D-Kalsin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
D-KALSIN
D-CALCIN
Preparatning savdo nomi: D-Kalsin
Dori shakli: granulalar.
Tarkibi:
5 g granula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
kalsiy-magniy fitati 125 mg;
kalsiy glyukonati 375 mg;
D2 vitamini 3000 XB;
yordamchi moddalar: saxaroza, vanilin.
Ta‘rifi: oq krem rangli vanilin hidli granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar mineral moddalar bilan majmuada.
ATX kodi: A11JB
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
D-Kalsin – mineral moddalar va D2 vitaminini majmuasi bo‘lib, kalsiy-fosfor almashinuvining regulyatoridir.
Kalsiya-magniya fitat (fitin) – kalsiy va magniy tuzlarining aralashmasini saqlovchi, fosforning murakkab organik birikmasidir. Suyak to‘qimasini o‘sishi va rivojlanishini kuchaytiradi. Fosfor – oqsillar, nuklein kislotalar, suyak to‘qimasiga kiruvchi muhim element hisoblanadi. Fosfor birikmasi energiya almashinuvida (adenozintrifosfat kislotasi va kreatin-fosfat energiya akkumulyatori hisoblanadi) ishtirok etadi, mushak faoliyati va aqliy faoliyat, organizmning hayot faoliyati ularning o‘zgarishlari bilan bog‘liq. Fosfor yurak va buyrak faoliyatiga ta‘sir qiladi.
Preparatning tarkibiga kiruvchi, kalsiy glyukonati organizmda kalsiyning tanqisligini to‘ldiradi. Kalsiy suyak to‘qimasining asosini tashkil etadi, qator muhim fermentlarning faoliyatini faollashtiradi, organizmda ionlar muvozanatini tutib turishda ishtirok etadi, nerv-mushak va yurak qon-tomir tizimlarida yuz beradigan jarayonlarga ta‘sir qiladi.
D2 vitamini organizmda Ca2+ va fosfor almashinuvini boshqaradi. Uning faol metabolitlari (xususan, kalsitriol) hujayra membranalari orqali oson o‘tadi va maxsus reseptorlari bo‘lgan nishon-a‘zolarning hujayralariga bog‘lanadi, bu kalsiyni bog‘lovchi oqsillar sintezini faollashishiga, ichakda Ca2+ va fosforni so‘rilishini (ikkilamchi) yengillashishiga, buyrakning proksimal naychalarida qayta so‘rilishini kuchayishiga, shuningdek suyak to‘qimasi tomonidan qamrab olinishini oshishiga va ularni suyak to‘qimasidan rezorbsiyasini oldini olishga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning ta‘siri uning komponentlarining hususiyatlarini yig‘indisi bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
- raxit: osteopatiya, spazmofiliya, suyak hosil bo‘lishi jarayonlarini buzilishi va tishlarni yorib chiqishini kechikishi, organizmni jadal rivojlanish davrida o‘sishni kechikishi bilan kechuvchi kalsiy almashinuvini buzilishini oldini olish va davolash;
- turli genezli osteoporozni oldini olish;
- D vitamini va kalsiyga bo‘lgan talab oshgan holatlarda:
- emadigan bolalar va/yoki ochiq havoda kam bo‘ladigan bolalar;
- D vitaminini tanqisligi bo‘lgan sun‘iy oziqlantiriladigan bolalar;
- malabsorbsiya sindromi, surunkali diareya, gastroektomiya;
- nerv tizimini toliqishi;
- steatoreya;
- gormonal davolash, tirishishga qarshi vositalar, immunodepressantlar, tarkibida alyuminiy saqlovchi antasidlar, diuretiklar qabul qiladigan pasientlarga qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
D-Kalsin peroral qabul qilinadi.
Osteoporozni oldini olish – sutkada 1000-2000 XB (1/4-1/2 o‘lchov stakanchasi) qabul qilinadi.
Raxit va osteomalyasiyani oldini olish – sutkada 400 XB (1 kofe qoshig‘i) qabul qilinadi.
Ovqat mahsulotlari tarkibida D vitaminini tanqisligi, raxit va osteomalyasiyani davolash uchun:
- kattalarda sutkalik doza 1000-2000 XB (1/4-1/2 o‘lchov stakanchasi) ni tashkil etadi;
- bolalarda sutkalik doza 1000-4000 XB (1/4-1 o‘lchov stakanchasi) ni tashkil etadi.
Davolash bir necha oy davomida davom ettirilishi kerak. Davolash kursi tugaganidan so‘ng, zarurat bo‘lganida, D vitaminini ham kattalar, ham bolalar uchun mo‘ljallangan profilaktik dozalarini (400 ME) qabul qilishga o‘tiladi.
Tirishishga qarshi vositalarni uzoq vaqt davomida qabul qilgan pasientlarda kuzatiladigan osteomalyasiyani davolash uchun:
- kattalarda sutkalik doza 1000-4000 XB (1/4-1/2 o‘lchov stakanchasi) ni tashkil etadi;
- bolalarda sutkalik doza 1000 XB (1/4 o‘lchov stakanchasi) ni tashkil etadi.
D vitaminiga bo‘lgan sezuvchanlik o‘zgarib turishi mumkinligi tufayli, dozani klinik reaksiyasiga muvofiq ravishda boshqarish kerak. Qon zardobida Sa × R (mg/dl) umumiy normaga muvofiq 58 dan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Preparat qo‘llanganida quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida giperkalsiemiya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- giperfosfatemiya bilan kechuvchi buyrak osteodistrofiyasi;
- og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi;
- trombozlarga moyillik;
- og‘ir daradagi giperkalsiemiya;
- D vitamini gipervitaminozi;
- giperparatireodizmda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
A vitamini, tokoferol, askorbin kislotasi, pantotenat kislotasi, tiamin, riboflavin toksik ta‘sirini susaytiradilar. D vitaminini gipervitaminozida yurak glikozidlarining ta‘siri kuchayishi va giperkalsiemiya rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan aritmiyani rivojlanish havfi oshishi mumkin (yurak glikozining dozasiga tuzatish kiritish kerak). Barbituratlar (shu jumladan, fenobarbital), fenitoin va primidon ta‘sirida ergokalsiferolga bo‘lgan talab ahamiyatli darajada oshishi mumkin (metabolizm tezligini oshiradilar). Tarkibida Al3+ i Mg2+-saqlovchi antasidlarni bir vaqtda qo‘llash fonida uzoq muddat davolash qonda ularning konsentrasiyasini va intoksikasiyani rivojlanish havfini oshiradi. Kalsitonin, etidron va pamidron kislotalarining hosilalari, plikamisin, galliy nitrati va glyukokortikoid vositalar preparatning samarasini pasaytiradilar. Tarkibida fosfor saqlovchi preparatning so‘rilishini va giperfosfatemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Natriy ftorid bilan bir vaqtda qo‘llanganida kabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq kamida 2 soatni, peroral tetrasiklinlar bilan esa – kamida 3 soatni tashkil etishi kerak. Tarkibida kalsiy va D vitaminini saqlovchi boshqa polivitamin komplekslar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
D-Kalsin vabul qilinganida D vitaminini organizmga boshqa manbalardan tushishini inobatga olish kerak.
Preparat profilaktika maqsadida qo‘llanganida, ayniqsa bolalarda dozani oshirib yuborilishi mumkinligini inobatga olish kerak. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llash D vitaminini surunkali gipervitaminoziga olib keladi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolanish vaqtida kalsiyni siydik bilan chiqarilishini va plazmada kalsiy va kreatininning konsentrasiyasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak (sutkada 7,5 mmol (sutkada 300 mg) dan ortiq kalsiyuriya paydo bo‘lganida, preparatning dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish kerak).
Turli pasientlarda D vitaminiga bo‘lgan sezuvchanlik individual ekanligini hamda preparat hatto terapevtik dozalarda qabul qilinganida ham qator pasientlarda gipervitaminoz ko‘rinishlarini chaqirishi mumkinligini inobatga olish kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda D vitaminiga bo‘lgan sezuvchanlik turlicha bo‘lishi mumkin, ularning ba‘zilarida hatto juda kichik dozalarga ham sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. D vitaminini uzoq vaqt davomida qabul qilayotgan bolalarda o‘sishni kechikishini rivojlanish havfi oshadi. D vitaminining gipervitaminozini oldini olish uchun muvozanatlangan ovqatlanish maqsadga muvofiqdir.
Keksa yoshda D vitaminiga bo‘lgan talab D vitaminini so‘rilishini kamayishi, insolyasiya vaqtini kamayishi, buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi tezligi oshishi oqibatida kuchayishi mumkin.
Tuberkulyozning faol shakllari va sarkoidoz bo‘lgan pasientlarga (granulemalarni kalsifikasiyasi bo‘lishi mumkinligi tufayli) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida dozasi oshirib yuborilgan holatda teratogen ta‘siri paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, D vitaminini yuqori dozalarda qo‘llash mumkin emas.
D-Kalsin preparatini emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak: ona tomonidan yuqori dozalarda qabul qilinayotgan preparat bolada dozani oshirib yuborilish simptomlarini chaqirishi mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llanishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
D-Kalsin avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: qabziyat, diareya, ishtahani yo‘qolishi, og‘izda metall ta‘mi, ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik, og‘izni qurishi, toliqish, holsizlik, yorug‘likka sezuvchanlik, aritmiyalar bo‘lishi mumkin.
Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, shifokorga murojaat qilish, katta miqdorda suyuqlik iste‘mol qilish kerak. Zarurat bo‘lganida kasalxonaga yotkazish talab etilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
75 g granula buraladigan qopqoqli plastik bankada. 1 banka o‘lchov stakanchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Chiqarish shakllari