Grippostad ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GRIPPOSTAD® RINO
GRIPPOSTAD RHINO
Preparatning savdo nomi Grippostad® Rino
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ksilometazolin
Dori shakli burun tomchilari (bolalar uchun)
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: ksilometazolin gidroxloridi – 0,5 mg,
Yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi 50% li eritma, limon kislotasi monogidrati, natriy sitrati digidrati, gliserin 85% (gliserol), tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsizdan biroz bo‘yalgangacha bo‘lgan, ko‘rinarli yot zarrachalardan holi, hidsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: antikongestiv vosita – vazokonstriktor (alfa-adrenomimetik).
ATX kodi: R01AA07
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ksilometazolin – imidazolin hosilasi, alfa2-adrenoreseptorlarining rag‘batlan-tiruvchisidir. Burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining qon tomirlarining toraytiradi, buning natijasida shilliq qavatining shishi va giperemiyasi kamayadi. Rinitlarda burundan nafas olishni yengillashtiradi. Ta‘siri 5-10 minutdan keyin boshlanadi va 10 soatgacha davom etadi.
Nafas yo‘llarining shilliq qavatini kiprikli epiteliyining faoliyatini buzmaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi, plazmadagi konsentrasiyasi shunchalik kamki, xatto uni zamonaviy tahlil usullari bilan aniqlashning iloji yo‘q.
Qo‘llanilishi
O‘tkir allergik rinit, rinit ko‘rinishlari bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklar, sinusit, pollinoz, o‘rta otit (burunxalqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun). Bemorni burun yo‘llaridagi diagnostik muolajalarga tayyorlash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Burun ichiga. Emizikli bolalar va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – har bir burun yo‘ligi 0,05% li eritma 1-2 tomchidan kuniga 1 yoki 2 marta; kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Shifokor belgilagan hollardan tashqari hollarda, Grippostad® Rino 5 kundan ortiq ishlatilishi mumkin emas. Preparatni birnecha kundan keyin takror ishlatish mumkin. Davolashning davomliligini shifokor belgilaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘p marta (kuniga 4 martadan ortiq) va/yoki uzoq vaqt (7 kundan ortiq) qo‘llanganida – burunxalqum shilliq qavatining ta‘sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, sanchiq, aksirish, gipersekresiya.
Kam – burun shilliq qavatining shishi, yurak urishi, taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni oshishi, bosh og‘rig‘i, qusish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi; depressiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, tireotoksikoz, bosh miya pardalaridagi jarrohlik aralashuvlari (anamnezdagi).
Qandli diabetda, feoxromositomada, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Monoaminooksidaza ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bilan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash lozim.
Uzoq vaqt davomida (7 kundan ortiq), masalan, surunkali rinitda qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat to‘g‘ri qo‘llanganida preparatning dozasini oshirib yuborish mumkin emas, chunki preparat mahalliy qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi. Biroq tavsiya etilgan dozalar bir necha marta oshirilganida nojo‘ya ta‘sirlarining kuchayishi kuzatiladi.
Davolash: simptomatik.
Chiqarilish shakli
Grippostad® Rino, burun tomchilari 0,05% li eritma 10 ml dan polipropilen himoya qopqoqchali, pipetka bilan jihozlangan qahrabo rangli shisha flakonda. Har bir flakon preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«SHTADA Arsnaymittel AG», Germaniya
Shtadashtarasse 2-18
D-61118 Bad Vilbel, Germaniya,
tel.: (+49) 6101-60 30,
faks: (+49) 6101-60 32 59
Internet: http:www.stada.de
Marketing va distribusiya
«NIJFARM» OAJ, Rossiya
Iste‘molchilarning e‘tirozlari quyidagi manzilga yuborilsin:
603950, Rossiya, Nijniy Novgorod sh.
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
tel. (8312) 278-80-88, faks (8312) 430-72-28
Internet: http//www.nizhpharm.ru
Chiqarish shakllari