ETARIV-T ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ETARIV-T
ETARIV-T
Preparatning savdo nomi: Etariv-T
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): traneksam kislotasi
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
Har 1 ml in‘eksiya uchun eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: traneksam kislotasi – 100 mg;
yordamchi moddalar: dinatriy EDTA, natriy metabisulfit, natriy sitrati, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: gemostatik vosita.
ATX kodi: V02AA02
Farmakologik xususiyatlari
Etariv-T antifibrinolitik ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek antiallergik va yallig‘lanishga qarshi samaralarga ega.
Ta‘sir mexanizmi: plazminogen aktivatorini raqobatli ingibisiya qiladi, yanada yuqorirok konsentrasiyalarda plazminni bog‘laydi. Trombin vaqtini uzaytiradi. Yallig‘lanish va allergik reaksiyalarda ishtirok etadigan kininlar va boshqa peptidlarni hosil bo‘lishini tormozlaydi.
Farmakokinetikasi
Traneksam kislotasi gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali oson o‘tadi, boshlang‘ich taqsimlanish xajmi (Vd) – 9-12 l ni tashkil etadi. Sinovial qobiqlarda va bug‘im ichki suyuqliklarida zardobdagi konsentrasiyaga yaqin konsentrasiyalarda to‘planadi. Traneksam kislotasining konsentrasiyasi ko‘pchilik boshqa tuqimalarda qondagiga nisbatan kam bo‘ladi. Orqa miya suyuqligida traneksam kislotasining konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyaning taxminan 10% ni tashkil qiladi. Traneksam kislotasi urug‘ xujayrasida aniqlanadi, u yerda qonning fibrinolitik faolligini susaytiradi, ammo spermatozoidlarning harakatchanligiga ta‘sir qilmaydi. Plazminogen bilan bog‘lanishi – plazmadagi terapevtik konsentrasiyasining 2-3% ni tashkil etadi. Plazma albumini bilan bog‘lanmaydi. Antifibrinolitik konsentrasiyasi turli to‘qimalarda 17 soatgacha, plazmada – 7-8 soatgacha davom etadi.
Asosiy chiqarilish yo‘li – buyrak kalavalari filtrasiya orqali yuz beradi. 95% dan ko‘proq qismi siydik bilan chiqariladi.
Taxminan 30% vena ichiga (v/i) sutkada 10 mg/kg dozada in‘eksiya qilingandan keyin birinchi soat davomida, 45% – 3 soatdan keyin va 90% – 24 soatdan keyin chiqariladi. Asosiy qismi siydik bilan uzgarmagan holda chiqariladi; ahamiyatsiz qismi biotransformasiyaga uchraydi: N-asetillangan derivati va dezaminlangan dekarboksil kislotasi siydikda ahamiyatsiz miqdorda aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
- Fibrinolizni tarqalgan kuchayishi fonida qon ketishlari yoki qon ketishlarini rivojlanish xavfi (operasiya vaqtidagi va operasiyadan keyingi davrdagi qon ketishlar, tug‘ruqdan keyingi kon ketishlar, yo‘ldoshni qo‘lda ajratib olish, xorionni ko‘chishi, homiladorlikdagi qon ketishi, me‘da osti bezi va prostata bezini xavfli o‘smalari, gemofiliya, fibrinolitik davolashning gemorragik asoratlari, trombositopenik purpura, leykozlar, jigar kasalliklari, ilgari streptokinaza bilan davolash);
- Fibrinolizni maxalliy kuchayishi fonida qon ketishlari yoki qon ketishlarini rivojlanish xavfi (bachadondan, burundan, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, gematuriya, prostatektomiyadan keyingi qon ketishlar, bachadon bo‘ynini karsinomasi yuzasidan o‘tkazilgan konizasiya, gemorragik diatez bilan xastalangan bemorlarda tishni ekstraksiya qilish);
- Qovuqda o‘tkaziladigan operativ aralashuvlar;
- Tizimli yallig‘lanish reaksiyalarida, shu jumladan sepsis, peritonit, pankreonekroz, o‘rtacha va og‘ir darajadagi gestoz, turli etiologiyali shokda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalash
Tarqalgan fibrinolizda preparatni v/i tomchilab tana vazniga 15 mg/kg bir martalik dozada har 6-8 soatda yuboriladi, yuborish tezligi minutiga 1 ml.
Mahalliy fibrinolizda preparatni v/i 250-500 mg bir martalik dozada yuboriladi yoki ichga 1-1,5 g dozada sutkada 2-3 marta qabul qilinadi.
Prostatektomiyada yoki qovuqdagi operasiyalarda operasiya vaqtida v/i ga 1 g, so‘ngra 1 g dan har 8 soatda 3 kun davomida yuboriladi, shundan keyin makrogematuriya yo‘qolgunicha ichga qabul qilishga o‘tiladi.
Qon ketishini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganida, tizimli yallig‘lanish reaksiyalarda v/i ga 10-11 mg/kg dozada aralashuvdan 20-30 minut oldin yuboriladi.
Koagulopatiyalari bo‘lgan bemorlarga tishni sug‘urishdan oldin v/i ga tana vazniga
10 mg/kg dozada yuboriladi, tish sug‘urib olingandan keyin ichga 25 mg/kg dozada sutkada 3-4 marta 6-8 kun davomida buyuriladi.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak.
Plazma kreatinini | Doza |
120-250 mkmol/l | 10 mg/kg sutkada 2 marta |
250-500 mkmol/l | 10 mg/kg sutkada 1 marta |
500 mkmol/l dan ko‘p | 5 mg/kg sutkada 1 marta |
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, kungil aynishi, qusish, jig‘ildonni qaynashi, diareya.
MNT tomonidan: bosh aylanishi, holsizlik, uykuchanlik, rang ajratishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi;
Qon ivishi tizimi tomonidan: kam hollarda – tromboz, tromboemboliya;
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, ko‘krak qafasida og‘rik, arterial gipotenziya (v/i tez yuborilganida kuzatiladi);
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Subaraxnoidal qon quyilishlar
Preparatning komponentlariga yukori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni trombozlarda (shu jumladan bosh miya tomirlarini trombozi, miokard infarkti, chuqur venalar tromboflebiti, tromboembolik sindromda) yoki ularni rivojlanish xavfi bo‘lganida, trombogemorragik asoratlarda (geparin va bilvosita antikogulyantlar bilan majmuaviy davolashda), rang ajratishni buzilishi, siydik chiqarish yo‘llarining yuqori bo‘limlaridagi gematuriya (qon quyqasi bilan obstruksiya bo‘lishi mumkin), buyrak yetishmovchiligida (kumulyasiyani rivojlanish xavfi oshishi tufayli) ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Gemostatik preparatlar va gemokoagulaza bilan birga qo‘llanganida tromb hosil bo‘lishini faollashishi mumkin.
V/i ga yuborish uchun eritma qon preparatlari, tarkibida penisillin saqlagan eritmalar, urokinaza, gipertenziv vositalar (norepinefrin, dezoksiepinefrin gidroxloridi, metarmin bitartrat), tetrasiklinlar, dipiridamol, diazepam bilan farmasevtik jihatdan farmasevtik jihatdan nomutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin va davolanish jarayonida ko‘rish o‘tkirligini, rang ajratishni, ko‘z tubi holatini aniqlash uchun oftalmolog ko‘rigini o‘tkazish lozim.
Xomiladorlikda qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni hisobga olgan holda ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi, traneksam kislotasi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan (ona plazmasidagi konsentrasiyaning taxminan 1% ga erishgan holda) ajralib chiqadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish va ortostatik gipotenziya bo‘lishi mumkin.
Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma 5 ml dan ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Saqlash muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha
Chiqarish shakllari