Gepatoning aptekalardagi narxlari
Gepato tabletkalar
GEPATOLIVIL tabletkalari N30
|
|
1 ta dorixonada bor
|
48 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Gepato eritma
GEPATOPROTEM eritma 100ml
|
|
31 ta dorixonada bor
|
80 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
81 800 so'mdan
Bron qilish
|
Tanlanganlarga qo'shildi
- Gepato qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Gepatoning tarkibi
- Gepato - ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Gepato narxi Toshkent dorixonalarida
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Gepato ko'rsatmalar
Farmakoterapevtik guruh:
- Гепатопротектор
Ishlab chiqaruvchi:
- GMP
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Kategoriya:
Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Jigar faoliyatini buzilishlarida oldini oluvchi, himoyalovchi va davolash vositasi sifatida quyidagilarda qoʻllanadi:
jigar kasalliklarini oldini olish;
jigarning surunkali yalligʻlanish kasalliklari;
jigarni alkogolli va nur taʼsiridagi shikastlanishi;
jigarni toksik shikastlanishi;
turli etiologiyaga ega jigarning yogʻli degeneratsiyasi;
jigar sirrozida tutib turuvchi davolash (yoki majmuaviy davolash tarkibida);
NYAQV, antibiotiklar va boshqa dorilarni uzoq muddat qibul qilgandan keyin.
Foydalanish uchun barcha ko'rsatkichlar
jigar kasalliklarini oldini olish;
jigarning surunkali yalligʻlanish kasalliklari;
jigarni alkogolli va nur taʼsiridagi shikastlanishi;
jigarni toksik shikastlanishi;
turli etiologiyaga ega jigarning yogʻli degeneratsiyasi;
jigar sirrozida tutib turuvchi davolash (yoki majmuaviy davolash tarkibida);
NYAQV, antibiotiklar va boshqa dorilarni uzoq muddat qibul qilgandan keyin.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Barcha kontrendikatsiyalar
Sariqlik va oʻt-tosh kasalligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida faqat koʻrsatmalar boʻyicha qabul qilinadi.
18 yoshgacha boʻlgan bolalarda preparatni qoʻllash samaradorligi va xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Davolash, oldini olish va tutib turuvchi davolash uchun GEPATO-Ritz 1 kapsuladan kuniga 3-marta buyuriladi.
Kasallikni ogʻir kechishida ikki hafta davomida 2 kapsuladan kuniga 3-marta buyuriladi, keyinchalik davolash kursi 1 kapsuladan kuniga 3-martalik tutib turuvchi doza bilan davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi 1-3 oy. Davolash kursi 1-3 oylik interval bilan takrorlanadi. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish lozim. Kapsulalar chaynamasdan, koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.

Preparat yaxshi oʻzlashtiriladi. Kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatiladi.
GEPATO-Ritz preparatini dorilar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.
Preparatning bir kapsulasi 140 mg dogʻli rastoropsha (Silybum marianum) ning quruq ekstrakti, 100 mg qonchoʻp (Chelidonium majus) ning quruq ekstrakti va 25 mg sariq imbirning suyuq ekstrakti va 40 mg letsitin saqlaydi.
Yordamchi moddalar: jelatinlangan kraxmal (Uni-pure DW-L), mikrokristallik sellyuloza, laktoza, magniy stearati.

GEPATO-Ritz oʻsimliklardan olinadigan majmuaviy preparat.
Oʻt-safro haydovchi va spazmolitik taʼsirga ega gepatoprotektor. Preparat jigar faoliyatini normallashtiradi, ishtaha va ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi.
GEPATO-Ritz ning taʼsiri preparat komponentlarining umumiy samarasi bilan bogʻliq. Dogʻli rastoropshada saqlanadigan flavonoid silibinin jigarning oʻtkir va surunkali intoksikatsiyalarida gepatoprotektorlik taʼsirini namoyon qiladi, xujayralar membranasini mustahkamlaydi va ularning parchalanishiga toʻsqinlik qiladi. Oqsillar va fosfolipidlar sintezini ragʻbatlantirib, jarohatlangan gepatotsitlarning regeneratsiyasini tezlashtiradi. Xujayraga baʼzi gepatotoksik moddalarning kirishiga va alkogolning taʼsiriga toʻsqinlik qiladi.
Xelidonin qonchoʻpning eng muhim alkaloidlaridandir. U ogʻriqni qoldiruvchi, spazmolitik va oʻt-safro haydovchi taʼsir koʻrsatadi. Erkin radikallarning bogʻlanishi hisobiga antioksidant taʼsir koʻrsatadi, gepatotsitlarning regeneratsiyasiga yordam beradi.
Kurkumin – sariq imbirning faol moddasi – kuchli yalligʻlanishga qarshi vosita, jigarning intoksikatsiyani kamaytiradi, oʻt pufagi ishini, oʻt-safro ishlab chiqarilishi va ajralishini yaxshilaydi. Jigarning detoksikatsion faoliyatini oshiradi, ichak infeksiyalarining baʼzi qoʻzgʻatuvchilariga nisbatan bakteritsid va bakteriostatik faollikka ega.
Letsitin jigar xujayralari membranalarining regeneratsiyasi va biologik strukturalarini hosil boʻlishi va mustahkamlanishi uchun zarur boʻlgan, almashtirib boʻlmaydigan fosfalipidlarning majmuasidir. Jigarning turli kasalliklarida letsitin limfotsitlarning sitotoksik taʼsirini va gepatotsitlarning nekrozini kamaytiradi. Oqsil va yogʻ almashinuvini meʼyorlashtiradi, jigarning xujayra strukturasini himoyalaydi, limfotsitlar va makrofaglarning immun faoliyatini tiklaydi.

Dozani oshirib yuborish simptomlari taʼriflanmagan.
Chiqarish shakllari
Gepato dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Gepato dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Gepato dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?
Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar