DIOKSAFLEKSning aptekalardagi narxlari
DIOKSAFLEKS V12 eritma 3ml N6
|
|
159 ta dorixonada bor
|
369 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
390 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
DIOKSAFLEKS ko'rsatmalar
Zo'rayish bosqichidagi me'da-ichak yaralari. Jigarning og'ir kasalliklari va/yoki o'tkir buyrak etishmovchiligi. Dekompensasiya bosqichidagi yurak etishmovchiligi. Og'ir shakldagi gipertoniya kasalligi. Anamnezida atsetilsalisil kislotasi yoki prostaglandinlarning sintezini susaytiruvchi boshqa dori preparatlari chaqirgan astma, rinit yoki eshakemining o'tkir xurujlari bo'lgan pasientlar. Tuberkulyozning faol shakli, tizimli mikoz.
Virusli kasalliklar. O'tkir glomerulonefrit. O'tkir psixoz. Osteoporoz. Jigar porfiriyasi. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Plazmada cho'qqi kontsentrasiyaga erishilgandan keyin ikki soat o'tgach sinovial suyuqlikdagi kontsentrasiyasi plazmadagidan yuqori bo'ladi va bu nisbat qo'llanilgandan keyin 12 soat davomida davom etadi. Sinovial suyuqlikdan yarim chiqarilish davri 3 soatdan 6 soatgachani tashkil qiladi. Diklofenakning plazmadan umumiy tizimli klirensi minutiga 263±56 ml ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi.
Diklofenak jigarda metabolizmga uchraydi va o't chiqarish va buyrak yo'llari orqali, asosan glyukuronatlar yoki sulfatlar ko'rinishidagi metabolitlari shaklida chiqariladi. Dozaning faqat 1% toza diklofenak ko'rinishida siydik bilan chiqariladi; kon'yugatlar siydikda tiklangan dozaning 5-10% ni tashkil qiladi. Dozaning 5% dan kamrog'i safro bilan chiqariladi. Asosiy metaboliti bo'lib 4-gidroksidiklofenak hisoblanadi va umumiy chiqarilgan dozaning taxminan 40% ni tashkil qiladi. Diklofenakning uchta boshqa metabolitlari (3-gidroksi, 5-gidroksi, 4,5-digidroksi-diklofenak) siydik bilan chiqarilgan dozaning taxminan 10-20% ni tashkil qiladi.
Diklofenak va uning metabolitlarini chiqarilishi tez amalga oshadi: qabul qilingan dozaning taxminan 40% qabul qilingandan keyin birinchi 12 soat davomida chiqariladi.
Sog'lom pasientlarda takroran qo'llanilgandan keyin diklofenakning farmakokinetik ko'rsatkichlari doimiy bo'lib qoladi, lekin buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda dori preparati va/yoki uning metabolitlari to'planishi mumkin (garchi klinik ahamiyatsiz). Jigar funktsiyasini o'zgarishlari (surunkali gepatit, klapan dekompensasiyasisiz kechuvchi tsirroz) bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Gidrosikobalamin mushak ichiga yuborilganda to'liq so'riladi, qo'llagandan keyin taxminan 1 soat o'tgach plazmada cho'qqi darajaga erishadi. Gidroksikobalamin qon oqimiga tushganidan keyin maxsus protein tashuvchilari, transkobalamin bilan bog'lanadi. Uchta transkobalamin (transkobalaminlar I, II va III) aniqlangan. Transkobalamin bilan bog'langan gidroksikobalamin plazmadan tez chiqariladi va asosan gepatositlarda taqsimlanadi. Kattalar organizmida taxminan 90% gidroksikobalamin jigarda to'planadi.
Gidroksikobalamin safro bilan chiqariladi. Gidroksikobalaminning uchdan ikki qismi safro orqali chiqariladi va keyinchalik yondosh ichakning shilliq qavati orqali takroran so'riladi, shunday qilib jigar ichi qayta ishlashga uchraydi. Qolgan qismi axlat bilan chiqariladi; bunda gidroksikobalaminning bir qismi me'da-ichak yo'llarining epitelial xujayralarini deskvamasiyasi, yo'g'on ichakdagi bakteriyalar tomonidan sintezi tufayli darajasi oshishi mumkin.
Normal sharoitda gidroksikobalaminni siydik bilan chiqarilishi juda kam hollarda uchraydi. Qabul qilinayotgan doza oshgan sari glomerulyar filtrasiya ahamiyatli bo'lib boradi.
Betametazon natriy fosfati mushak ichiga qo'llanilgandan keyin plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga taxminan 60 minutdan keyin erishiladi.
Tavsiya etilgan dozalar diapazoni chegaralarida u plazma oqsillari, asosan albuminlar bilan bog'lanadi, normada 60-70%.
Betametazon uchun taqsimlanish xajmi 1,4±0,3 l/kg ni tashkil qiladi.
Betametazonni peroral yoki parenteral qo'llaganda plazmadan yarim chiqarilish davri ≥5 soatni, biologik yarim chiqarilish davri esa 36 soatdan 54 soatgachani va buyrak klirensi minutiga 2,9±0,9 ml/kg ni tashkil qiladi.
In'ektsiya joyida betametazonning murakkab efirlari to'qimalar darajasida gidrolizga uchraydi. Betametazon jigarda metabolizmga uchraydi, boshqa glyukokortikoidlar kabi asosan glyukuron kislotasi bilan kon'yugasiyalangan ko'rinishda safro bilan chiqariladi.
Alohida klinik holatlar
Jigarning og'ir kasalliklarida va gipotireozda glyukokortikoidlarning metabolizmi ahamiyatli darajada sekinlashadi, bu betametazonning farmakologik ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Bundan tashqari, gipoalbuminemiya va giperbilirubinemiya faol ingredientning zardobdagi oqsil bilan bog'lanmagan kontsentrasiyasini noxush oshishini chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri: avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
faol moddalar: betametazon (betametazon natriy fosfati) 2 mg; diklofenak natriy 75 mg; gidroksikobalamin (gidroksikobalamin sulfati) 10 mg.
yordamchi moddalar: benzil spirti, propilenglikol, natriy bisulfiti/metabisulfiti, in'ektsiya uchun suv 3 ml gacha.
Epizodik: tez-tezligi 1-10%
Umumiy: qorinda og'riq, bosh og'rig'i, suv va natriyni tutilishi, qorinni dam bo'lishi.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: diareya, dispepsiya, ko'ngil aynishi, qabziyat, meteorizm, jigar tahlillari natijasini o'zgarishi. <3% holatlarda perforasiya va/yoki qon ketish bilan kechuvchi yoki kechmaydigan me'da yarasi.
Gidroelektrolitik: gipokaliemiya, kam hollarda qon bosimini oshishi bilan kechuvchi natriyni tutilishi va hatto dimlangan yurak etishmovchiligi.
Endokrin/metabolik: hayz tsiklini buzilishi.
Nerv tizimi: bosh aylanishi, quloqlarda shovqin.
Teri: toshma, qichishish.
Kam hollarda: tez-tezligi <1%
Umumiy: umumiy lohaslik, lab va til shishi, yorug'likka sezuvchanlik, anafilaksiya va hiqildoq shishini alohida holatlari.
Yurak qon-tomir: qon bosimini oshishi, dimlangan yurak etishmovchiligi.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: qusish, sariqlik, melena, stomatit, shilliq qavatlarni qurishi, gepatit, pankreatit. Alohida holatlar: qizilo'ngachni shikastlanishi, jigar nekrozi, tsirroz, gepatorenal sindrom, kolit.
Gematologik: gemoglobinni kamayishi, leykopeniya, trombositopeniya, purpura. Alohida holatlar: eozinofiliya, anemiya, neytropeniya, agranulositoz, pantsitopeniya.
Endokrin/metabolik: glyukozaga tolerantlikni pasayishi, latent diabetni mavjudligi. Alohida holatlar: Kushing sindromi, Astn gipersekresiyasi, adrenokortikal atrofiya, bolalarda o'sishni to'xtashi.
Nerv tizimi: uyqusizlik/uyquchanlik, depressiya, bezovtalik, diplopiya, ta'sirchanlik. Alohida holatlar: aseptik meningit va konvulsiyalar.
Respirator: burundan qon ketishi, astma, hiqildoqni shishi.
Teri: alopesiya, qichishish, dermatit, angionevrotik shish. Alohida holatlar: Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli ekssudativ eritema, pufakchali dermatit.
Sezgi a'zolari: ko'rishni noaniqligi, skotoma, eshitishni yo'qolishi, disgevziya.
Siydik chiqarish tizimi: proteinuriya. Alohida hollarda: nefrotik sindrom, oliguriya, buyrakning medullyar nekrozi, o'tkir buyrak etishmovchiligi, interstisial nefrit.
Suyak-mushak tizimi: alohida hollarda – mushak atrofiyasi, mushak kuchsizligi, osteoporoz, suyaklarni mo'rtligi, son suyagi boshchasini aseptik nekrozi. In'ektsiyadan keyin og'riq, shish va kam hollarda abssess va nekroz (bu ikkita holatlar keksa yoshdagi diabeti bo'lgan pasientlar uchun xarakterli) kabi in'ektsiya joyidagi noxush samaralar ta'riflangan. Davolash odatda qisqa muddatli hisoblanganligi tufayli, bu noxush samaralarni yuzaga kelishi ehtimoli juda cheklangan.
U shuningdek gipotalamik darajada, termoregulyasiya markazida prostaglandinning faolligini pasayishi bilan bog'liq isitmani tushiruvchi samaraga ega.
Betametazon steroid yallig'lanishga qarshi vosita bo'lib hisoblanadi.
Tabiiy glyukokortikoidlar (kortizon va gidrokortizon) birlamchi metabolik gormonlar bo'lib hisoblanadi; betametazon kabi sintetik kortikosteroidlar asosan ularning yuqori yallig'lanishga qarshi samarasi tufayli qo'llanadi. Yuqori dozalarda ular immun reaktsiyani kamaytiradi.
Gidroksokobalamin (V12 vitamini) bir necha metabolik jarayonlarda, shu jumladan yog'lar va uglevodlar metabolizmi va protein sintezini koenzim sifatida ta'sir ko'rsatadi. U hujayralarni o'sishi, replikasiyasi, qon yaratilishi va nukleoproteidlar va mielin sintezida, asosan o'zining samaralari tufayli metionin, folat kislotasi va malon kislotasi sintezi uchun zarur bo'lib hisoblanadi.
Yuqori dozalarda (farmakologik) eksperimental tadqiqotlarda yaqqol antineyritik samara namoyon qilgan.
25С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin. Original o'ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
24 oy.
Preparat yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari