AZITOKOMning aptekalardagi narxlari
AZITOKOM tabletkalari 500mg N3
|
|
15 ta dorixonada bor
|
21 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
AZITOKOM-250 tabletkalari 250mg N10
|
|
6 ta dorixonada bor
|
23 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
23 500 so'mdan
Bron qilish
|
AZITOKOM-250 kapsulalar 250mg N6
|
|
2 ta dorixonada bor
|
25 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
AZITOKOM kapsulalar 250mg N6
|
|
11 ta dorixonada bor
|
21 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
AZITOKOM ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AZITOKOM™ 500
AZITOCOM™ 500
Preparatning savdo nomi: Azitokom™ 500
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azitromisin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: azitromisin digidrati 500 mg azitromisinga to‘g‘ri keladi;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmalglikolyati, Insta moist shield aqua-II.
Ta‘rifi: oq rangli, oval, bir tomonida o‘yig‘i bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar (makrolidlar guruhi).
ATX kodi: J01FA10
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik. Yangi makrolid antibiotiklarini kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori konsentrasiyasi hosil bo‘lganida bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.
Preparatga grammusbat kokklar: Streptococcus pheumoniae, St. pyogenes, St.agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, St. viridans; Staphylococcus aureus, grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.rarapertussis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridim perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir. Eritromisinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Preparat me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uni kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog‘liq. 500 mg dozasi ichga qabul qilinganidan keyin, azitromisin qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2,5-2,96 soatdan keyin erishiladi va u
0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Azitromisin nafas yo‘llariga, urogenital yo‘llarining a‘zo va to‘qimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. To‘qimalardagi yuqori konsentrasiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining davomiyligi azitromisinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog‘lanishi, shuningdek uni eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va lizosomalar atrofidagi rN past bo‘lgan muhitda ko‘proq to‘planishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida, kutilgan taqsimlanish hajmini kattaligi (31,1 l/kg) va plazma klirensini yuqoriligini belgilaydi. Azitromisinni ko‘proq lizosomalarda to‘planish qobiliyati, ayniqsa hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarining eliminasiyasi uchun muhim. Fagositlar azitromisinni infeksiya joyiga yetkazib berishi, u yerda uning fagositoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Infeksiya o‘chog‘idagi azitromisinning konsentrasiyasi, sog‘lom to‘qimalarga nisbatan (o‘rtacha 24-34% ga) ishonarli darajada yuqori va yallig‘lanish shishi darajasi bilan mos keladi. Fagositlardagi yuqori konsentrasiyasiga qaramay, azitromisin ularning faoliyatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Azitromisin yallig‘lanish o‘choqida bakterisid konsentrasiyalarda, oxirgi dozasi qabul qilingandan so‘ng 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3-kunlik va 5-kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Metabolizmi
Jigarda demetilizasiyaga uchraydi, hosil bo‘ladigan metabolitlari faol emas.
Chiqarilishi
Azitromisin qon plazmasidan 2 bosqichda chiqariladi: yarim chiqarilish davri qabul qilingandan so‘ng 8 dan 24 soat oralig‘ida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oralig‘ida – 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qo‘llash imkonini beradi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida:
- nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari va LOR-a‘zolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta quloq otiti);
- skarlatina;
- nafas yo‘llarining quyi bo‘limlari infeksiyalari (bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit);
- teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar);
- urogenital yo‘llarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servisit);
- Laym kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans).
- me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning, Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2 soatdan keyin, sutkada 1 marta qabul qilinadi.
Kattalarga nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlari infeksiyalarida sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g) buyuriladi.
Asoratlanmagan uretrit va/yoki servisitda bir marta 1 g buyuriladi;
Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida: birinchi kuni bir qabulga sutkada 1 g dan; keyinchalik sutkada 500 mg dan, xar kuni 2 dan 5 kungacha buyuriladi. Kurs dozasi –
3 g.
Asoratlangan, davomli kechuvchi uretitda: Chlamydia trachowatis chaqirgan servisitda 1 g dan 3 marta, 7 kunlik oraliq bilan (preparatni davolashning 1-7-14 kunlari qabul qilish) buyuriladi. Kurs dozasi – 3 g.
Laym kasalligida (borreliozda) boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans) birinchi kuni 1 g dan va 2 dan 5 kungacha 500 mg dan har kuni (kurs dozasi – 3 g) buyuriladi.
Me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assosiasiyalangan kasalliklarida sutkada 1 g dan 3 kun davomida majmuaviy antixelikobakter davolash tarkibida buyuriladi.
3 yoshdan oshgan va/yoki tana vazni 25 kg dan katta bo‘lgan bolalarga nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlari, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida tana vazniga 10 mg/kg hisobidan sutkada 1 marta 3 kun davomida (kurs dozasi – 30 mg/kg) yoki 1 kun –
10 mg/kg, so‘ngra 4 kun davomida sutkada 5-10 mg/kg dan buyuriladi.
Laym kasalligi (borrelioz) ning boshlang‘ich bosqichini (etyfhema migrans) davolashda preparat tana vazniga 20 mg/kg dozada kuniga 1 marta, so‘ngra 2 kundan 5 kungacha 10 mg/kg dan buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya (5%), ko‘ngil aynishi (3%), abdominal og‘riqlar (3%), 1% va undan kam dispepsiya, meteorizm, qusish, melena, xolestatik sariqlik, «jigar» transaminazalari faolligini oshishi; bolalarda – qabziyatlar, anoreksiya, gastrit.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his etish, ko‘krak qafasida og‘riq (1% va undan kam).
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik; bolalarda – bosh og‘rig‘i (o‘rta quloq otitini davolashda); giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi (1% va undan kam).
Siydik jinsiy tizimi tomonidan: qin kandidozi, nefrit (1% va undan kam).
Allergik reaksiyalar: toshma, fotosezuvchanlik, Kvinke shishi.
Boshqalar: kuchli toliqish; bolalarda – kon‘yunktivit, qichishish, eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- makrolidlar guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;
- jigar va buyrak yetishmovchiligi;
- 3 yoshgacha bo‘lgan va tana vazni 25 kg dan kam bo‘lgan bolalar;
- laktasiya.
Preparat yurak ritmini buzilishi bo‘lgan pasientlarga (QT intervalini uzayishi bilan bo‘lgan qorincha aritmiyalari), buyraklar va jigar faoliyatini yaqqol ifodalangan buzilishi bo‘lgan bolalarga, homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antasidlar (alyuminiy va magniy saqlovchi), etanol va ovqat preparatni so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi.
Varfarin va azitromisin birga buyurilganida (odatdagi dozalarda) protrombin vaqtini o‘zgarishi aniqlanmagan, ammo makrolidlar va varfarinni o‘zaro ta‘sirida antikoagulyasion samarasi kuchayishi mumkin, pasientlarga protrombin vaqtini sinchkov nazoratini o‘tkazish kerak.
Digoksin: digoksinning konsentrasiyasi oshishi mumkin.
Ergotamin va digidroergotamin: ularning toksik ta‘siri kuchayishi (vazospazm, dizesteziya) mumkin.
Triazolam: triazolamning klirensi pasayishi va farmakologik ta‘siri oshishi mumkin.
Sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipin, shuningdek mikrosomal oksidlanishga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, terfenadin, siklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofillin va boshqa ksantin hosilalari) – azitromisin tomonidan gepatositlarda mikrosomal oksidlanishni ingibisiya bo‘lishi hisobiga ularning chiqarilishini sekinlashtiradi va plazmadagi konsentrasiyasini hamda toksikligini oshiradi.
Linkozaminlar preparatning samaradorligini susaytiradilar, tetrasiklin va xloramfenikol esa kuchaytiradilar.
Geparin bilan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat ovqatlanish vaqtida qabul qilinmaydi. Qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq, keyingilarini esa 24 soat oraliq bilan qabul qilish kerak.
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlikda ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi, qusish, diareya.
Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolashni o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
3 tabletka alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari