pasientdan 1-10 nafarida uchraydi): preparat bilan kontaktdan keyingi qichishish bilan kechuvchi toshma, terida qichishuvchi tugunli toshma, til yoki xalqumni shishi, nafasni qiyinlashishi, qorinda og‘riq, diareya, arterial bosimni keskin pasayishi natijasidagi bosh aylanishi kabi simptomlar bilan kechuvchi og‘ir allergik reaksiyalar.
Tez-tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar asosida baxolab bo‘lmaydi): uyquchanlik, orientasiyani buzilishi, ongni chalkashishi (jumladan nutqni chalkashishi), bosh aylanishi, tremor, psixoz, asabiylik, sanchiq, uvishish, tirishishlar, xushdan ketish, koma, quloqlarni shang‘illashi, qo‘zg‘alish (bezovta xarakati bilan kechuvchi og‘ir qo‘zg‘aluvchanlik), quvonchli-qo‘zg‘algan holat (eyforiya), ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, ko‘rish), yutishni qiyinlashishi, ta‘mni sezishni keyingi buzilishlari yoki tilni achishish hissi, og‘iz shilliq qavatini yiringlashi va toshmalar, mushaklarni tortishishi yoki titrashi (tremor), og‘izda sovuq yoki issiqlikni xis qilish, quyosh nurlariga terini yuqori sezuvchanligi (sekinlashgan turi) va (yoki) terida boshqa reaksiyalar, nafasni qiyinlashishi, yuzaki tez-tez nafas olish, uni qiyinlashishi va tezlashishi va terini ko‘karishiga olib kelishi, nafasni to‘satdan to‘xtashi, holsizlikni va quvvat yo‘qolishini his etish, qonda o‘zgarishlar, ular bosh og‘rig‘i, toliqish, nafasni qiyinlashishi va terini ko‘karish tusi bilan namoyon bo‘ladi.
Xlorgeksidinni og‘iz bo‘shlig‘ida uzoq vaqt va uzluksiz qo‘llaganda ayrim pasientlarda tishlarni vaqtincha qorayishi paydo bo‘lishi mumkin. Tishlarni bunday qorayishini bartaraf qilish mumkin. Hozirgi vaqtgacha preparat tomoqda mahalliy qo‘llanganda tishlarni qorayishi haqida ma‘lumotlar bo‘lmagan.
Agar Sizda quyidagi ko‘rsatilgan xar qanday simptomlarni birontasi paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni zudlik bilan to‘xtating va tezda davolovchi shifokorga yoki yaqindagi tibbiy muassasasiga murojaat qiling, chunki bu juda og‘ir allergik reaksiyalarning simptomlari bo‘lishi mumkin.
- qo‘l, oyoqlarni, to‘piq bo‘g‘imlarini, yuz, lab, og‘iz yoki tomoq shishi, bu yutinishni yoki nafasni buzilishlarini chaqirishi mumkin;
- butun tana bo‘yicha toshma;
- eshakemi;
- xushdan ketish.
Agar Sizda har qanday noxush samaralar og‘irlashsa yoki ushbu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.
- SAQLASH VA YAROQLILIK MUDDATI
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Pastilkalarni namlikdan saqlash uchun original o‘ramda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: 3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Berish tartibi
Reseptsiz.
Purkagich tugmasiga bir bosishda ajralib chiqadigan doza (0,085 ml), 0,17 mg xlorgeksidin diglyukonati va 0,04 mg lidokain gidroxloridi saqlaydi.
Yordamchi moddalar: limon xushbo‘yi, glitserin (Ye422), propilenglikol (Ye1520), sukraloza (Ye955), limon kislotasi monogidrati (Ye330), etanol (29,7% hajm), tozalangan suv.
Bu preparat 29,7% hajm etanol (spirt) saqlaydi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun maksimal bir martalik doza 104,46 mg gacha etanol (2,64 ml pivo yoki 1,10 ml vinoga ekvivalent) saqlaydi. 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maksimal bir martalik doza 62,68 mg etanol (1,58 ml pivo yoki 0,66 ml vinoga ekvivalent) saqlaydi.
Preparat alkogolizmi bo‘lgan shaxslarga zarar qiladi.
Homiladorlar va emizikli ayollar, bolalar, shuningdek yuqori xavf guruhi patsiyentlari, xususan jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida etanolning (spirtning) miqdori hisobga olinishi kerak.
Angal Limon spreyi propilenglikol saqlaydi, u alkogol chaqiradiganga o‘xshash simptomlar chaqirishi mumkin.
Kattalar uchun maksimal doza quyidagini tashkil qiladi:
• bir martalik: 0,85 mg xlorgeksidin dipropionati va 0,21 mg lidokain gidroxloridi;
• sutkalik: 8,5 mg xlorgeksidin dipropionati va 2,1 mg lidokain gidroxloridi.
Spreyni Angal pastilkalari bilan birga qo‘llash mumkin, lekin sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Kattalar preparatning ikkala shaklini maksimal sutkada 10 marta qo‘shishlari mumkin. Masalan: agar Siz bir pastilka qabul qilgan bo‘lsangiz, Siz Angal Limon spreyini shu kuni yana 9 marta ishlatishingiz mumkin. Agar Siz 2 pastilka qabul qilgan bo‘lsangiz, Siz Angal® Limon spreyini shu kuni yana 8 marta ishlatishingiz mumkin va x.k.
5 yoshdan katta bolalar: purkagich tugmasiga 2-3 ketma-ket bosiladi; sutkada 3 martadan 5 martagacha takrorlansin.
Bolalarda sprey va Angal pastilkalari birga qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘llash usuli
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda mahalliy qo‘llash uchun.
Har bir qo‘llashdan keyin purkashni bloklash uchun purkagich naychasini pastga buring.
Agar ma’lum vaqtda Angal Limon spreyini ishlatish rejalashtirilmasa, quyidagi tarzda purkatish uchlikni tozalash tavsiya etiladi:
1. Flakon tubini yuqoriga qilib to‘nkaring va purkagich tugmasiga adapterda qolgan eritma yo‘qotilmagunicha (eritma boshqa purkalmaydi) bosing.
2. Purkash uchun teshikdan purkagich naychasini chiqarib oling va uni bir necha minutga iliq suvli idishga solib qo‘ying
3. Purkagich naychasini suvdan oling va quriting.
4. Purkashni bloklash uchun purkagich naychasini, u pastga qaragan xolatda qilib biriktiring.
Qo‘llash davomiyligi
Spreyni uzluksiz 3-4 kundan ortiq yoki juda tez-tez qo‘llamang.
Preparatni faqat tomoq yallig‘lanishi chaqirgan og‘riq va ta’sirlanishni yaxshilanishi yuz bermagunicha ishlating.
Simptomlar kuchayganida yoki 3-4 kun davomida yaxshilanish kuzatilmaganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Quyida sanab o‘tilgan xar qanday simptomlar paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni darhol to‘xtating va shoshilinch shifokorga yoki yaqindagi tibbiy muassasaga murojaat qiling:
• qo‘llar, oyoqlar, to‘piqlar, yuz, lablar, og‘iz yoki tomoqni shishi, bu yutish yoki nafasni buzilishini chaqirishi mumkin;
• butun tana bo‘ylab toshma;
• eshakemi;
• xushdan ketish.
Bu juda jiddiy nojo‘ya samaralar, ular preparatga og‘ir allergik reaksiyalar haqida dalolat beradi. Bunday hollarda shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘ladi.
Boshqa nojo‘ya samaralari
Tez-tez (10 patsiyentlarda 1 dan ko‘p bo‘lmaganida uchraydi): ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, teri allergik reaksiyalari.
Kam hollarda (1000 patsiyentlarda 1 dan ko‘p bo‘lmaganida uchraydi): preparat bilan kontaktdan keyin qichishuvchi toshma, terida qichishuvchi tugunli toshma, til yoki tomoqni shishi, nafasni qiyinlashishi, qorin og‘rig‘i, diareya, arterial bosimni keskin tushishi oqibatidagi bosh aylanishi kabi simptomlar bilan og‘ir allergik reaksiyalar.
Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas): uyquchanlik, oriyentatsiyani buzilishi, ongni chalkashishi (shu jumladan nutqni chalkashishi), bosh aylanishi, tremor, psixoz, asabiylik, sanchilish, uvishish, tirishishlar, xushdan ketish, koma, quloqlarda shovqin, qo‘zg‘alish (shu jumladan xarakat bezovtaligi bilan og‘ir qo‘zg‘alish), xursand-qo‘zg‘algan xolat (eyforiya), ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, ko‘zlarda ikkilanish), yutishni qiyinlashishi, o‘tkinchi ta’mni buzilishdari va tilda achishish xissi, og‘izda yaralar yoki toshma, mushak tortilishlari yoki qaltirashi (tremor), og‘izda issiqlik yoki sovuqlik tuyg‘usi, quyosh nurlari ta’siriga terining sezuvchanligini oshishi (sekinlashgan turi) yoki terida boshqa reaksiyalar, lixenoid reaksiya, yanada qiyinlashgan va tezlashgan va terini ko‘karishiga olib keluvchi nafasni qiyinlashishi, tez va yuzaki nafas, nafasni birdan to‘xtashi, kuchsizlik va kuch va quvvatni yo‘qligi xissi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, nafasni qiyinlashishi va terini ko‘karishi bilan namoyon bo‘luvchi qondagi o‘zgarishlar.
Butun og‘iz bo‘shlig‘iga sepish bilan xlorgeksidinni davomli va uzluksiz qo‘llashda, tishlarni vaqtinchalik qorayishi paydo bo‘lishi mumkin. Tishlarni bunday qorayishini bartaraf qilish mumkin. Hozirgi vaqtgacha preparat tomoq sohasiga mahalliy qo‘llanganda tishlarni qorayishi haqida xabarlar tushmagan.
Bolalar
Bolalarda nojo‘ya samaralarini rivojlanish tez-tezligi va og‘irligi, kattalardagidek bo‘lishi kutiladi.
Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Shuningdek, agar Sizda bu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Angal Limon spreyini quyidagilarda qo‘llamang:
xolinesteraza fermentini susaytiruvchi preparatlar (neostigmin, distigmin, piridostigmin) va miasteniya gravisni (mushak kuchsizligi bilan namoyon bo‘luvchi autoimmun kasallik) davolash uchun boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash;
tomoqdagi yallig‘lanishni kamaytirish uchun boshqa dori preparatlari (antiseptiklar) bilan. Bu Angal pastilkalariga taalluqli, ular sprey saqlovchi xuddi shu moddalarni saqlaydi. Angal spreyi va pastilkalari birga qo‘llanilganda, sutkalik doza oshirilmasligi kerak (shuningdek “Angal Limon spreyi qanday qo‘llanadi” ga qarang);
og‘ir metallarni saqlovchi boshqa dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan birga.
Ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
Spreyni bevosita ovqatlanish oldidan yoki ovqat qabul qilish vaqtida qo‘llamang.
25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati: 2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati: 6 oy.
Tiniq, rangsiz, limon va etanol hidli, limon mazali eritma.
Bu dori preparati og‘iz bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llanishiga qaramasdan, xatoga yo‘l qo‘yib yoki ehtiyotsizlik bo‘yicha ortiqcha dozalarda preparatni ichga qabul qilishning ehtimoli bor. Bu ayniqsa bolalarga taalluqli.
Ortiqcha dozalar (sutkada 1 flakondan ko‘p sprey) qo‘llanganidan keyin yutishni buzilishi paydo bo‘lishi mumkin (yutish refleksining nazoratini susaytiradi).
Dozani oshirib yuborilishining birinchi belgilari bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiyalar, bosh aylanishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, quloqlarda shovqin, terida noxush tuyg‘ular (masalan, qitiqlanish yoki sanchilish), nutqni buzilishi, eshitishni buzilishi, og‘iz sohasida uvishishi, atsidoz (uning simptomlari nafasni tezlashishi, ongni chalkashishi, charchoqlik hisoblanadi), ko‘z soqqalarini nazorat qilinmaydigan ritmik xarakatlari, mushak tortilishlari, psixozlar kabi markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Dozani oshirib yuborilishi yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qilishi mumkin: birdan arterial bosimni tushib ketishi, yurak ritmini sekinlashishi, yurak ritmini buzilishi va birdan yurakni to‘xtashi.
Shuningdek me’da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya reaksiyalar (qusish, qizilo‘ngach, me’da va (yoki) o‘n ikki barmoq ichak yaralari, xursand-qo‘zg‘algan kayfiyat (eyforiya), ko‘rishni noaniqligi, ta’m sezishni yo‘qolishi (bir necha soat davom etuvchi) va jigar fermentlari miqdorini oshishi (faqat qon tahlili bo‘yicha aniqlanadi) paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llashni o‘tkazib yuborilishi
Unutilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qo‘llamang.
Bu preparatni qo‘llash bo‘yicha savollar paydo bo‘lganida, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Tekshirilmagan. Preparat transportni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi yoki o‘ta kuchsiz ta’sir qiladi.