DAVERIS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DAVERIS
DAVERIS
Preparatning savdo nomi: Daveris
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): travoprost
Dori shakli: 0,004% li ko‘z tomchilari.
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,04 mg travoprost.
yordamchi moddalar: borat kislotasi, trometamol, makrogolgliserin gidroksistearati, mannit, dinatriy edetati, benzalkoniy xloridi, xlorid kislotasi va/yoki natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Glaukomaga qarshi vosita. F2α prostaglandinini sintetik analogi.
ATX kodi: S01EE04
Farmakologik hususiyatlari
Daveris – glaukomaga qarshi vosita. Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi – travoprost – prostaglandinning sintetik analogi va FP prostaglandin reseptorlarining yuqori selektiv agonisti hisoblanadi. Ko‘z suyuqligini oqib chiqishini kuchayishi orqali ko‘z ichki bosimini pasaytiradi. Preparatning asosiy ta‘sir mexanizmi uveoskleral oqimni oshishi bilan ifodalanadi.
Ko‘z ichki bosimi preparat tomizilganidan so‘ng taxminan 2 soatdan keyin pasayadi, maksimal samarasiga 12 soatdan keyin erishadi. Ta‘sirining davomiyligi preparat bir marta qo‘llanganidan so‘ng kamida 12 soatni tashkil etadi.
Farmakokinetikasi
Travoprost ko‘zning shox pardasi orqali so‘riladi, u yerda travoprost biologik faol shakli – travoprost kislotasigacha gidrolizga uchraydi.
Qon plazmasida maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga preparat mahalliy qo‘llanganidan so‘ng 30 minut davomida erishadi va 25 pg/ml va undan kamroq qiymatni tashkil etadi.
Plazmadan tez chiqariladi, bir soat davomida konsentrasiyasi aniqlash bo‘sag‘asidan past qiymatga (10 pg/ml dan kam) pasayadi.
Metabolizm travoprost va travoprostning erkin kislotasini asosiy eliminasiya yo‘li hisoblanadi. Tizimli metabolizm yo‘li endogen F2α prostaglandinning metabolizm yo‘li bilan parallel bo‘lib, 13-14 ikkilamchi bog‘ini tiklanishi, 15-gidroksil guruhini oksidlanishi va yuqori yon zanjirini R-oksidativ parchalanishi bilan xarakterlanadi. Travoprostning erkin kislotasi va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Jigar faoliyatini yengil darajadan og‘ir darajagacha ifodalangan buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek buyrak faoliyatini yengil darajadan og‘ir darajagacha (kreatinin klirensi minutiga 14 ml dan past bo‘lganida) ifodalangan buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Qo‘llanilishi
- ochiq burchakli glaukoma;
- oftalmotonus yuqori bo‘lganida oshgan ko‘z ichki bosimini pasaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Daveris shikastlangan ko‘zning kon‘yunktivasiga 1 tomchidan sutkada 1 marta, kechqurun tomizish uchun buyuriladi.
Preparatni yanada tez-tez qo‘llash uning samaradorligini pasayishiga olib keladi.
Flakonning ichidagisi mikroblar bilan ifloslanishdan saqlanish uchun, tomchilagichning uchini biron-bir yuzaga tegishidan saqlanish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatni monoterapiya sifatida qo‘llash bilan bog‘liq eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya samarasi giperemiya (22,3%), jumladan ko‘z, kon‘yunktiva yoki sklerani giperemiyasi bo‘lgan. 83% pasientlarda u yengil ifodalangan bo‘lgan. Giperemiya paydo bo‘lgan, deyarli barcha pasientlar (98%), ushbu nojo‘ya samarani rivojlanishi natijasida davolashni to‘xtatmaganlar.
Quyida davolash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralar keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (>1/100, <1/10), ba‘zida (>1/1000, ≤1/100), kam hollarda (>1/10000, ≤1/1000) va juda kam hollarda (≤1/10000).
Infeksiyalar va invaziyalar: ba‘zida – oddiy gerpes.
Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba‘zida – o‘ta yuqori sezuvchanlik, mavsumiy allergiya.
Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – bosh og‘rig‘i; ba‘zida – disgevziya, bosh aylanishi.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: juda tez-tez – kon‘yunktiva giperemiyasi, ko‘z giperemiyasi; tez-tez – nuqtali keratit, ko‘zning oldingi kamerasida presipitatlar, ko‘zning oldingi kamerasini tovlanishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘zdan ajralmalarni ajralishi, diskomfort, ko‘zni ta‘sirlanishi, ko‘zni me‘yordan tashqari sezuvchanligi, ko‘zda yod jism hissi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘rishni xiralashishi, ko‘zni qurishi, ko‘zni qichishishi, ko‘z yoshini kuchli oqishi, qovoqlarni eritemasi, qovoqlarni shishi, qovoqlarni qichishishi, kipriklarni o‘sib ketishi, rangdor pardani giperpigmentasiyasi, kipriklarni rangsizlanishi; ba‘zida – shox pardani eroziyasi, iridosiklit, irit, uveit, ko‘rish maydonini buzilishi, keratit, ko‘zning oldingi kamerasini yallig‘lanishi, ko‘zlarni shishi, shox pardani bo‘yalishi, fotopsiya, blefarit, kon‘yunktivani shishi, allergik kon‘yunktivit, konyunktival buzilishlar, kon‘yunktival follikulalar, ko‘zni gipesteziyasi, ektropion, quruq keratokon‘yunktivit, madaroz, katarakta, allergiya, qovoqlarda og‘riq, qovoqlar tomonidan buzilishlar, qovoqlar atrofida tangachalarni hosil bo‘lishi, sklerani giperemiyasi, astenopatiya.
Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba‘zida – yurak ritmini nomuntazam urishi, yurakni tez urishi, yurak qisqarishlari sonini pasayishi, bradikardiya, taxikardiya.
Qon-tomir tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba‘zida – arterial bosimni pasayishi, arterial bosimni oshishi.
Nafas tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba‘zida – dispnoe, astma, nafas faoliyatini buzilishi, halqumda og‘riq, yo‘tal, disfoniya, burunni bitishi, tomoqni ta‘sirlanishi.
Me‘da-ichak tizimi (MIT) tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba‘zida – me‘da/ichak yarasini qayta faollashuvi, MIT buzilishlari, qabziyat.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – terini giperpigmentasiyasi (ko‘zlarni atrofi); ba‘zida – allergik dermatit, periorbital sohani shishi, kontakt dermatit, eritema, sochning rangini o‘zgarishi, soch strukturasini me‘yorida kuzatilmaydigan o‘zgarishi, gipertrixoz.
Tayanch-harakat apparati tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ba‘zida – yelkalarda og‘riq.
Umumiy xarakterga ega bo‘lgan buzilishlar, hamda yuborilgan joy bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar: ba‘zida – asteniya, umumiy lohaslik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik va laktasiya davri;
- bolalar va 18 yoshgacha o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar bilan majmuadv ko‘z ichki bosimini tushirish uchun qo‘llanilishi mumkin; ularni qo‘llash orasidagi interval kamida 5 minutni tashkil qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat rangdor pardada jigarrang pigmentning miqdorini oshishi hisobiga ko‘z rangini asta-sekin o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Ushbu samarasi asosan rangdor pardaning rangi turli bo‘lgan, masalan, ko‘k-jigarrang, kulrang-jigarrang, yashil-jigarrang yoki sariq-jigarrang bo‘lgan bemorlarda namoyon bo‘ladi, bu holat rangdor pardaning stromal melanositlarida melanning miqdorini oshishi bilan tushuntiriladi. Odatda jigarrang pigmentasiya ko‘zning rangdor pardasini periferiyasiga qorachiq atrofiga konsentrik ravishda taqsimlanadi, bunda butun rangdor parda yoki uning qismlari yanada jadalroq jigarrang rangga kirishi mumkin. Melanositlarga uzoq muddat ta‘sir qilishi va ushbu ta‘sirning oqibatlari hozirgi vaqtda ma‘lum emas. Ko‘zning rangdor pardasini o‘zgarishi asta-sekin yuz beradi va bir necha oy yoki yillar davomida sezilmasdan qilishi mumkin.
Preparat bekor qilinganidan so‘ng jagarrang pigmentning miqdorini keyinchalik oshishi kuzatilmagan, biroq ranggini allaqachon o‘zgarishi qaytmas bo‘lishi mumkin.
Rangdor pardada nevus yoki lentigo bo‘lganida preparat bilan davolanish natijasida ularni o‘zgarishi kuzatilmagan.
Preparat kipriklarning ranggini to‘qlashishi, qalinlashishi va uzayishini yoki ularning miqdorini oshishini chaqirishi mumkin; kam holarda – qovoqlar terisining ranggini to‘qlashishi bo‘lishi mumkin.
Davolashni boshlashdan oldin ko‘zning ranggini o‘zgarishi mumkinligi yuzasidan bemorlarga ma‘lumot berish kerak. Faqat bitta ko‘zni davolash doimiy geteroxromiyaga olib kelishi mumkin.
Afakiya, psevdoafakiyasi bo‘lgan bemorlarga, ko‘z gavharining orqa kapsulasi parchalanganida yoki kamera shikastlanganida, shuningdek kistoz makulyar shishni rivojlanish havf omillari bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Irit / uveitlarni rivojlanishiga moyillik bo‘lganida Daveris preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Daveris ko‘z tomchilari tarkibida benzalkoniy xloridi konservantini saqlaydi, u linzalarda to‘planishi va ko‘zlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Preparatni qo‘llashdan oldin linzalarni ko‘zlardan olib turish va instillyasiyadan so‘ng kamida 15 minutdan keyin qaytadan foydalanish mumkin.
Homiladorlikda qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda preparatning samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ushbu pasientlar toifasida pasientni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat qo‘llanganidan so‘ng ko‘rish o‘tkirligini vaqtinchalik yo‘qotadigan pasientlar diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘zning shilliq pardasini ta‘sirlanishi, kon‘yunktivani giperemiyasi yoki episkleralar bo‘lishi mumkin.
Davolash: simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 2,5 ml dan oq rangli polietilen flakonda himoya xalqasi bilan ta‘minlangan oq rangli buraladigan himoya qopqoqcha yopilgan.
Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparatni 28 kun davomida qo‘llash mumkin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari