Bebifrin ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan
6 yoshgacha bo'lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Bolalarda fenilefrinning tizimli so'rilishi va u bilan bog'liq nojo'ya samaralarni rivojlanish xavfi katta odamlardagiga nisbatan yuqoriroqdir.
Fenilefrinni pasientlarga Mao ingibitorlari bekor qilinganidan so'ng 2 hafta davomida buyurish mumkin emas, chunki ular simpatomimetiklarning adrenergik samaralar yaqqolligini kuchaytirishi va yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo'ya samaralarni yuz berish xavfini oshirishi mumkin.
Preparatni qo'llash davomiyligi 3 sutkadan oshmasligi kerak, burundan nafas olish qiyinchiligi saqlanganda preparatni keyinchalik qo'llash uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Infektsiyani tarqalishidan saqlanish maqsadida preparatni individual tarzda ishlatish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Homiladorlik vaqtida preparatni qo'llash bo'yicha etarli tajriba yo'q. Homilador va emizikli ayollarni davolash uchun, agar ona uchun potentsial foyda homila yoki bola uchun bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lsa, davolovchi shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qo'llanilishi mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobil va transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Biroq preparataning nojo'ya ta'sir simptomlari namoyon bo'lganida, transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi harakatlarni bajarishdan saqlanish kerak.
faol modda: fenilefrin gidroxloridi - 1,25 mg;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, suvsiz gliserol, makrogol 1500 (polietilenglikol 1500), natriy gidrofosfati digidrati, kaliy digidrofosfati, dinatriy edetati digidrati (trilon B), in'ektsiya uchun suv
0 dan 1 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: bir martalik doza – har 6 soatda 1 tomchidan tomiziladi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: bir martalik doza –1-2 tomchidan tomiziladi.
6 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun: bir martalik doza –3-4 tomchidan tomiziladi.
Ishlatilganidan so'ng tomchilatgichni qurigunicha artish kerak.
Davolash davomiyligi – 3 kundan oshmasligi kerak.
Tizimli samaralar: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, yurakni urib ketishi hissi, arterial bosimni oshishi, terlash, teri qoplamalarini oqarishi, tremor, uyquni buzilishi.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralardan birontasi og'irlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
10 ml dan plastik tomchilatgich va birinchi marta ochilish nazoratiga ega bo'lgan plastik flakonda yoki buraladigan qopqoqchasi va tiqin-tomchilatgichi bilan komplektda flakon-tomchilatgichda.
1 flakondan rus va o'zbek tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilgandan keyin – 1 oy.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
Potentsial yuz berishi mumkin bo'lgan simptomlar (tizimli so'rilgan hollarda): yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, yurak qorinchalari taxikardiyasining qisqa paroksizmlari, bosh va qo'l-oyoqlarda og'irlik hissi, arterial bosimni xaddan tashqari oshib ketishi, qo'zg'aluvchanlik.
Davolash: qisqa ta'sirga ega alfa-adrenoblokatorlarni (fentolaminni) va beta-adrenoblokatorlarni (yurak ritmi buzilishlarida) vena ichiga yuborish kerak.
Chiqarish shakllari