Fagobakt ko'rsatmalar
Bakteriofag bilan davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Preparatni qo'llashdan oldin chayqatish kerak.
Xira preparatni ishlatish mumkin emas! Preparat atrof muhitdagi bakteriyalar rivojlanishi mumkin bo'lgan ozuqa muhitini saqlaydi. Shu sababli, flakon ochilganda, preparat olinganda va saqlanganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: - qo'llarni yaxshilab yuvish kerak; - flakon qalpoqchasini ochishdan oldin unga spirt eritmasi bilan ishlov berish kerak; - Qalpoqchani tiqinni olmasdan ochish kerak; - ochilgan flakondagi preparatni steril shpris yordamida (tiqinni teshish orqali) olish kerak; - Agar flakonni ochishda qalpoqcha bilan birga tiqin ham chiqqan bo'lsa, flakonni ochiq qoldirish mumkin emas; - Ochilgan flakonni sovutgichda saqlash kerak. Ochilgan flakondagi preparatni ochish va saqlash qoidalariga rioya qilinganda, saqlash jarayonida xralashmagan bulsa yaroqlilik muddati davomida ishlatish mumkin.
|
Yoshi |
Per os (og'iz orqali) |
Per rectum (rektal-xuqna) |
1. |
6 oygacha |
5 ml dan 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida |
10 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida |
2. |
6 oydan - 1 yoshgacha |
10-15 ml dan 2 - 3 martta kuniga,7-10 kun davomida |
20 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida |
3. |
1 yoshdan - 3 yoshgacha |
15-20 ml dan 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida |
20-30 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida |
4. |
3 yoshdan -8 yoshgacha |
20-30 ml dan yoki 1-2 tadan kapsula 2 - 3 martta kuniga, 7-10 kun davomida |
30-40 ml bir martta kuniga, 7-10 kun davomida |
5
|
8 yosh va kattalar |
30-40 ml dan yoki 2-3 tadan kapsula 2-3 martta kuniga, 7-10 kun davomida |
50-60 ml bir martta kuniga 7-10 kun davomida |
FAGOBAKT - salmonellez bakteriofagini qo'llash davrida, kasallikni davolashda tavsiya etilgan boshqa dori vositalari man qilinmaydi.
Chiqarish shakllari