Bronxipretning aptekalardagi narxlari
BRONXIPRET TP tabletkalari N20
|
|
223 ta dorixonada bor
|
67 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
83 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
67 000 so'mdan
Bron qilish
|
BRONXIPRET tomchilar 50ml
|
|
198 ta dorixonada bor
|
56 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
68 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
59 900 so'mdan
Bron qilish
|
BRONXIPRET sirop 50ml
|
|
173 ta dorixonada bor
|
38 659 so'mdan
Dorixonadan topish
|
61 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
48 000 so'mdan
Bron qilish
|
BRONXIPRET sirop 100ml
|
|
188 ta dorixonada bor
|
89 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
117 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
89 000 so'mdan
Bron qilish
|
Bronxipret ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BRONXIPRET®
BRONCHIPRET
Preparatning savdo nomi: Bronxipret®
Ta‘sir etuvchi moddalar: tog‘jambil o‘tining suyuq ekstrakti, pechak barglarining suyuq ekstrakti.
Dori shakli: sirop.
Tarkibi:
10 g Bronxipret siropi (bu 8,92 ml ga muvofiq keladi) quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
1,5 g tog‘jambil o‘tining suyuq ektrakti (1:2–2,5),
0,15 g pechak barglarining suyuq ekstrakti (1:1);
yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv, gidroksipropil betadeks, kaliy sorbati, suyuq maltit.
Etanol miqdori: 7% (hajm nisbatida).
Ta‘rifi: och-jigarrang rangli, tiniq suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralishishi yoki cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi prepapatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi
ATX kodi: R05CA10.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Balg‘amning yopishqoqligini pasayishiga va uni chiqarilishini tezlashishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining yo‘tal va balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari (traxeit, traxeobronxit, bronxit) ni davolashda balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash uchun buyuriladi.
Agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa, odatdagi dozalash quyidagicha:
Yoshi
|
Bir martalik doza
|
Sutkalik doza
|
Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar | 5,4 ml | 16,2 ml |
6-11 yoshdagi bolalar | 4,3 ml | 12,9 ml |
1-5 yoshdagi bolalar
|
3,2 ml
|
9,6 ml
|
Bronxipret® siropini o‘lchov stakanchadan foydalanib, kuniga 3 marta yuqoridagi jadvalda ko‘rstilgan yoshga muvofiq dozada qabul qiling. Bronxipret® siropini suyultirilmagan holda qabul qiling. Bronxipret® siropini oz miqdordagi suyuqlik (suv bilan afzal) bilan qabul qilish mumkin.
Har bir qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Qo‘llash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq. Agar shikoyatlar 1 haftadan ko‘p davom etsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha dori vositalari kabi Bronxipret siropi ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi.
Nojo‘ya samaralarini baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma‘lumotlar olinadi:
Juda tez–tez: davolangan 10 pasientdan 1 nafaridan ko‘pida
Tez–tez: davolangan 100 pasientdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Ba‘zida: davolangan 1000 pasientdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Kam hollarda: davolangan 10000 pasientdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Juda kam hollarda: davolangan 10000 pasientdan 1 nafaridan kamida
Noma‘lum: mavjud ma‘lumotlardan tez–tezligini aniqlash mumkin emas
E‘tibor berish kerak bo‘lgan ahamiyatli nojo‘ya samaralar va agar Sizda quyidagi reaksiyalar yuz bersa ko‘rish lozim bo‘lgan choralar:
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. U nojo‘ya samaraning og‘irlik darajasi va keyingi zarur choralar yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Ba‘zida me‘da–ichak yo‘llari tomonidan spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda terining toshma bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (allergik reaksiyalar) paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek hansirash, eshakemi, yuzni, og‘iz bo‘shlig‘ini va/yoki tomoqni shishi kabi allergik reaksiyalar kuzatilishi ham mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi haddan ziyod kuchli bo‘lsa yoki Siz ushbu ilova–varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini kuzatsangiz, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pechak, tog‘jambil, boshqa labgullilarga va selderdoshlarga yoki Bronxipret siropining har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirining hollari hozirgi vaqtgacha noma‘lum.
Bronxipret® siropini yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni xosil bo‘lishini kamaytiradigan dori vositalar bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu suyulgan balg‘amni yo‘talib chiqarilishini qiyinlashtiradi. Antibakterial dori vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxipret® siropini 1 yoshdan kichik bolalar qabul qilishlari mumkin emas. Agar preparat 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilganda yo‘tal to‘xtamasa yoki qaytalansa, shifokorga murojaat etish kerak.
Muvofiq tadqiqotlarlarning yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Agar shikoyatlar preparat bir hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa yoki nafas olishni qiyinlashishi, isitma, yiringli yoki qon aralash balg‘am paydo bo‘lganida, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Gastrit yoki me‘da yarasi bo‘lgan pasientlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Gastrit yoki me‘da yarasi bo‘lgan pasientlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Preparat 7% etanol saqlaydi (hajm nisbatida). Alkogolizm bilan xastalangan yoki alkogolizmdan davolanishni muvaffaqiyatli yakunlagan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasini tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada qabul qilayotgan bolalarni davolaganda, shuningdek yuqori xavf guruhiga mansub pasientlarni, masalan jigar kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarni davolaganda alkogolning miqdorini e‘tiborga olish kerak.
Preparatning tarkibida maltitol eritmasi saqlanadi. Shuning uchun ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaydigan pasientlar siropni qabul qilishni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin boshlashlari kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar siropni bir martalik dozasi (5,4 ml) 1,9 g o‘zlashtiriladigan uglevodlarni saqlashini hisobga olishlari kerak.
Avtotransportni haydash va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati: hech qanday alohida ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida qorinda og‘riqlar, qusish va diareya bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda bu haqida shifokoringizga xabar bering, u zarur choralar to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Sirop 50 ml va 100 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Preparatni original o‘ramida, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilgandan keyingi yaroqlilik muddati 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptciz.
Ёши
|
Бир марталик доза
|
Суткалик доза
|
Катталар ва 12 ёшдан бошлаб ўсмирлар |
2,6 мл |
7,8 мл |
6-11 ёшдаги болалар |
1,3 мл |
3,9 мл |
Бронхипрет® томчиларини ўлчов стаканчадан фойдаланиб, кунига уч марта юқоридаги жадвалда кўрстилган ёшга мувофиқ дозада қабул қилинг. Зарурати бўлганида Бронхипрет® томчиларини оз миқдордаги суюқлик (масалан бир стакан сув) билан қабул қилиш мумкин.
Қўллаш давомийлиги касалликнинг кечишига боғлиқ.
Ҳар бир қўллашдан олдин чайқатилсин!
фаол моддалар:
0,5 мл тоғжамбил ўтининг суюқ эктракти (1:2–2,5),
0,03 мл печак баргларининг суюқ экстракти (1:1);
ёрдамчи моддалар: натрий сахарини, лимон кислотаси моногидрати, тозаланган сув, гидроксипропил бетадекс, этанол.
Этанол миқдори: 24% (ҳажм/ҳажм).
Бундай ҳолларда бу ҳақида шифокорингизга хабар беринг, у зарур чоралар тўғрисида қарор қабул қилиши мумкин.
Chiqarish shakllari