Glutamedning aptekalardagi narxlari
GLUTAMED tabletkalari N30
|
|
5 ta dorixonada bor
|
95 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Glutamed ko'rsatmalar
- Maxsus shartlar
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakologik ta'sir
- Maxsus saqlash sharoitlari
Maxsus shartlar
Misning endogen yetishmovchiligida o`sish jarayoni sekinlashadi, gipotrofiya, aorta elastinining degenerativ o`zgarishlari, pigmentatsiya va me`da – ichak buzilishlari, eritrositlarning yemirilishini tezlashishi kuzatiladi, organizmning fermentiv va gormonal faolligi pasayadi.
Misning surunkali yetishmovchiligida esa skeletdagi o`zgarishlar (raxitda kuzatiladigan holatlarga o`xshash) bilan kechuvchi osteogenezning buzilishi, uzun suyaklarning oxirlarini yemirilishi yuz beradi.
Yo`dning organizmdagi yetishmovchiligi qalqonsimon bez o`lchamlarining kattalashuvi va endemik bo`qoqni keltirib chiqaradi.
Yo`d yetishmovchiligida xolsizlik, uyqusirash, tajanglik yoki tushkunlik holatlari kuzatiladi, bosh tez- tez og`riydi, xotira zaiflashadi, aqliy imkoniyat kamayadi, immun tizimining zaiflashuvi kuzatiladi.
Ayollardagi yo`d yetishmovchiligi menstrual siklning buzilishi, bepushtlik rivojlanishiga olib keladi, erta klimaks kelib chiqishi mumkin.
Preparat yo`riqnomada ko`rsatilgan do`zalarda qo`llanilganida inson organizmining mis va yo`d kabi xayot uchun muhim mikroelementlarga bo`lgan sutkalik extiyojini to`liq qondiradi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o`tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozirovkasi
Terapevtik vosita sifatida katta yoshdagi bemorlarga ichga, ovqatlanishdan 1,5- 2 soat oldin 1 och- xavorang va 1 oq tabletkadan kuniga 2 marta yoki 2 och- xavorang va 2 oq tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi. Davolash kursi 15-30 kun.
Zarur xolatlarda davo kursi uzaytirilishi yoki qo`shimcha davo kurslari belgilanishi mumkin.
Nojo'ya samaralari
Preparat yaxshi o`zlashtiriladi, nojo`ya ta`siri aniqlanmagan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Glutamedni tirostimulin bilan birga qo`llash tez klinik samaraga erishishga yordam beradi, chunki bu ikkala preparat o`zaro sinergist hisoblanadi. Bu ikkala preparatni tashkil qiluvchi komponentlari qalqonsimon bezda kechadigan endogen gormonogenezni o`zaro bog`liq bosqichlarini rag`batlantiradi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 tabletka saqlaydigan faol moddalar:
och-xavorang tabletka - glutamed - 0,002g,
oq tabletka - kaliy yo`did - 131 mkg (100 mkg element yo`dga ekvivalent doza).
Yordamchi moddalar: Qand, kraxmal, kalsiy stearat yoki stearin kislotasi
Farmakologik ta'sir
Preparat o`z tarkibida ikki xil biofaol moddalar tabletkalarini saqlaganligi sababli keng qamrovli farmakologik xossalarga ega.
Qalqonsimon bezi follikulini epiteliy xujayralariga kaliy yo`did tabletkalari tarkibidagi yo`didlar kirganida, yo`did - gidroksidaza fermentini ta'siri ostida element yo`d hosil qilib oksidlanadi va tirozin molekulasi tarkibiga qo`shiladi. Bunda tireoglobulindagi tirozin radikallarining bir qismi yo`dlanadi va natijada tironinlar hosil bo`ladi, ularning asosiylari tiroksin va uchyo`dtironinlardir. Tironinlar tireoglobulin oqsili bilan kompleks hosil qilib qalqonsimon bez follikulini kolloidida yeg`iladi.
Organizmga fiziologik miqdorlarda kirayotgan yo`d endemik bo`qoq (ovqatda yo`dni yetishmovchiligi bilan bog`liq bo`lgan) rivojlanishini oldini oladi.
Glutamed tarkibiga kiruvchi mis qon hosil bo`lish, osteogenez, pigmentatsiya va keratizatsiya jarayonlari uchun zarurdir. Misning roli uni qator gormon va fermentlar qurilishidagi ishtiroki bilan belgilanadi, shu jumladan tireoid gormonlar sintezida muhim rol o`ynaydigan transaminazalarning ham. Bunda mis diyo`dtirozining shiff asoslari bilan kompleks hosil qiluvchi element rolini bajaradi. Mis o`zining bunday xususiyatlari hisobiga yo`dning o`zlashtirilishi va uni gormonogenez jarayonlariga jalb qilinishini kuchaytiradi.
Mis biologik oksidlanish va ATF generatsiyasi jarayonlarida, biriktiruvchi oqsillarni (kollagen va elastin) sintezini va temir metabolizmini boshqaradi, glikoliz va to`qima nafasini ham faollashtiradi. U temirni gemm tarkibiga kiritilishini katalizlaydi, eritrositlarning erta bosqichlardagi rivojiga ko`maklashadi. Qondagi xolesterin darajasini kamaytiradi va elastinning ko`ndalang bog`lanishi uchun zarur bo`lgan desmozin va izodesmozin sintezida ishtirok etishi hisobiga aorta devorlarining yemirilishini bartaraf qiladi.
Mis ta`sirida organizmda A va E, B guruhi vitaminlarining to`planishi yuz beradi, yog` almashinuvi me`yorlashadi, organizmning immunobiologik barqarorligi oshadi.
Glutamedning tarkibiy qismi bo`lgan glutamin kislotasi asetilxolin sinteziga, kaliy ionlarining tashilishiga yordam beradi, bosh miyaning oq va kulrang moddalaridagi oqsil va karbon suvlar almashinuvida ishtirok qiladi, bosh miya faoliyatini energiya bilan ta`minlanishida muxim rol o`ynaydi. Miya to`qimasining hujayralarida amalga oshuvchi va ATF ko`rinishida to`planuvchi energiyani ajralib chiqarilishi bilan kechuvchi oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida muhim rol o`ynaydi, neyromediator va boshqa vazifalarni bajaradi.
Glutamin kislotasining ahamiyatli xossalaridan biri uning tireoglobulin yo`dpeptidlari tarkibiga kirishligi, qalqonsimon bez gormonlari sintezining asosiy jarayonlaridan hisoblangan qayta aminlanishning faol komponenti bo`lishligi bilan ham belgilanadi.
Glutamedning yuqori klinik samarasi uning qalqonsimon bezda kechadigan gormonogenezning axamiyatli jarayonlariga bo`lgan ijobiy ta`siri bilan belgilanadi.
Preparat qalqonsimon bezda gormon hosil qilish jarayonlarida ishtirok etadigan fermentlarning faolligini oshirish orqali tireoid gormonlar sintezini jadallashtiradi. Oqibatda tireoid gormonlar sintezining dastlabki bosqichlaridan bo`lgan yo`dning tirozil xaqasiga birikishi jadallashadi, va endogen gormonogenezning ahamiyatli transaminlash bosqichi faollashadi.
Glutamed qalqonsimon bezning struktur tuzilishiga normallashtiruvchi ta`sir etadi. Preparatning bunday ta`siri yangi va kichik o`lchamli folikulalarning shakllanishi va tirositlarning sekretor faolligining ortishi orqali namoyon bo`ladi.
Preparat jigarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni stimullaydi. Buning natijasida tiroksinning qalqonsimon bezning yuqori faol gormoni bo`lgan uchyo`dtironinga periferik aylanishi qisqa muddatlarda tiklanadi.
Glutamed va kaliy yo`did tabletkalarini tireoid etiologiyali kasalliklarda birga qo`llanilganda qalqonsimon bezning gormon hosil qilish xususiyatining tiklanishi bilan kechuvchi davolash faolligi qisqa muddatda va yuqori samarada namoyon bo`ladi va bu o`z navbatida TTG miqdorining normallashuviga olib keladi.
Glutamed tugunli bo`qoqda tugunlarning o`lchamini qisqarishiga, hatto ularni yo`qolgunicha tez va samarali yordam beradi.
Preparat ta`siri ostida gipotireozning asosiy klinik belgilarini: bo`g`ilish va tomoqda luqmaning tiqilib qolishi xissi, sochlarni to`kilishi, holsizlik, terini qurishi, mehnat qobiliyatini pasayishi va h.k. tezda yo`qolishi kuzatiladi.
Preparat immunmodullovchi, antioksidant va qon hosil qilish faolliklariga egadir.
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq va yorug`likdan himoyalangan joyda, 25о C yuqori bo`lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Chiqarish shakllari