Buserelinning aptekalardagi narxlari
BUSERELIN DEPO liofilizat 3,75mg N1
|
|
3 ta dorixonada bor
|
750 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
BUSERELIN sprey 0,15mg/doz 17,5ml N1
|
|
2 ta dorixonada bor
|
358 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Buserelin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BUSERELIN
BUSERELIN
Preparatning savdo nomi: Buserelin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): buserelin
Dori shakli: dozalangan nazal sprey
Tarkibi:
Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 2,100 mg buserelin asetati (2,000 mg buserelinga to‘g‘ri keladi)
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi – 0,100 mg, in‘eksiya uchun suv 1,0 ml gacha.
Ta‘rifi: yot kiritmalar bo‘lmagan tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita. gonadotropin rilizing gormon analogi (GnRG).
ATX kodi: L02AE01
Farmakologik hususiyatlari
Preparat tabiiy gonadotropin-rilizing gormon (GnRG) ning sintetik analogidir. Gipofizning oldingi bo‘lagidagi hujayralarning reseptorlari bilan raqobatli bog‘lanib, qon plazmasida jinsiy gormonlarning darajasini qisqa muddatga oshiradi. Preparatning davolovchi dozalarini keyinchalik qo‘llash (o‘rtacha 12-14 kundan keyin) gipofizning gonadotop faoliyatini butunlay blokadasiga olib keladi, shu orqali lyuteinlovchi gormon (LG) follikulostimullovchi gormon (FSG) ni ingibisiya qiladi. Natijada tuxumdonlarda jinsiy gormonlar sintezini susayishi va qon plazmasida estradiolning (Ye2) konsentrasiyasini postklimakterik qiymatlargacha pasayishi kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Intranazal qo‘llanganida preparat burun shilliq qavati orqali butunlay so‘riladi. Ko‘krak suti bilan ahamiyatsiz miqdorlarda ajralib chiqadi. Yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Reproduktiv tizimini mutloq yoki nisbiy giperestrogeniya bilan bog‘liq bo‘lgan gormonga qaram patologiyasi:
- endometrioz (operasiyadan oldin va keyingi davrlarda);
- bachadon miomasi;
- endometriyning giperplastik jarayonlari;
- bepushtlikni davolash (ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) dasturlarini o‘tkazishda) uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning bir martalik dozasi pompa to‘liq bosilganida 150 mkg ni tashkil etadi.
Endometrioz, bachadon miomasi, endometriyning giperplastik jarayonlarini davolashda:
Preparat burun yo‘llari tozalangandan so‘ng burun yo‘llariga sutkada 900 mkg dozada yuboriladi.
Preparatning sutkalik dozasi teng porsiyalar bilan bir marta purkashdan har bir burun yo‘liga kuniga 3 marta teng vaqtlar oralig‘ida (6-8 soat) ertalab, kunduzi va kechqurun yuboriladi. Buserelin preparati bilan davolash hayz ko‘rish siklining birinchi yoki ikkinchi kunida boshlash kerak, preparat butun davolash kursi davomida uzluksiz yuboriladi. Davolash kursi 4-6 haftani tashkil etadi.
Bepushtlikni ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) usuli bilan davolashda
Buserelin bir marta purkashdan (150 mkg) har bir nozdriga kuniga 3-4 marta teng vaqtlar oralig‘ida intranazal yuboriladi. Sutkalik dozasi 900-1200 mkg ni tashkil etadi. Buserelin oldindan stimulyasiya qilingan hayz ko‘rish siklining follikulin bosqichini boshida (hayz ko‘rish siklining 2-kunida) yoki lyutein bosqichining o‘rtasida (21-24 kunlar) buyuriladi. 14-17 kundan keyin pasient ayollarning qon zardobida estradiolning konsentrasiyasi dastlabki darajasiga nisbatan kamida 50% ga kamayganida, tuxumdonlarda kistalar bo‘lmaganida, endometriyning qalinligi ko‘pi bilan 5 mm bo‘lganida, ultratovush monitoringi va qon zardobida estradiolning darajasini nazorati ostida gonadotrop gormonlar bilan superovulyasiya stimulyasiyasi boshlanadi. Zarurat bo‘lganida Buserelinning dozasiga tuzatish kiritish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiylik, toliqish, uyquni buzilishi, uyquchanlik, xotira va diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, emosional labillik, depressiyani rivojlanishi yoki uning kechishini yomonlashishi.
Sezgi a‘zolari tomonidan: quloqlarni shang‘illashi, eshitish va ko‘rishni buzilishi (noaniq ko‘rish), ko‘z olmasini ezilish hissi.
Endokrin tizimi tomonidan: yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismi terisini “qizib ketish” hissi, kuchli terlash, qinni qurishi, libidoni pasayishi, qorinning pastki qismida og‘riq, suyaklarni demineralizasiyasi, kam hollarda – hayz ko‘rish qoniga o‘xshash qon ketishi (odatda, davolashning birinchi haftasi davomida).
Yurak-qon tomir tizimi (YUTT) tomonidan: yurakni urib ketish hissi, AB oshishi (arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda).
Allergik reaksiyalar: eshakemi, terini qichishishi, terini qizarishi, juda kam hollarda – bronxospazm, anafilaktik va/yoki anafilaktoid shok, angionevrotik shish.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik, diareya, qabziyat, ishtahani buzilishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: glyukozaga bo‘lgan tolerantlikni pasayishi, giperglikemiya; lipidlar doirasini o‘zgarishi; zardob transaminazalarining faolligini oshishi, giperbilirubinemiya; trombositopeniya yoki leykopeniya.
Boshqalar: yakka hollarda – burundan qon ketishi; o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi; to‘piq va tovon sohasida shishlar; boshda va tanada sochlarni o‘sishini susayishi yoki kuchayishi; belda, bo‘g‘imlarda og‘riq.
Mahalliy reaksiyalar: burunning shilliq qavatini ta‘sirlanishi, burunni qurishi va og‘riq bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- homiladorlik;
- emizish davri;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: arterial gipertenziya, qandli diabet, depressiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Buserelin preparatini tarkibida jinsiy gormonlar saqlovchi preparatlar (masalan, ovulyasiyani induksiya qilish tartibida) bilan bir vaqtda qo‘llash tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Buserelin bir vaqtda qo‘llanganida gipoglikemik vositalarning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Depressiyaning biron-bir shakli bo‘lgan pasient ayollar Buserelin preparati bilan davolanish vaqtida shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.
Ovulyasiya induksiyasini qat‘iy tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazish kerak.
Preparat bilan davolanishning boshlang‘ich bosqichida tuxumdonlar kistasi rivojlanishi mumkin.
Takroriy davolash kursini davolashdan kutilgan foyda va osteoporoz rivojlanishini potensial havfi nisbati sinchiklab baholangandan so‘ng boshlash kerak.
Kontakt linzalardan foydalanadigan pasient ayollarda ko‘zlarni ta‘sirlanish belgilari paydo bo‘lishi mumkin.
Intranazal usul bilan qo‘llanishini hisobga olib, burunning shilliq qavatini ta‘sirlanishi, ba‘zida burundan qon ketishi mumkin. Preparatni rinitda qo‘llash mumkin, biroq uni qo‘llashdan burun yo‘llarini tozalash kerak.
Buserelin preparatini endometriozda jarrohlik muolajasi bilan majmuada qo‘llash patologik o‘choqlarning o‘lchami va ularni qon bilan ta‘minlanishini, infeksion jarayonnning kechishini kamaytiradi, va demak operasiya vaqtini qisqartiradi, operasiyadan keyingi davolash esa operasiyadan keyingi qaytalanishlar tez-tezligini pasaytirib va spaykalar hosil bo‘lishini kamaytirib, natijalarni yaxshilaydi.
Preparat bilan davolanishni boshlashdan oldin homiladorlikni istisno qilish va gormonal kontraseptivlarni qabul qilishni to‘xtatish kerak, ammo preparatni qo‘llashni birinchi ikki haftasi davomida kontrasepsiyaning boshqa usullari (nogormonal) ni qo‘llash kerak.
Homilador ayollarga va emizish davridagi ayollarga preparatni tibbiy qo‘llash hususiyatlari
Preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishda va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda Buserelin preparatini dozasini oshirib yuborilish hollari xaqida xabarlar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Dozalangan nazal sprey 0,15 mg/doza: preparat 17.5 ml (kamida 187 doza) dan NS-1 belgili to‘q sariq rangli flakonlarda, birinchi marta ochish nazorat halqasi bo‘lgan buraladigan plastmassa qopqoqlar berkitilgan. 1 flakon dozalash uchun tiqin-pompa va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 8oS dan 25oS gacha bo‘lgan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha
Chiqarish shakllari