Duodart ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DUODART™
DUODART™
Preparatning savdo nomi: Duodart™.
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): dutasterid, tamsulozin gidroxloridi.
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
Bitta kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: dutasterid 0,5 mg va tamsulozin gidroxloridi 0,4 mg;
dutasteridning yordamchi moddalari: kapril/kaprin kislotasining mono- va digliseridlari, butilgidroksitoluol;
dutasterid kapsulasi qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserol, titan dioksidi, temir (II) oksidi, tozalangan suv, o‘rta zanjirli trigliseridlar, lesitin;
tamsulozin gidroxloridining yordamchi moddalari: mikrokristall sellyuloza, metakril kislotasi – etilakrilat sopolimeri, talk, trietilsitrat, tozalangan suv;
tamsulozin gidroxloridi pelletasi qobig‘ining tarkibi: metakril kislotasi – etilakrilat sopolimeri, talk, trietilsitrat, tozalangan suv;
kapsula qobig‘ining tarkibi: karragenin, kaliy xloridi, titan dioksidi, temir (III) oksidi, kimyo va oziq-ovqat sanoati uchun 6-son sariq bo‘yog‘i, tozalangan suv, gipromelloza, karnaub mumi, makkajo‘xori kraxmali;
bosma uchun siyoh tarkibi: shellak, propilenglikol, temir (II+III) oksidi bo‘yog‘i, kaliy gidroksidi.
Ta‘rifi: qattiq qobiqli, jigarrang korpusli va to‘q sariq rang qopqoqli cho‘zinchoq kapsulalar, qopqoqning ustida qora siyoh bilan «GS 7CZ» kodi yozilgan, har bir kapsula bitta cho‘zinchoq, tiniq bo‘lmagan, och-sariq rangli yumshoq jelatin kapsulani (0,5 mg dutasterid) va tamsulozinning oq yoki deyarli oq rangli pelletalarini (0,4 mg tamsulozin gidroxloridi) saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi: prostata bezining xavsiz giperplaziyasini davolash va nazorat qilish uchun preparat. 5α-reduktaza ingibitorini alfa1-adrenoblokator bilan majmuasi.
ATX kodi: G04C A52.
Farmakologik xususiyatlari
Ta‘sir mexanizmi
Dutasterid-tamsulozin prostata bezining xavsiz giperplaziyasi (PBXG) bo‘lgan pasientlarda simptomlarni kamaytirish uchun o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ta‘sir mexanizmli ikkita preparatning: 5α-reduktazaning qo‘sh ingibitori (5ARI) bo‘lgan dutasteridni va α1a-adrenoreseptorlarning antagonisti bo‘lgan tamsulozin gidroxloridini majmuasi bo‘lib hisoblanadi.
Dutasterid testosteronni 5-α-digidrotestosteronga (DGT) aylanishiga mas‘ul bo‘lgan 1 va 2 tipdagi 5-α-reduktaza izofermentlarining faolligini susaytiradi. Digidrotestosteron prostata bezining bez to‘qimasi giperplaziyasiga mas‘ul bo‘lgan asosiy androgen bo‘lib hisoblanadi.
Tamsulozid prostata bezi stromasining silliq mushaklari va qovuq bo‘yinchasidagi α1a adrenergik reseptorlarini ingibisiya qiladi. Prostata bezidagi α1 reseptorlarining taxminan 75 foizi α1a kichik tipidagi reseptorlar bo‘lib hisoblanadi.
Farmakodinamik xususiyatlari
Dozalari fiksasiyalangan majmuaviy preparat sifatida dutasterid-tamsulozinning farmakodinamik xususiyatlari birga, ammo alohida preparatlar ko‘rinishida qabul qilinadigan dutasterid va tamsulozinning ta‘sirlaridan farq qilishi kutilmaydi.
Dutasterid
Dutasterid digidrotestosteron darajasini pasaytiradi, prostata bezi hajmini kamaytiradi, quyi siydik chiqarish yo‘llari tomonidan simptomlarni kamaytiradi va siyishni yaxshilaydi, shuningdek siydikning o‘tkir tutilib qolishining rivojlanishi va prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) tufayli jarrohlik operasiyalari zarurati xavfini pasaytiradi.
Dutasteridni har kuni qabul qilishning DGT darajasini pasaytirishga maksimal ta‘siri dozaga bog‘liq va 1-2 hafta davomida kuzatiladi. Dutasteridni 0,5 mg dozada har kuni qabul qilinganida bir va ikki hafta o‘tgach zardobda DGT konsentrasiyalarining o‘rtacha qiymatlari muvofiq ravishda 85% va 90% ga pasaygan.
Sutkada 0,5 mg dozada dutasteridni qabul qilgan PBXG li pasientlarda DGT konsentrasiyasi darajasi pasayishining o‘rtacha qiymati bir yil o‘tgach 94% ni va 2 yil o‘tgach 93% ni tashkil etgan, qon zardobida testosteron darajasi oshishining o‘rtacha qiymati bir yil o‘tgach ham, 2 yil o‘tgach ham 19% ni tashkil etgan. Bu 5-α-reduktazani ingibisiya qilishning kutiladigan oqibati bo‘lib hisoblanadi va hech bir ma‘lum nojo‘ya holatga olib kelmagan.
Tamsulozin
Tamsulozin prostata bezining silliq mushaklari va uretra tarangligini bo‘shashtirishi va bundan kelib chiqib, obstruksiya kamayishi hisobiga siydik oqimining maksimal tezligini oshiradi. U shuningdek qovuqning beqarorligidan va quyi siydik chiqarishi yo‘llarining silliq mushaklarini zo‘riqishidan kelib chiqadigan ta‘sirlanish va obstruksiyaning bir qator simptomlarini ham kamaytiradi. Alfa-1-adrenoblokatorlar periferik qarshilikni kamaytirish yo‘li bilan arterial bosimni pasaytirishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Dutasterid-tamsulozin hamda dutasterid va tamsulozinning alohida kapsulalarini bir vaqtda qabul qilish o‘rtasida bioekvivalentlik namoyish qilingan.
Preparatni bir marta qabul qilinishi bioekvivalentligini tadqiq qilish och qorin holatida va ovqatdan keyingi holatida o‘tkazilgan. Och qoringa holatiga nisbatan taqqoslanganda ovqatdan keyingi holatida majmuaviy (dutasterid-tamsulozin) preparatda saqlanadigan tamsulozin uchun Cmax 30% ga pasayishi aniqlangan. Ovqat tamsulozinning AUC (egri chiziq ostidagi maydon) qiymatiga ta‘sir ko‘rsatmagan.
So‘rilishi
Dutasterid
Dutasterid eritmada, yumshoq jelatinli kapsulada ichga qabul qilinadi. Preparatni 0,5 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin qon zardobida dutasteridning eng yuqori konsentrasiyasi 1-3 soat davomida kuzatiladi.
Erkaklarda mutloq biokiraolishligi 2 soatlik vena ichiga infuziyaga nisbatan taxminan 60% ni tashkil etadi. Dutasteridning biokiraolishligi ovqatlanishga bog‘liq emas.
Tamsulozin
Tamsulozin gidroxloridi ichakda so‘riladi va deyarli 100% li biokiraolishligiga ega. Tamsulozin gidroxloridi bir martalik qabul qilishda ham, ko‘p martalik qabul qilishda ham, sutkada bir marta dozalash tartibida beshinchi kunga kelib muvozanat konsentrasiyasiga erishgan holda chiziqli kinetikani namoyon qiladi Tamsulozin gidroxloridini so‘rilishi tezligi ovqatlangandan keyin pasayadi. Agar pasient tamsulozin gidroxloridini har kuni, ovqatlanishning aynan bir vaqtidan keyin taxminan 30 minut o‘tgach qabul qilsa, bir maromda so‘rilishga erishish mumkin.
Taqsimlanishi
Dutasterid
Bir martalik yoki ko‘p martalik dozalarni ichga qabul qilinganidan keyin olingan
farmakokinetika ma‘lumotlari dutasterid katta (300-500 l) taqsimlanish hajmiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Dutasterid sezilarli darajada (99,5% dan ortiq) plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Har kuni qabul qilinganida qon zardobida dutasterid konsentrasiyasi bir oy o‘tgach 65% va uch oy o‘tgach taxminan 90% muvozanat konsentrasiyasiga erishiladi. Taxminan 40 nanogramm/ml ni tashkil etadigan muvozanat konsentrasiyasiga (Css) sutkada bir marta 0,5 mg dan har kunlik qabul qilinishida olti oydan keyin erishiladi. Qon zardobidagi kabi, spermada dutasterid konsentrasiyasiga olti oy o‘tgach muvozanat holatiga erishiladi. Davolashning 52 haftasidan keyin spermada dutasterid konsentrasiyasi o‘rtacha 3,4 nanogramm/ml ni (0,4-14 nanogramm/ml diapazonda) tashkil etgan. Spermada dutasterid konsentrasiyasi miqdori qon zardobidagi qiymatidan o‘rtacha 11,5% ni tashkil etgan.
Tamsulozin
O‘nta sog‘lom erkaklarga vena ichiga yuborilganidan keyin tamsulozin gidroxloridining o‘rtacha muvozanat taxminiy taqsimlanish hajmi 16 l ni tashkil etgan bo‘lib, organizmning hujayradan tashqari suyuqliklarida taqsimlanishi taxmin qilinadi.
Tamsulozin gidroxloridi katta miqdorda odam qoni plazmasi oqsillari (94% dan 99% gacha), ko‘proq alfa-1 kislotali glikoproteini (AKG) bilan bog‘langan bo‘lib, bog‘lanish konsentrasiyalarning keng diapazonida (20-600 ng/ml) chiziqli xarakterga ega.
Metabolizmi
Dutasterid
Dutasteridning metabolizmi in vitro sharoitda odam P450 sitoxromi CYP3A4 izofermenti ta‘siri ostida ikkita kichik monogidroksil metabolitlarga qadar yuz beradi, ammo u CYP1A2, CY2A6, CYP2E1, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP2B6 yoki CYP2D6 izofermentlari bilan metabolizmga uchramaydi.
Muvozanat holatiga erishilganidan keyin mass-spektrometrik tahlilda odam qoni zardobida o‘zgarmagan dutasterid, uchta bosh metabolit (4′-gidroksidutasterid, 1,2-digidroksidutasterid va 6- gidroksidutasterid) va 2 ta ikkinchi darajali metabolit (6,4’-digidroksidutasterid va 15-gidroksidutasterid) aniqlanadi. Odamda aniqlangan dutasteridning beshta zardobdagi metabolitlari shuningdek kalamushlar qoni zardobida ham aniqlangan, biroq, odam va kalamushlar metabolitlarida 6 va 15 pozisiyalarda gidroksillarning biriktirilishi stereoximiyasi noma‘lum.
Tamsulozin
Odamda tamsulozin gidroxlorididan [R(-) izomerdan] S(+) izomerga enantiomer biokonversiyasi kuzatilmagan. Tamsulozin gidroxloridi jigarda P450 sitoxromi oilasiga mansub fermentlar ta‘siri ostida jadal metabolizmga uchraydi, yuborilgan dozaning faqat 10% dan kam miqdori o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi. Biroq odamda metabolitlarning farmakokinetik profili aniqlanmagan. In vitro sharoitda olingan natijalar tamsulozin metabolizmida CYP3A4 va CYP2D6 ishtirok etishini ko‘rsatadi, shuningdek CYP sitoxromi izofermentlarining jalb qilinishi aniqlangan. Jigarda ushbu fermentlar metabolizmini ingibisiya qiluvchi preparatlarning qo‘llanilishi tamsulozin darajasini oshishiga olib kelishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Tamsulozin gidroxloridining metabolitlari buyraklar orqali chiqarilishidan oldin glyukuronidlar yoki sulfatlar bilan jadal kon‘yugasiyaga uchraydi.
Chiqarilishi
Dutasterid
Dutasterid jadal metabolizmga uchraydi. Odam sutkada 0,5 mg dozada ichga qabul qilganida muvozanat holatiga erishganidan keyin qabul qilingan dozaning 1-15,4 foizi (o‘rtacha 5,4%) dutasterid ko‘rinishida axlat bilan chiqariladi. Qolgan qismi har biri 39%, 21%, 7% va 7% miqdorda preparat bilan bog‘langan materialni saqlaydigan to‘rtta bosh metabolit va oltita ikkinchi darajali metabolit (har biri 5% dan kam) ko‘rinishida axat bilan chiqariladi.
O‘zgarmagan dutasteridning faqat juda oz miqdori (dozaning 0,1% kamrog‘i) odam siydigida aniqlanadi.
Past zardob konsentrasiyalarida (3 nanogramm/l dan kam) dutasterid konsentrasiyaga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan yo‘llar orqali tezda chiqariladi. 5 mg yoki undan kam bir martalik dozalar jadal klirensni va yarim chiqarilishining uch kundan to‘qqiz kungacha bo‘lgan qisqa vaqtini namoyon etgan.
3 nanogramm/ml dan yuqori bo‘lgan konsentrasiyalarda dutasterid sekin (0,35-0,58 l/soat), ko‘proq uch-besh haftaga teng bo‘lgan yakuniy davri bilan chiziqli to‘yinmagan chiqarilishi yo‘li orqali chiqariladi. Davolash konsentrasiyalarida yarim chiqarilishining yakuniy davri uch-besh haftaga teng va sutkada 0,5 mg dozalar takroran qabul qilinganidan keyin sekin klirens ustun bo‘ladi. Umumiy klirens chiziqli bo‘lib, konsentrasiyaga bog‘liq emas. Preparat davolash to‘xtatilganidan keyin to‘rt-olti oygacha qon zardobida
(0,1 nanogramm/ml dan yuqori konsentrasiyalarda) aniqlanadi.
Tamsulozin
Tamsulozinning yarim chiqarilishi davri 5-7 soatni tashkil etadi. Uning taxminan 10 foizi o‘zgarmas holda siydik bilan ajratiladi.
Pasientlarning alohida guruhlari* (*agar qo‘llash mumkin bo‘lsa)
Pasientlarning maxsus guruhlarida dutasterid-tamsulozin uchun farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Quyida keltirilgan axborot pasientlarning maxsus guruhlari bo‘yicha hozirgi kunda mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarni aks ettiradi.
- Keksa yoshdagi pasientlar
Dutasterid
Dutasteridning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi dutasteridning 5 mg bir martalik dozasi qabul qilinganidan keyin 24 yoshdan 87 yoshgacha bo‘lgan 36 ta sog‘lom erkaklarda o‘rganilgan. Turli yosh guruhlarida AUC va Cmax qiymatlarida statistik jihatdan sezilarli farqlar bo‘lmagan. 50-69 yoshdagi pasientlar guruhini PBXG bo‘lgan ko‘pchilik erkaklar yoshini ifodalovchi 70 yoshdan katta pasientlar guruhi bilan taqqoslanganda yarim chiqarilishi davrining qiymatlari statistik jihatdan farqlanmagan. Preparatning DGT darajasini pasayishiga ta‘siri yuzasidan yosh guruhlari o‘rtasida farqlar kuzatilmagan. Tadqiqotlar natijalari yoshga bog‘liq holda preparat dozasiga tuzatish kiritish zarurati mavjud emasligini ko‘rsatadi.
Tamsulozin
AUC ko‘rsatkichi va yarim chiqarilishi davrini taqqoslash bo‘yicha kesishgan tadqiqotlarda tamsulozin gidroxloridining farmakokinetik taqsimlanishi yosh, sog‘lom erkaklar-ko‘ngillilarga nisbatan keksa erkaklarda uzayishi mumkin. Klirens umuman olganda tamsulozin gidroxloridini AKG bilan bog‘lanishiga bog‘liq bo‘lmaydi, ammo yosh o‘tgan sari kamayadi, bu 20-32 yoshdagi pasientlar bilan taqqoslanganda 55-75 yoshdagi pasientlarda AUC ko‘rsatkichini 40% ga oshishiga olib keladi.
- Buyrak funksiyasini buzilishi
Dutasterid
Buyrak funksiyasini buzilishining dutasterid farmakokinetikasiga ta‘siri o‘rganilmagan. Biroq, odamda dutasteridning sutkada 0,5 mg li dozasida muvozanat konsentrasiyasining 0,1% dan kam bo‘lgan miqdori siydik bilan chiqariladi, demak buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Tamsulozin
Tamsulozin gidroxloridining farmakokinetikasi buyrak funksiyasini yengil va o‘rtacha darajada (30≤CLcr<70 ml/min/1,73m2) yoki o‘rtacha-og‘ir darajada (10≤CLcr<30 ml/min/ 1,73m2) buzilishi bo‘lgan 6 pasientda va 6 sog‘lom shaxsda (CLcr>90ml/min/1,73m2) taqqoslangan. AKG bilan bog‘lanishi buzilishi natijasida qon plazmasida tamsulozin gidroxloridining umumiy konsentrasiyasi o‘zgarishi kuzatilgan bir vaqtda, tamsulozin gidroxloridining bog‘lanmagan (faol) konsentrasiyasi, shuningdek o‘z klirensi nisbatan doimiy bo‘lib qolgan. Demak, buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda kapsulalardagi tamsulozin gidroxloridi dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida (CLcr< 10 ml/min/1,73m2) bo‘lgan pasientlar bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
- Jigar funksiyasini buzilishi
Dutasterid
Jigar funksiyasini buzilishining dutasteridning farmakokinetikasiga ta‘siri o‘rganilmagan. Dutasterid jadal metabolizmga uchrashi tufayli, jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda uning ekspozisiyasi yuqori bo‘lishi mumkin.
Tamsulozin
Tamsulozin gidroxloridining farmakokinetikasi jigar funksiyasini o‘rtacha darajada (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A va B sinflari) buzilishi bo‘lgan 8 pasientda va 8 sog‘lom shaxsda taqqoslangan. AKG bilan bog‘lanishi buzilishi natijasida qon plazmasida tamsulozin gidroxloridining umumiy konsentrasiyasi o‘zgarishi kuzatilgan bir vaqtda, tamsulozin gidroxloridining bog‘lanmagan (faol) konsentrasiyasi jiddiy o‘zgarmagan, faqat tamsulozin gidroxloridi klirensining o‘rtacha o‘zgarishi (32%) mavjud bo‘lgan. Demak, jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda tamsulozin gidroxloridi dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Biroq og‘ir darajada jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar o‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Duodart™ prostata bezi o‘lchamini kamaytirish, simptomlarini yengillashtirish, siyishni yaxshilash va siydikni o‘tkir tutilishi (SO‘T) xavfi omillarini kamaytirish yo‘li bilan prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini (PBXG) davolash va uning rivojlanishini oldini olish uchun, shuningdek prostata bezi xavfsiz giperplaziyasidan kelib chiqadigan jarrohlik operasiyalariga zarurat bo‘lganida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Maqsadli guruhlar
- Katta yoshdagi (shu jumladan keksa yoshdagi) erkaklar
Duodart™ni sutkada bir marta, aynan bitta ovqatlanishdan keyin taxminan 30 minut o‘tgach ichga qabul qilinadigan bitta kapsulasi (0,5 mg/0,4 mg) tavsiya etiladigan doza bo‘lib hisoblanadi (Farmakokinetikasi bo‘limining So‘rilishi qismiga qarang).
Kapsulalarni chaynamasdan va ochmasdan butunligicha yutish lozim. Qattiq kapsula ichidagi dutasterid bilan ta‘sirlashish og‘iz-halqum shilliq qavatlarining ta‘sirlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
- Buyrak funksiyasini buzilishi
Buyrak funksiyasi buzilishining Duodart™ farmakokinetikasiga ta‘siri o‘rganilmagan. Biroq, buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati nazarda tutilmagan (Farmakokinetikasi bo‘limining Buyrak funksiyasini buzilishi qismiga qarang).
- Jigar funksiyasini buzilishi
Jigar funksiyasi buzilishining Duodart™ farmakokinetikasiga ta‘siri o‘rganilmagan (Sm. Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga va Farmakokinetikasi bo‘limining Jigar funksiyasining buzilishi qismiga qarang).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dutasterid-tamsulozinni qo‘llagan holda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, biroq, ularning birga qo‘llanilishi haqidagi axborot CombAT (Avodart preparati va tamsulozin majmuasi) tadqiqotida mavjud bo‘lib, unda dutasteridni 0,5 mg va tamsulozinni 0,4 mg dozada sutkada bir marta to‘rt yil davomida birga va monoterapiya sifatida qo‘llanilishi natijalarini taqqoslash o‘tkazilgan.
Quyida alohida komponentlarning (dutasterid va tamsulozinning) noxush holatlari profili haqidagi ma‘lumot keltirilmoqda.
Dutasterid va tamsulozinni birga qo‘llanilishi
Klinik tadqiqotlar ma‘lumotlari
CombAT tadqiqotida tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra dori preparatlari bilan bog‘liq quyidagi (kumulyativ tez-tezligi 1% ga teng yoki undan katta bo‘lgan) noxush holatlar aniqlangan.
Noxush reaksiya | Davolash davrida tez-tezligi | |||
1-yil | 2-yil | 3-yil | 4-yil | |
Majmuaa (n)
Dutasterid Tamsulozin |
(n-1610)
(n-1623) (n-1611) |
(n-1428)
(n-1464) (n-1468) |
(n-1283)
(n-1325) (n-1281) |
(n-1200)
(n-1200) (n-1112) |
Impotensiyab
Majmua Dutasterid Tamsulozin |
6% 5% 3% |
2% 2% 1% |
<1% <1% <1% |
<1% <1% 1% |
Libidoning o‘zgarishi (pasayishi)b
Majmua Dutasterid Tamsulozin |
5% 4% 2% |
<1% 1% <1% |
<1% <1% <1% |
<0% <0% <1% |
Eyakulyasiyaning buzilishib
Majmua Dutasterid Tamsulozin |
9% 1% 3% |
1% <1% <1% |
<1% <1% <1% |
<1% <1% <1% |
Ko‘krak bezi tomonidan buzilishlars
Majmua Dutasterid Tamsulozin |
2% 2% <1% |
<1% 1% <1% |
<1% <1% <1% |
<1% <1% 0% |
Bosh aylanishi
Majmua Dutasterid Tamsulozin |
1% <1% 1% |
<1% <1% <1% |
<1% <1% <1% |
<1% <1% 0%
|
a Majmua = sutkada bir marta 0,5 mg dutasterid plyus sutkada bir marta 0,4 mg tamsulozin
b Jinsiy faoliyat tomonidan ushbu noxush holatlar dutasterid bilan davolashga (shu jumladan monoterapiya sifatida va tamsulozin bilan majmuada qo‘llashga) bog‘liq. Ushbu noxush holatlar davolash to‘xtatilganidan keyin saqlanishi mumkin. Ularning barqaror bo‘lishida dutasteridning roli noma‘lum.
s Shu jumladan palpasiyada og‘riq sezish va ko‘krak bezini kattalashishi.
Dutasterid bilan monoterapiya
Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari
Uchta plasebo-nazorat qilinadigan tadqiqotlarda III fazada dutasterid (n=2167) va plasebo (n=2158) qo‘llanilgan guruhlardagi ma‘lumotlar taqqoslanganda, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra dori preparatlari bilan bog‘liq noxush holatlar bir yoki ikki yil davolashdan keyin tipi va tez-tezligi bo‘yicha CombAT tadqiqotida dutasterid bilan monoterapiyada kuzatiladigan noxush holatlar bilan yaqin bo‘lgan (yuqorida keltirilgan jadvalga qarang).
Qo‘llanilishiga ko‘rsatmalarni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlarning keyingi 2 yili davomida noxush reaksiyalar profilida o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Postmarketing ma‘lumotlar
Noxush dori reaksiyalari a‘zolar tizimi sinflari va tez-tezligi bo‘yicha quyida sanab o‘tilgan. Tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10 000 dan <1/1000 gacha) va juda kam hollarda (< 1/10 000), jumladan alohida ayrim xabarlar. Postmarketing ma‘lumotlar bo‘yicha aniqlangan tez-tezlik toifalari haqiqiy yuzaga kelish tez-tezligidan ko‘ra, ko‘proq xabar berishlar tez-tezligini aks ettiradi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: allergik reaksiyalar, shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, mahalliy shish va angionevrotik shish.
Ruhiyatni buzilishi
Juda kam hollarda: depressiv kayfiyat.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: alopesiya (tanada sochlarning birlamchi to‘kilishi), gipertrixoz.
Jinsiy a‘zolar va ko‘krak bezi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: moyakda og‘riq va moyakni shishi.
Tamsulozin bilan monoterapiya
Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari va postmarketing ma‘lumotlar
GSK kompaniyasi tamsulozin uchun xavfsizlik bo‘yicha alohida ma‘lumotlar bazasini yuritmaydi, shu sababli quyida keltirilgan noxush reaksiyalar va ularning tez-tezligi toifalari hamma foydalana oladigan manbalardan olingan. Quyida keltirilgan jadvalda tez-tez uchraydigan va tez-tez uchramaydigan reaksiyalar klinik tadqiqotlarda aniqlangan reaksiyalarga mos keladi, uchrash tez-tezligi toifalari esa odatda, plasebo qabul qilinganidagi tez-tezlikni aks ettiradi. Kam va juda kam hollarda uchraydigan reaksiyalar postmarketing xabarlardan olingan reaksiyalarga mos keladi, uchrash tez-tezligi toifalari esa xabarlarning kelishi tez-tezligini aks ettiradi.
Tizim a‘zolar sinfi |
Uchrash tez-tezligining toifasi | |||
Tez-tez
(≥1/100 <1/10) |
Tez-tez emas
(≥1/1000 <1/100) |
Kam hollarda
(≥1/10,000 <1/1000) |
Juda kam hollarda
(<1/10,000) shu jumladan yakka hollar |
|
Yurak tomonidan buzilishlar | Yurak urib ketishi hissi | |||
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | Qabziyat
Diareya Qusish |
|||
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar | Asteniya | |||
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Bosh aylanishi | Hushdan ketish | ||
Jinsiy a‘zolar va ko‘krak bezi tomonidan buzilishlar | Eyakulyasiyani buzilishi | Priapizm | ||
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar | Rinit | |||
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | Toshma
Qichishish Eshakemi |
Angio-nevrotik shish | Stivens-Djonson sindromi | |
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar | Postural gipotenziya |
Postmarketing davrda ko‘zning qurishgan rangdor pardasi intraoperasion sindromi (KQRPIS), katarakta yuzasidan o‘tkazilgan operasiya vaqtida yuzaga keladigan tor qorachiq sindromi varianti haqidagi xabarlar alfa-1 blokatorlar, shu jumladan tamsulozin bilan davolashga bog‘langan (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
Postmarketing kuzatuv
Shuningdek tamsulozinni qo‘llash bilan bog‘liq yurak oldi bo‘lmachalarining fibrillyasiyasi, aritmiya, taxikardiya, hansirash, burundan qon ketishi (epistaksis), ko‘rishning xiralashishi, ko‘rishga oid buzilishlar, ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit va kserostomiya (og‘izning qurishi) hollari haqidagi xabarlar olingan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Duodart™ni anamnezda dutasteridga, 5-alfa-reduktazaning boshqa ingibitorlariga, tamsulozin gidroxloridiga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.
Duodart™ni ayollar va bolalarda qo‘llash mumkin emas (Homiladorlik va emizish davri bo‘limiga qarang).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Duodart™ uchun dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Quyida keltirilgan qoidalar alohida komponentlar uchun mavjud axborotni aks ettiradi.
Dutasterid
Metabolizmni o‘rganishga doir in vitro sharoitdagi tadqiqotlarda odamda dutasteridning metabolizmi P450 sitoxromi, CYP3A4 izofermenti ta‘siri ostida yuz berishi ko‘rsatilgan. Demak, qonda dutasteridning konsentrasiyasi CYP3A4 ingibitorlari ishtirokida oshib borishi mumkin.
II faza tadqiqotlarida olingan ma‘lumotlar dutasterid CYP3A4 ingibitorlari verapamil (37%) va diltiazem (44%) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida dutasteridning klirensi pasayishini ko‘rsatadi. Aksincha, preparat amlodipin, kalsiy kanallarining boshqa antagonisti bilan bir vaqtda qo‘llanilganida preparatning klirensi kamayishi aniqlanmagan. CYP3A4 ingibitorlari ishtirokida dutasterid klirensini pasayishi va ekspozisiyasining mos ravishda oshishi dutasterid xavfsizligining keng chegaralari tufayli klinik ahamiyatga ega bo‘lishi qiyin (pasientlar olti oygacha bo‘lgan davr davomida tavsiya etiladigan dozadan 10 martadan ortiq dozalarni qabul qilgan), demak, dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
In vitro sharoitda, dutasterid odam P450 sitoxromi CYP1A2, CYP2A6, CYP2E1, CYP2C8, CYP2C9, CYP2C19, CYP2B6 va CYP2D6 izofermentlari bilan metabolizmga uchramaydi.
Dutasterid odam dori preparatlarining metabolizmida in vitro sharoitda ishtirok etuvchi P450 sitoxromi fermentlarini ingibisiya qilmaydi va kalamushlar va itlarda P450 sitoxromi CYP1A, CYP2B va CYP3A izofermentlarini in vivo sharoitda induksiya qilmaydi.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlarida dutasterid plazma oqsillari bilan bog‘dan varfarin, asenokumarol, fenprokumon, diazepam yoki fenitoinni siqib chiqarmasligi, shuningdek ushbu model birikmalar dutasteridni siqib chiqarmasligi ko‘rsatilgan. Erkaklarda dorilarning o‘zaro ta‘siri mumkinligini tamsulozin, terazozin, varfarin, digoksin va xolestiramin kabi preparatlar bilan tekshirilgan, bunda klinik ahamiyatga ega farmakokinetik yoki farmakodinamik o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.
Garchi boshqa birikmalar bilan o‘zaro ta‘sirlarni o‘rganishga doir tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lsa ham, dutasteridni III fazaning keng ko‘lamli tadqiqotlarida qabul qilgan pasientlarning taxminan 90 foizi bir vaqtda boshqa dori preparatlarini qabul qilgan. Klinik tadqiqotlarda dutasteridni lipidlar darajasini pasaytiruvchi preparatlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) blokatorlari, beta-adrenoblokatorlari, kalsiy kanallari blokatorlari, kortikosteroidlar, diuretiklar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), V tipdagi fosfodiesteraza ingibitorlari va xinolonli antibiotiklar bilan birga qabul qilinganida jiddiy noxush o‘zaro ta‘sirlar kuzatilmagan.
Tamsulozin
Tamsulozin gidroxloridini arterial bosimni pasaytiradigan preparatlar, shu jumladan og‘riqsizlantiruvchi preparatlar, PDE5 ingibitorlari va boshqa alfa-1 adrenoblokatorlar bilan birga qo‘llanilganida gipotenziv ta‘sir kuchayishi xavfi nazariy jihatdan mavjud. Dutasterid-tamsulozinni boshqa alfa-1 adrenoblokatorlar bilan majmuada qo‘llash mumkin emas.
Tamsulozin gidroxloridini ketokonazol (CYP3A4 ning kuchli ingibitori) bilan birga qo‘llanilishi tamsulozin gidroxloridi Cmax va AUC qiymatlarini muvofiq ravishda 2,2 va 2,8 marta oshishiga olib kelgan. Tamsulozin gidroxloridini paroksetin (CYP2D6 ning kuchli ingibitori) bilan birga qo‘llanilishi tamsulozin gidroxloridi Cmax va AUC qiymatlarini muvofiq ravishda 1,3 va 1,6 marta oshishiga olib kelgan. CYP3A4 ning kuchli ingibitori birga qo‘llanilganida jadallashtirilgan metabolizmli shaxslarga nisbatan CYP2D6 sekinlashtirilgan metabolizmli shaxslarda ekspozisiyaning shunga o‘xshash oshishi kutiladi. CYP3A4 va CYP2D6 ingibitorlarini tamsulozin gidroxoridi bilan birga qo‘llanilishining ushbu ta‘sirlari klinik amaliyotda baholanmagan, biroq tamsulozin ekspozisiyasining sezilarli oshishi ehtimoli mavjud (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
Tamsulozin gidroxloridi (0,4 mg) va simetidinni (olti kun davomida har olti soatda 400 mg) bir vaqtda qo‘llanilishi tamsulozin gidroxloridi klirensini (26% ga) kamayishini va AUC (egri chiziq ostidagi maydonni) (44% ga oshishiga) olib kelgan. Dutasterid-tamsulozinni simetidin bilan majmuada qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Tamsulozin gidroxloridi va varfarin o‘rtasida dorilarning o‘zaro ta‘siriga doir to‘liq tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Cheklangan in vitro va in vivo sharoitdagi tadqiqotlarining natijalari ishonchli emas. Varfarin va tamsulozin gidroxloridi bir vaqtda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Tamsulozinni (etti kun davomida 0,4 mg, so‘ngra yetti kun davomida 0,8 mg) atenolol, enalapril yoki nifedipin bilan birga uch oy davomida qabul qilingan holda o‘tkazilgan uchta tadqiqotda o‘zaro ta‘sir aniqlanmagan, demak, ushbu preparatlarni dutasterid-tamsulozin bilan birga foydalanilganida dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Tamsulozin gidroxloridini (ikki kun davomida sutkada 0,4 mg, so‘ngra 5-8 kun davomida sutkada 0,8 mg) va teofillinni (5 mg/kg) bir martalik dozasini bir vaqtda qo‘llanilishi teofillin farmakokinetikasi o‘zgarishiga olib kelmagan, demak, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Tamsulozin gidroxloridini (sutkada 0,8 mg) va furosemidni (20 mg) bir martalik dozasini bir vaqtda qo‘llanilishi tamsulozin gidroxloridining Cmax va AUC qiymatlarini 11% dan 12% gacha pasayishiga olib kelgan, biroq ushbu o‘zgarishlar klinik jihatdan ahamiyatli emasligi kutiladi va dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dutasterid teri orqali so‘riladi, shu sababli ayollar va bolalar yaxlitligi buzilgan kapsulalar bilan ta‘sirlashishdan saqlanish kerak. Bunday kapsulalar bilan ta‘sirlashganda mazkur soha darhol sovunli suv bilan yuvilishi kerak (Homiladorlik va emizish davri bo‘limiga qarang).
Tamsulozin gidroxloridini CYP3A4 kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol) yoki bir muncha kamroq darajada CYP2D6 kuchli ingibitorlari (masalan, paroksetin) bilan birga qo‘llanilganida tamsulozin ekspozisiyasi oshishi mumkin (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang). Shuning uchun tamsulozin gidroxloridini CYP3A4 kuchli ingibitorini qabul qilayotgan pasientlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. CYP3A4 o‘rtacha ingibitorini (masalan, eritromisinni), CYP2D6 kuchli yoki o‘rtacha ingibitorini, har ikkala CYP3A4 va CYP2D6 ingibitorlari majmuasini qabul qilayotgan pasientlarda yoki CYP2D6 izofermentining oldindan ma‘lum «sekin» metabolizatorlari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Jigar funksiyasini buzilishining dutasterid farmakokinetikasiga ta‘siri o‘rganilmagan. Dutasterid uch haftadan besh haftagacha jadal metabolizmga uchrashi va yarim parchalanish davriga ega ekanligi tufayli, Duodarta™ni jigar kasalligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (Qo‘llash usuli va dozalari va Farmakokinetikasi bo‘limlariga qarang).
Tamsulozinni qo‘llagan holda majmuaviy davolash va yurak yetishmovchiligi
4 yillik ikkita klinik tadqiqotlarda yurak yetishmovchiligi (xabar qilinadigan holatlarni belgilash uchun yig‘ma termin, ko‘pincha yurak yetishmovchiligi va turg‘un yurak yetishmovchiligi) rivojlanishining tez-tezligi majmuaviy davolashni qabul qilmagan pasientlardagiga nisbatan dutasterid va alfa-blokator majmuasini, eng avvalo, tamsulozinni qabul qilgan pasientlarda yuqori bo‘lgan. Ushbu ikkita tadqiqotlarda yurak yetishmovchiligi rivojlanishining tez-tezligi past (≤ 1%) bo‘lib qolgan va turli tadqiqotlar o‘rtasida o‘zgaruvchan bo‘lgan. Umuman olganda, har ikkala tadqiqotda yurak-qon tomir tizimi tomonidan noxush holatlar rivojlanishi tez-tezligida farqlar kuzatilmagan. Dutasterid (monoterapiya ko‘rinishida yoki alfa-blokator bilan majmuada) davolash va yurak yetishmovchiligi o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan (Klinik tadqiqotlar bo‘limiga qarang).
Prostata-spesifik antigenga (PSA) ta‘siri va prostata bezi rakini aniqlash
Duodart™ bilan davolash boshlanishiga qadar va davolash boshlanganidan keyin prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan pasientlarda to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish o‘tkazilishi, shuningdek prostata bezi rakini tashislashning boshqa usullaridan foydalanish lozim.
PSA konsentrasiyasini aniqlash prostata bezi rakini tashhislash jarayonining muhim komponenti bo‘lib hisoblanadi. Dutasterid olti oylik davolashdan keyin qon zardobida PSA o‘rtacha darajasini taxminan 50% ga pasayishini keltirib chiqaradi.
Duodart™ni qabul qilayotgan pasientlarda dutasterid bilan 6 oylik davolashdan keyin PSA ning yangi dastlabki darajasini aniqlash lozim. Undan keyin PSA darajasini muntazam baholash tavsiya etiladi. Dutasterid-tamsulozin bilan davolash vaqtida PSA darajasini PSAning eng past darajasidan tasdiqlangan har qanday oshishi prostata bezi raki (ayniqsa quyi differensiasiyalangan) mavjudligining yoki Duodart™ bilan davolashga berilganlik mavjud emasligining signali bo‘lishi mumkin va, hatto agar bu qiymatlar 5α-reduktaza ingibitorlarini qabul qilmayotgan erkaklar uchun normal qiymatlar chegarasida bo‘lsa ham, sinchkovlik bilan o‘rganilishi kerak. Dutasteridni qabul qilayotgan pasientda PSA darajasini baholash uchun taqqoslash maqsadida PSA darajasining avvalgi qiymatini bilish zarur.
Duodart™ bilan davolash PSAning yangi dastlabki darajasi aniqlanganidan keyin PSA dan prostata bezi rakini tashhislashda yordam beruvchi vosita sifatida foydalanishga to‘sqinlik qilmaydi.
Qon zardobida PSAning umumiy darajasi davolash to‘xtatilganidan keyin 6 oy o‘tgach dastlabki qiymatlariga qaytadi.
Erkin PSAning umumiyga nisbatan nisbati hatto dutasterid ta‘siri ostida ham doimiy bo‘lib qoladi. Agar shifokorlar Duodart™ bilan davolanayotgan erkaklarda prostata bezi rakini aniqlashda erkin PSAning foizidan foydalanishni afzal ko‘rsa, u holda qiymatlarga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Prostata bezi raki va quyi differensiasiyalashgan o‘smalar
PSAning 2,5 dan 10,0 ng/ml gacha bo‘lgan dastlabki darajasida prostata bezi rakiga nisbatan ilgari biopsiyaning manfiy natijasiga ega bo‘lgan 50 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 8000 nafar erkak ishtirokida o‘tkazilgan 4 yillik tadqiqotda (REDUCE tadqiqoti) prostata bezi raki 1517 ta erkakda tashhislangan. Plasebo guruhiga (n=19, 0,6%) nisbatan taqqoslanganda dutasterid guruhida Glison shkalasi bo‘yicha 8 dan 10 gacha bo‘lgan ballar bilan prostata bezi raki hollarining yuqoriroq tez-tezligi (n=29, 0,9%) kuzatilgan. Glison shkalasi bo‘yicha 5-6 yoki 7-10 ballarga teng prostata bezi raki hollari tez-tezligi oshmagan. Dutasterid qo‘llanilishi va quyi differensiasiyalangan prostata bezi raki o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan. Mazkur sonlar disbalansining klinik ahamiyati noma‘lum. Dutasteridni qabul qilayotgan erkaklar prostata bezi raki yuzasidan PSA darajasini aniqlashni o‘z ichiga oladigan muntazam tekshiruvdan o‘tishlari lozim (Klinik tadqiqotlar bo‘limiga qarang).
Erkaklarda ko‘krak bezi raki
Dutasteridni qabul qilayotgan erkaklarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, shuningdek qayd etilgandan keyingi davr davomida ko‘krak bezi raki hollari haqida xabarlar olingan (quyida Klinik tadqiqotlar bo‘limiga qarang). Mazkur dori preparatini buyurayotgan shifokorlar ko‘krak bezi to‘qimalari, limfa bo‘g‘imlaridagi har qanday o‘zgarishlar yoki ko‘krak uchidan chiqayotgan ajralmalar haqida darhol xabar berish zarurligi to‘g‘risida pasientlarga xabar qilishlari kerak. Erkaklarda ko‘krak bezi raki hollari va dutasteridni uzoq muddat qo‘llanilishi o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqligi aniq emas.
Gipotenziya
Alfa-1 adrenergik reseptorlarining har qanday blokatorlarini qo‘llagandagi kabi tamsulozinni qo‘llashda kam xollarda hushdan ketishlarga olib keluvchi ortostatik gipotenziya yuzaga kelishi mumkin.
Duodart™ bilan davolanishni boshlovchi pasientlar ortostatik gipotenziyaning (bosh aylanishining) birinchi belgilaridayoq bosh aylanishi o‘tib ketishiga qadar o‘tirib olishlari yoki yotishlari zarurligi haqida ogohlantirishlari kerak.
Alfa-adrenoblokatorlarni, shu jumladan tamsulozinni PDE5 ingibitorlari bilan birga qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Alfa-adrenoblokatorlar ham, PDE5 ingibitorlari ham qon tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar bo‘lib hisoblanadi va arterial bosimni pasaytirishi mumkin. Nazariy jihatdan ushbu ikki sinfga mansub bo‘lgan preparatlarni birga qo‘llanilishi simptomatik gipotenziyani keltirib chiqarishi mumkin (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang).
Ko‘zning qurishgan rangdor pardasi intraoperasion sindromi
Ko‘zning qurishgan rangdor pardasi intraoperasion sindromi (KQRPIS, tor qorachiq sindromi turi) alfa-1 adrenergik reseptorlari blokatorlarini, shu jumladan tamsulozinni qabul qilgan ayrim pasientlarda katarakta yuzasidan o‘tkazilgan operasiyalarda kuzatilgan. KQRPIS operasiya davomida yoki operasiyadan keyingi davrda ko‘rish a‘zosi tomonidan asoratlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Operasiyadan oldingi tayyorgarlik vaqtida kataraktani olib tashlash bo‘yicha operasiyani o‘tkazuvchi jarroh shifokor va oftalmologlar jamoasi operasiya vaqtida yuzaga kelgan KQRPIS bilan kurashishga doir tegishli choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun katarakta yuzasidan operasiya buyurilgan pasient Duodart™ni qabul qilganligini aniqlashi kerak.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, katarakta yuzasidan operasiyaga qadar 1-2 hafta oldin tamsulozin qabul qilinishining to‘xtatilishi foydali hisoblanadi, ammo katarakta yuzasidan operasiyaga qadar tamsulozin qabul qilinishi to‘xtatilishining foydaliligi va davomiyligi hali aniqlanmagan.
Klinik tadqiqotlar
Dutasterid
Yurak yetishmovchiligi
PBXG li erkaklarda dutasteridni tamsulozin bilan birga qo‘llanilishi va dutasterid yoki tamsulozin bilan monoterapiya yuzasidan o‘tkazilgan 4 yillik qiyosiy tadqiqotda (CombAT tadqiqoti) yurak yetishmovchiligi (majmuaviy terminni) uchrashi tez-tezligi majmuaviy davolash guruhida (14/1610, 0,9%) har qanday monoterapiya guruhlariga: dutasteridga, 4/1623 (0,2%) va tamsulozinga, 10/1611, (0,6%) qaraganda yuqori bo‘lgan. Yurak yetishmovchiligining birinchi epizodi yuzaga kelishiga qadar hisoblangan nisbiy xavf vaqti dutasterid bilan monoterapiyaga taqqoslanganda majmuaviy davolashda 3,57 [95% DI 1,17, 10.8] ni va tamsulozin bilan monoterapiyaga taqqoslanganda 1,36 [95% DI 0.61, 3.07] ni tashkil etgan. Dutasterid bilan davolash (monoterapiya yoki alfa-blokator bilan majmuada) va yurak yetishmovchiligi o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
Plasebo va dutasteridni taqqoslash bo‘yicha dastlabki PSA konsentrasiyasi 2,5 dan 10,0 ng/ml gacha bo‘lgan prostata bezi rakiga nisbatan ilgari biopsiyaning manfiy natijasi olingan 50 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 8231 nafar erkak ishtirokida o‘tkazilgan 4 yillik tadqiqotda (REDUCE tadqiqoti) yurak yetishmovchiligi rivojlanishining birinchi epizodiga qadar nisbiy vaqt xavfi 1,91 (95% II 1,04, 3,50) bo‘lganida dutasteridni qabul qilgan pasientlarda plaseboga nisbatan (16/4126, 0,4%) yurak yetishmovchiligi (majmuaviy terminni) uchrashining katta tez-tezligi (30/4105, 0,7%) kuzatilgan. Alfa-blokatorni yondosh qo‘llanilishining retrospektiv tahlilida dutasterid va alfa-blokatorni bir vaqtda qabul qilmagan: dutasterid alfa-blokatorsiz (18/2953, 0,6%), plasebo va alfa-blokator (1/1399, <0,1%), plasebo alfa-blokatorsiz (15/2727, 0,6%) pasientlarga nisbatan taqqoslanganda dutasterid va alfa-blokatorni bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda yurak yetishmovchiligi yig‘ma termini uchrashining yuqoriroq tez-tezligi (12/152, 1,0%) kuzatilgan. Dutasteridni (monoterapiya yoki alfa-blokator bilan majmua ko‘rinishida) qabul qilinishi va yurak yetishmovchiligi o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
Prostata bezi raki va quyi differensiasiyalashgan (yuqori xavfli) o‘smalar
Plasebo va dutasteridni taqqoslash bo‘yicha dastlabki PSA konsentrasiyasi 2,5 dan 10,0 ng/ml gacha bo‘lgan prostata bezi rakiga nisbatan ilgari biopsiyaning manfiy natijasi olingan 50 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 8231 nafar erkak ishtirokida o‘tkazilgan 4 yillik tadqiqotda (REDUCE tadqiqoti) 6706 ta pasientda prostata bezining punksion biopsiyasi o‘tkazilgan hamda Glison shkalasi bo‘yicha ballarni aniqlash uchun ma‘lumotlar olingan. O‘tkazilgan tadqiqotda 1517 nafar pasientga prostata bezi raki tashhisi qo‘yilgan. Biopsiyada aniqlangan prostata bezi rak o‘smalarining ko‘pchiligi har ikkala davolash guruhida Glison shkalasi bo‘yicha 5-6 ballga teng bo‘lgan. Glison shkalasi bo‘yicha 7-10 balli rak o‘smalarini aniqlash tez-tezligidagi farq aniqlanmagan (p=0,81).
Glison shkalasi bo‘yicha 7-10 ball differensiasiyali prostata bezi rakining ko‘p sonli hollari plasebo guruhiga nisbatan (n=19, 0,6%) dutasterid guruhida (n=29, 0,9%) kuzatilgan (p=0,15). 1-2 yilda Glison indeksi 8-10 ga teng rak o‘smalari bo‘lgan pasientlarning soni dutasterid guruhida (n=17, 0,5%) va plasebo guruhida (n=18, 0,5%) o‘xshash bo‘lgan. 3-4 yilda plasebo guruhiga nisbatan (n=1, <0,1%) dutasterid guruhida (n=12, 0,5%) Glison shkalasi bo‘yicha 8-10 balli rak o‘smalarining ko‘p soni aniqlangan (p= 0,0035). Prostata bezi raki rivojlanishi xavfi bo‘lgan erkaklarda 4 yillik qo‘llanilishidan keyin dutasteridning ta‘siriga doir ma‘lumotlar yo‘q. Glison shkalasi bo‘yicha 8-10 balli rak o‘smalari aniqlangan pasientlar foizi tadqiqotning barcha davrlarida (1-2 yillar va 3-4 yillarda) dutasterid guruhida doimiy bo‘lgani holda plasebo guruhida Glison shkalasi bo‘yicha 8-10 balli rak o‘smalari aniqlangan pasientlar foizi 1-2 yillarga nisbatan 3-4 yillarda past (muvofiq ravishda 0,5% ga nisbatan <0,1%) bo‘lgan. PBXG li pasientlarning protokol biopsiya o‘tkazilishini talab qilmaydigan va prostata bezi raki tashhisi ko‘rsatmalar bo‘yicha o‘tkazilgan biopsiyalarga asoslangan 4 yillik tadqiqotida (CombAT) Glison shkalasi bo‘yicha 8-10 balli rak o‘smalari uchrashi tez-tezligi dutasterid uchun (n=8, 0,5%) ni, tamsulozin uchun (n=11, 0,7%) ni va majmuaviy davolash uchun (n=5, 0,3%) ni tashkil etgan (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
Ko‘krak bezi rakini uchrash tez-tezligi
Dutasteridni uzoq vaqt davomida qo‘llanilishi va erkaklarda ko‘krak bezi raki o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik noma‘lum.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Duodart™ni homiladorlikka, emizish davriga va fertilligiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Quyida keltirilgan qoidalar alohida komponentlar uchun mavjud bo‘lgan ma‘lumotni aks ettiradi.
Fertillik
Dutasterid
Dutasteridni sutkada 0,5 mg dozada qabul qilinishini 18 yoshdan 52 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilarda (dutasterid uchun n=27, plasebo uchun n=23) davolashning 52 haftasi davomida va davolash yakunlanganidan keyin kuzatuvning 24 haftasi davomida sperma ko‘rsatkichlariga ta‘siri baholangan. 52 hafta o‘tgach spermatozoidlar umumiy soni, sperma hajmi va spermatozoidlar harakatchanligining dastlabki qiymatlaridan pasayishining o‘rtacha foizi, agar plasebo guruhidagi dastlabki qiymatlardan og‘ishini inobatga olinsa, dutasterid guruhida muvofiq ravishda 23%, 26% va 18% ga teng bo‘lgan. Spermatozoidlar konsentrasiyasi va morfologiyasi o‘zgarmagan. 24 haftalik keyingi kuzatuvdan keyin spermatozoidlar umumiy soni og‘ishining o‘rtacha foizi dutasterid guruhida dastlabki darajasidan 23% ga past bo‘lgan. Spermaning barcha ko‘rsatkichlari uchun o‘rtacha qiymatlar barcha vaqtincha nuqtalarda normal qiymatlar chegarasida bo‘lgan va klinik ahamiyatli o‘zgarishlar (30%) uchun avvaldan belgilangan mezonlarga mos kelgan bir vaqtda, dutasterid guruhidagi ikkita erkakda spermatozoidlar soni 52 hafta o‘tgach dastlabki qiymatlaridan 90% dan ortiqqa kamaygan va 24 haftalik keyingi kuzatuvdan keyin qisman tiklangan. Ayrim pasientlarning fertilligi uchun sperma ko‘rsatkichlariga dutasterid ta‘sirining klinik ahamiyati ma‘lum emas.
Tamsulozin
Tamsulozin gidroxloridining spermatozoidlar soniga va spermaning funksional ko‘rsatkichlariga ta‘siri baholanmagan.
Homiladorlik
Duodart™ni ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Dutasterid
Dutasteridni ayollarda qo‘llanilishi o‘rganilmagan, chunki klinika oldi ma‘lumotlari aylanib yuruvchi qondagi digidrotestosteron darajasini sezilarli pasayishi dutasteridni qabul qilgan ayollar ko‘tarib yurgan erkak jinsidagi homilalarda tashqi jinsiy a‘zolar rivojlanishini susayishi mumkinligi haqida dalolat beradi (Klinik oldi ma‘lumotlar bo‘limiga qarang)
Tamsulozin
Tamsulozin gidroxloridini kalamushlar va quyonlarning homilador urg‘ochilariga terapevtik dozalaridan yuqori bo‘lgan dozalarda yuborilganida homilaga salbiy ta‘sir belgilari aniqlanmagan.
Laktasiya davri
Duodart™ni ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Dutasterid yoki tamsulozin ko‘krak sutiga o‘tishi ma‘lum emas.
Mushohada yuritishni, harakatlanish yoki kognitiv ko‘nikmalarni talab qiluvchi vazifalarni bajarish qodirligiga ta‘siri
Duodart™ni mushohada yuritishni, harakatlanish yoki kognitiv ko‘nikmalarni talab qiluvchi vazifalarni bajarish qodirligiga ta‘siriga doir tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq Duodart™ni qabul qilish vaqtida bosh aylanishi kabi ortostatik gipotenziya bilan bog‘liq simptomlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida pasientlarni xabardor qilish lozim.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Duodart™ dozasini oshirib yuborilishiga oid ma‘lumotlar mavjud emas. Quyida keltirilgan qoidalar alohida komponentlar haqida mavjud axborotni aks ettiradi.
Dutasterid
Simptomlari va belgilari
Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda dutasteridning sutkada to 40 mg gacha (davolash dozasidan 80 marta yuqori) bo‘lgan bir martalik dozalari xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarsiz yetti kun davomida yuborilgan. Klinik tadqiqotlarda pasientlar dutasteridni 0,5 mg terapevtik dozasida kuzatilgan ta‘sirlar bilan taqqoslanganda qo‘shimcha noxush samaralar paydo bo‘lmagan holda sutkada 5 mg dozada olti oy davomida qabul qilganlar.
Davolash
Dutasterid uchun maxsus antidot mavjud emas, demak, dozani oshirib yuborilishiga shubha bo‘lganida zaruratga qarab simptomatik va tutib turuvchi davolashni qo‘llashlari lozim.
Tamsulozin
Tamsulozin gidroxloridi dozasi oshirib yuborilishi oqibatida o‘tkir gipotenziya rivojlangan taqdirda yurak-qon tomiri tizimi faoliyatini tutib turishni ta‘minlash lozim. Agar pasientni yotqizib qo‘yilsa, arterial bosimni tiklashga va puls tez-tezligini normal holga keltirishga erishish mumkin. Agar bu yetarli bo‘lmasa, aylanib yuruvchi suyuqlik hajmini ko‘paytirish uchun vositalarni va, zarurat bo‘lganida, vazopressorlarni yuborish lozim. Buyraklar funksiyasini nazorat qilish va zarurat bo‘lganida uni tutib turish kerak. Laboratoriya tahlillarining natijalari tamsulozin gidroxloridi oqsillar bilan 94-99% ga bog‘langanligini ko‘rsatadi, demak, organizmdan tamsulozinni chiqarib tashlash uchun dializ o‘tkazilishi foydali bo‘lishi ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
30 kapsula polipropilen qopqoqli, bolalar tomonidan ochilishi himoyalangan, sirti polietilen bilan qoplangan, issiqlik ta‘sirida yopiladigan prokladkali yuqori zichlikdagi tiniq bo‘lmagan oq polietilen flakonlarga (HDPE) o‘ramlangan.
30 kapsula saqlovchi 1 p/e (HDPE) flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari