INAGRAning aptekalardagi narxlari
INAGRA-100 tabletkalari N4
|
|
4 ta dorixonada bor
|
20 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
30 000 so'mdan
Bron qilish
|
INAGRA tabletkalari 100mg N4
|
|
2 ta dorixonada bor
|
13 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
INAGRA ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
INAGRA 100
INAGRA 100
Preparatning savdo nomi: Inagra 100
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sildenafil sitrati.
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 100 mg sildenafil (sitrati ko‘rinishida);
yordamchi moddalar: kalsiy gidrofosfati, kalsiy fosfati, kraxmal, jelatin, metilparaben, propilparaben, pasta shaklidagi kraxmal, suv, talk, magniy stearati, kolloidli kremniy dioksidi, natriy karboksimetilkraxmali, makkajo‘xori kraxmali; qobig‘i: titan dioksidi, indigokarmin, temir (III) oksidi, Ponso 4R, suv.
Ta‘rifi: rombsimon, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “100” yozuvi bosilgan, qizil-jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: erektil disfunksiyada qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi: G04BE03
Farmakologik xususiyatlari
Sildenafil sitrati spesifik 5 tur fosfodiesterazaning (FDE 5) kuchli va selektiv ingibitoridir.
Jinsiy rag‘batlantirish vaqtida g‘ovak tanadan azot oksidining (NO) ajralib chiqishi jinsiy olat ereksiyasining fiziologik mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. NO guanilatsiklaza fermentini faollashtiradi, bu esa siklik guanozin monofosfat (sGMF)ning darajasini oshishiga va muvofiq ravishda, tanadagi silliq mushaklarni bo‘shashishiga olib keladi, buning oqibatida jinsiy olatda qon oqimi kuchayadi.
Sildenafil izolyasiyalangan g‘ovak tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, balki g‘ovak tanadagi sGMFni parchalanishiga mas‘ul bo‘lgan FDE 5 ni ingibisiya qilishi orqali, shu to‘qimaga NO ning bo‘shashtiruvchi ta‘sirini faol ravishda kuchaytiradi. Bu sGMF miqdorini oshishiga olib keladi, natijada silliq mushaklar bo‘shashadi va g‘ovak tanadagi qon oqimi kuchayadi.
Shuning uchun jinsiy rag‘batlantirish bo‘lmaganida Sildenafilni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llash samarasiz.
Farmakokinetikasi
Sildenafilning farmakokinetikasi ichga qabul qilingan dozalar diapazoniga bog‘liq.
Preparatning metabolizmi asosan jigarda (asosan sitoxrom R450 3A4 izofermenti yordamida) xususiyatlari bo‘yicha sildenafilga o‘xshash bo‘lgan faol metabolitlarni hosil bo‘lishi bilan amalga oshiriladi.
Preparat me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparat ichga, och qoringa qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyaga (Cmax) 30-120 minut (o‘rtacha 60 min) davomida erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 41% (23-63%) ni tashkil qiladi. Sildenafil yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganida uning so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga uzayadi, Smax esa 29% ga kamayadi.
Sildenafilning muvozanat holatidagi taqsimlanish hajmi (Vd) o‘rtacha 105 litrni tashkil qiladi, bu uning to‘qimalarga taqsimlanishini ko‘rsatadi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-desmetil metabolitining taxminan 96 % plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Sildenafilni qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilar spermasida qabul qilinganidan so‘ng 90 minutdan keyin dozaning 0,002% dan kamroq qismi (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan.
Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari sitoxrom R450 3A4 (asosiy yo‘l) va sitoxrom R450 2S9 (qo‘shimcha yo‘l) ta‘siri ostida metabolizmga uchraydi. Sildenafilni N-demetillanish yo‘li orqali hosil bo‘luvchi asosiy aylanib yuruvchi metaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi. FDE ga nisbatan bo‘lgan ta‘sirining selektivligi bo‘yicha metabolit sildenafil bilan bir xil, in vitro sharoitlarida FDE5 ga nisbatan faolligi esa sildenafilning faolligini taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metabolitning plazmadagi konsentrasiyasi sildenafilning konsentrasiyasini taxminan 40% ni tashkil qiladi. Sildenafilni organizmdagi umumiy klirensi soatiga 41 l, yarim chiqarilish davrini terminal bosqichi (T½) 3-5 soat. Metabolitlari ko‘rinishida asosan axlat bilan (ichga qabul qilingan dozaning taxminan 80%) va kam miqdorda siydik bilan (ichga qabul qilingan dozaning taxminan 13%) chiqariladi.
Maxsus klinik holatlardagi farmakokinetikasi.
Qon plazmasida sildenafilning darajasini oshishiga (AUC) quyidagi omillar ta‘sir ko‘rsatadi:
– 65 yoshdan oshgan kattalar (AUC darajasi 40% ga oshadi);
– jigar funksiyasining yetishmovchiligi (masalan, jigar sirrozida 84%ga);
– og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) <30 ml/min, 100%ga);
– sitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (masalan, eritromisin 182%, sakvinavir 210%).
Qo‘llanilishi
Jinsiy olatning, jinsiy aloqadan qoniqish uchun yetarli bo‘lgan, ereksiyasiga erishish yoki saqlab turish xususiyatini yo‘qligi bilan xarakterlanadigan buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Sildenafil faqat jinsiy qo‘zg‘alish bo‘lganidagina ta‘sir qiladi!
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Ko‘pchilik pasientlar uchun tavsiya qilinadigan doza 50 mg ni tashkil etaadi, preparat jinsiy faollikdan taxminan 1 soat, yog‘li ovqat qabul qilgandan keyin esa jinsiy faollikdan 1,5-2 soat oldin qabul qilinadi. Samaradorligi va o‘zlashtira olinishini hisobga olib, dozani 100 mg gacha oshirish yoki 25 mg gacha pasaytirish mumkin. Maksimal tavsiya qilinadigan qabul qilishlar soni sutkada 1 marta.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlar odatda o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, yengil yoki o‘rtacha darajada namoyon bo‘ladi.
Dozani tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlarda noxush ko‘rinishlarni xarakteri fiksasiyalangan dozalar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlardagi bilan bir hil, chunki bunday tadqiqotlar tavsiya etilgan qo‘llash sxemasini yaxshi aks ettiradi.
Umuman organizm tomonidan: asteniya, og‘riqlar, qorinda og‘riq, belda og‘riq, infeksiya, grippsimon sindrom.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: vazodilatasiya belgilari.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: belda og‘riq, artralgiyalar, mialgiyalar.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, mushak tonusini oshishi, uyqusizlik.
Nafas tizimi tomonidan: burunni bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llarining infeksiyalari, nafas faoliyatini buzilishi.
Allergik reaksiyalar: toshma.
Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni o‘zgarishi (engil va o‘tkinchi; asosan jismlar rangini o‘zgarishi, shuningdek yorug‘lik qabul qilishni kuchayishi va ko‘rish o‘tkirligini buzilishi), kon‘yunktivit.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, prostata bezi funksiyasini buzilishi.
Postmarketing kuzatishlarda davomli ereksiya va/yoki priapizm hollatlari haqida xabar olingan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Azot oksidi donatorlari organik nitratlarn yoki nitratlarning har qanday shakllarini, doimiy yoki vaqti-vaqti bilan qabul qiladigan bemorlarda preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki sildenafil nitratlarni doimo yoki shoshilinch holatlarida qo‘llanganida ularning gipotenziv ta‘sirini kuchaytiradi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
In vivo sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda sitoxrom R450 3A4 ning nospesifik ingibitori bo‘lgan simetidin (800 mg) tekshirishlarda sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida sog‘lom ko‘ngillilarning plazmasida preparatning konnsentrasiyasini 56% ga oshirgan.
Sildenafil 100 mg sitoxrom R450 3A4 ning spesifik ingibitori eritromisin (eritromisin 500 mg dan sutkada 2 marta 5 kun davomida qabul qilinganida) bilan bir vaqtda qabul qilishi, eritromisinning qondagi doimiy konsentrasiyasiga erishishi fonida, sildenafilning (AUC) ni 182% oshishiga olib kelgan.
Shuningdek, sildenafil 100 mg OITV-proteaza va sitoxrom R450 3A4 ingibitori bo‘lgan sakvinavir (sakvinavir 1200 mg dan sutkada 3 marta qabul kilinganida) bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sakvinavirning qondagi doimiy konsentrasiyaga erishishi fonida, sildenafilning maksimal konsentrasiyasi 140% ga, AUC esa 120% ga oshishi kuzatilgan. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmagan.
OITV-proteaza ingibitori va sitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan Ritonavirni (500 mg dozada sutkada 2 marta) va sildenafil bilan (100 mg dozada bir marta) bir vaqtda qabul qilish, ritonavirning qondagi doimiy konsentrasiyasiga erishish fonida Smax 300% ga (4 martaga), AUC esa 1000% (11 martaga) oshgan. 24 soat keyin sildenafilning qon plazmasidagi konsentrasiyasi 200 ng/ml ni (faqat sildenafil bir marta qo‘llanganida 24 soatdan keyin qiyosiy konsentrasiyasi 5 ng/ml ni tashkil etgan) tashkil etgan. Bu Ritonavirni sitoxrom R450 substratlari hisoblangan bir qator preparatlarga bo‘lgan ta‘siri bilan muvofiq keladi. Sildenafil ritonavirning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Klinik tadqiqotning natijalarini populyasion farmakokinetik tahlil qilish sitoxrom R450 3A4 ingibitorlari (ketokonazol, itrakonazol, eritromisin kabi) bir vaqtda qabul qilinganida sildenafilning klirensini pasayishini ko‘rsatdi.
Antasidlarni (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilish, sildenafilning biokiraolishligiga ta‘sir qilmagan.
Sildenafilning klinik tadqiqotlarida ishtirok etgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarining natijalari shuni ko‘rsatdiki, sitoxrom R450 2S9 ingibitorlari (tolbutamid, varfarin kabilar), sitoxrom R450 2D6 ingibitorlari (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar), tiazidlar va tiazidga o‘xshash diuretiklar, halqali va kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kalsiy antagonistlari sildenafilning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmaydi.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda sildenafilni (100 mg) va amlodipin bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Asetilsalisil kislotasi (150 mg) qabul qilinganida sildenafil (50 mg) qon ketish vaqtini qo‘shimcha uzayishini chaqirmagan.
Sildenafil (50 mg) sog‘lom ko‘ngillilarda etanolning qondagi maksimal miqdori o‘rtacha 80 mg/ml bo‘lganida, etanolning gipotenziv ta‘sirini kuchaytirmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yurak kasalliklarida jinsiy faollik ma‘lum darajada xavf tug‘diradi; shuning uchun sildenafil bilan davolashni boshlashdan oldin yurak-qon tomir tizimini tekshirish lozim.
Klinik tadqiqotlarda sildenafil arterial bosimni o‘tkinchi pasayishiga olib keluvchi tizimli tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatgan. Shifokor preparatni buyurishdan oldin qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirining kelib chiquvchi noxush ko‘rinishlar xavfini turli yondosh kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa, jinsiy faollik fonida, sinchiklab baholash kerak.
Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik chap qorincha obstruksiyasi (masalan, aortal stenoz, gipertrofik kardiomiopatiya), shuningdek arterial bosim (AB) ni avtonom nazoratini og‘ir buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan, turli tizimlarning kam uchraydigan ko‘p sonli atrofiyasi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi.
Sildenafilni qo‘llash xavfsizligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, preparatni quyidagi pasientlar guruhida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim:
– miokard infarktini o‘tkazgan, bosh miyada qon aylanishini buzilishi bo‘lgan, shuningdek so‘nggi 6 oy davomida hayotiga xavf soluvchi aritmiyasi bo‘lgan pasientlar;
– ortostatik gipotenziya (AB 90/50), yoki gipertenziya (AB170/110) bilan xastalangan pasientlar.
– nostabil stenokardiya bilan bog‘liq bo‘lgan yurak yetishmovchiligi va yurak ishemik kasalligi bilan xastalangan pasientlar.
– to‘r pardada fosfodiesteraza sintezi bilan bog‘liq nasliy buzilishlari bo‘lgan nasliy pigmentli retinit.
– jinsiy olatning anatomik deformasiyasi (masalan, angulyasiya, g‘ovaksimon tana fibroz yoki Peyroni kasalligi) bo‘lgan bemorlar va priapizmani rivojlanishiga olib keluvchi kasalliklari (o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘psonli mieloma yoki leykemiya) bo‘lgan pasientlar.
Ereksiyani buzilishini davolash uchun mo‘ljallangan preparatlarni, jinsiy faollik mumkin bo‘lmagan erkaklarga buyurish mumkin emas. Bundan tashqari, sildenafilni ereksiyani buzilishini davolash uchun mo‘ljallangan boshqa dorilar bilan majmuada qo‘llanganida uning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, shuning uchun ularni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat 65 yoshdan oshgan bemorlarda, jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, shuningdek sitoxrom R450 3A4 ingibitorlari (masalan, eritromisin, sakvinavir) bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda, sildenafilning plazmadagi miqdorini oshishi yuz beradi. Bu ham preparatning samarasini oshishiga, ham nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday bemorlar guruhiga preparatni sutkada 25 mg dozada buyurish maqsadga muvofiqdir.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.
Preparat ayollar va bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Ayollarda homiladorlik va laktasiya davrida adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.
Preparat bosh aylanishi va ko‘rishni buzilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanishdan oldin, pasientlar preparatga nisbatan o‘z reaksiyalarini baholashlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatni 800 mg gacha bo‘lgan dozada bir marta qabul qilinganda noxush ko‘rinishlari sildenafil kichikroq dozalarda qabul qilinganidagi noxush ko‘rinishlari bilan bir xil bo‘lgan, ammo nisbatan ko‘proq uchraygan.
Davolash: zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi va siydik bilan chiqarilmaydi.
Chiqarilishi shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 4 tabletka, Al/PVX blisterda.
1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari