BESTOKSOLning aptekalardagi narxlari
BESTOKSOL tomchilar 10ml
|
|
1 ta dorixonada bor
|
44 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
BESTOKSOL tomchilar 4% 10ml N1
|
|
103 ta dorixonada bor
|
39 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
54 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
42 600 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
BESTOKSOL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BESTOKSOL
BESTOXOL
Preparatning savdo nomi: Bestoksol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): taurin
Dori shakli: ko‘z tomchilari.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,04 g taurin;
yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoati, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: rangsiz tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: kataraktaga qarshi vosita.
ATX kodi: S01XA
Farmakologik hususiyatlari
Bestoksol – oftalmologik preparat bo‘lib, ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib taurin hisoblanadi.
Taurin – tarkibida oltingugurt saqlovchi aminokislota bo‘lib, organizmda sisteinni aylanishi jarayonida hosil bo‘ladi. Energetik jarayonlarni yaxshilanishiga yordam beradi, tirishishga qarshi faollikka ega, kardiotrop ta‘sir ko‘rsatadi, distrofik xarakterga ega bo‘lgan kasalliklarda va ko‘z to‘qimalarida metabolizmni keskin buzilishi bilan kechuvchi kasalliklarda reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi. Preparat hujayra membranalari faoliyatini normallashishiga va energetik hamda almashinuv jarayonlarini faollashishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Instillyasiya qilinganida preparat ko‘z to‘qimalariga o‘tadi, u yerda o‘ziga xos ta‘sir ko‘rsatadi. Terapevtik dozalarda qo‘llanganida preparat tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
- ko‘zning to‘rsimon pardasini distrofik shikastlanishi;
- ko‘zni nasliy tapetoretinal degenerasiyasi;
- shox pardani distrofiyasi va jarohatlari;
- turlicha rivojlangan katarakta;
- glaukoma (ochiq burchakli glaukoma) da qo‘llanadi
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ko‘zni infeksiyalanishi va ko‘z tomchilarini ifloslanishini oldini olish uchun tomchilagichning uchini har qanday yuzaga tegishidan saqlanish kerak.
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan bir qancha dori vositalari bir vaqtda buyurilganida, ularni ko‘zga 10-15 minutlik oraliq bilan tomizish kerak. Ko‘z surtmasini eng oxirida qo‘llash kerak.
Agar Bestoksol preparati shifokor tomonidan boshqacha tartibda buyurilgan bo‘lmasa, u holda preparat shikastlangan ko‘zning kon‘yunktivasiga 2 tomchidan sutkada 3-4 marta tomiziladi.
Kataraktalarda instillyasiya ko‘rinishida 2-3 tomchidan 2-4 marta har kuni 3 oy davomida qo‘llanadi. Davolash kurslari bir oylik oraliq bilan takrorlanadi.
Ko‘z jarohatlarida aynan shunday dozalarda bir oy davomida qo‘llanadi.
Glaukomada (ochiq burchakli glaukoma) instillyasiya ko‘rinishida 2-3 tomchidan kuniga 2 marta timololni tomizishdan 20-30 minut qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Glaukoma (ochiq burchakli glaukoma) bo‘lgan bemorlarda Bestoksol preparati timolol bilan birga qo‘llanganida gipotenziv ta‘sirini ahamiyatli darajada kuchayishi kuzatilgan. Samarasini kuchayishi ko‘z suyuqligini oqib chiqib ketishi koeffisientini oshishi va ishlab chiqarilishini pasayishi hisobiga erishiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bestoksol glaukoma (ochiq burchakli glaukoma) da yordamchi davolash uchun qo‘llanadi. Glaukomaga qarshi dori vositalarini o‘rniga ishlatilmasin.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Preparatni faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha, davolashdan kutiladigan samara kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfidan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Preparatni faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha, davolashdan kutiladigan samara kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfidan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Bestoksol preparati instillyasiya qilingandan so‘ng ko‘rish o‘tkirligini talab etuvchi avtotransportni haydash qobiliyatiga, murakkab texnikalar, dastgohlar yoki boshqa uskunalar bilan ishlashga ta‘sir qiluvchi ko‘rish o‘tkirligini qisqa muddatli buzilishi paydo bo‘ladigan pasientlarga, davolanish vaqtida mashinalarni haydash yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bestoksol ko‘z tomchilari qo‘llanganida uchun dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 10 ml dan tiqin-tomchilagich va buraladigan himoya qopqoqchasi berkitilgan, himoya xalqasi bilan mahkamlangan plastik flakonda.
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari