Baktoden ko'rsatmalar
Povidon-yod (PVP-yod) mikroorganizmlarni yo‘q qiladi (mikroblarga qarshi samarasi), uni teri va shilliq qavatlarni dezinfeksiyalash uchun qo‘llanadi. U bakteriyalar, zamburug‘lar, sporalar, viruslar, sodda hayvonlar (bir xujayrali organizmlar) ga nisbatan samarali.
Preparat deyarli toksik emas.
Baktoden Terini mahalliy dezinfeksiyasi va shilliq qavatlarni antiseptik ishlov berish.
Ochiq yaralar va kuyishlarni dezinfeksiyasi.
Jarroxlik aralashuvlaridan oldin dezinfeksiyasida qo‘llanadi.
Preparatni kattalar va 6 oylik va undan katta bolalarda qo‘llash mumkin.
Baktoden eritmasini dezinfeksiyalanayotgan sohaga qarab suyultirilmagan yoki 1:10 yoki 1:100 nisbatda distillangan suv bilan suyultirilgandan keyin qo‘llash mumkin.
Suyultirilmagan preparatni in’eksiya, punksiya, qon olish, biopsiya, qon quyish, infuzion terapiya yoki jarroxlik aralashuvidan oldin 1-2 minut davomida shikastlanmagan terida qoldirish kerak.
Jarohatlarni, kuygan yaralarga ishlov berish, shilliq qavatlarni dezinfeksiyalash, terini bakterial va zamburug‘li infeksiyalarida dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin 10% li eritmani (Baktoden ni 1:10 nisbatda suv bilan suyultirib) ishlatish kerak.
Chiqarish shakllari