Avitsetning aptekalardagi narxlari
AVISET tabletkalari 5mg N30
|
|
74 ta dorixonada bor
|
32 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
48 400 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
42 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Avitset ko'rsatmalar
Yarim chiqarilish davri 7-10 soatni tashkil etadi. Umumiy klirensi – 0,63 ml/min/kg. Organizmda to'planmaydi. Organizmdan 96 soat davomida to'liq chiqariladi. Preparatning 85,4% buyraklar orqali siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 40 ml dan kam) bo'lgan bemorlarda preparatning klirensi kamayadi, T½ esa uzayadi (gemodializdagi bemorlarda umumiy klirensi 80% ga kamayadi), bu dozalash tartibiga muvofiq o'zgartirish kiritishni talab etadi. Levosetirizinning 10% dan kam qismi gemodializda organizmdan chiqariladi. Ko'krak sutiga o'tadi.
Ehtiyotkorlik bilan – surunkali buyrak etishmovchiligi (dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi), keksa yoshdagilar (kalavalar filtrasiyasi pasayishi mumkin).
Homiladorlik va laktasiyada qo'llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni ayollarga buyurish tavsiya qilinmaydi.
faol modda: levotsetirizin dihidrokloridi - 5 mg;
yordamchi moddalar: saxaroza, natriy benzoat, propilen glikol, aspartam, bronopol, glitserin, sorbitol 70% eritmasi, tosalangan suw, natriy metilparabeni, natriy propilparabeni;
boevchi: SUNSET YELLOW FCF SUPRA, lazzat: banan
Qo'llash usuli: o'ram tomchilagich saqlaydi. Eritmaning kerakli miqdori tomchilagich yordamida o'lchanadi va osh qoshiqqa yoki bir stakan suvga quyiladi.
Tomchi suyutirilgandan keyin darhol qabul qilish kerak.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - kundalik tavsiya etiladigan doza 5 mg ga teng (20 ml eritma).
maksimal sutkalik doza 5 mg dan oshmasligi kerak.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga – kundalik tavsiya etiladigan doza 2,5 mg ga teng,
1,25 mg dan teng dozalarda ikki qabulda (5 ml =2x5 dan 2 marta (10 ml eritma)).
Maksimal sutkalik doza 2,5 dan oshmasligi kerak.
Buyrak funktsiyasi buzilishlari bo'lgan pasientlar:
Buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemor bolalar uchun doza individual ravishda pasientni buyrak klirensini va uning vaznini e'tiborga olgan holda belgilanadi.
Vaqti vaqti bilan qabulni buyrak funktsiyasiga muvofiq individual ravishda belgilash kerak. Surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda kreatinin klirensi (kk) 30 dan 49 ml/min gacha bo'lganida dozani kunora 2 martaga kamaytirish kerak (5 mg = 20 ml dan); kk 10 dan 29 ml/min gacha bo'lganda dozani har 3 kunda (5 mg = 20 ml dan) 3 martaga kamaytirish kerak. Og'ir buyrak etishmovchiligida (kk kamida 10 ml/min) preparatni qabul qilish mumkin emas.
Jigar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan pasientlar: jigar funktsiyasi yakka buzilishlari bo'lgan bemorlarga preparat buyurilganda dozaga har qanday o'zgartirishlar kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak va jigar funktsiyasi buzilishlarini birga kechishi bo'lgan pasientlarga dozani aniqlashtirish tavsiya etiladi. ("Buyrak funktsiyasi buzilishlari bo'lgan pasientlar" yuqoridagi bo'limga qarang).
Jigar etishmovchiligi bo'lgan bemorlarga dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Qabulning davomiyligi kasallikning kechishiga bog'liq.
Pollinozni davolash uchun o'rtacha 1-6 hafta davomida buyuriladi.
Mavsumiy allergik renitlarda (haftada kamida 4 kun yoki 1 yilda kamida 4 xafta namoyon bo'luvchi simptomlar) davolash kasallik belgilari bo'yicha o'tkazilishi kerak, ya'ni ular simtomlar yo'qolganda to'xtatilishi mumkin va simptomlar qayta paydo bo'lganda davom ettirilishi mumkin. Vaqt-vaqti bilan avj oluvchi allergik renitni davolashda (haftada 4 kundan ko'p yoki 1 yilda 4 haftadan ko'p kuzatiladigan simtomlar) allergenlarni butun ta'sir qilish davrida davolash davom ettiriladi.
6 oygacha preparatni qo'llash bo'yicha klinik tajriba mavjud.
Surunkali kasalliklarda (yil bo'yi kuzatiladigan rinit, surunkali eshakemi, atopik dermatit) davolash davomiyligi 12 oygacha ko'paytirilishi mumkin.
Allergik reaktsiyalarning rivojlanishi oldini oladi va kechishini engillashtiradi, ekssudasiyaga qarshi, qichishishga qarshi ta'sirga ega, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko'rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samara ko'rsatmaydi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.
Davolash: dozani oshirib yuborilish belgilari paydo bo'lganida (ayniqsa bolalarda) preparat qabul qilishni to'xtatish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish, simptomatik davolash o'tkazish kerak. Maxsus antidoti yo'q. Gemodializ samarasiz.
Chiqarish shakllari