DEKSATOBROMning aptekalardagi narxlari
DEKSATOBROM tomchilar 5ml
|
|
193 ta dorixonada bor
|
45 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
62 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
55 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
DEKSATOBROM ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DEKSATOBROM
DEXATOBROM
Preparatning savdo nomi: Deksatobrom
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tobramisin, deksametazon
Dori shakli: ko‘z tomchilari, steril suspenziya
Tarkibi:
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 0,300 g tobramisin, 0,100 g deksametazon;
yordamchi moddalar: tiloksopol, gipromelloza (NRMS 4000 sR), natriy sulfati (suvsiz), natriy xloridi, dinatriy edetati, dinatriy edetat digidrati, benzalkoniy xloridi, 0,5M sulfat kislotasi eritmasi yoki 1M natriy gidroksidi eritmasi, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi: asosan oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita (yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi).
ATX kodi: S01CA01.
Frmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Oftalmologiyada mahalliy qo‘llash uchun antibakterial va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega majmuaviy preparat. Tobramisin – aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta‘sir doirasiga ega antibiotik. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis/shu jumladan penisillinga rezistent shtammlari ham); Steptococcus spp. (shu jumladan A guruhining ayrim b-gemolitik turlari, Steptococcus pneumoniae ning ayrim nogemolitik turlari va ba‘zi shtammlari), Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Klebsiella pneumonia, Enterobacter aerogenes, Proteus mirabilis, Morganella morganii, Proteus vulgaris ning ko‘pchilik turlari, Haemophilus influenzae, Haemophilus aegyptius, Moraxella lacunata, Acinetobacter calcoaceticus (Herellea vaginacola), shuningdek Neisseria ning ayrim turlari.
Deksametazon glyukokortikosteroid (GKS). Kuchli yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va desensibilizasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Deksametazon eozinofillar tomonidan yallig‘lanish mediatorlarining ajratib chiqarilishini, semiz hujayralarning migrasiyasini susaytirib va kapillyar o‘tkazuvchanligini kamaytirib, yallig‘lanish jarayonlarini faol susaytiradi. Mineralokortikoid faollikka ega emas.
Qo‘llanilishi
- ko‘z va paraorbital sohaning infeksion kasalliklari, shu jumladan blefarit, kon‘yunktivit, blefarokon‘yunktivit; keratit (epiteliyni shikastlanishisiz);
- oftalmologik jarrohlikda operasiyadan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun ыщllanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat shikastlangan ko‘z (yoki ko‘zlar) ning kon‘yunktiva bщshlig‘iga har 4-6 soatda 1-2 tomchidan tomiziladi. Birinchi 24-48 soatda dozani har 2 soat o‘tgach 1-2 tomchigacha oshirilishi mumkin.
Har safar foydalangandan so‘ng flakonni yopish lozim. Eritmaning sterilligini saqlab qolish uchun, pipetka uchi bilan ko‘zga tegib ketish mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat qo‘llanganida mahalliy reaksiyalar kuzatilishi mumkin: ko‘z yoshi ajralishini qisqa muddatli oshishi, achishish yoki tomizilganidan so‘ng bevosita sanchiq.
Preparatni qo‘llash chaqirgan nojo‘ya reaksiyalar glyukokortikoid (deksametazon) ham, antibiotik (tobramisin) bilan ham, shuningdek ularning majmuasi bilan ham chaqirishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik va mahalliy allergik reaksiyalar (qichishish, qovoqlarning shishi, kon‘yunktivani qizarishi) bo‘lishi mumkin.
Ushbu preparatni 14 sutkalik kurs bilan qo‘llash qator ahamiyatli nojo‘ya reaksiyalarini paydo bo‘lishiga olib keladi.
Keyinchalik glaukomani rivojlanish xavfi bilan ko‘z ichki bosimi oshishi mumkin (DEKSATOBROM ko‘z tomchilari 7 kundan ko‘proq vaqt davomida qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini muntazam o‘lchash kerak), buning natijasida ko‘ruv nervining xarakterli shikastlanishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi va ko‘rish maydonini pasayishi, orqa subkapsulyar kataraktani shakllanishi (dori vositasi 3 oydan ko‘proq qo‘llanganida), jarohatlarni bitish jarayonini sekinlashishi (glyukokortikoidlarning ta‘siri bilan ifodalanadi) rivojlanadi.
Shox parda yoki skleraning yupqalashishini chaqiradigan kasalliklarda fibroz parda teshilishi mumkin. Juda kam hollarda – gerpetik va bakterial infeksiyalar tarqalishi mumkin.
DEKSATOBROM preparati qo‘llanganidan so‘ng (glyukokortikoid va antibiotikning majmuasi sifatida) bemor organizmining himoya reaksiyalari bostirilishi oqibatida ikkilamchi infeksiya kuzatilishi mumkin. Ko‘zlarning o‘tkir yiringli kasalliklarida glyukokortikoidlar mavjud bo‘lgan infeksion jarayonni niqoblashi yoki kuchaytirishi mumkin.
Shox pardani zamburug‘li shikastlanishi (shox pardaning mikozlari) glyukokortikoidlar uzoq muddat qo‘llanganida (uch oydan ko‘p), ayniqsa paydo bo‘lishiga moyillik mavjud. Glyukokortikoidlarni saqlovchi preparatlar bilan uzoq muddat davolashdan so‘ng shox pardada bitmaydigan yaralarni paydo bo‘lishi zamburug‘li invaziyaning rivojlanganidan dalolat berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- Herpes simplex chaqirgan epitelial keratit (daraxtsimon keratit);
- shox parda va kon‘yunktivaning virusli kasalliklari (shu jumladan suvchechak);
- ko‘zning mikobakterial infeksiyalari;
- ko‘zning zamburug‘li kasalliklari;
- eshituv nervining nevriti;
- surunkali buyrak yetishmovchiligi;
- miasteniya;
- parkinsonizm;
- homiladorlik (preparat homilaning qaytmas karligiga sababchi bo‘lishi mumkin) da qo‘llash mumkin emas.
Preparat shox pardadan yot jismni asoratsiz olib tashlanganidan so‘ng buyurilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan: bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
DEKSATOBROM preparatini dorilar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
DEKSATOBROM faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan (in‘eksiya uchun qo‘llanmaydi).
GKS saqlovchi preparatlar 10 kundan ortiq qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini muntazam o‘lchash kerak. DEKSATOBROM preparati tizimli qo‘llash uchun aminoglikozidlar guruhi antibiotiklar bir vaqtda buyurilganida, qon zardobida torbamisinning konsentrasiyasini nazorat qilish lozim.
Allergik reaksiyalar rivojlanganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Qo‘llashdan oldin flakon ichidagisini chayqatish lozim.
Pediatriyada qo‘llanishi
Hozirgi vaqtda preparatning bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik, emizish vaqtida va bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q. Homilador ayollarda DEKSATOBROMNI qo‘llash mumkin emas, chunki homilaning qaytmas karligiga sababchi bo‘lishi mumkin (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlari” bo‘limiga qarang). Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.
Avtotransportni boshqarish va maxsus jihozlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
DEKSATOBROMni qo‘llash kuchli charchoqlik va ko‘rish qobiliyatini buzilishini chaqirmaydi, shuning uchun avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Applikasiya qilingandan so‘ng, ko‘rish aniqligi vaqtinchalik yo‘qolgan pasientlarga preparat tomizilishi bilanoq mashina haydash yoki murakkab texnika bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda DEKSATOBROM preparati dozasini oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
5 ml flakon-tomchilagichda
Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 15-250S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilganidan so‘ng tomchilar 4 hafta davomida ishlatilishi kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari