Bakido ko'rsatmalar
— siydik-jinsiy tizimining kasalliklari: o'tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, tsistit, epididimit, siydik yo'llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari;
— penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar chakirgan jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar;
- Haemophilus influenzae yoki boshqa grammanfiy qo'zg'atuvchilar, shuningdek tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, Klebsiella, enterobakteriyalar, protey, Pseudomonas, legionela, stafilokokklar chaqirgan nafas yo'llarining o'tkir, surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalari (bronxitlar, pnevmoniya);
- qorin bo'shlig'i a'zolari va o't-chiqarish yo'llarining infektsiyalari, shuningdek amebiaz — ameb dizenteriya, uning ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa amyobali jigar abssessi; lyamblioz, qorin tifi, salmonellyoz, shigelez;
- qulok, tomoq va burunning surunkali va qaytaluvchi infektsiyalarida, agarda ular grammanfiy qo'zg'atuvchilar (shu jumladan Pseudomonas) yoki stafilokokk tomonidan chaqirilgan bo'lsa;
- og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari, o'tkir nekrotik yarali gingivit,
- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
- suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari;
- immuntanqisligi yoki neytropeniyasi bo'lgan bemorlarda infektsion asoratlarni oldini olish;
- jarroxlik infektsiyalarini, ayniksa gastroenterologiyala, operasiyadan oldingi profilaktika yoki operasiyadan keyingi davolash;
- ginekologik kasalliklarda qo'llanadi;
Preparatni bolalarga, o'smirlarga, homilador ayollarga va emizikli onalarga buyurish mumkin emas, chunki Bakidoni bu guruh bemorlarda qo'llashning xavfsizligi bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'k.
Ofloksasinning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 0,5-1 soatdan so'ng aniqlanadi. Yarim chikarilish davri 5-7 soatni tashkil qiladi. Preparatning taxminan 90% buyraklar orkali o'zgarmagan xolda chikariladi, yuborilgan miqdorining taxminan 5% metabolizmga uchraydi. Ornidazol organizmning safro, so'lak, plevral, peritoneal va orqa miya suyukligi (qon plazmasidagi kontsentrasiyasidan taxminan 43%), qin sekreti, suyak to'qimasi, jigar, eritrositlar kabi ko'pchilik to'qimalari va biologik suyukliklarida taksimlanadi. Plazma oksillari bilan bog'lanishi 20% dan kamroqni tashkil qiladi. Ornidazol yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, ko'krak sutiga chiqariladi. Organizmda preparatning deyarli 30-60% gidroksilizasiya, oksidlanish va glikozilizasiya yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksimetronidazol) ham protozoylarga qarshi va antibakterial ta'sirga ega. Ornidazol bir marta yuborilganidan keyin asosan siydik bilan (60-80%), qisman – safro bilan o'zgarmagan holda va metabolitlari ko'rinishida 5 sutka davomida chikariladi.
Nojo'ya ta'sirlari, ayniqsa nerv tizimi tomonidan, allergik reaktsiyalar rivojlanganida, dori vositasini bekor qilish lozim.
Bakido bilan davolashda diareyaning kuchayishi soxtamembranoz kolitning belgisi bo'lishi mumkin. Bu asoratni rivojlanishiga shubha bo'lsa, Bakido qabul qilinishini tezda to'xtatish va shoshilinch antibakterial davolanish buyurish kerak (ichga - vankomisin yoki metronidazol). Ichak peristaltikasini kamaytiruvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas. Buyraklar faoliyatini buzilishi yoki jigarning ogir shikastlari (tsirroz) bo'lgan bemorlarda preparatning o'rtacha sutkalik dozasini (200 ml) oshirmaslik kerak.
Bakidoni uzok muddat qabul qilganda ikkilamchi infektsiyani rivojlanish xavfi mavjud (preparatga rezistent mikroorganizmlarni o'sishi sababli). Agar davolash vaqtida ikkilamchi infektsiyaning rivojlanish xavfi tug'ilsa, muvofiq choralar ko'rilishi lozim.
Preparatalkogol bilan nomutanosib!
faol moddalar: ofloksasin - 200,0 mg; ornidazol - 500,0 mg;
yordamchi moddalar: natriya xloridi, trilon B, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Tavsiya qilingan dozalari:
Nafas yo'llarining, shuningdek tomoq, quloq va burun infektsiyalarida sutkada 200 ml (og'ir hollarda sutkada 300-400 ml gacha)
Teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalarida-sutkada 200 ml
Suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalarnda-sutkada 200 ml
Qorin bo'shligining infektsiyalarida-sutkada 200 ml
Bakternal enteritda-sutkada 200 ml
Yukori siydik chiqarish yo'llari va jinsiy a'zolarning infektsiyalarida sutkada 200 ml
Quyi siyDik chiqarish yo'llarining asoratsiz infektsiyalarida-sutkada 100 ml.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og'rigi, bosh aylanishi, tremor, rigidlik, harakat koordinasiyasini buzilishi, vaktinchalik xushdan ketish, toliqish, ataksiya, tirishishlar, ongni chalkashishi, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari;
Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda leykositlar, eritrositlar va/yoki qon plastinkalari sonini kamayishi kuzatiladi (leykopeniya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya, pantopeniya);
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: gipotenziya, taxikardiya,
Boshqalar: qonda kreatinin darajasini oshishi, jigar fermentlari, bilirubin faolligini oshishi, artralgiya, mialgiya;
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi, ko'p shaklli eritema;
Boshqa nojo'ya ta'sirlari: gipoglikemik dori vositalarini kabul kilayotgan kandli diabeti bo'lgan bemorlarda gipoglikemiya
Probenesid, tsimetidin, furosemid va metotreksat chikarilishini tormozlab, toksikligini oshirishi mumkin. Glibenklamidning kontsentrasiyasini oshiradi. Geparin saklovchi eritmada aralashtirish mumkin emas (presipitasiya xavfi mavjud).
Bakido kumarin qatori antikoagulyantlarining samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksasiya qiluvchi ta'sirini uzaytiradi.
Ofloksasin - ftorxinolon guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga karshi vosita. Boshqa ftorxinolonlar kabi ofloksasinning bakterisid ta'siri, uning DNK-giraza bakterial fermentni bloklash qobiliyati bilan bog'liq.
Ofloksasin keng ta'sir doirasiga ega: u ko'pchilik grammanfiy - Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (metisilinga va boshqa antibiotiklarga chidamli mikroflorani ham qo'shib) bakteriyalarga nisbatan faol.
Shuningdek preparatga Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia lar ham sezgir. Preparatga: enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), tuberkulez mikobakteriyalari, shuningdek Mycobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella doimiy bo'lmagan sezgirlikka ega
Anaerob bakteriyalar (V. urealiticusdan tashkari), Treponema pallidum, viruslar, zamburug'lar va bir hujayralilar dori vositasiga sezgir emas.
Ornidazol - protozoylarga qarshi va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek ayrim Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. kabi anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan faol.
Ta'sir mexanizmi bo'yicha ornidazol – nitroguruhni tiklash va ferridoksinlar guruhi oksillarni nitrobirikmalar bilan o'zaro ta'sirini tezlashtirish qobiliyatiga ega ferment tizimi bo'lgan mikroorganizmlarga nisbatan tanlab ta'sir qiluvchi DNK-trop preparatdir. Preparatni mikrob xujayrasiga kirganidan keyin uning ta'sir mexanizmi mikroorganizmdagi nitroreduktaza ta'siri ostida nitroguruhini tiklanishi va tiklangan nitroimidazolni faolligi bilan ifodalanadi. Tiklanish mahsulotlari DNK degradasiyasini chaqirib, u bilan kompleks hosil qiladi, DNK replikasiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, preparat metabolizmining maxsulotlari tsitotoksik xususiyatlariga ega va xujayra nafasi jarayonlarini buzadi
Davolash: simptomatik. Spesifik antidoti yo'q
Chiqarish shakllari