BRAVEL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BRAVEL
BRAVELLE
Preparatning savdo nomi: Bravel
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): urofollitropin
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiyalangan kukun.
Tarkibi:
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 82,5 XB urofollitropin (yuqori darajada tozalangan urofollikulostimullovchi gormon), bu ajralib chiqqan 75 XB urofillitropinga ekvivalent;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati: natriy digidrofosfati geptagidrati, polisorbat 20; in‘eksiya uchun suv.
1 ml erituvchisi bo‘lgan 1 ampula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: natriy xloridi 9 mg;
yordamchi moddalar: suyultirilgan xlorid kislotasi (10% m/m) (rN koregenti), in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: 1 flakon oq yoki biroz sarg‘ish rangli liofilizasiyalangan kukun saqlaydi;
erituvchisi bo‘lgan 1 ampula tiniq, rangsiz suyuqlik saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: Gonadotropinlar va ovulyasiyaning boshqa stimulyatorlari. Gonadotrop gormonlar.
ATX kodi: G03GA04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Urofollitropin – menopauzadan keyingi davrda ayollarning siydigidan ajratib olingan follikulostimullovchi gormonini (FSG) yuqori darajada tozalangan preparatidir. FSG follikulalarning o‘sishini va rivojlanishini, shuningdek tuxumdonlarning birlamchi disfunksiyasi bo‘lmagan ayollarda gonadotrop steroidlarni ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga muvofiq urofollitropinning farmakodinamik samaralari rekombinant FSG ni xuddi shunday usulda yuborilganidagi samaralaridan farq qilmaydi. Teri ostiga yuborilganidan keyin urofollitropin, yig‘indi dozada va davolash davomiyligida farqsiz bo‘lgan rekombinant FSG qo‘llanganidagi kabi, follikulalar tomonidan shunday reaksiyani, estradiolning shunday cho‘qqi konsentrasiyalarini va yetilayotgan hamda yetuk ovositlarning sonini hosil bo‘lishini chaqiradi.
Follikulani yetilishining oxirgi bosqichini va ovulyasiyani induksiyalash uchun urofollitropinni qo‘llash odatda xorionik gonadotropin gormoni (XGG) qo‘llanganidan keyin boshlanadi.
Farmakokinetikasi
Urofollitropin saqlovchi FSG maksimal konsentrasiyasiga 21 soat davomida erishiladi. Barqaror konsentrasiya 4-5 kuni kuzatiladi. 7 kunlik in‘eksiya kursidan keyin FSG ning maksimal konsentrasiyasiga in‘eksiyadan keyin 10 soat davomida erishiladi.
FSG ning o‘rtacha yarim chiqarilish davri 41 soatni tashkil qiladi. Takroriy teri ostiga yuborishlardan keyin 7 kun o‘tgach FSG ning o‘rtacha yarim chiqarilish davri 30 soatni tashkil qiladi.
Urofollitropinni takroriy teri ostiga yuborilishlardan keyin 7 kun o‘tgach, FSG ning maksimal konsentrasiyasi 11,1 XB/l ni, barqaror farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydoni (AUC) soatiga 235 XB/l darajasini tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
– Klomifen sitrati bilan davolab bo‘lmaydigan anovulyasiya bilan bog‘liq (xususan tuxumdonlarning ovarial polikistozi natijasidagi) ayollarning bepushtligi.
– Tuxumdonlarning nazorat qilish mumkin bo‘lgan giperstimulyasiyasida ko‘plab follikulalarni hosil bo‘lishini induksiyalash uchun bepushtlikni davolash bo‘yicha medikamentoz dasturni o‘tkazishda (shu jumladan in vitro urug‘lanish/embrional o‘tkazish, ona qorniga gametalarni o‘tkazish (OQGO‘) va spermatozoidlarning intrasitoplazmatik in‘eksiyasida (SNSI) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bravel bilan davolashni shifokor nazorati ostida o‘tkazish kerak.
Preparat teri ostiga berilgan erituvchida eritilganidan keyin yuboriladi.
Tuxumdonlarning ekzogen gonadopropinlarga bo‘lgan reaksiyasida turlar orasida va turlar ichida ahamiyatli farqlar bor, bu standart dozalash sxemasini qo‘llash imkonini bermaydi. Shuning uchun tuxumdonlarni davolashga reaksiyasiga qarab doza shaxsiy tanlanadi, bu tuxumdonlarning faoliyatini yoki faqat ultratovush usuli yordamida yoki estradiolning darajasini laboratoriya nazorati bilan birga nazorat qilishni talab qiladi. Bravel ham alohida, ham gonadotrop rilizing-omili bilan birga majmuada (tuxumdonlarning giperstimulyasiyasini nazorat qilish maqsadida uning agonisti yoki antagonisti bilan) qo‘llanishi mumkin. Bravelni gonadotropin-rilizing-omilining antagonisti bilan birga qo‘llash yuzasidan klinik tajriba yo‘q. Tavsiya qilingan dozalarni va davolashning davomiyligini davolashning shaxsiy sxemasiga qarab o‘zgartirish mumkin.
Anovulyasiya (shu jumladan ovarial polikistoz (OP)):
Bravel bilan davolash maqsadi bir Graafov follikulasini hosil bo‘lishidan iborat bo‘lib, odam xorionik gonadotrop gormoni (XGG) ta‘siri natijasida undan ovosit ajralib chiqadi.
Bravelni qo‘llashni hayz ko‘rish siklining birinchi 7 kuni davomida boshlash kerak. Tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza kuniga 7 kun davomida 75 XB ni tashkil qiladi. Klinik kuzatuvlarga (shu jumladan tuxumdonlarning ultratovush tekshirishlarini alohida yoki estradiolning darajasini nazorati bilan birga majmuada tekshirish) asoslanib, keyingi dozalashni shaxsiy ravishda belgilash kerak. Dozani boshqarish mumkin, ammo 7 kunda bir martadan tez-tez emas. Tavsiya qilingan dozani bir marta oshirilishi 37,5 XB ni tashkil qiladi va 75 XB dan oshmasligi kerak. Maksimal sutkalik doza 225 XB dan oshmasligi kerak. 4 haftalik davolash davomida natija bo‘lmagan hollarda davolash kursini to‘xtatish kerak.
Optimal natijaga erishilganidan keyin shifokor yoki hamshira XGG ni 5000 dan 10000 XB gacha bo‘lgan bir martalik dozasini Bravelning oxirgi yuborilgan dozasidan keyin keyingi kuni yuborish kerak. XGG yuborilgan kuni va keyingi kuni jinsiy aloqalarni amalga oshirish tavsiya qilinadi. Muqobil usul bo‘lib, sun‘iy bachadon ichki urug‘lantirishni o‘tkazish hisoblanadi. Pasientning holatini XGG yuborilganidan keyin kamida 2 hafta davomida sinchiklab kuzatish kerak. Bravelga yuqori reaksiya bo‘lgan hollarda davolashni to‘xtatish kerak, pasientkalar esa jinsiy aloqadan saqlanishlari yoki keyingi oylik sikl boshlangunicha kontrasepsiyaning to‘siqli usullarini qo‘llashlari kerak.
Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturini o‘tkazishda follikulalarni ko‘p miqdorda hosil bo‘lishini induksiyalash uchun tuxumdonlarning nazoratli giperstimulyasiyasi:
Gonadotropin rilizing-omili agonistlari bilan davolash kursini o‘tgan pasientlar uchun, Bravel bilan davolashni agonist bilan davolash boshlanganidan keyin taxminan 2 hafta o‘tgach boshlash kerak. Bravelning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi davolashning birinchi 5 kuni davomida kamida kuniga 150-225 XB ni tashkil qiladi. Klinik kuzatuvlarga asoslanib (shu jumladan alohida ultratovush yoki estradiolning darajasini aniqlash bilan birga majmuada tekshirishlar), keyingi dozalash shaxsiy bo‘lishi kerak, ammo dozani har bir boshqarilishida 150 XB dan oshmasligi kerak. Maksimal sutkalik doza 450 XB dan oshmasligi kerak, va ko‘pchilik hollarda davolash 12 kundan uzoq bo‘lishi tavsiya qilinmaydi.
Siklni boshqarishni susayishi (down regulation) ko‘zda tutilmagan sxemalarda, Bravel bilan davolashni hayz ko‘rish siklining 2-3 kuni boshlash kerak. Dozalarning tavsiya qilingan o‘lchami va tartibi XGG agonistlari bilan siklni boshqarishni susayishi qo‘llangan yuqorida eslatilgan bayonnomalar uchun tavsiya qilingani kabidir.
Organizmning optimal reaksiyasiga erishilganidan keyin, follikulalarning oxirgi yetilishini induksiyalash va ovositni chiqishga tayyorgarlik uchun pasientkalarga XGG ni 10000 XB gacha bo‘lgan bir martalik dozasi yuboriladi. Pasientlar XGG yuborilganidan keyin kamida 2 hafta davomida sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bravelni:
- gipofizar yoki gipotalamik o‘smalari bo‘lgan;
- tuxumdon, bachadon yoki sut bezlarining karsinomasi;
- aniq bo‘lmagan etiologiyali ginekologik qon ketishlari;
- preparatning qanday bo‘lmasin komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Quyida keltirilgan hollarda tuxum xujayrasini chiqarilishi tez yuz bermaydi, shu sababli Bravelni:
- tuxumdonlarning birlamchi layoqatsizligida;
- ovarial polikistozning natijasi bo‘lmagan tuxumdonlarning kistalarida yoki ular kattalashganida;
- homiladorlik bilan nomutanosib bo‘lgan jinsiy a‘zolarning anomaliyalarida;
- homiladorlik bilan nomutanosib bo‘lgan bachadonning fibroz o‘smalarida buyurish mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
1 – jadval
A‘zolar tizimi bo‘yicha tasnifi |
Juda tez-tez
(> 1/10)
|
Tez-tez (> 1/100, <1/10)
|
Infeksiyalar va invaziyalar | Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, nazofaringit | |
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Bosh og‘rig‘i | |
Qon tomir buzilishlari | Qizib ketishlar | |
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | Qorinda og‘riq | Ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qorinda diskomfort, diareya, qabziyat |
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | Toshma | |
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar | Mushak spazmlari | |
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar | Vaginal qon ketishi, tuxumdonlarni giperstimulyasiyasi sindromi, chanoq sohasida og‘riq, sut bezlarining yuqori sezuvchanligi, qindan ajralmalar | |
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar | Og‘riq, in‘eksiya sohasida og‘riq va reaksiyalar (qizarish, ko‘karish, shish va/yoki qichishish) |
Tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi (TGS) da asoratlar sifatida tromboembolik buzilishlar va tuxumdonni o‘ralib qolishi yuz berishi mumkin.
Gonadotropinlar preparatlari qo‘llanganda teri tomonidan allergik mahalliy va umumiy reaksiyalar va sekin avj oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari haqida xabar berilgan.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bravelning dorilar bilan o‘zaro ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Klinik tajriba yo‘qligiga qaramay, Bravel va klomifen sitratini bir vaqtda qo‘llash follikulalarni yetilish reaksiyasini kuchaytirishi mumkin. Gonadotropin rilizing-omili agonistlari bilan gipofizar desensibilizasiya maqsadida birga qo‘llanganda, tuxumdonlar tomonidan istalgan reaksiyaga erishish uchun Bravelning yuqori dozalari kerak bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bravel – kuchli gonadotrop preparat bo‘lib, turli og‘irlik darajasidagi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin va bepushtlikni davolash usullarini yaxshi biladigan shifokorning qat‘iy kuzatuvi ostida qo‘llanishi kerak.
Bravelni xavfsiz va samarali qo‘llash tuxumdonlarning davolashga bo‘lgan, ultratovush tekshirishlarni, estradiolning plazmadagi darajasini aniqlash bilan birga, o‘z ichiga oladigan reaksiyasini sinchkov va muntazam nazoratini talab qiladi.
Bravelning birinchi in‘eksiyasi shifokorning sinchkov nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin ikkala sherikdagi bepushtlik sabablarini tekshirish, shuningdek mumkin bo‘lgan qarshi ko‘rsatmalar yuzasidan tibbiy tekshirishni o‘tkazish kerak. Xususan, pasientlarni gipotireoidizm, adrenokortikal yetishmovchilik, giperprolaktinemiya, gipofizar yoki gipotalamik o‘smalarning borligiga tekshirish, bunday patologik hollarda ko‘zda tutilgan muvofiq davolashni buyurish kerak.
Anovulyasiya natijasidagi bepushtlikni davolash doirasida ham, yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturi doirasida ham, follikulalarning o‘sishini rag‘batlantirish o‘tkazilayotgan pasientlarda, tuxumdonlarning o‘lchamini kattalashishi yoki tuxumdonlarning giperstimulyasiyasi sindromi rivojlanishi kuzatilishi mumkin.
Bravelni tavsiya qilingan dozalash tartibiga rioya qilish va tuxumdonlarning davolashga bo‘lgan reaksiyasini sinchiklab nazorat qilish, bu nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Tuxumdonlarning giperstimulyasiyasi sindromi (TGS)
TGS – tuxumdonlarning asoratlanmagan kattalashishidan farq qiluvchi holatdir. TGS simptomlari avj olishi mumkin bo‘lgan sindrom hisoblanadi. Sindrom tuxumdonlarni ahamiyatli kattalashishi, jinsiy steroid gormonlarning darajasini oshishi, shuningdek qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini oshishi bilan namoyon bo‘ladi, ular qorin, plevral va alohida hollarda perikardial bo‘shliqlarda suyuqlikni to‘planishiga olib kelishi mumkin.
TGS ning og‘ir hollarida quyidagi simptomlar: qorinda og‘riq, meteorizm, tuxumdonlarni ancha sezilarli kattalashishi, tana vaznini oshishi, dispnoe, oliguriya va va ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi gastrointestinal simptomlar kuzatilishi mumkin. Klinik baholashda gipovolemiya, elektrolit disbalans, assit, gemoperitoneum, plevral bo‘shliqqa suyuqlik to‘planishi, gidrotoraks, o‘tkir o‘pka distress-sindromi, tromboemboliya epizodlari, qonni quyuqlashishi aniqlanishi mumkin.
Tuxumdonlarning gonadotropin bilan davolashga yuqori reaksiyasi TGS ga, ovulyasiyani rag‘batlantirish uchun XGG qo‘llanganidagi alohida hollardan tashqari, kam olib keladi, shuning uchun TGS ni paydo bo‘lishi hollarida XGG yordamida rag‘batlantirish uchun qo‘llashdan saqlanish, shuningdek pasientlarga jinsiy aloqalardan saqlanish yoki kontrasepsiyaning to‘siq usullarini kamida 4 kun davomida ishlatishni tavsiya qilish kerak. TGS tez boshlanishi mumkin (1 sutkadan bir necha kungacha) va jiddiy nojo‘ya samara hisoblanadi, shuning uchun pasientlar XGG yuborilganidan keyin kamida 2 hafta davomida shifokorning nazorati ostida bo‘lishlari kerak.
Bravelni tavsiya qilingan dozalash tartibiga sinchkov rioya qilish va davolash vaqtida sinchkov nazoratini o‘tkazish, tuxumdonlarning giperstimulyasiyani va ko‘p homilali homiladorlikning paydo bo‘lishi xafvini kamaytirish imkonini beradi. Yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturini o‘tkazishda ovulyasiyani yuz berishiga barcha follikulalarning aspirasiyasi giperstimulyasiyaning paydo bo‘lishi xavfini pasaytirishiga yordam beradi.
TGS og‘ir shaklga o‘tishi va homiladorlik yuz bergan holda davomiyroq bo‘lishi mumkin. Odatda TGS hayz ko‘rish yuz berganida mustaqil o‘tib ketadi. TGS ni og‘ir hollarida gonatropin yuborishni to‘xtatish kerak, pasient esa maxsus davolash o‘tkazish uchun gospitalizasiya qilinishi kerak.
Sindrom ko‘pincha ovorial polikistozi bo‘lgan pasientlarda rivojlanadi.
Ko‘p homilali homiladorlik
Ko‘p homilali homiladorlikda, ayniqsa homilalar soni ko‘p bo‘lganida, ona uchun ham, homila uchun ham perinatal davrda asoratlarni paydo bo‘lishining yuqori xavfi bor.
Gonadotrop gormoni bilan davolash natijasida ovulyasiya boshlanadigan pasientlarda, tabiiy urug‘lanish natijasidagi homiladorlik bilan solishtirilganda, ko‘p homiladorlik hollari tezlashgan. Ko‘p homilalik xavfini kamaytirish uchun pasientlar tuxumdonlarining reaksiyasini sinchkov nazoratini o‘tkazish kerak.
Davolashni boshida pasientlarni ularda ko‘p homilalik homiladorlikni paydo bo‘lish ehtimoli to‘g‘risida ogohlantirish kerak.
Bola tashlash
Homiladorlikni to‘xtab qolishi yoki o‘z-o‘zidan abortlar natijasidagi bola tashlashlari holatlari soni, follikulalarni yetilishini rag‘batlantirish o‘tkazilgan ayollarda yoki yordamchi reproduktiv texnologiyalar (YORT) dasturi o‘tkazilganida tabiiy urug‘lanish hollariga nisbatan yuqoridir.
Bachadondan tashqari homiladorlik
Bachadon naylarining kasalliklari bo‘lgan ayollarda bachadondan tashqari homiladorlikni rivojlanish xavfi yuqoridir.
Reproduktiv a‘zolarning o‘smalari
Bepushtlik bo‘yicha bir necha marta dorilar bilan davolangan ayollarda tuxumdonlarning va boshqa reproduktiv tizimi a‘zolarining ham xavfsiz, ham xavfli o‘smalarini rivojlanishi kuzatilgan. Hozirgi vaqtda bepushtlik bilan xastalan ayollarda gonadotropinni qo‘llash bilan davolash va o‘smalarga boshlang‘ich moyillik orasida bog‘liqlik aniqlanmagan.
Rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari
YORT o‘tkazilganidan keyin ayollarda homilaning tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini tarqalishi tabiiy urug‘langanidagi sonidan biroz yuqori bo‘lishi mumkin. Bu ota-onalarning shaxsiy o‘ziga xos xususiyatlarining natijasi bo‘lishi mumkin (masalan, onaning yoshi, spermaning xarakteristikasi va shunga o‘xshashlar) deb hisoblanadi.
Tromboembolik buzilishlar
Tromboembolik buzilishlarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan ayollarda nasliy moyillik, ahamiyatli semirish (tana vaznining indeksi >30 kg/m2) yoki trombofiliya tufayli venoz yoki arterial tromboembolik buzilishlar, gonadotropin bilan davolanish vaqtida ham, davolash tugaganidan keyin ham rivojlanishi mumkin. Ta‘kidlash lozimki, homiladorlikning o‘zi ham tromboembolik asoratlarning yuqori xavfi paydo bo‘lishida o‘rin tutishi mumkin.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtira olmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoz malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Bravelni ayollarga homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Bugungi kungacha tuxumdonlarning klinik nazoratli giperstimulyasiyasida teratogen samaralarni paydo bo‘lish xavfi to‘g‘risida xabarlar bo‘lmagan. Homiladorlikni kechishiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar
Bolalarda qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati
Preparatni avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Biroq Bravelning transport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilish ehtimoli kam.
Nomutanosiblik
Bravelni bir in‘eksiyada boshqa preparatlar bilan, shu jumladan Ferring korxonasi ishlab chiqaradigan yuqori darajada tozalangan menotropin Menopur bilan birga yuborish mumkin emas. Tadqiqotlar, Bravel va Menopurni bir vaqtda qo‘llanilishi kutilgan biofaollikni jiddiy o‘zgartirmasligini ko‘rsatdi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tuxumdonlarning giperstimulyasiya sindromi rivojlanishi mumkin. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Kukuni bo‘lgan 5 flakon erituvchisi (1 ml dan) bo‘lgan 5 ampula bilan komplektda uyali o‘ramda; 1 uyali o‘ramdan karton qutida;
Kukuni bo‘lgan 10 flakon erituvchisi (1 ml dan) bo‘lgan 10 ampula bilan komplektda uyali o‘ramda; 2 uyali o‘ramdan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari