Gepa-Lning aptekalardagi narxlari
GEPA L eritma 5g N5
|
|
1 ta dorixonada bor
|
202 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
202 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
GEPA L granulalari 5g N30
|
|
7 ta dorixonada bor
|
445 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Gepa-L ko'rsatmalar
L-ornitin-L-aspartat jigarda yuz beradigan metabolik jarayonlarga ta'sir ko'rsatadi. Ammiakdan mochevinani hosil bo'lish reaktsiyasini rag'batlantirganligi sababli detoksikasiya samarasini kuchaytiradi.
Ba'zi buyrak kasalliklarida (qon zardobida kreatininning kontsentrasiyasi 3 g/100 ml dan yuqori bo'lganida) qo'llash mumkin emas.
Jigar faoliyati ahamiyatli darajada buzilganida, ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish maqsadida infuziya tezligini pasientning individual holatiga muvofiq ravishda boshqarish kerak.
Gepa-L preparati yuqori dozalarda yuborilganida qon zardobi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik davrida preparatni qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yo'q, shuning uchun bu davrida preparatni qo'llashdan saqlanish kerak.
Biroq agar preparat bilan davolash hayotiy ko'rsatmalarga ko'ra zarur deb topilsa, havf / foyda nisbatini diqqat bilan ko'rib chiqish kerak.
Preparatni ko'krak sutiga o'tishi noma'lum, shuning uchun emizish davrida preparatni qo'llashdan saqlanish kerak.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Kasallik oqibatida preparat bilan davolash vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati yomonlashishi mumkin, shuning uchun davolanish vaqtida bunday faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.
faol modda: L-ornitin-L-aspartat – 5 g;
yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti, in'ektsiya uchun suv
Ong buzilganida (koma oldi, koma holatlari) pasientning og'irlik darajasiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi.
Gepa-L preparatini barcha oddiy infuzion eritmalarga qo'shish mumkin. Shunday bo'lsa ham, venoz tolerantlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, 500 ml infuziyaga 6 tadan ortiq ampula qo'shish mumkin emas.
Preparatni maksimal yuborish tezligi soatiga 5 g ni tashkil etadi.
Qo'llash davomiyligi kasallikni davolash kursiga bog'liq.
Bolalarga: preparatni 8 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
L-aspartat ham Gepa-L preparatining ta'sir etuvchi moddasi bo'lib, uch karbon kislotalari tsikliga ta'sir qiladi. L-aspartat jigarni o'tkir va surunkali kasalliklarida shikastlanishi mumkin bo'lgan vena qon tomirlari atrofidagi gepatositlarda glutamin sintezini rag'batlantiradi. Shu bilan shikastlangan hujayralar faollashib, yangi gepatositlarni generasiyasini rag'batlantiradi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Chiqarish shakllari