Blemarenning aptekalardagi narxlari
BLEMAREN tabletkalari shipuchie N80
|
|
15 ta dorixonada bor
|
352 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
480 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
380 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Blemaren ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BLEMAREN®
BLEMAREN®
Preparatning savdo nomi: Blemaren®
Dori shakli: vishillovchi tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: limon kislotasi – 1197,0 mg; kaliy gidrokarbonati – 967,5 mg; natriy sitrati – 835,5 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mannitol, adipin kislotasi, makrogol 6000, natriy saxarinati, limon aromatizatori.
Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq shaklli, yassi, qirrali, limon hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: nefrolitiazni davolash uchun vosita.
ATX kodi: G04BS
Farmakologik xususiyatlari
Siydikni rN 6,6-6,8 ko‘rsatkichgacha ishqoriylashtirish hisobiga (siydik rN 6,6-6,8 chegaralarida siydik kislotasining tuzlarini erishi ahamiyatli darajada oshadi) siydik kislotali toshlarni eritadi va hosil bo‘lishini oldini oladi. Bundan tashqari kalsiy chiqarilishini kamaytiradi, siydikda kalsiy oksalatini erishini yaxshilaydi, kristallar hosil bo‘lishini ingibisiya qiladi va shu orqali kalsiy-oksalat toshlarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Farmakokinetikasi
Biokiraolishligi – taxminan 100%. Buyrak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- siydik kislotali va kalsiy-oksalat toshlarini eritish va ularni hosil bo‘lishini oldini olish;
- aralash siydik kislotali-oksalat toshlarini eritish (oksalatlarning miqdori 25% dan kam bo‘lganida);
- sitostatiklar yoki siydik kislotasini chiqarilishini oshiruvchi preparatlarni qabul qiluvchi shaxslarda siydikni ishqoriylashtirish;
- teri porfiriyasini simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vishillovchi tabletkalar:
Qabul qilishdan oldin tabletkalar 200 ml suyuqlikda (choy, meva sharbati yoki ishqoriy mineral suv) eritiladi. Sutkalik doza – 2-6 tabletkani tashkil qiladi.
Sutkalik doza kun davomida teng taqsimlanadi va ovqatdan keyin qabul qilinadi. Agar sutka davomida siydik rN 6,2-7,0 (siydik kislota toshlarini eritish uchun); 7,5-8,5 (sistin toshlari uchun); 7,2-7,5 (porfiriyani davolash uchun); kamida 7,0 (sitostatiklar bilan davolaganda) chegarasida bo‘lsa doza to‘g‘ri tanlangan deb hisoblanadi. Agar siydik rN ko‘rsatkichi ko‘rsatilgandan pastroq bo‘lsa, dozani oshirish, agar yuqori bo‘lsa – kamaytirish kerak. Davolash davomiyligi – 4-6 oyni tashkil qiladi.
Samaradorlik nazoratini (siydik rN ni aniqlash) kuniga 3 marta, har bir martalik dozani qabul qilishdan oldin indikator qog‘ozi yordamida amalga oshiriladi. Qog‘ozda olingan rang 2 minut davomida shkala bo‘yicha baholanadi va olingan ko‘rsatkich nazorat kalendariga kiritiladi.
Sistin toshlari bo‘lganida va porfiriyani davolaganda samaradorlikni nazorat qilish uchun rN 7,2 dan 9,7 gacha kattalikda bo‘lgan maxsus indikator qog‘ozni ishlatish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, shishlar (natriyni tutilishi), metabolik alkaloz, dispepsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi;
- metabolik alkaloz;
- mochevinani parchalovchi mikroorganizmlar chaqirgan siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari;
- siydik rN 7 dan yuqori;
- qat‘iy tuzsiz parhezga rioya qilish zarurati (masalan arterial gipertenziyaning og‘ir shakllari) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sitratlar va alyumin saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish alyuminni so‘rilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarni qabul qilish orasidagi oraliq kamida 2 soatni tashkil qilishi mumkin.
Preparatning tarkibida kaliy mavjudligi tufayli, yurak glikozidlarini Blemaren bilan birga buyurganda ularning samarasi susaytirishi mumkin.
Arterial bosimni pasaytiruvchi ayrim dori vositalari (aldosteron antagonistlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment blokatorlari), shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va analgetiklar kaliyni chiqarilishini kamaytirishi mumkin. Bunday vositalarni bir vaqtda qabul qilish mumkinligini shifokor belgilaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘rtacha sutkalik doza (4 vishillovchi tabletka) taxminan 1,5 mg kaliy va 0,9 g natriy saqlaydi (osh tuzini qabul qilish cheklangan bemorlarda e‘tiborga olish kerak). Kaliy ionlarini tutilishi bilan kechmaydigan surunkali buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga buyurish mumkin. Siylik kislotali toshlarni eritganda sutkalik dozani oshirish mumkin emas, chunki rN 7,0 dan oshganida siydik kislotali kristallarda fosfatlarni cho‘kishi yuz beradi, bu ularni keyinchalik erishiga to‘sqinlik qiladi. Davolash vaqtida oqsil va purin asoslariga boy ovqatlarni qabul qilishni cheklash, shuningdek yetarli miqdorda suyuqlik (kamida 1,5-2 litr) qabul qilishni ta‘minlash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan plastmass tubada. 4 tuba indikartor qog‘oz, nazorat kalendari va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ochilgandan keyin namlikdan himoyalansin!
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari