IZIGEL ko'rsatmalar
Farmakoterapevtik guruh:
- Противовоспалительное средство местного действия
Ishlab chiqaruvchi:
- GMP
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Kategoriya:
Faol modda:
Foydalanish uchun ko'rsatmalar
Shish, zarb, paylarni choʻzilishi, mushaklar rigidligi yoki boʻgʻimlarni boshqa kontrakturalari, lyumbago va boʻgʻimlarni chiqishidan keyin paydo boʻladigan choʻzilishlar bilan kechuvchi, boʻgʻim va mushaklardagi ogʻriqlarni davolash uchun mahalliy simptomatik vosita.
Foydalanish uchun barcha ko'rsatkichlar
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Ibuprofen va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Gelni ochiq jarohatlar, shilliq qavatlar yoki ekzematoz teri, shuningdek teri quyosh nurlari taʼsirida shikastlangan yuzasiga surtish mumkin emas.
Preparatni astma xurujiga moyilligi boʻlganda, eshakemi yoki anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa yalligʻlanishga qarshi vositalarni qabul qilgandan keyin allergik rinit kuzatilganda qoʻllash mumkin emas.
Barcha kontrendikatsiyalar

Preparat mahalliy qoʻllanganidan soʻng preparatning yuqori konsentratsiyasi teri osti toʻqimalariga soʻriladi. Ibuprofen tizimi qon oqimiga tushmay, bevosita teri osti toʻqimalariga oʻtadi.
Klinik xavfsizlik boʻyicha maʼlumotlar
Oʻtkazilgan klinik sinovlarning tajribalariga asoslanib, preparatning tavsiya etilgan dozalarini toʻgʻri qoʻllash qoidalariga rioya qilinganida, preparatni xavfsizligi boʻyicha muammolar extimoli kam.

Faqat sirtga qoʻllash uchun moʻljallangan.
Preparatni faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak.
Koʻzga tushishidan saqlanish kerak.
Terining ishlov berilgan sohalariga quyosh nurlari va ultrabinafsha nurlarini tushishidan saqlanish kerak.
Terining ishlov berilgan sohalariga boshqa mahalliy preparatlar qoʻllanilmasin.
12 yoshgacha boʻlgan bolalarga qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Uzoq vaqt davomida va/yoki terining katta soxalarini davolash uchun qoʻllash mumkin emas.
Agar ogʻriq 7 kundan ortiq (bolalarda 5 kun) davom etsa, taʼsirlanish yoki xolatini yomonlashishi bilan namoyon boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobilyatiga taʼsir qilmaydi.

Mahalliy qoʻllanganida soʻrilishi minimal darajada ekanligini hisobga olib, homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qoʻllash tavsiya etilmaydi, faqat qatʼiy koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllanadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.
Faqat sirtga qoʻllash uchun moʻljallangan.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: preparatning yupqa qavati ogʻriqli sohaga kuniga 3-4-marta qoʻyiladi va teriga yengil surtiladi.
Preparatni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar:
birinchi marta ishlatilganida, tyubikni ochish uchun qopqogʻidan foydalaning (qopqoqchasini aylantiring va qopqoqchasining tashqi yuzasidagi maxsus moslama yordamida tyubikning boshchasidagi himoya folgasini qopqoqchasi bilan bosib oching);
gelni terining ogʻriqli soxalariga yengil uqalash yordamida surting va oxirigacha soʻrilib ketgunicha ishqalang;
preparat har safar ishlatilganidan keyin qoʻllarni yaxshilab yuving.

Barcha preparatlar kabi, Izigel 50 mg/g gel nojoʻya samaralarni chaqirishi mumkin, biroq bu nojoʻya samaralar hamma patsiyentlarda ham namoyon boʻlmaydi.
Eritema, dermatit, mahalliy taʼsirlanish, qichishish (terining ishlov berilgan sohalarida) kuzatilishi mumkin, ular preparatni qoʻllash toʻxtatilganidan soʻng yoʻqoladi. Fotosensibilizatsiya ham boʻlishi mumkin. Boshqa nojoʻya samaralar paydo boʻlganida, preparat qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparatni boshqa preparatlar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan, xatto mahalliy qoʻllanganida ibuprofen tizimli taʼsir koʻrsatadi va nazariy jihatdan olganda, gel boshqa NYAQV bilan bir vaqtda qoʻllanganida nojoʻya samaralari kuchayishi mumkin.
Nomutanosibligi nomaʼlum.
Bir gramm Izigel saqlaydi:
Faol modda: 50 mg faol modda – ibuprofen.
Yordamchi moddalar: izopropil spirti, diizopropanolamin, polietilenglikol, karbomer, mentol va tozalangan suv.

Mahalliy ogʻriq qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi.
Taʼsir mexanizmi siklooksigenaza fermentini ingibirlash orqali prostaglandinlar biosintezini susaytirishi bilan bogʻliq.

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Gel odam organizmiga bexosdan tushganida dozani oshirib yuborilishini quyidagi simptomlari bosh aylanishi, spazm, gipotenziya va ongni susayishi rivojlanishi mumkin.
Davolash: meʼdani yuvish (qabul qilingandan soʻng faqat birinchi soatni davomida) va faollashtirilgan koʻmir qabul qilish. Qabul qilgandan soʻng 1 soatdan koʻp vaqt oʻtganida ishqoriy vositalarni qoʻshish yordamida elektrolitlar muvozanatini toʻgʻrilash kerak, chunki ibuprofenning spetsifik antidoti mavjud emas.

Chiqarish shakllari
O'xshash dori vositalari
IZIGEL dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IZIGEL dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IZIGEL dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: ARAFARMA, ООО tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ushbu dori vositasi qanday kasallikni davolash uchun ishlatiladi?
Yallig'lanishga qarshi