BANALGIN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BANALGIN
BANALGIN
Preparatning savdo nomi: Banalgin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): parasetamol va disikloverin gidroxloridi
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol – 500 mg, disikloverin gidroxloridi – 20 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kalsiya gidrofosfati, makkajo‘xori kraxmali, povidon, jelatin, natriy metilparaben, natriy propilparaben, tozalangan suv, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmalglikolyat, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.
Ta‘rifi: oq, yassi, dumaloq, bir tomonida o‘yiqchasi bor va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: spazmolitik vosita.
ATX kodi: A03AA07
Farmakologik xususiyatlari
Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega. Parasetamolning (noopiat, nosalisilat analgetik) og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘siri preparatni gipotalamusning termoregulyasiya markaziga ta‘siri va prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qilish qobiliyati bilan bog‘liq. Disiklomin gidroxloridi xolinolitik, miotrop, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. MIY ning silliq mushaklarining spazmini bartaraf qiladi va unga bog‘liq bo‘lgan og‘riq sindromini kamaytiradi, shuningdek so‘lak, ter, bronxial va me‘da bezlarining sekresiyasini kamayishini ta‘minlaydi. Disiklominning samarasi ikki ta‘sir mexanizmi orqali amalga oshadi: 1) atropinning ta‘siriga o‘xshash asetilxolin reseptorlariga spesifik antixolinergik ta‘siri bilan (antimuskarin faollik);
2) Silliq mushaklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri bilan, bu disikloverinni bradikinin va gistamin – induksiyalangan spazmlarni bloklovchi qobiliyatidan dalolat beradi.
Farmakokinetikasi
Parasetamol ichga qabul qilinganida tez va deyarli to‘liq MIY da so‘riladi, plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 10-60 minut o‘tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 10% tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, asosan faol bo‘lmagan metabolitlarga – glyukuronid (60-80%) va parasetamol sulfatiga (20-30%). Kam darajada (<4%) oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi- sistein va merkaptopurat kislotasi hosil bo‘lishi bilan (R450 sitoxromi ishtirokida bilan).
Yarim chiqarilish davri – 2-2,5 soat. Siydik bilan asosan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. O‘zgarmagan holda taxminan 5% chiqariladi. Jigar yetishmovchiligida parasetamolning metabolizmi o‘zgarmaydi.
Disiklomin gidroxloridi ichga qabul qilinganida tez so‘riladi, to‘qimalarga taqsimlanadi, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 60-90 minutdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri tekshirishlarning natijasi bo‘yicha 1,8 soatni tashkil qiladi, 1 dozani qabul kilinganidan keyin preparat qonda 9 soat davomida mavjud bo‘lganida. Keyingi tekshirishlar 1 dozani qabul qilgandan keyin qon plazmasida preparatning konsentrasiyasini 24 soat davomida saqlanishini ko‘rsatadi, eliminasiyaning ikkinchi fazasi esa ahamiyatsiz davomiylikdagi yarim chiqarilish davriga ega. Asosiy miqdori (79,5%) siydik bilan va taxminan 8,4% – ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kelib chiqishi turli xil bo‘lgan og‘riq sindromi:
- bosh og‘rig‘i;
- tish og‘rig‘i;
- mialgiya, nevralgiya;
- revmatik og‘riq, radikulitlar;
- buyrak sanchig‘i;
- algomenoreyada,
- ichakning funksional spazmlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, oz miqdordagi suyuqlik (200 ml) bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 tabletkadan og‘riqning o‘tkirligiga qarab sutkada 1-4 marta buyuriladi.
7 yoshdan 13 yoshgacha bolalar: 1/2 tabletkadan sutkada 1-2-marta buyuriladi.
13 yoshdan 15 yoshgacha bolalar: 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.
Davolashni o‘tkazishda kattalarga qabulni sutkada 4 tabletkadan boshlash maqsadga muvofiqdir. Zarurati bo‘lganida va bemorning holatiga qarab, agar nojo‘ya ta‘sirining ko‘rinishlari bo‘lmasa dozani sutkada 8 tabletkagacha oshirish mumkin. Agar 2 hafta davomida davolashning samarasiga erishilmasa yoki sutkada 4 tabletkadan kamroq dozada nojo‘ya ta‘sirining belgilari namoyon bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, emizish davri, glaukoma, taxikardiya, siydik chiqarish yo‘llarining o‘tkazuvchanligini buzilishi, miasteniya, parasetamolga yuqori sezuvchanlik, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Og‘izni qurishi, yutishni qiyinlashishi va chanqoqlik, ko‘z qorachig‘ini kengayishi akkomodasiyani va yorug‘likka sezuvchanlikni buzilishi bilan ko‘z ichki bosimini oshishi, terining giperemiyasi, quruqligi, taxikardiya va aritmiyadan keyin yuz beruvchi bradikardiya, siydik chiqarilishini qiyinlashishi, qabziyat, kam hollarda isitma, ongni chalkashishi, teri toshmalari. Kam hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz; preparat uzoq vaqt yuqori dozada qo‘llaganda gepatotoksik ta‘siri bo‘lishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Amantadin, I sinf antiaritmik preparatlar (xinidin), antigistaminlar, antipsixotik vositalar (fenotiazin), benzodiazepinlar, MAO ingibitorlari, narkotik analgetiklar (meperidin), nitrat va nitritlar, simpatomimetiklar, trisiklik antidepressantlar antixolinergik ta‘sirini oshirishi mumkin. Glaukomada qo‘llanadigan preparatlarga nisbatan teskari samara ko‘rsatadi. Yuqori ko‘z ichki bosimi GKS lar bilan birga qo‘llash xavfli bo‘lishi mumkin. MIY motorikasiga ta‘sir etuvchi preparatlar (metoklopramid) bilan birga qo‘llaganida teskari samara ko‘rsatishi mumkin.
Barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampisin, alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida parasetamolning gepatotoksik ta‘sirining xavfi oshadi. Antasidlar antixolinergik vositalarining so‘rilishini buzishi mumkinligi tufayli, ularni birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Axlorgidriyani davolashda, shuningdek me‘da sekresiyasini taxlilini o‘tkazishda me‘dada kislotaning chiqarilishiga antixolinergik vositalarning susaytiruvchi ta‘sirini susaytirilishini hisobga olish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Siydik chiqarilishi buzilganida, prostata bezi kattalashganida, taxikardiyada, yurak yetishmovchiligi, ichak tutilishida, yarali kolitlarda, me‘daning pilorik bo‘limini stenozida, buyrak va jigar faoliyati buzilganida, xavfsiz giperbilirubinemiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Gastroezofageal reflyuks kuchayishi mumkin. Preparat ruxiy va/yoki jismoniy reaksiyalarni pasaytirishi mumkin, bu transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda potensial xavflidir.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirilib yuborilishi
Parasetamol yuqori dozalarda jigar xujayralarini sitolizini chaqiradi. Jigarni shikastlanishini klinik va bioximiyaviy belgilari (jigar transaminazalarining, degidrogenazaning faolligini oshishi, bilirubinning konsentrasiyasini oshishi va protrombinning darajasini pasayishi) 12-24 soatdan keyin namoyon bo‘ladi.
Simptomlari: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qorin og‘rig‘i, teri qoplamlarini oqarishi.
Davolash: me‘dani yuvish, N-asetilsisteinni yuborish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari