ESKAPELning aptekalardagi narxlari
ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1
|
|
218 ta dorixonada bor
|
74 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
120 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
84 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
ESKAPEL ko'rsatmalar
MUTAXASSISLAR UCHUN
DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
- PREPARATNING NOMI
ESKAPEL tabletkalar
ESCAPELLE
- SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI
Levonorgestrel 1,50 mg bir tabletkada.
Yordamchi moddalari 6.1. bandda keltirilgan.
- DORI SHAKLI
Tabletkalar. Oq yoki deyarli oq rangli, faskali va bir tomonida «G00» gravirovkali yassi tabletkalar.
-
KLINIK XUSUSIYATLARI
- Qo‘llanilishi
Eskapel jinsiy aloqadan keyingi birinchi 72 soatda, hech qanday kontrasepsiya usullari qo‘llanilmaganda yoki qo‘llangan kontrasepsiya usuli yetarli darajada ishonchli bo‘lmasa, tezkor peroral kontrasepsiya uchun mo‘ljallangan.
- Qo‘llash usuli va dozalari
Jinsiy aloqadan keyingi birinchi 72 soatda peroral qo‘llanadi.
Preparat qabulidan so‘ng uch soat ichida qusish paydo bo‘lsa, qo‘shimcha yana bitta tabletka qabul qilinadi.
Avvalgi hayz ko‘rish me‘yorida o‘tgan bo‘lsa, Eskapel tabletkalarini xayz ko‘rish siklni har qanday kunida ham qo‘llash mumkin.
Homiladorlikning oldini olish uchun shoshilinch vosita qo‘llanganidan so‘ng to keyingi hayz ko‘rguncha homiladorlikka qarshi mahalliy oldini olish vositalarini, masalan prezervativni qo‘llash lozim. Eskapel tabletkalarini qo‘llash peroral gormonal homiladorlikning oldini oluvchi vositalarini uzluksiz qo‘llashni davom ettirishga monelik qilmaydi.
Bolalarni Eskapel tabletkalarini qo‘llashlari tavsiya etilmaydi, chunki 16 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba yetarli emas.
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biron bir komponentiga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik; og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi; homiladorlik (4.6. bandga qarang).
- Maxsus ko‘rsatmalar va preparat qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari.
«Shoshilinch» deb nomlanuvchi kontrasepsiya favqulotdagi holatlar uchun mo‘ljallangan. Bu usul doimiy qo‘llanadigan kontrasepsiya o‘rnini mutlaqo bosmaydi.
Shoshilinch kontrasepsiya preparatlari hamma vaqt ham homiladorlikning oldini olavermaydi. Jinsiy aloqa vaqti aniq ma‘lum bo‘lmasa va bir hayz ko‘rish sikl davrida kontrasepsiya yordamida himoyalanmagan jinsiy aloqadan so‘ng 72 soatdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, homilador bo‘lib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bunday hollarda ikkinchi jinsiy aloqadan so‘ng Eskapel tabletkalarini qabul qilinishi kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Hayz ko‘rish 5 kundan ortiqroqqa kechikib qolsa yoki o‘z vaqtida boshlangan hayz ko‘rish odatdagiday kechmasa, yoki boshqa bir sabablarga ko‘ra homiladorlik bo‘lganligiga shubha tug‘ilsa, homladorlikni istisno qilish uchun ginekologik tekshiruv o‘tkazish lozim.
Eskapel tabletkalarini qabul qilish davrida bo‘lgan homiladorlik bachadondan tashqarigi bo‘lishi mumkin, ayniqsa qorinning pastki qismida og‘riqlar bo‘lgan, xushdan ketish bo‘lgan, anamnezida ektopik homiladorlik bo‘lgan kichik chanoq a‘zolaridagi operasiyalar yoki ularni yallig‘lanishi bo‘lgan ayollarda.
Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlarida Eskapel tabletkalarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Me‘da-ichak yo‘llarida so‘rilishni og‘ir buzilishlari (masalan, Kron kasalligi) homiladorlikka qarshi preparat samarasini pasaytiradi.
Preparatni qo‘llash, odatda hayz ko‘rishlar muntazamligini va me‘yorida bo‘lishini buzmaydi. Ammo ba‘zida hayz ko‘rishlarni vaqtidan ilgari paydo bo‘lishi yoki uning kechikishi (taxminan ±2 kunga) kuzatilishi mumkin. Eskapel tabletkalari qo‘llanganidan so‘ng keyinchalik muntazam kontrasepsiya tavsiya qilinadi. Agarda muntazam gormonal kontrasepsiya o‘tkazilishida xatolikka yo‘l qo‘yish oqibatida Eskapel tabletkalari qabul qilinayotgan bo‘lsa va bunda to‘g‘ri keluvchi yetti kunlik tanaffusda hayz ko‘rish kuzatilmasa, homiladorlikni istesno qilish lozim.
Hayz ko‘rish siklini buzilishidan saqlanish uchun bir hayz ko‘rish davrini o‘zida Eskapel tabletkasini takroriy qabul qilishdan voz kechish kerak.
Odatdagi muntazam homiladorlikka qarshi vositalar bilan solishtirganda Eskapel tabletkalari kamroq samaralidir. Shoshilinch kontrasepsiyani tez-tez qo‘llaydigan ayollarga, muntazam kontrasepsiyani biron-bir usulini taklif qilish lozim.
Shoshilinch kontrasepsiya tanosil kasalliklardan himoya qilish zarurligi o‘rnini bosaolmaydi.
- Dorilarning o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari
Jigar metabolizmini induktor preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida levonorgestrelning metabolizmi kuchayadi.
Quyida sanab o‘tilgan ta‘sir etuvchi modalarni saqlovchi dori preparatlari levonorgestrel saqlovchi preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin: barbituratlar (shu jumladan primidon), fenitoin, karbamazepin, dalachoy preparatlari (Hypericum perforatum), rifampisin, ritonavir, rifambutin, grizeofulvin.
Levonorgestrel preparatlari siklosporin metabolizmini bosilishi hisobiga uni zaharliligini kuchaytirishi mumkin.
- Preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlik: Homiladorlik vaqtida Eskapel tabletkalarini qabul qilish mumkin emas. Preparat homiladorlikni to‘xtatmaydi. Epidemiologik tekshirishlarning natijalariga ko‘ra shoshilinch kontraseptivni qo‘llash fonidagi homiladorlik holida progesteron fetotoksik ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Emizish: Levonorgesterol ko‘krak sutiga o‘tadi. Bola organizmiga levonorgestrel tushishini preparatni emizish to‘xtatilishi bilan qabul qilib yoki preparat qabul qilingandan keyin emizishdan saqlanib kamaytirish mumkin.
- Preparatni avtomobil va ishchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni avtomobilni va ishchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta‘sirini aniqlash bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.
- Nojo‘ya samaralari
Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari va ularni tez-tezligi quyidagi jadvalda keltirilgan:
Nojo‘ya ko‘rinishlar | Tez-tezligi % da
(n=1,379)* |
ko‘ngil aynishi | 13,7 |
Charchoqlik | 13,3 |
qorinning pastki qismini og‘rig‘i | 13,3 |
bosh og‘rig‘i | 10,3 |
bosh aylanishi | 9,6 |
sut bezlarini taranglashishi | 8,2 |
ich ketishi | 3,8 |
qusish | 1,4 |
hayz ko‘rishni buzilishi | 31 |
hayz ko‘rishni 7 kundan ortiqroqqa kechikishi | 4,5 |
* WHO/HRP Project 97902
Hayz ko‘rish xarakterini vaqtinchalik o‘zgarishi mumkin. 78% ayollarda hayz ko‘rish muddatlarini surilishi 5 kun chegarasida bo‘ladi. Hayz ko‘rish 5 kundan ko‘proq muddatga kechikib qolsa, homiladorlikni istisno qilish lozim.
4.9. Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni katta dozalari qabul qilinganidan keyingi og‘ir nojo‘ya ta‘sirlari haqida ma‘lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborish ko‘ngil aynishi, hayz ko‘rishni buzilishini chaqirishi mumkin. Spesifik antidoti yo‘q, davolash simptomatik.
-
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
- Farmakodinamikasi
Farmakologik guruhi: kontraseptiv vosita
ATX kodi: G03AS03.
Eskapel preparatini aniq ta‘sir mexanizmi ma‘lum emas. Tavsiya etilgan dozalarda levonorgestrel ovulyasiyaga va urug‘lanishga ta‘sir qiladi, agarda jinsiy aloqa, ya‘ni urug‘lanish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan hayz ko‘rish siklini ovulyasiya oldi fazasida sodir bo‘lgan bo‘lsa. Bundan tashqari, preparat chaqirgan endometriydagi o‘zgarishlar, urug‘langan tuxum xujayrasini (pushtni) implantasiyasiga to‘sqinlik qiladi. Boshlangan implantasiyada preparat samarasiz.
Samaradorligi: 84% hollarda homiladorlikni oldini oladi. Levonorgestrelni tavsiya etilgan dozalari qon ivishi omillariga, yog‘lar va karbonsuvlar almashinuviga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
- Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganida levonorgestrel tez va deyarli to‘liq so‘riladi. 16 ta ayollarda o‘tkazilgan tekshirishlarning ma‘lumotlariga ko‘ra Eskapel tabletkalari qabul qilinganidan so‘ng 2 soat o‘tgach Smax=18,5 ng/mg. AUC (0-µ) ni o‘rtacha kattaligi = 310182,56 pg.ch/ml. Maksimal konsentrasiyaga erishilganidan keyin levonorgestrelning qondagi miqdori pasayadi, o‘rtacha yarimchiqish vaqti » 26 soat.
Organizmdan metabolitlari shaklida siydik va ahlat bilan teng nisbatda chiqariladi. Levonorgestrelning biotransformasiyasi steroidlarga xos bo‘lgan metabolik yo‘li bilan amalga oshadi. Jigarda levonorgestrel gidroksillanadi va glyukuronid kon‘yugatlar ko‘rinishida organizmdan chiqariladi. Levonorgestrelni farmakologik faol metabolitlari ma‘lum emas. Levonorgestrel jinsiy gormonlarni (GPSG) bog‘lovchi albuminlar va globulinlar bilan bog‘lanadi. Plazmada umumiy miqdorining 1,5% erkin steroid shaklida bo‘ladi, 65% GPSG bilan spesifik bog‘langan.
Eskapelni bir tabletkasi qabul qilinganidan so‘ng GSPG ni qondagi o‘rtacha konsentrasiyasi » 40 nmol/l. 24 soat davomida GPSG ni qondagi konsentrasiyasi o‘zgarmaydi yoki biroz oshadi, keyinchalik esa pasaya boshlaydi va 192 soatdan so‘ng
» 30 nmol/l ni tashkil qiladi.
Mutloq biokiraolishligi qabul qilingan dozaning 100% tashkil qiladi.
Qabul qilingan dozani 0,1% emizikli chaqaloq organizmga ko‘krak suti bilan tushadi.
5.3. Xavfsizligi bo‘yicha klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlarning natijalari.
Ma‘lumotlar mavjud emas.
-
FARMASEVTIK MA‘LUMOTLAR.
- Yordamchi moddalar ro‘yxati
Kartoshka kraxmali; makkajo‘xori kraxmali; kolloid kremneziy dioksidi, magniy stearati; talk; laktoza monogidrati (142,5 mg).
- Nomutanosiblik.
Ma‘lumotlar mavjud emas.
- Yaroqlilik muddati
5 yil.
- Saqlash sharoiti
+15oS dan +25oS gacha haroratda saqlansin.
- Chiqarilish shakli
1 tabletka blisterda. Bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
- Preparatni qo‘llash bo‘yicha maxsus ko‘rsatma
Shifokor reseptisiz beriladi.
Chiqarish shakllari