Butafenning aptekalardagi narxlari
BUTAFEN kukuni 100mg N15
|
|
2 ta dorixonada bor
|
76 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
81 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Butafen ko'rsatmalar
-Obsessiv-kompulsiv kasallik, psixopatiya;
-Keksa yoshdagi pasientlarda – uyquni buzilishi, tungi bezovtalik.
-Bolalarda – duduqlanish, enurez, tiklarni davolash;
-Mener kasalligi;
-Jarroxlik aralashuvi yoki og'riqli diagnostik tekshiruvlar oldidan xavotirli holatlarini oldini olish;
-vestibulyar analizatorning turli genezli disfunktsiyasi bilan bog'liq bosh aylanishlari;
-Kinetozlarda chayqalishlarni (ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, vestibulyar buzilishlar bilan xarakterlanadigan va harakatlanuvchi ob'ektda bo'lishdan kelib chiqqan holat) oldini olish.
Alkogolli abstinentsiya sindromini majmuaviy davolashda yordamchi vosita sifatida.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
faol modda: aminofenilmoy kislotasi gidroxloridi (γ-amino-β-fenilmoy kislotasi gidroxloridi) 100 mg.
yordamchi moddalar: mannitol, aspartam, apelsin aromatizatori.
3 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarda 100 mg (1 paketcha) dan kuniga 2 marta buyuriladi;
5 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 100 mg dan kuniga 2-3 marta;
7 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 100 mg dan kuniga 3-4 marta;
11 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 200 mg dan kuniga 2-3 marta;
Kattalar uchun va 14 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 250 mg dan 500 mg gacha
(Butafen preparatining boshqa dori shakllarini qo'llash tavsiya etiladi). Kuniga 3 martadan qabul qilinadi.
Bolalar uchun eng yuqori dozalari: 3 yoshdan 6 yoshgacha – 100 mg, 7 yoshdan 10 yoshgacha – 200 mg, 11 yoshdan 14 yoshgacha – 300 mg. Kattalar uchun bir martalik dozani 750 mg dan, keksa yoshdagi pasientlar uchun esa, 500 mg dan oshirib yubormaslik kerak.
Davolash kursi kasallik, bemorning ahvoli va doktorning ko'rsatmalariga qarab 2 haftadan 6 haftagacha bo'lishi mumkin.
Agar preparatni qabul qilish o'tkazib yuborilgan bo'lsa, bu haqida eslashingiz bilanoq qabul qiling, lekin agar keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo'lsa, qabul qilishni o'tkazib yuboring. Hech qachon 2 martalik dozani qabul qilmang.
- uyquchanlik, ko'ngil aynishi, asabiylashishning kuchayishi, qo'zg'alish, tashvishlanish, bosh og'rig'i, bosh aylanishi (birinchi dozadan keyin);
- allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish);
- gepatotoksiklik (yuqori dozalarda uzoq muddatli qo'llash bilan).
Agar siz ushbu qo'llanmada ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlarga duch kelsangiz yoki yuqorida ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlardan biri namoyon bo'lsa, shifokor bilan maslaxatlashing.
Butafen 100 uxlatuvchi, neyroleptik, tirishishga qarshi va parkinsonizmga qarshi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
15 laminat paketcha (sashe) qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Butafen 100 xavotirlik, bezovtalik, qo'rquvni kamaytiradi va uyquni yaxshilaydi, shuning uchun preparatni nevrozlarni davolash uchun va operasiyalardan oldin qo'llash uchun buyuriladi. Preparat uxlatuvchi, tirishishga qarshi, neyroleptik va parkinsonizmga qarshi vositalarning ta'sirini uzaytiradi va kuchaytiradi. Preparat asteniyaning ko'rinishlarini va vazovegentativ simptomlarini, shu jumladan bosh og'rig'i, boshda og'irlikni hissi, uyquni buzilishi, ta'sirchanlik, emosional labillikni kamaytiradi va aqliy ish qobiliyatini oshiradi. Trankvilizator ta'siridan farq qilib, psixologik ko'rsatkichlar (diqqat, xotira, sensor-motor reaktsiyalarning tezligi va aniqligi) Butafen 100 preparatining ta'sirida yaxshilanadi. Asteniyasi va emosional labilligi bo'lgan pasientlarda davolashning birinchi kunlaridanoq sub'ektiv o'zini his qilish yaxshilanadi, keraksiz sedasiya yoki qo'zg'alishni chaqirmasdan qiziqish va tashabbuskorlik, faoliyat motivasiyasi oshadi.
Ma'lum bo'lishicha, miya shikastlanishidan keyin qo'llanilgan Butafen 100 preparati mitoxondriyalar sonini oshiradi, va miyaning bioenergetikasini yaxshilaydi. Butafen 100 lipid qayta oksidlanish jarayonini normallashtiradi.
Bolalar olaolmaydigan joyda saklansin.
Yaroqlilik muddati-2 yil.
Muddati o'tganidan so'ng qo'llash mumkin emas.
Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo'llanganida eozinofiliya, buyrak faoliyatini buzilishi, jigarning yog'li distrofiyasi (7 g dan ortiq qabul qilganda) rivojlanishi mumkin.
Simptomlari: uyquchanlik, ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi arterial gipotenziya.
Davolash: me'dani yuvish, simptomatik terapiya.
Asoratlar nomoyon bo'lganda (arterial gipotenziya va buyrak etishmovchiligi) yordamchi va simptomatik choralar qo'llaniladi.
Doza oshirib yuborilganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarish shakllari