GRIPXOTning aptekalardagi narxlari
GRIPXOT tabletkalari N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
56 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
GRIPXOT vishillovchi granulalar N12
|
|
209 ta dorixonada bor
|
40 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
96 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
15 200 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
GRIPXOT ko'rsatmalar
Gripp
Shamollash
Rinitlar (mavsumiy va yil bo'yi kechadigan allergik rinit, noallergik
eozinofil rinit, vazomotor rinit)
Yuqori nafas yo'llarining infektsiyalarini: faringit,
sinusit, bronxit va laringit) simptomatik davolash uchun qo'llanadi.
Xlorfeniramin 6 yoshdan kichik bolalarda markaziy nerv tizimini paradoksal rag'batlanishini chaqirishi mumkin. Prostata bezining giperplaziyasi, og'ir glaukoma, o'tkir astma, giperterioidizm, og'ir gipertenziya, yurak aritmiya va serebrovaskulyar buzilishlari bo'lgan shaxslarga buyurish mumkin emas. Oksalamin sitrati bolalarda gallyutsinatsiya, ko'ngil aynashi va qusish chaqirishi mumkin.
Bolalarda qo'llanishi: 6 yoshdan kichik bolalarda qo'llash mumkin emas.
Paratsetamol: og'riq qoldiruvchi ta'siri 30 minutdan keyin boshlanadi. 1-2 soat davomida maksimal kontsentratsiyaga erishadi; ta'sirining davomiyligi 3-4 soat davom etadi. Paratsetamolning 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi.
Xlorfeniramin maleati: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatidan yaxshi so'riladi. Ta'siri 15-60 minutdan keyin namoyon bo'ladi. 3-6 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishadi va 24 soat davomida buyrak orqali chiqariladi. Plazma oqsillari bilan 60% bog'lanadi.
Fenilefrin gidroxloridi: peroral qabul qilinganidan 15-20 minutdan keyin ta'siri namoyon bo'ladi va 4 soat mobaynida davom etadi. Fenilefrin me'da-ichak yo'llaridan so'riladi va metabolizmga uchraydi. Ichakda to'liq so'rilishiga qaramay, fenilefrin og'iz bo'shlig'ining shilliq qavati orqali to'liq so'riladi. Fenilefrin ichak va jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Asosan ichakdagi metabolizmi tufayli fenilefrin sulьfatning kon'yugatiga aylanadi va monoaminooksidaza fermentining ta'siriga uchraydi. Metabolizmga uchramagan fenilefrin va uning metabolitlari organizmdan chiqariladi.
Oksalamin sitrati: o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan 10%, neytral moddalar ko'rinishida 0,6% chiqariladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Haydovchilarga va faoliyati yuqori diqqatni talab etadigan shaxslarga preparat buyurilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Homiladorlik (S toifasi)
Homiladorlik davrida qo'llanishi xavfsizligi aniqlanmagan.
Laktatsiya
Laktatsiya davrida preparatni qo'llanishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun bu davrda preparatni qo'llash ma'qul emas.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GRIPXOTtm
GRIPHOTtm
Preparatning savdo nomi: Gripxottm
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, fenilefrin gidroxloridi, oksalamin sitrati, xlorfeniramin maleati;
Dori shakli: vishillovchi granulalar
Tarkibi:
Har bir paket quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol – 500 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, oksalamin sitrati – 100 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;
yordamchi moddalar: vino kislotasi, limon kislotasi, natriy bikarbonati, natriy karbonati, xinolin sarig‘i, limon aromatizatori, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.
Ta‘rifi: oq yoki sariq limon ta‘mli va hidli bir hil granulalar: oquvchan kukun.
Farmkoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik (ftorxinolonlar guruhi)
ATX kodi: N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Gripxot og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, antigistamin va dekongestiv samaralarga ega. Shamollash, tumov, gripp va yuqori nafas yo‘llarining nospesifik infeksiyalarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Farmakodinamikasi
Parasetamol analgetik va antipiretik ta‘sirlarga ega. Prostaglandinlar sintezini ingibirlab, ogriqqa bo‘lgan periferik reseptorlarning sezuvchanligini kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati antigistamin va antimuskarin ta‘sirlarga ega. Gistamin N1-reseptorlarini raqobatli bloklab allergiya belgilarni kamaytiradi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, o‘rtacha bronxolitik ta‘sir ko‘rsatadi, ko‘z yoshi oqishini, ko‘z va burunni qichishini bartaraf qiladi.
Fenilefrin NSl dekongestiv ta‘sirga ega. Fenilefrin – kuchli tomir toraytiruvchi preparat bo‘lib, bevosita va bilvosita simpatomimetik ta‘sir ko‘rsatadi. Post – adrenoreseptorlarning agonisti hisoblanadi. Fenilefrinni qo‘llanishi burun shilliq qavatining tomirlarini torayishga yordam beradi, bu burundan chiqadigan ajralmani kamayishiga olib keladi.
Oksalamin sitrati – periferik ta‘sirga ega sintetik yo‘talga qarshi vosita. Nafas yo‘llarining afferent nerv oxirlarining sezuvchanligini kamaytirib, yo‘tal markaziga impulsni o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi.
Farmakokinetikasi
Parasetamol: Og‘riq qoldiruvchi ta‘siri 30 minutdan keyin boshlanadi. 1-2 soat davomida maksimal konsentrasiyaga erishadi. Ta‘siri 3-4 soat davom etadi. Parasetamolning 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Axlat bilan chiqariladi.
Xlorfeniramin maleat og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali yaxshi so‘riladi. Ta‘siri 15-60 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. 3-6 soatdan keyin maksimal konsentrasiyaga erishadi. 24 soat davomida buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishda chiqariladi. Plazma oqsillari bilan 60% bog‘lanadi.
Fenilefrin gidroxloridi Peroral qabul qilinganidan 15-20 minutdan keyin ta‘siri namoyon bo‘ladi va taxminan 4 soat davom etadi. Fenilefrin me‘da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va metabolizmga uchraydi. Ichakda qisman so‘rilishiga qaramay, fenilefrin og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali to‘liq so‘riladi. Fenilefrin ichakda metabolizmga uchrab, MAO ta‘sirida sulfatlangan kon‘yugatlarga aylanadi. Metabolizmga uchramagan fenilefrin va uning kon‘yugatlari siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- tumov (o‘tkir virusli rinit);
- gripp;
- shamollash;
- rinitlar (mavsumiy va yil bo‘yi kechadigan allergik rinit, noallergik eozinofil rinit, vazomotor rinit);
- yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalarini simptomatik (faringit,sinusit, bronxit va laringit) davolash uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir paket ichidagisi 2/3 stakan issiq suvda eritiladi, aralashtiriladi va issiq holda qo‘llanadi.
Grippxot 6 soat tanaffus bilan qo‘llanadi,kuniga maksimum 4 doza.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, me‘dada og‘riq, asabiylashish, og‘izni qurishi, teri toshmasi, havotirlanish, ishtaxani pasayishi, terlash, taxikardiya, quloqlarni shang‘illashi, fotosensibilizasiya, siydik chiqarishni qiyinlashishi kuzatiladi.
Bunday holatlar doza kamaytirilganida yoki preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni uning ingredientlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda, jigar, buyrak va yurak faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas. Xlorfeniramin 6 yoshdan kichik bolalarda MNTni paradoksal rag‘batlanishga olib kelishi mumkin. Preparatni prostataning giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma, gipertireoidizm, gipertoniyaning og‘ir shakli, aritmiyalar, serebrovaskulyar buzilishlari bo‘lgan bemorlarda extiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Bolalarda oksalamin qabul qilinganida ko‘ngil aynashi, qusish va gallyusinasiyalar bo‘lishi mumkin. MAO ingibitorlarini birga qabul qilish mumkin emas yoki preparatni MAO ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilgandan kamida 3 xaftadan keyin buyurish lozim.
Pediatriyada ishlatilishi: 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki preparatning yo‘talga qarshi va vazopressor samarasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi
Homiladorlik (S toifasi)
Homiladorlik vaqtida qo‘llanilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan.
Laktasiya:
Emizikli ayollarda ishlatilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun emizish vaqtida qo‘llash ma‘qul emas.
Transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Haydovchilar va ishlari yuqori diqqatni talab qilinadigan shaxslarga buyurilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollarini erta davrida qusishni chaqirish va me‘dani yuvish kerak. Bolalarda qusishni chaqirishda aspirasiya ehtimolini hisobga olish kerak. Magniy gidroksidini qo‘llash mumkin. Kechki davrida dozani oshirib yuborilish belgilarining og‘irligiga ko‘ra, simptomatik davolash (vena ichiga eritmalar, kislorod) o‘tkaziladi. Gipotoniyada vazopressorlarni buyurish mumkin, ammo adrenalinni emas, chunki u AB ni
yanada tushirishi mumkin. Analeptiklar ham qo‘llanmaydi, chunki ular konvulsiyalarga olib kelishi mumkin. Og‘iz orqali N-asetilsistein parasetamolning maxsus antidoti xisoblanadi.
Chiqarilish shakli:
GrippXot vishillovchi granulalari bir dozali paketda, №12 o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz
Gripxot 6 soat tanaffus bilan, kuniga maksimum 4 doza qo'llanadi.
faol moddalar: paratsetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxloridi - 10 mg, oksalamin sitrati - 100 mg, xlorfeniramin maleati - 2 mg;
yordamchi moddalar: vino kislotasi, limon kislotasi, natriy bikarbonati, natriy karbonati, xinolin sarig'i, limon aromatizatori, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.
Xlorfeniramin maleati: antigistamin va antimuskarin ta'sirlarga ega. Antimuskarin ta'siri hisobiga tumovni kamaytiradi, nafasni yengillashtiradi, yo'tal refleksini asosiy sabablarini bartaraf etadi. N1- gistamin retseptorlarini bloklab, yuqori nafas yo'llarining allergiyalarida simptomatik yaxshilanishni ta'minlaydi.
Fenilefrin gidroxloridi: dekongestiv ta'sirga ega. Kuchli tomir toraytiruvchi preparat bo'lib, bevosita va bilvosita simpatomimetik ta'sir ko'rsatadi. Postsinaptik – alьfa-adrenoretseptorlarning agonisti. Terapevtik dozalarda vazokonstriktor ta'sir ko'rsatadi. Fenilefrinni mahalliy yoki peroral qo'llanishi burun shilliq qavatining tomirlarini torayishiga yordam beradi. Shishga qarshi ta'siri hisobiga burundan chiqadigan ajralmani kamaytiradi.
Oksalamin sitrati: periferik ta'sirga ega yo'talga qarshi sintetik vosita.
Nafas yo'llarining afferent nerv oxirlarining sezuvchanligini kamaytirib, yo'tal markaziga impulьsni o'tkazilishiga to'sqinlik qiladi.
Chiqarish shakllari