Izikarning aptekalardagi narxlari
IZIKAR eritma 1000mg/5ml N5
|
|
5 ta dorixonada bor
|
109 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Izikar ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
IZIKAR
IZIKAR
Preparatning savdo nomi: Izikar
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Levokarnitin
Dori shakli: Ichga qabul qilish uchun eritma.
Tarkibi:
10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: Levokarnitin – 1 g.
Yordamchi moddalar: 70% sorbitol eritmasi, metilparaben Ye218, saxarin natriy, suvsiz natriy sitrati, apelsin hushbo‘yi, xlorid kislotasi (kerakli rN darajasini hosil qilish uchun), tozalangan suv.
Ta‘rifi: Tiniq, rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan, apelsin hidli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi: A16AA01
Farmakologik xususiyatlari
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun preparat. L-karnitin – V guruhi vitaminlariga yaqin bo‘lgan tabiiy modda. Moddalar almashinuvi jarayonlarida, sitoplazmadan hujayra membranalari orqali mitoxondriyaga uzun zanjirli yog‘ kislotalarni (shu jumladan, palmitin) tashuvchisi sifatida ishtirok etadi, u yerda bu kislotalar oksidlanadi (beta-oksidlanish) va katta miqdordagi metabolik energiyani (ATF shaklida) hosil qiladi. Qonninng ishqoriy zahirasini to‘ldiradi, gemodinamikaning serebral autoregulyasiyasini tiklanishiga va shikastlangan sohani qon bilan ta‘minlanishini oshishiga yordam beradi, shikastlangan o‘choqda reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta‘sir ko‘rsatadi. Neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatadi, apoptozning rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini cheklaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi. Oqsil va yog‘ almashinuvini me‘yorlashtiradi, tananing ortiqcha vazni, hamda mushaklardagi yog‘larning miqdorini kamaytiradi, jismoniy yuklamalarga chidamlilikni va harakat faolligini oshiradi. Me‘da va ichak shirasining sekresiyasini va fermentativ faolligini oshiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda oshgan asosiy almashinuvni me‘yorlaydi.
Farmakokinetikasi
Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalarga kiradi, skelet mushaklarida va miokardda yuqori konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Buyraklar orqali (24 soatda 80% dan ko‘prog‘i) asosan asil efirlari ko‘rinishida chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.
Qo‘llanilishi
Preparat karnitin tanqisligida kattalar, bolalar va chaqaloqlarda qo‘llanadi:
- karnitinni ikkilamchi tanqisligida (gemodializ o‘tkazgan buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida bo‘lgan, uning sarflanishi keskin oshishi bilan bo‘lgan gipoksiyada, difteriyada, skelet mushaklarining kuchsizligi va miopatiyali pasientlarda);
- to‘liq parenteral ovqatlanishda bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalarda;
- anoreksiyada, bolalarda, tana vazni yetarli darajada oshmaganida va o‘sishni kechikishida;
- o‘tkir miokard infarkti fonidagi miokardning metabolizmini buzilishi;
- kardiogen shoki oqibatidagi gipoperfuziya holatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Qo‘llashdan oldin 100 ml sovutilgan qaynatilgan suvda suyultiriladi.
Adekvat dozani aniqlash uchun plazmada va siydikda erkin va asil levokarnitinni konsentrasiyasini aniqlab, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Karnitinning plazmadagi konsentrasiyasi 35-60 mkmol/l ni tashkil etadi. Plazmada asil va erkin levokarnitinning nisbati normada 0,35 ni tashkil etadi.
Sutkalik doza pasientning yoshi va tana vazniga bog‘liq.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat sutkada 2-3 g dozada buyuriladi.
6-12 yoshdagi bolalarga – sutkada 75 mg/kg.
2-6 yoshdagi bolalarga – sutkada 100 mg/kg.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkada 150 mg/kg dozada buyuriladi.
Birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida doza moddalar alshmashinuvining tug‘ma buzilishi darajasi va davolash davrida yaqqollik darajasiga bog‘liq. Ko‘pgina hollarda ichga qabul qilish uchun tavsiya etilgan dozasi 2-4 qabulda sutkada 100-200 mg/kg ni tashkil etadi. Agar klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar yaxshilanmasa, doza qisqa muddatga oshirilishi mumkin.
O‘tkir metabolik dekompensasiyada preparat yuqori dozalarda – sutkada 400 mg/kg dozada buyuriladi.
Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlarda karnitinni ikkilamchi tanqisligida preparatini sutkada 1 g dozada samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada og‘riq hissi, dispeptik simptomlar.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushak kuchsizligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Preparatni qandli diabetda, homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida juda zarur bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni buyurishdan oldin, bemor qanday dori vositalarni qabul qilayotganini aniqlash kerak. Preparatni turli anabolik vositalari, antioksidant va/yoki antigipoksant faollikka ega bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Xolinning juda yuqori dozalari levokarnitin sintezini va faolligini tormozlaydi. Glyukokortikoidlar levokarnitinni to‘qimalarda (jigardan tashqari) to‘planishiga olib keladi. Anabolik vositalar karnitinini samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni adekvat dozasini aniqlash uchun qon plazmasida va siydikda erkin va asil levokarnitining konsentrasiyasini tekshirib, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Levokarnitin o‘rganib qolishni chaqirmaydi, chunki odam organizmining endogen moddasi hisoblanadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga preparatni yuborish, gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun, bu toifa pasientlarni preparat bilan davolash vaqtida, gipoglikemik preparatlarning dozalash tartibini darhol muvofiqlashtirish uchun qonda glyukoza miqdorini doimiy nazorat qilish lozim.
Preparat avtotransportni boshqarish qobiliyatiga va boshqa potensial xavfli faoliyat turlariga ta‘sir qilmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: diareya.
Davolash: simptomatik davolash, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma 1000 mg/10 ml, 10 ml va 50 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalar berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari