Defilakning aptekalardagi narxlari
DEFILAK sirop 200ml
|
|
6 ta dorixonada bor
|
28 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Defilak ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DEFILAK
DEFILAK
Preparatning savdo nomi: Defilak
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Laktuloza
Dori shakli: Sirop
Tarkibi:
Laktuloza – 66,7 g
100 ml sirop olish uchun tozalangan suv.
Ta‘rifi: Tiniq, rangsizdan jigarrang tusli och-sarg‘iq rangligacha bo‘lgan yopishqoq suyuqlik. Vizual ravishda tekshiriladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Surgi vositalari.
Preparat surgi, giperosmotik, gipoammoniemik, ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, ichak mikroflorasini normallashtiradi, fosfatlar va kalsiy tuzlarining so‘riluvchanligini yaxshilaydi, oqsillarning parchalanish maxsulotlarini chiqarilishiga yordam beradi.
Laktuloza disaxarid; sut kislotali bakteriyalari (Laktobacillus acidophilus, Laktobacillus bifidus) uchun ozuqa muhiti hisoblanadi va ularning rivojlanishi va ko‘payishiga yordam beradi. Yo‘g‘on ichakning mikroflorasi ta‘sirida pastmolekulyar organik (sut, sirka, chumoli) kislotalarini hosil bo‘lishi bilan preparatning gidrolizi yuz beradi. Buning oqibatida osmotik bosim oshadi va yo‘g‘on ichak ichida rN pasayadi, bu ichak peristaltikasini kuchayishiga va axlat massalari hajmini oshishiga, shuningdek ammiakni qondan ichakka migrasiyasiga va uni yomon so‘riladigan ammoniy-ioniga aylanishiga olib keladi, u surgi samarasi rivojlanganida organizmdan chiqariladi. Preparat yo‘g‘on ichakning proksimal qismida azot saqlovchi toksinlarning hosil bo‘lishi va so‘rilishini susaytiradi, qonda ammoniy-ioni miqdorini pasaytiradi va jigar ensefalopatiyasining yaqqolligini kamaytiradi, proteolitik mikroorganizmlarning, shu jumladan shigellalar, salmonellalarning o‘sishini bostiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida preparat me‘da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarida amalda so‘rilmaydi, ichakda metabolizmga uchraydi. Metabolitlari ahlat bilan 24-48 soat davomida chiqariladi, preparatning 3% dan ko‘p bo‘lmagani o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
Surunkali va vaziyatli qabziyatlar (shu jumladan bavosildagi, yo‘g‘on ichakda va/yoki anal teshigida jarrohlik aralashuvlarining zaruratida), operasiyadan keyingi atonik qabziyatlar, gemorrodial tugunlar olib tashlanganidan keyingi og‘riq sindromi, jigar ensefalopatiyasi, jigar yetishmovchiligi jigar komasi va prekoma, surunkali faol gepatit, giperammoniemiya, turli etiologiyali intoksikasiyalar, ichak disbakteriozi, yiringli dispepsiya, salmonella tashuvchilik.
Qabziyatda, gemorrodial tugunlar olib tashlanganidan keyingi og‘riq sindromida, chirishli dispepsiyada birinchi 3 kun ichga buyuriladi; kattalarga 15-45 ml dan (1-3 osh qoshiq) sutkada 1 marta; 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml dan (1 choy qoshiq) sutkada 1 marta, 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5-10 ml dan (1-2 choy qoshiq) sutkada 1 marta, 6 yoshdan katta – 15 ml dan (1 osh qoshiq) sutkada 1 marta. So‘ngra tutib turuvchi doza buyuriladi: kattalarga 15 ml dan (1 osh qoshiq) sutkada 1 marta; 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 ml dan (1 choy qoshiq) sutkada 1 marta buyuriladi, 1 yoshdan – 6yoshgacha – 5-10 ml dan (1-2 choy qoshiq) sutkada 1 marta, 6 yoshdan kattalarga – 10 mldan (2 choy qoshiq), 6 yoshdan kattalarga – 10 ml dan (2 choy qoshiq) sutkada 1 marta. Davolash kursi 1-4 xaftadan 3- oygachani tashkil qiladi.
Salmonella tashuvchilikda birinchi10-12 kunlari 5 ml dan (1 choy qoshiq) sutkada 3 marta buyuriladi, 1 xaftalik tannafusdan so‘ng 5 ml dan (1 choy qoshiq) sutkada 5 marta 10-12 kun davomida buyuriladi. Jigar yetishmovchiligida, komada va prekomada, ensefalopatiyada, shuningdek surunkali gepatitda, giperammoniemiyada, turli etiologiyali intoksikasiyalarda, disbakteriozda ichga dastlab 30-60 ml dan (2-4 osh qoshiq) sutkada 3 marta, so‘ngra, odatda, 7-14 kun qo‘llanganidan keyin, 10-25 ml dan (2-5 choy qoshiq) sutkada 2-3 marta tutib turuvchi doza buyuriladi. Davolashning kursi 3 oyni tashkil qiladi.
Jigar komasi yoki prekomatoz holatidagi bemorlarga, to‘g‘ri ichakka 300 ml sirop 700 ml suv yoki natriy xloridining izotonik eritmasida suyultirib, rektalballon kateter orqali yuboriladi va 30-60 minut tutib turiladi. Kerak bo‘lsa har 4-6 soatda takrorlanadi. Ichga qabul qilinganida preparatni suv yoki sharbat bilan (greyfrutlidan tashqari) suyultirish mumkin. Samara 24-48 soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Qabul qilishning birinchi kunlari meteorizm va ko‘p gaz hosil bo‘lishi paydo bo‘lishi mumkin, ular davolashning 2-3 kunidan so‘ng mustaqil yo‘qoladi. Jigar ensefalopatiyasini davolashda – vaqtinchalik diareya, shuningdek ko‘ngil aynishi, qusish, ichak spazmi bo‘lishi mumkin. Preparatni katta dozalarda tez-tez qo‘llash, ayniqsa keksa bemorlarda, suv-elektrolit muvozanatining buzilishi bilan kechuvchi diareya chaqirishi mumkin.
Galaktozemiya, ichakni o‘tkazmasligi, laktulozaga yuqori sezuvchanlik, rektal qon ketishlar (gemorrodial bo‘lmagan), kolo-, ileostoma, appendisitga shubha, jigar komasida (gepatit chaqirgan).
Neomisin va antasid vositalarni bir vaqtda qo‘llash preparatning ta‘sirini ingibirlaydi. Boshqa dori vositalarni qabul qilgandan so‘ng 2 soat davomida preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Jigar yetishmovchiligi, koma va prekoma, ensefalopatiya, surunkali faol gepatit, giperammoniemiya, turli etiologiyali intoksikasiyalarni davolashning boshida, surgi samarasiga erishilganida tutib turuvchi doza shunday buyuriladiki, u sutkada 2-3 marta yumshoq ich kelishini ta‘minlasin. Keksa yoshdagi odamlar va ruhiy buzilishlari bo‘lgan bemorlarda uzoq muddatli davolashda, qondagi elektrolitlar miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Preparat qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga, tarkibida so‘riladigan qand bo‘lganligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni homiladorlik va emizish davrida, shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda qo‘llash mumkin.
Diareya paydo bo‘lganida preparatni qabul qilish to‘xtatiladi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Keyinchalik suvsizlanish, gipokaliemiya va giponatriemiya bilan diareya paydo bo‘lishi mumkin, u preparatni qabul qilish to‘xtatilganida yoki dozasi pasaytirilganida o‘tib ketadi. Suv-elektrolit muvozanatini tiklash bo‘yicha davolashni buyurish lozim.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari