Bifidumbakterinning aptekalardagi narxlari
BIFIDUMBAKTERIN kapsulalar 1g 5 doz N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
14 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
BIFIDUMBAKTERIN NARINE PLYUS kukuni 1g 5 doz N10
|
|
9 ta dorixonada bor
|
12 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
BIFIDUMBAKTERIN suppozitorii 1g 5 doz N10
|
|
2 ta dorixonada bor
|
9 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
BIFIDUMBAKTERIN liofilizat 1g 5 doz N10
|
|
118 ta dorixonada bor
|
11 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
14 000 so'mdan
Bron qilish
|
BIFIDUMBAKTERIN MEGA liofilizat 1g 5 doz N10
|
|
10 ta dorixonada bor
|
14 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
10 000 so'mdan
Bron qilish
|
BIFIDUMBAKTERIN VITAMIN S sashe 1g 5 doz N10
|
|
3 ta dorixonada bor
|
11 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
14 000 so'mdan
Bron qilish
|
BIFIDUMBAKTERIN FOUR sashe 1g 5 doz N10
|
|
3 ta dorixonada bor
|
11 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
BIFIDUMBAKTERIN MAGNIY sashe 1g 5 doz N10
|
|
6 ta dorixonada bor
|
13 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
BIFIDUMBAKTERIN NIIVS sashe 1g 5 doz N10
|
|
6 ta dorixonada bor
|
12 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
BIFIDUMBAKTERIN APPLE sashe 1g 5 doz N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
13 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
BIFIDUMBAKTERIN SINK sashe 1g 5 doz N10
|
|
8 ta dorixonada bor
|
11 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Bifidumbakterin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BIFIDUMBAKTERIN SUXOY
BIFIDUMBACTERINUM SICCUM
Preparatning savdo nomi: Bifidumbakterin suxoy
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): bifidumbakterin (bifidumbacterinum).
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun bakterial massa liofilizati ampulalarda
Tarkibi:
1 ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 5 doza (1 dozada kamida 107 tirik bifidobakteriyalar mavjud);
yordamchi moddalar: saxaroza, konservasiyalangan sut, jelatin.
Ta‘rifi: jigarrang yoki oqish-kulrang rangli g‘ovak massa.
Farmakoterapevtik guruhi: Eubiotik. Mikrob preparati. ichak normal mikroflorasi komponenti.
ATX kodi: A07FA
Farmakologik xususiyatlari
Bifidumbakterin – ichak mikroflorasini normallashtiradi, immunitetni rag‘batlantiruvchi vositadir. Bifidumbakterin probiotik bo‘lib hisoblanadi va liofil quritilgan antagonistik faol tirik bifidobakteriyalar saqlaydi. Keng doiradagi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning antagonisti bo‘lib hisoblanadi; ovqat hazm qilish jarayoni va me‘da-ichak yo‘llarining funksiyasini, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi.
Qo‘llanilishi
Bifidumbakterin me‘da-ichak yo‘llarining mikrobiosenozini normallashtirish (ichak mikroflorasini muvofiqlashtirish), organizmning nospesifik rezistentligini oshirish, ovqat hazm qilish yo‘llarining funksional faoliyatini rag‘batlantirish, tug‘ruqxonalar va kasalxonalar ichki infeksiyasini oldini olish uchun qo‘llanadi, detoksikasion xususiyatlarga ega. Kattalarga va bolalarga quyidagilarni davolash uchun qo‘llanadi:
- disbakteriozlar, shu jumladan antibiotiklar, gormonlar, nur bilan davolash va ximioterapiyada, stresslarda profilaktika uchun;
- o‘tkir ichak infeksiyalarida, shu jumladan etiologiyasi aniqlanmagan infeksiyalarda;
- surunkali qabziyatlarda;
- malabsorbsiya sindromlarida;
- disbakteriozlar bilan kechuvchi allergik kasalliklarda;
- O‘RVI bilan tez-tez kasallanuvchi bolalar va kattalarda disbakteriozni oldini olish uchun;
- emizikli bolalarni sun‘iy ovqatlantirishga erta o‘tkazilganda va donor suti bilan emizilganda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi, qabul qilishdan oldin preparat ovqatning suyuq qismi bilan aralashtiriladi, qatiq bilan aralashtirish afzal va ovqatdan oldin beriladi. Preparatni 30-50 ml xona haroratidagi qaynagan suvda aralashtirish va hosil bo‘lgan aralashmani ichish mumkin. Emizikli bolalarga ko‘krak suti bilan aralashtirib, emizish vaqtida beriladi.
Disbakteriozni oldini olish uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 1-2 marta, 6 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 1-2 marta, 3 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga – 10 dozadan kuniga 1-2 marta buyuriladi. Profilaktik kurs 2-3 xafta yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi. Davolash uchun bifidumbakterin 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga 2,5 dozadan kuniga 2-6 marta, 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 dozadan kuniga 3-5 marta, 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 10 dozadan kuniga 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 5 kundan 15 kungacha, kasallikning xarakteri va og‘irlik darajasiga bog‘liq. Davolash kursi 3-4 xaftani tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 2-3 marta takrorlash mumkin. Har bir kurs avvalgi kurs yakunlangandan keyin bir oy o‘tgach o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslikdan tashqari qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar yo‘q.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirida noxush samaralar kuzatilmaydi.
Nomutanosiblik
Ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Homiladorlik va laktasiya
Cheklovlar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
5 dozadan ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
1 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari