Lakrizim ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LAKRIZIM
LACRIZIM
Preparatning savdo nomi: Lakrizim
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pankreatin
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: lipaza – 10000 TB, amilaza – 8000 TB, proteaza – 600 TB, fermentativ faollikka muvofiq keluvchi pankratin – 150 mg.
yordamchi moddalar:
granulalar yadrosi: magniy stearati, povidon K-30, izopropil spirti.
granulalar qobig‘i: gidroksipropil metilsellyuloza Ye5, tozalangan suv.
kapsula qobig‘i: Spraypol L30D55, dietilftalat, talk, titan dioksidi.
Ta‘rifi: qattiq jelatin, o‘lchami №2 bo‘lgan, rangsiz, tiniq korpusli va jigarrang qopqoqli kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oqdan och sariqgacha bo‘lgan rangli, qattiq, sinuvchan, sochiluvchan, sferik granulalar (pelettalar) mavjud.
Farmakoterapevtik guruhi: Ferment ovqat hazm qilish vosita.
ATX kodi: A09AA02
Farmakologik hususiyatlari
Preparat me‘da osti bezning tashqi sekretor faoliyatining yetishmovchiligini to‘ldiradi. Pankreatik fermentdagi lipazaning faolligi yuqori bo‘lganligi sababli ovqat hazm qilish bilan bog‘liq kasalliklarni davolanishida muhim ahamiyatga ega. Pankreatinning tarkibiga kiruvchi lipaza, amilaza va proteazaning fermentlari yog‘larning, uglevodlarning va oqsillarning erishini yengillashtiradi, shu o‘rinda bu ularning ingichka ichakda yanada to‘liq so‘rilishiga olib keladi. Ovqat hazm qilishning buzilishi oqibatida kelib chiqqan simptomlarni, yani ichakda gazlarning yig‘ilganligi tufayli (me‘dadagi og‘riq va me‘daning to‘lib ketish hissi, havo yetmaslik hissi, hansirash diareya) bartaraf qiladi. Bolalarda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, me‘da, ingichka ichak, me‘da osti bezining fermentlarini, shu jumladan safro ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi. Kapsula faol fermentlarning ingichka ichakda so‘rilishiga sababchi bo‘luvchi pankreatik fermentlarning ishlashiga olib keluvchi himoya qobig‘iga ega.
Farmakokinetikasi
Pelletlarning plyonka qobig‘i faol fermentlarni me‘daning shirasini tasiridan asraydi, shu tufayli pankreatin tarkibiga kiruvchi fermentlarning ingichka ichakdagi ishqor muhitida so‘rilishiga va farmakologik ta‘sir ko‘rsatishiga yordam beradi. Ovqat hazm qiluvchi fermentlarning oz miqdori ichak yo‘li orqali chiqarib yuboriladi.
Qo‘llanilishi
Me‘da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash: surunkali pankreatit, pankreatektomiya, nurlantirishdan keyingi holat, dispepsiya, mukovissidoz; meteorizm, noinfeksion genezli diareyada qo‘llanadi.
Ovqatning hazm bo‘lishini buzilishi (me‘da va o‘n ikki barmoq ichak rezeksiyasidan keyingi holat) me‘da-ichak yo‘llarining faoliyati normal bo‘lgan shaxslarda ovqatlanishdagi buzilishlar holida, yog‘li, ko‘p miqdordagi ovqatni qabul qilish, muntazam ovqatlanmaslik, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun va chaynash faoliyatini buzilishlarida, kam harakatli hayot tarzida, uzoq muddatli immobilizasiyada va Remxeld sindromida (gastrokardial sindromi) qo‘llanadi.
Qorin bo‘shlig‘i a‘zolarini rentgenologik tekshirishlar va UTT ga tayyorlash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi yosh, simptomlarning og‘irligi va parhezning tarkibiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi. Kapsulalar ichga yetarli mikdordagi ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik (suv, meva sharbatlari) bilan birga qabul qilinadi. Agar preparatning dozasi 1 kapsuladan ko‘p bo‘lsa, kapsulalarning umumiy miqdorini yarmini bevosita ovqat qabul qilish oldidan, qolgan yarmini esa – ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. Agar bir martalik doza – 1 kapsula bo‘lsa, uni ovqat vaqtida qabul qilish kerak.
Yutish qiyin bo‘lganida (masalan, bolalar yoki keksa odamlar) kapsulani ochish va mikrogranulalarni chaynashni talab qilmaydigan ovqatga (masalan, olma pyuresi, yogurt) qo‘shib berish mumkin. Mikrogranulalarni maydalash va chaynash, shuningdek ularni rN 5,5 dan yuqori bo‘lgan ovqatga qo‘shish, ularning me‘da shirasining ta‘siridan himoya qiluvchi qobig‘ini yemirilishiga olib keladi. Mikrogranulalarning ovqat yoki suyuqlik bilan har qanday aralashmasi tayyorlangandan keyin darhol qabul qilinishi kerak.
1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yo‘l qo‘yiladigan doza – sutkada 50 000 TB; 1,5 yoshdan katta bolalalarga – sutkada 100000 TB buyuriladi.
Pankreatinni qabul qilish davomiyligi bir necha kundan (ovqat hazm qilinishining buzilishi) to bir necha oylar yoki yillargacha (davomli o‘rinbosar davolash) bo‘lishi mumkin.
Me‘da osti bezining turli xil ekzokrin yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash. Doza tashqi sekretor yetishmovchilikning darajasiga, pasientning shaxsiy ovqat yeyish odatlari va yoshiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi.
Steatoreyada (sutkada ahlatdagi yog‘ 15 g dan ko‘p).
Diareya bo‘lganida, tana vazni kamayganida va parhez jiddiy samara bermaganida – har bir ovqat qabul qilishda 25000 TB dan lipaza buyuriladi. Zarurati bo‘lganida va yaxshi o‘zlashtirilganida doza bir qabul qilishda lipazani 30000-35000 TB gacha oshiriladi. Dozani keyingi oshirilishi, ko‘pchilik hollarda davolash natijalarini yaxshilamaydi va tashxisni qayta ko‘rib chiqishni, rasionda yog‘ miqdorini kamaytirishni yoki qo‘shimcha proton nasosi ingibitorlari – preparatlarini buyurishni talab qiladi.
Diareya va tana vaznining kamayishi bilan kechmaydigan biroz namoyon bo‘lgan steatoreyada bir qabulga 10000 dan 25 000 TB gacha lipaza buyuriladi.
Mukovissidoz. 4 yoshdan kichik bolalar uchun boshlang‘ich hisobli dozasi, har bir ovqatlantirishda tana vaznining har 1 kg 1000 TB lipazani, 4 yoshdan katta bolalar uchun har bir ovqatlantirishda har 1 kg 500 TB lipazani tashkil kiladi. Doza kasallikning og‘irligi, steatoreyaning yaqqolligi va nutritiv statusga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi. Ko‘pchilik pasientlar uchun samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada tana vaznining har 1 kg 10000 TB dan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlarii
Preparat komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Preparatning yuqori dozalari ishlatilganida kam hollarda diareya, ko‘ngil aynishi, qabziyatlar, epigastral sohada diskomfort kuzatiladi. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida giperurikozuriya, giperurikemiya rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pankreatinni yoki preparatning ayrim komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Pankreatin temir preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, temirning so‘rilishini pasaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pankreatinning ancha yuqori dozalari bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalar va kattalar muntazam mutaxassis kuzatuvida bo‘lishlari kerak.
Fermentli davolashning samarasizligini asosiy sabablari: fermentlarni o‘n ikki barmoq ichakda, uning ichidagisi bilan oksidlanishi natijasida faolsizlanishi, ingichka ichakning yondosh kasalliklari (gijja invaziyalari, disbakterioz), pasientlar tomonidan tavsiya qilingan davolash tartibini bajarmaslik, o‘z faolligini yo‘qotgan fermentlarni ishlatish.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: siydikda (giperurikuriya) va qonda (giperurikemiya) siydik kislotasining miqdorini oshishi. Bolalarda – qabziyat.
Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 150 mg dan. 10 kapsuladan 1,2,3,5 ta kontur uyali o‘ramlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saklash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroklilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari