Eskolin ko'rsatmalar
Nishonlangan S14-tsitikolindan foydalanilgan farmakokinetik tadqiqotlar, tsitikolin ikki bosqichda, plazmadagi ikki fazali cho'qqi darajasini aks etgan holda, asosan chiqarilayotgan nafasdagi SO2 va siydik tarkibida chiqishini ko'rsatgan. Plazmadagi birinchi cho'qqi kontsentrasiyasi keskin tushib ketishi bilan davom etadi, keyin esa, 4-10 soat davomida bu jarayon sekinlashadi. Cho'qqi darajadan 24 soatdan keyin kuzatiladigan ikkinchi fazadagi keskin pasayishi tegishli ravishda sekinlashgan tezlikdagi chiqarib yuborilish bilan davom etadi. SO2 bilan yarim chiqarilish davri 56 soatga va siydik bilan 71 soatga teng.
Endogen tsitikolin fosfolipidlar, shu jumladan fosfatidilxolin, hujayralar membranasidagi birlamchi fosfolipidlar biosintezidagi oraliq zveno hisoblanadi. RNK ning asosiy komponenti bo'lgan tsitidin, tsitoplazmatik qayta o'zgarishiga uchrab tsitidintrifosfat (STF) ga aylanadi. Tsitikolin ning metabolik o'zgarishi yo'lida xolin-kinaza fermenti ta'sirida fosforlanadi, paydo bo'lgan fosforilxolin tsitikolin paydo bo'lishi uchun STF bilan birlashadi. Tsitikolin keyin diasilgliserin bilan bog'lanib, fosfatidilxolin hosil qiladi va xolin-fosfotranferaza bilan ushbu reaktsiya uchun fermentli katalizator rolini o'ynaydi.
Tsitikolin peroral qo'llanganda kalamushlarda tsitidin va xolinning plazma darajasini 6-8 soat davomida oshiradi. Uzoq vaqt davomida qabul qilinganda (42-92 kun) bosh miya hujayralari membranasining uch asosiy fosfolipidlari-fosfatidilxolin, fosfatidiletanolamin va fosfatidilserin kontsentrasiyasi bosh miyada oshadi. Ushbu metabolitlar fosfatidilxolin sintezida substrat rolini amalga oshirish 90 kun davomida har kuni tsitixolin dozasini peroral qabul qilgan kalamushlarda aniqlangan. Kuniga 500 mg/kg dozada qabul qilganda fosfatidilxolin darajasi 25% ga, fosfatidiletanalomin – 17% ga va fosfatidilseril – 42% ga oshgan. Tsitikolinni qari kalamushlarga yuborish STF ni faollashtiradi: fosfoxolin tsitidililtranferaza – bosh miya hujayralari membranalarida fosfatidilxolin sintezi jarayonidagi tsitikolin metabolik yo'li tezligini chegaralovchi ferment paydo bo'ladi. Xolin va tsitidin tsitikolin so'rilish etapidagi gidroliz jarayonining asosiy metabolitlari hisoblanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Homilador va emizikli ayollar, shuningdek bolalar xolinni tavsiya etilgan adekvat dozalarda qabul qilish mumkin. Agar sog'lom rasionga rioya qilinsa, xolinni ovqatga qo'shimcha ravishda qabul qilish odatda zarur hisoblanmaydi.
faol moda: 500 mg tsitikolina ekvivalent bo'lgan tsitikolin natriy;
yordamchi moddalar: saxaroza, natriya benzoat i, povidon-K 30, laurilsulfat natriy, suvsiz limon kislota, sukraloza, limonniy xushbo'yi.
Tsitikolin granulalari 200-250 ml suvda eritiladi va ichga qabul qilinadi. Me'dada o'zgarishlar bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun, ovqat bilan birga qabul qiling. Tsitikolinni yoki resept bo'yicha beriladigan boshqa dorini qabul qilayotganda qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga qat'iy amal qilish kerakligi yodingizda bo'lsin. Ko'rsatilgan dozani oshirmang.
Tsitikolinni shifokor ko'rsatmasi bo'yicha aniq qabul qilish kerak. Preparat qabul qilishni xavfsiz to'xtatish uchun albatta shifokor bilan maslaxatlashing. Preparatni bolalar qabul qilganda bolalar uchun ko'pincha dozalash bo'yicha qo'shimcha tavsiyalar mavjudligini hisobga olish kerak. Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Doza o'tkazib yuborilgan hollarda uni iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar grafik bo'yicha keyingi dozani qabul qilishga oz vaqt qolgan bo'lsa, faqat navbatdagi dozani, ikki marta ko'paytirmasdan qabul qilish lozim.
Yuborish yo'li:
Peroral qabul qilinadi.
Ruhiy holat tomonidan: gallyusinasiyalar.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, vertigo.
Qon tomirlari tizimi tomonidan: gipertoniya, gipotoniya
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan: hansirash
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, vaqti-vaqti bilan diareya.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: qizarish, eshakemi, toshmalar, purpura.
Umumiy buzilishlar: isitma.
Tsitidindisfosfatxolin dioksifenilalanining plazmadagi kontsentrasiyasini oshirishiga olib kelishi mumkin.
Metotreksat xolinning barcha metabolitlari to'planishi kamayishiga olib kelishi mumkin. Xolin bilan to'yinish metotreksat ta'sirida jigar yog'degenerasiyasi kelib chiqishining tormozlaydi.
Pentozosin xolinoreseptorlarga susaytiruvchi ta'siri natijasida neyro-mushak bloklovchi samaraga ega; samara xolin bilan bir vaqtda yuborilganda kelib chiqishi mumkin.
Ba'zi tadqiqotlar xolinning skopolamin ta'sirini qisman bekor qilish bilan bog'lagan bo'lsada, keyingi tadqiqotlar bunga o'xshash natijalarni ko'rsatmagan.
Xolin suktsinilxolin parchalanishi maxsuloti hisoblanadi. Xolinni suktsinilxolin bilan bir vaqtda qabul qilish nazorat jihatidan samara va/yoki toksikligini kuchaytirish mumkin.
O'simlik preparatlari va ovqat qo'shimchalari bilan o'zaro ta'siri:
Xolinning ovqat qo'shimchalari yosh ayollarda siydik tarkibida karnitin chiqarilishini kamayishi bilan assosiasiyalanadi.
Xolin o'zining almashinuv mahsuloti bo'lgan betain hisobiga, vitamin V6, V12 va folat kislotasi bilan birga aterogen modda - gomosistein metabolizmida ishtirok etadi.
Sitikolin neyronlari membranasining tuzilmalari fosfolipidlar biosintezi ragbatlantiradiva bu hususiyati magniy-rezonansli spektroskopiya ma'lumotlari bilan tasdiq bilan. Sitikolin ionlar almashinuvi nasoslari va ular bilan chokkan retseptorlari faoliatini taminlovchilarmembranasi mexanizmlari ionlar faoliatini yaxshilaidi va bu modulyatsiyasi neyronlari o'zatishning zarur sharti o'zsoblanadii.
Neuronlar membranasiga barqarorlashtiruvchi ta'sir tufayli, sitikolin, bosh miya shishi, reosorbsiyasiga olib keladigan shishga qarshi hususiyatlar namoyen qiladi.
Eksperimental tadqiqotlar, sitikolin bahzi bir fosfolipazalar (A1, A2, va D bilan) faolligini susaitirishi, erkin radikallar paydoligini kamaitirishi, membrana to'qimalar parchalanishi oldini olinish va glutamin kabi antioksidant ximoya tizimlarini saqlashini qo'rsatadi.
Sitikolin energiya neyron zahirasini saqladi, apoptoznii susaitiradi va atsetilxolin sintezini ragbatlantiradii. Tsitikolin bosh miyaning fokal ishemiyasid profilaktikasi neyroprotektiv ta ' irini ham namoen қилишини eksperimentlarida tasdiqlangan.
Klinik tadqiqotlar, sitikolin o 'tkazuvchi ishemik qon tomir bo' lgan bemorlardafunktsional sog 'ayish ko' rsatkichlarining sezilarli darajada oshirishini va bu neyroimaging bo 'yicha ma' lumotlar bosh miya ishemik shikastlanishini o 'sishini sekinlashishiga to' g ' ri keladi.
Yaroqlilik muddati-2 yil.
Chiqarish shakllari