Indovazinning aptekalardagi narxlari
INDOVAZIN gel 45g N1
|
|
146 ta dorixonada bor
|
36 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
36 500 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Indovazin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
INDOVAZIN®
INDOVASIN
Preparatning savdo nomi: Indovazin®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): indometasin. trokserutin
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel.
Tarkibi:
1 g gel quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 30 mg indometasin va 20 mg trokserutin;
yordamchi moddalar: karbomer, dinatriy edetati, natriy benzoati, makrogol 400, izopropanol, dimetilsulfoksid, Fresco BM & GD R.08.0932.1 xushbo‘yi, tozalangan suv.
Ta‘rifi: sariqdan sariq-jigarrang rangligacha bo‘lgan, biroz tovlanvchi gel.
Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi va antirevmatik vositalar. Sirka kislotasi hosilalari. Indometasin majmuada.
ATX kodi: M01AV51.
Farmakologik xususiyatlari
Indovazin gel majmuaviy dori vositasi bo‘lib, uning tarkibiga indometasin va trokserutin kiradi.
Indometasin yaqqol yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va shishga qarshi ta‘sirga ega.
Trokserutin kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va venalarning tonusini oshiruvchi ta‘sir namoyon etadi.
Teriga ishqalab surtilgandan keyin gel teriga va teri osti to‘qimalariga oson kirib, yallig‘lanishni kamaytiradi va og‘riqni yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi
- Surunkali venoz yetishmovchilikni (venalarni kengayishi) – shish, oyoqlardagi og‘irlik va og‘riq hissini simptomatik davolashda;
- yuzaki tromboflebit, flebit; flebitdan keyingi holatlarda;
- gemoroidal kasallikni majmuviy davolashda;
- yumshoq to‘qimalarning revmatizmi: tendovaginit, bursit, fibrozit, periartritda;
- jarrohlik aralashuvlaridan keyingi shishlarda, kontuziyalarda, bo‘g‘imlarni chiqishlari, paylarni cho‘zilishida qo‘llanadi.
TO‘G‘RI QO‘LLASH BO‘YICHA MA‘LUMOT
Qo‘llash usuli va dozalari
Indovazinni mazkur ilova-varaqaning yo‘riqnomalariga muvofiq qo‘llang. Agar biron-bir narsaga ishonch xosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Preparat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
4-5 sm gel shikastlangan sohaga kuniga 3-4 marta yupqa qilib yengil ishqalovchi harakatlar bilan surtiladi. Umumiy sutkalik miqdori 20 sm dan oshmasligi lozim. Davolash davomiyligi 10 kundan oshmasligi lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Barcha dori preparatlari kabi Indovazin gel, garchi hammada bo‘lmasa-da, nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin.
Mahalliy reaksiyalar: Teri tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari – kontakt dermatit, qichishish, qizarish, toshma, surtilgan joyda issiqlik va achishish hissi bo‘lishi mumkin.
Tizimli reaksiyalar: Juda kam hollarda tananing katta sohalarida davomli qo‘llanganida nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin;
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar – ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riqlar, jigar fermentlarining darajasini oshishi;
Immun tizimi tomonidan buzilishlar – o‘ta yuqori sezuvchanlik simptomlari (anafilaksiya, astmatik xuruj, angioedema).
Agar Sizda biron-bir nojo‘ya reaksiyalar aniqlansa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering. Ushbu ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan reaksiyalarga taalluqli.
DORI VOSITASINI QO‘LLASHNI BOSHLASHDAN OLDINGI ZARUR MA‘LUMOTLAR
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning tarkibiga kiruvchi ta‘sir etuvchi moddaga yoki biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- NYAQV (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga) yuqori sezuvchanlik;
- Indovazinni ochiq jarohatlarga, shilliq qavatlarga, og‘iz bo‘shlig‘iga, ko‘z kon‘yunktivasiga surtish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kortikosteroid vositalari bilan, ularning ulserogen ta‘sirini kuchaytirishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ogohlantirishlar
14 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki ularda qo‘llanilishi mumkinligi haqida yetarli to‘plangan klinik tajriba yo‘q.
Preparatni asetilsalisil kislotasiga yoki boshqa NYAQV ga anamnezida yoki isbotlangan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarga, bronxial astma, allergik rinit yoki boshqa atopik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Qonda faol moddalarning konsentrasiyasini oshib ketishi xavfi tufayli, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak faol yarasi va jigar va buyrakning og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda preparatni uzoq vaqt, ayniqsa terining katta sohalarida qo‘llashni cheklash lozim.
Gelni 10 kundan ortiq qo‘llangan xollarda leykositlar va trombositlar darajasini laborator nazoratini o‘tkazish lozim.
Pasientlarning ayrim guruhlari uchun ogohlantirishlar
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Nazoratlangan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlarini yo‘qligi tufayli homilador va emizikli ayollarda Indovazin gelni qo‘llash mumkin emas. Uni faqat foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan baholanganidan keyingina qo‘llash mumkin.
Bolalar: 14 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki ularda preparatning xavfsizligi va samaradorligi isbotlanmagan.
Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Mashinani boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Yordamchi moddalar to‘g‘risida ma‘lumot
Indovazin geli yordamchi moddalar sifatida natriy benzoati va dimetilsulfoksid saqlaydi. Natriy benzoati teri, ko‘zlar va shilliq qavatlarga ta‘sirlovchi samara ko‘rsatishi mumkin. Dimetilsulfoksid teriga ta‘sirlovchi samara ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Uzoq muddatli (10 kundan ortiq) qo‘llanilganida pasientni kuzatish tavsiya etiladi, chunki gepatotoksiklik va qon quyilish belgilari rivojlanishi mumkin, leykositlar va trombositlar darajasini laborator nazoratini amalga oshirish lozim.
Behosdan yutib yuborilganida og‘izda achshish hissi, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar – og‘iz bo‘shlig‘i va me‘dani yuvish, zarurati bo‘lganida – simptomatik davolash.
Ko‘zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yarali yuzalarga tushganida mahalliy ta‘sirlanish – ko‘z yoshini oqishi, qizarish, achishish, og‘riq kuzatiladi.
Zarur chora-tadbirlar – shikastlangan sohani suv va fiziologik eritmaning katta miqdori bilan shikoyatlar yo‘qolguncha yoki kamayguncha yuvish.
Chiqarilish shakli
45 g dan membranali alyumin tubalarda. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 (ikki) yil.
Tuba birinchi marta ochilgandan keyin yaroqlilik muddati – 6 oy.
Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari