IVF-C ko'rsatmalar
• Гонадотропинларга олдиндан аллергик реакцияси бўлган пациентлар.
• Эрта жинсий ривожланган пациентларга қўллаш мумкин эмас.
Эҳтиёткорлик билан
IVF-C ни қуйидаги пациентларга эҳтиёткорлик билан қўллаш керак:
• простатомегалияси бўлган пациентлар;
• тутқаноқ, мигрень, астма, юрак ёки буйрак касалликлари бўлган пациентлар.
Организмда суюқликни ушланиб қолиши, шишлар пайдо бўлиши кузатилиши мумкин, чунки андрогенлар синтези шунга олиб келади.
5000 ХБ: 1, 3, 5, 10, 20 флакон эритувчили флакон билан комплектда.
Кўп ҳомилали ҳомиладорликни ривожланиш хавфи мавжуд, бу ҳақида пациентларга эртароқ хабар бериш керак.
Агар пациентда қоринда оғриқ, дискомфорт, қусиш, люмбаго ва бошқалар каби субъектив белгилар мавжуд бўлса, унинг аҳволини текшириш керак.
Агар пациентда тухумдон ўсмаси бўлса, уни ички текширув ёрдамида тасдиқлаш керак.
Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишдатилмасин.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
IVF-C
Preparatning savdo nomi: IVF-C
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): odam xorionik gonadotropini
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma 1000 XB, 5000 XB
Tarkibi:
Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1000 XB yoki 5000 XB odam xorionik gonadotropini,
yordamchi modda: D-mannitol – 20,0 mg;
erituvchi: natriy xloridining steril izotonik eritmasi.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli liofilizasiya qilingan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: gipofiz, gipotalamus gormonlari va ularning analogi
ATX kodi: G03GA01
Farmakologik xususiyatlari
IVF-C – homilador ayollarning siydigidan ajratib olingan, tozalangan odam xorionik gonadotropini (OXG) preparati. OXG – odam yo‘ldoshidan olinadigan suvda eruvchan polipeptid gormondir. OXG gipofizning LG kabi, lyuteinlovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Shuningdek OXG follikulalarni stimulyasiya qiluvchi faollikka ham ega.
Erkaklarda IVF-C androgenlar sintezi uchun urug‘donlardagi interstisial hujayralarni (Leydig hujayralarini) rag‘batlantirish uchun, ayollarda hayz siklining ikkinchi fazasida sariq tananing funksional butunligini saqlab turish va progesteron sekresiyasini rag‘batlantirish uchun qo‘llanadi.
Sun‘iy ravishda urug‘lantirilganda, IVF-C ni follikulalarni yakuniy rivojlanishi hamda maturasiyasi va ovulyasiyani rag‘batlantirish uchun qo‘llash kerak. Demak, IVF-C ni Urofollitropin yoki IVF-M (Menotropin) qo‘llagandan keyin, follikula maturasiyasidan so‘ng yuborish kerak.
Qo‘llanilishi
Gipogonadotropik buzilishlar; kriptorxizm, gipogonadizm, gipogonadotrop yevnuxoidizm, sperma asteniyasi, azoospermiya, gipomenoreya (uzaygan follikulyar fazasi), gipermenoreya yoki gemorragik metropatiya, xavf tug‘diruvchi bola tashlash, oddiy abort, asosiy va ikkilamchi amenoreya yoki anovulyator siklda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
Kriptorxizm, gipogonadizm, gipogonadotrop yevnuxoidizm:
Agar maxsus ko‘rsatmalar berilgan bo‘lmasa, IVF-C 5000 XB yoki 1000 XB ni mushak ichiga kunora yetarli vaqt davomida yuborish kerak.
IVF-C bilan davolanish vaqtida haddan tashqari gonadal rivojlanish va erta jinsiy yetilishdan saqlanish uchun sinchkov nazorat o‘tkazilishi kerak va ayniqsa nazorat yosh pasientlarni davolashda talab etiladi.
Sperma asteniyasi, azoospermiya:
IVF-C 5000 XB dozada menotropinni 500 XB dozasi bilan majmuada, har kuni 90-120 kun davomida yuborish kerak.
Gipomenoreya (uzaygan follikulyar fazasi):
IVF-C 1000 XB dozada hayz ko‘rish siklini kutilgan kunigacha har kuni bir hafta davomida yuborish kerak.
Gipermenoreya yoki gemorragik metropatiya
IVF-C 1000 XB dozasini hayz ko‘rish siklining ikkinchi haftasi davomida yuborish kerak. Katta dozasini faqat shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq yuborish mumkin.
Xavfli bola tashlash:
IVF-C 5000 XB dozasini darhol yuborish kerak va so‘ngra dozasini bola tashlash xavfi yo‘qolgunicha kuniga ikki marta takrorlash mumkin. Natijada, dozasi 1000 XB gacha kamaytirilishi va haftada ikki marta yuborilishi kerak.
Oddiy abort:
IVF-C 5000 XB dozasini homiladorlikning 2-3 oylari davomida kunora yuborish kerak va 1000 XB dozasi navbatdagi 2 oy davomida yuborilishi kerak.
Asosiy va ikkilamchi amenoreya yoki anovulyator sikl:
Tuxumdonlar gipopituitarizm tomonidan chaqirilgan yoki tuxumdonlarni gipofizar gonadotropinga sezuvchanligi pasaygan davrda shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra menotropinning yetarli miqdorini yuborish orqali rag‘batlantirilishi kerak.
Estrogenning miqdori yetarli darajaga erishilmagunicha yuborishni davom ettirish kerak. Ovulyasiya IVF-C ni kuniga 2000 dozasi navbatdagi 1-2 kun davomida uzluksiz ravishda yuborish orqali chaqirilishi kerak.
Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar
Yuborish (qo‘llash) uchun tayyorlash: xorionik gonadotropinning 1 flakonini o‘ramining to‘plamiga kiruvchi 0,9% li steril natriy xlorid eritmasining 1 ml da eritish va mushak ichiga (m/i) darhol yuborish kerak. Agar tayyorlangan eritma o‘zida yod zarrachalarni saqlasa yoki ranggi o‘zgargan bo‘lsa, yuborish mumkin emas. Qolgan eritmani ishlatish mumkin emas.
Yuborishdagi ehtiyotkorliklar
- In‘eksiya joyidagi og‘riq mushak ichiga yuborish oqibatida bo‘lishi mumkin.
- Etanol ta‘sirida preparatda cho‘kma hosil bo‘lishi mumkinligi tufayli, shprisni dezinfeksiyadan so‘ng ko‘p bo‘lmagan erituvchi bilan chayish kerak.
- Tayyorlangan eritma darhol ishlatilishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Shok: shok juda kam hollarda kuzatilishi mumkinligi tufayli, yetarli darajada nazorat qilish kerak. Agar yuzni qizarishi, jig‘ildon qaynashi, hansirash kuzatilsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolash o‘tkazilishi kerak.
Allergiya: toshmalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Psixonevrologik tizim: bosh aylanishi, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, depressiya, toliqish kuzatilishi mumkin.
Qon tomir tizimi: kam hollarda qon tomirlar trombozi va bosh miya qon tomirlar trombozi rivojlanishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida uzluksiz yuborish: giperseksuallik, jinsiy olatni doimiy ereksiyasi, akne va ginekomastiya erkaklarda kuzatilishi mumkin, traxifoniya, politrixiya, klitorizm, akne kabi maskulyanizasiya belgilari ayollarda kuzatilishi mumkin.
Boshqalar: agar prepubertat yoshdagi pasientlarni davolash vaqtida erta jinsiy yetilish belgilari rivojlansa, preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Prostata bezi karsinomasi yoki androgenlarga bog‘liq boshqa neoplazmasi bo‘lgan pasientlar va ushbu tashxisga shubha qilingan pasientlar.
- Gonadotropinlarga oldindan allergik reaksiyasi bo‘lgan pasientlar.
- Erta jinsiy rivojlangan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
IVF-C ni quyidagi pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak:
- prostatomegaliyasi bo‘lgan pasientlar;
- tutqanoq, migren, astma, yurak yoki buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlar.
Organizmda suyuqlikni ushlanib qolishi, shishlar paydo bo‘lishi kuzatilishi mumkin, chunki androgenlar sintezi shunga olib keladi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar IVF-S preparati tuxumdonlar faoliyatini rag‘batlantiruvchi gormon (FSG) bilan majmuada yoki undan keyin buyurilsa, tuxumdonlar o‘smasi, shishgan tuxumdonni yorilishi, assit, gidrotoraks bilan kechuvchi Meigs sindromi kabi kuchli reaksiya rivojlanishi mumkin va bundan tashqari, qonda gormonning konsentrasiyani oshishi yoki qon ivishini oshishi oqibatida tromboz, miya infarkti rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar xorionik gonadotropin ayollardagi bepushtlikni davolashda tuxumdonlarni rag‘batlantiruvchi gormonal terapiya bilan majmuada yoki undan keyin ishlatilsa, tuxumdonni shishi, shishgan tuxumdonni yorilishi, assit, plevra effuziyasi bilan kechuvchi Meigs sindromi kabi tuxumdonni o‘ta qo‘zg‘alishi rivojlanishi mumkin.
Ko‘p homilali homiladorlikni rivojlanish xavfi mavjud, bu haqida pasientlarga ertaroq xabar berish kerak.
Agar pasientda qorinda og‘riq, diskomfort, qusish, lyumbago va boshqalar kabi sub‘ektiv belgilar mavjud bo‘lsa, uning ahvolini tekshirish kerak.
Agar pasientda tuxumdon o‘smasi bo‘lsa, uni ichki tekshiruv yordamida tasdiqlash kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishdatilmasin.
Chiqarilish shakli
1000 XB: 1, 3, 10, 20 flakon erituvchili flakon bilan komplektda.
5000 XB: 1, 3, 5, 10, 20 flakon erituvchili flakon bilan komplektda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan, salqin joyda, 15°S dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Крипторхизм, гипогонадизм, гипогонадотроп евнухоидизм:
Агар махсус кўрсатмалар берилган бўлмаса, IVF-C 5000 ХБ ёки 1000 ХБ ни мушак ичига кунора етарли вақт давомида юбориш керак.
IVF-C билан даволаниш вақтида ҳаддан ташқари гонадал ривожланиш ва эрта жинсий етилишдан сақланиш учун синчков назорат ўтказилиши керак ва айниқса назорат ёш пациентларни даволашда талаб этилади.
Сперма астенияси, азооспермия:
IVF-C 5000 ХБ дозада менотропинни 500 ХБ дозаси билан мажмуада, ҳар куни 90-120 кун давомида юбориш керак.
Гипоменорея (узайган фолликуляр фазаси):
IVF-C 1000 ХБ дозада ҳайз кўриш циклини кутилган кунигача ҳар куни бир ҳафта давомида юбориш керак.
Гиперменорея ёки геморрагик метропатия
IVF-C 1000 ХБ дозасини ҳайз кўриш циклининг иккинчи ҳафтаси давомида юбориш керак. Катта дозасини фақат шифокорнинг кўрсатмасига мувофиқ юбориш мумкин.
Хавфли бола ташлаш:
IVF-C 5000 ХБ дозасини дарҳол юбориш керак ва сўнгра дозасини бола ташлаш хавфи йўқолгунича кунига икки марта такрорлаш мумкин. Натижада, дозаси 1000 ХБ гача камайтирилиши ва ҳафтада икки марта юборилиши керак.
Оддий аборт:
IVF-C 5000 ХБ дозасини ҳомиладорликнинг 2-3 ойлари давомида кунора юбориш керак ва 1000 ХБ дозаси навбатдаги 2 ой давомида юборилиши керак.
Асосий ва иккиламчи аменорея ёки ановулятор цикл:
Тухумдонлар гипопитуитаризм томонидан чақирилган ёки тухумдонларни гипофизар гонадотропинга сезувчанлиги пасайган даврда шифокорнинг кўрсатмасига кўра менотропиннинг етарли миқдорини юбориш орқали рағбатлантирилиши керак.
Эстрогеннинг миқдори етарли даражага эришилмагунича юборишни давом эттириш керак. Овуляция IVF-C ни кунига 2000 дозаси навбатдаги 1-2 кун давомида узлуксиз равишда юбориш орқали чақирилиши керак.
Қўллаш бўйича кўрсатмалар
Юбориш (қўллаш) учун тайёрлаш: хорионик гонадотропиннинг 1 флаконини ўрамининг тўпламига кирувчи 0,9% ли стерил натрий хлорид эритмасининг 1 мл да эритиш ва мушак ичига (м/и) дарҳол юбориш керак. Агар тайёрланган эритма ўзида ёд заррачаларни сақласа ёки рангги ўзгарган бўлса, юбориш мумкин эмас. Қолган эритмани ишлатиш мумкин эмас.
Юборишдаги эҳтиёткорликлар
1) Инъекция жойидаги оғриқ мушак ичига юбориш оқибатида бўлиши мумкин.
2) Этанол таъсирида препаратда чўкма ҳосил бўлиши мумкинлиги туфайли, шприцни дезинфекциядан сўнг кўп бўлмаган эритувчи билан чайиш керак.
3) Тайёрланган эритма дарҳол ишлатилиши керак.
Аллергия: тошмалар пайдо бўлганида препаратни қўллашни тўхтатиш керак.
Психоневрологик тизим: бош айланиши, қўзғалиш, уйқусизлик, депрессия, толиқиш кузатилиши мумкин.
Қон томир тизими: кам ҳолларда қон томирлар тромбози ва бош мия қон томирлар тромбози ривожланиши мумкин.
Узоқ вақт давомида узлуксиз юбориш: гиперсексуаллик, жинсий олатни доимий эрекцияси, акне ва гинекомастия эркакларда кузатилиши мумкин, трахифония, политрихия, клиторизм, акне каби маскулянизация белгилари аёлларда кузатилиши мумкин.
Бошқалар: агар препубертат ёшдаги пациентларни даволаш вақтида эрта жинсий етилиш белгилари ривожланса, препаратни қўллаш тўхтатилиши керак.
Таркиби:
Бир флакон қуйидагиларни сақлайди:
фаол модда: 1000 ХБ ёки 5000 ХБ одам хорионик гонадотропини,
ёрдамчи модда: D-маннитол – 20,0 мг;
эритувчи: натрий хлоридининг стерил изотоник эритмаси.
Эркакларда IVF-C андрогенлар синтези учун уруғдонлардаги интерстициал ҳужайраларни (Лейдиг ҳужайраларини) рағбатлантириш учун, аёлларда ҳайз циклининг иккинчи фазасида сариқ тананинг функционал бутунлигини сақлаб туриш ва прогестерон секрециясини рағбатлантириш учун қўлланади.
Сунъий равишда уруғлантирилганда, IVF-C ни фолликулаларни якуний ривожланиши ҳамда матурацияси ва овуляцияни рағбатлантириш учун қўллаш керак. Демак, IVF-C ни Урофоллитропин ёки IVF-M (Менотропин) қўллагандан кейин, фолликула матурациясидан сўнг юбориш керак.
Chiqarish shakllari