Enterofurilning aptekalardagi narxlari
ENTEROFURIL kapsulalar 200mg N16
|
|
16 ta dorixonada bor
|
49 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Enterofuril ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ENTEROFURIL®
ENTEROFURIL®
Preparatning savdo nomi: Enterofuril®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nifuroksazid
Dori shakli: kapsulalar
100 mg li dozasining tarkibi:
№2 bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 100,0 mg nifuroksazid;
yordamchi moddalar: 41,12 mg makkajo‘xori kraxmali, 36,00 mg saxaroza, 5,10 mg kukunsimon sellyuloza, 3,78 mg magniy stearati;
kapsula qobig‘ining tarkibi: titan dioksidi (E 171) – 1,3333%, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi
(E 104) – 0,7664%, azorubin bo‘yovchisi (E 122) – 0,0022%, to‘q qizil bo‘yovchisi [Ponso 4R]
(E 124) – 0,0077%, jelatin – q.s 100% gacha.
200 mg li dozasining tarkibi:
№0 bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 200,0 mg nifuroksazid;
yordamchi moddalar: 65,9 mg makkajo‘xori kraxmali, 68,0 mg saxaroza, 9,0 mg kukunsimon sellyuloza, 7,1 mg magniy stearati;
kapsula qobig‘ining tarkibi: titan dioksidi (E 171) – 2,9500%, temir (II) oksidi (E 172) – 1,0000%, jelatin – q.s 100% gacha.
Ta‘rifi: tiniq bo‘lmagan qattiq jelatinli sariq (100 mg li doza – №2) va jigar rangli (200 mg li doza – №0) kapsulalar, ular sariq rangli granulyatlar yoki yengilgina bosilganida maydalanib ketadigan sariq rangli biroz presslangan granulyatlar bilan to‘ldirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi: Diareyaga qarshi preparatlar. Ichakda mikroblarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Ichakda mikroblarga qarshi boshqa preparatlar. Nifuroksazid.
ATX kodi: A07AX03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Nifuroksazid – mikroblarga qarshi keng ta‘sir doirasidagi vosita, 5-nitrofuran hosilasi.
Degidrogenazalar faolligini bloklaydi va nafas olish zanjirlarini susaytiradi, patogen bakteriyalarda oqsillar sintezini, trikarbon kislotalar siklini va qator boshqa biokimyoviy jarayonlarni buzadi. Mikrob hujayrasi membranasini buzadi, mikroorganizmlar tomonidan toksinlar ishlab chiqilishini pasaytiradi.
Grammusbat mikroorganizmlarga (Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes, Clostridium perfringens), grammanfiy enterobakteriyalarga (Escherihia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Vibrio cholerae, Campylobacter jejuni, Edwarsiella, Citrobacter, Yersinia enterocolitica) nisbatan faoldir.
Nifuroksazid saprofit floraga ta‘sir ko‘rsatmaydi, normal ichak mikroflora muvozanatini buzmaydi. O‘tkir bakterial diareyada ichakda eubiozni tiklaydi. Enterotrop viruslar bilan infeksiyalanganida bakterial superinfeksiya rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Farmakokinetikasi
Peroral qo‘llanilganidan keyin nifuroksazid ichak yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi va faqat ichak bo‘shlig‘ida o‘zining antibakterial ta‘sirini namoyon qiladi. Nifuroksazidning 20% o‘zgarmagan ko‘rinishda, qolgan miqdori kimyoviy o‘zgargan holda me‘da-ichak yo‘li orqali to‘liq chiqariladi. Chiqarilish tezligi preparatning dozasiga ham, ichak yo‘llarining motorikasiga ham bog‘liq.
Qo‘llanilishi
Umumiy holat yomonlashishisiz, tana harorati oshishisiz va intoksikasiyasiz kechuvchi o‘tkir bakterial diareyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.
100 mg li kapsulalar:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 200 mg nifuroksazid (2 kapsula) sutkada 3 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 8 soat). Umumiy sutkalik dozasi 600 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 200 mg nifuroksazid (2 kapsula) sutkada 3-4 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 6-8 soat). Umumiy sutkalik dozasi 600-800 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
Kattalar: 200 mg nifuroksazid (2 kapsula) sutkada 4 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 6 soat). Umumiy sutkalik dozasi 800 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
200 mg li kapsulalar:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 200 mg nifuroksazid (1 kapsula) sutkada 3 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 8 soat). Umumiy sutkalik dozasi 600 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 200 mg nifuroksazid (1 kapsula) sutkada 3-4 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 6-8 soat). Umumiy sutkalik dozasi 600-800 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
Kattalar: 200 mg nifuroksazid (1 kapsula) sutkada 4 marta qo‘llaniladi (qabul qilishlar orasidagi interval 6 soat). Umumiy sutkalik dozasi 800 mg nifuroksazidni tashkil etadi.
Davolash kursining davomiyligi 5-7 kun, ammo 7 kundan ortiq emas. Agar qabul qilishning birinchi 3 kunida holatni yaxshilanishi yuz bermasa, u holda shifokorga murojaat qilish lozim. Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan qo‘llash usuliga va dozalarga muvofiq qo‘llang. Zarurat bo‘lganida, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok). Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Nifuroksazidga, nitrofuran hosilalariga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (mazkur farmasevtik shakl uchun);
- fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya sindromida, saxaraza va izomaltaza yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Disulfiramga o‘xshash reaksiyalarni keltirib chiqaradigan preparatlar, markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Agar Siz Enterofuril® kapsulalari preparatini qo‘llashdan oldin boshqa dori preparatlarini (shu jumladan reseptsiz dori preparatlarini) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diareya bir vaqtda nifuroksazid bilan davolash amalga oshirilgan holda davolanganida, regidratasion davolashni o‘tkazish zarur. Tizimli shikastlanishlar belgilari (umumiy holatning yomonlashishi, tana haroratini oshishi, intoksikasiya yoki infeksiya simptomlari) bo‘lgan bakterial diareyada tizimli ta‘sir etuvchi antibakterial preparatlarni qo‘llash haqidagi masalani hal etish uchun shifokorga murojaat qilish lozim.
Yuqori sezuvchanlik simptomlari (hansirash, toshma, qichishish) paydo bo‘lganida preparat qo‘llanilishini to‘xtatish lozim. Nifuroksazid bilan davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilish taqiqlanadi.
100 mg li kapsulalar:
Enterofuril® preparatining har bir kapsulasi 36 mg saxaroza saqlaydi, muvofiq ravishda bir martalik dozada (bir kapsulada) 0,0030 «non birligi» (NB), ikkita kapsuladan iborat bo‘lgan bir martalik dozada esa 0,0060 NB saqlanadi. Saxarozaning NB da kunlik dozasi sutkada 4 marta ikki kapsula qabul qilinganida kattalar va 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,024 NB ni va sutkada 3 marta ikki kapsula qabul qilinganida bolalar uchun 0,018 NB ni tashkil etadi.
200 mg li kapsulalar:
Enterofuril® preparatining har bir kapsulasi 68 mg saxarozani saqlaydi, muvofiq ravishda bir martalik dozada (bir kapsulada) 0,0056 «non birligi» (NB) saqlanadi.
Saxarozaning NB da kunlik dozasi sutkada 4 marta bitta kapsula qabul qilinganida kattalar va 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,0224 NB ni va sutkada 3 marta bir kapsula qabul qilinganida bolalar uchun 0,0168 NB ni tashkil etadi.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teratogen samarasi aniqlanmagan. Hayvonlarda hech qanday teratogen samaralar va rivojlanish nuqsonlari namoyon bo‘lmaganligi sababli, odam organizmi uchun bunday ta‘sir shuningdek kutilmaydi.
Klinik tadqiqotlarda homiladorlik davrida Enterofuril® kapsula preparati qo‘llanilishi vaqtida rivojlanishning ehtimol qilingan tug‘ma nuqsonlarini yoki nifuroksazidning embriotoksik ta‘sirini baholash uchun biron-bir ma‘lumotlar taqdim etilmagan.
Lekin, ehtiyot chorasi sifatida homiladorlik davrida nifuroksazidni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Laktasiya davrida preparat bilan qisqa davolash kursi o‘tkazilganida emizishni davom ettirish mumkin. Shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari noma‘lum. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarish shakli
Enterofuril®, 100 mg li kapsulalar.
10 kapsuladan PVX plyonkali va alyumin folgali blisterda. 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Enterofuril®, 200 mg li kapsulalar.
8 kapsuladan PVX plyonkali va alyumin folgali blisterda. 2 yoki 4 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari