Imudonning aptekalardagi narxlari
IMUDON MAL tabletkalari N40
|
|
3 ta dorixonada bor
|
80 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
IMUDON AKSAN tabletkalari N40
|
|
16 ta dorixonada bor
|
72 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
IMUDON tabletkalari N40
|
|
286 ta dorixonada bor
|
89 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
149 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
60 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Imudon ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
IMUDON®
IMUDON
Preparatning savdo nomi: Imudon®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN):
bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi [L. acidophilis + delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. Nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] &
Dori shakli: shimish uchun tabletkalar
Tarkibi:
Preparat polivalent antigen majmuasi bo‘lib, bakteriyalarning lizatlarini aralashmasidir, uning tarkibi og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumda eng ko‘p yallig‘lanish jarayonlarini chaqiruvchi qo‘zg‘atuvchilarga mos keladi.
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: Imudon® (bakteriyalarning lizatlarini aralashmasi) – 2,7 mg (quruq moddaga hisoblanganda):
shu jumladan bakteriya lizatlari: [L. acidophilis + L. delbrueckii ss lactis + L. helveticus + L. fermentum + S. pyogenes groupe A + S. sanguis groupe H + S. aureus + E. faecium + E. faecalis + K. pneumoniae ss pneumoniae + F. nucleatum ss fusiforme + C. pseudodiphtheriticum + C. albicans] – 0,1575 mg.
yordamchi moddalar:
glisin – 2,0 mg, natriy dezoksixolati- 0,53 mg, tiomersal – 0,0125 mg dan ko‘p emas
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik shaklli, silliq yaltiroq yuzali, chetlari qiya, yalpiz hidli tabletkalar, biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: immunrag‘batlantiruvchi vosita.
ATX kodi: L03AX
Farmakologik xususiyatlari
Otorinolaringologiyada, stomatologiyada mahalliy qo‘llash uchun kelib chiqishi bakterial bo‘lgan immunrag‘batlantiruvchi preparat. Fagositozni faollashtiradi, immunkompetent xujayralarning miqdrini oshishiga yordam beradi, lizosim va interferonni ishlab chiqarilishini, so‘lakda immunoglobulin A ni oshiradi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olishda qo‘llanadi:
- faringit;
- surunkali tonzillit;
- tonzilektomiyaga tayyorlash va operasiyadan keyingi davr;
- yuzaki va chuqur parodontozlar, parodontit, stomatit (shu jumladan aftozli), glossit;
- eritematoz va yarali gingivit;
- og‘iz bo‘shlig‘ining disbakteriozi;
- tishlar olib tashlanganidan, sun‘iy tish ildizlarini implantasiyasidan keyingi infeksiyalar;
- tish protezlari chaqirgan yaralanish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun.
Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida va surunkali kasalliklarni zo‘rayishida preparat kuniga 8 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar og‘iz bo‘shlig‘ida 1-2 soat oraliq muddat bilan (chaynamasdan) shimiladi. Davolash kursining davomiyligi o‘rtacha 10 kun.
Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning surunkali yallig‘lanish kasalliklarini oldini olish uchun preparat kuniga 6 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar har 2 soatda og‘iz bo‘shlig‘ida (chaynamasdan) so‘riladi. Kurs davomiyligi 20 kun. Imudon bilan yiliga 3-4 marta profilaktik kurslarni o‘tkazish tavsiya etiladi.
3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun.
Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarini zo‘rayishini davolashda, shuningdek oldini olish preparat kuniga 6 tabletkadan qabul qilinadi. Tabletkalar har 1-2 soat oralig‘ida og‘iz bo‘shlig‘ida (chaynamasdan) shimiladi. O‘tkir kasalliklarda davolash kursining davomiyligi 10 kun, surunkali kasalliklarni zo‘rayishini oldini olish uchun – 20 kun.
Preparat bilan profilaktik davolash kursini yiliga 3-4 marta o‘tkazish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda preparatni qo‘llash allergik reaksiyalar (toshma, eshakemi, angionevrotik shish), me‘da-ichak yo‘llari tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari) haroratni oshishi, bronxial astmani zo‘rayishi, yo‘tal bilan kechishi mumkin. Juda kam hollarda preparatni qo‘llash tugunli eritema, gemorragik vaskulit, trombositopeniyani rivojlanishi bilan kechish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatga yoki uning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- autoimmun kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Aniqlanmagan. Imudon® ni boshqa guruh dori vositalari bilan ishlatish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
- 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar tabletkalarni kattalarning majburiy kuzatuvi ostida shimishlari kerak!
- Imudon qo‘llanganidan keyin preparatning samaradorligini pasaytirmaslik uchun ovqat va suvni qabul qilmaslik, shuningdek bir soat davomida og‘izni chaymaslik kerak.
- Tuzsiz yoki kam tuzli parhezga rioya qiluvchi pasientlarga preparat buyurilganida 1 tabletka Imudon 15 mg Na+ saqlashini hisobga olish kerak.
- Bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarga, ularda bakterial lizatlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilish kasallikning zo‘rayishini (bronxial astma xurujlari) chaqiradi, shuning uchun preparatni qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va laktasiya davri
- Imudonni homilador ayollarda ishlatish bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas. Hayvonlardagi muvofiq eksperimental ma‘lumotlar va epidemiologik tekshirishlar mavjud emas.
- Imudon® ni homiladorlik yoki lktasiya davrida qabul qilish tavsiya qilinmagan.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Davolash davrida avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni qanday bo‘lmasin cheklashlarning zaruratini ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llashga yaroqsiz
- O‘rami buzilganida (blister).
- Noaniq yorliqda.
- Preparatning yaroqlilik muddati tugagandan keyin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Imudonning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
8 tabletkadan kompozision material poliamid alyuminiy PVX va bosma laklangan alyuminiy folga kontur uyali o‘ramda (blister).
8 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
SP 3.3.2.1248-03 muvofiq 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari