Laybotenning aptekalardagi narxlari
LAYBOTEN liofilizat 1g N1
|
|
139 ta dorixonada bor
|
144 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
180 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
155 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Layboten ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LAYBOTEN
LAIBOTEN
Preparatning savdo nomi: Layboten
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy kreatin fosfat
Dori shakli: vena ichiga in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi:
faol modda: kreatin fosfat natriyli tuzi – 1 g.
Ta‘rifi: oq kukun yoki oq kristall kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.
ATX kodi: S01YeV06.
Farmakologik hususiyatlari
Natriy kreatin fosfati – yurakni himoya qiluvchi, membranalarni barqarorlashtiruvchi, antiaritmik, metabolik vosita. Kreatin fosfat organizmning turli to‘qimalarida, ayniqsa miokardda keng taqsimlangan endogen fiziologik faol substansiya hisoblanadi. Kreatin fosfat molekulasida saqlangan fosfor kislotasining yuqori energetik bog‘i miokardni energiya bilan ta‘minlaydi. Ekzogen kreatin fosfati hujayrada energiya manbai hisoblangan fosfor birikmalarning miqdorini normal darajada tutib turadi. Ushbu preparat 5’-nukleotidazaning faolligini susaytirishi orqali ATF sintezini oshirishi va fosfolipazani ingibisiya qilish orqali hujayra membranasini barqarorlashtirishi mumkin, shunday qilib, hujayralarni erkin radikallar ta‘sirida shikastlanishidan himoya qiladi. Ishemik reperfuziya vaqtida kreatin fosfat energiyaga bog‘liq sekin kalsiy kanalini faollashtiradi va kalsiyni sekin o‘tishini oshiradi, depolyarizasiyaning maksimal tezligini pasaytiradi, bu uning antiaritmik samarasiga sabab bo‘ladi. Kreatin fosfat miokard infarktida nekrozga uchragan sohani ahamiyatli darajada qisqartirishi mumkin bo‘lgan yuqori samarali hamda kam zaharli yurakni himoya qiluvchi vosita hisoblanadi, o‘tkir yurak qorinchalari aritmiyasini kamaytiradi va miokard hujayralariga membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatib, ularning ishemiyasini bartaraf qiladi. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Layboten odatdagi davolash bilan birga, nojo‘ya samaralarni rivojlantirmasdan, yurak faoliyati ko‘rsatkichini oshiradi va klinik statusni yaxshilaydi. Yurakda o‘tkaziladigan jarrohlik aralashuvlari vaqtida kardioplegik eritmaga kreatin fosfat eritmasi qo‘shilganida miokard ishemiyasidan samarali himoyaga erishish mumkin. Bunda yurak faoliyatini tiklanishi tezlashadi, yurak aritmiyalari va boshqa asoratlarni rivojlanishi bartaraf bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir miokard infarkti; surunkali yurak yetishmovchiligi; yurakda o‘tkaziladigan operasiya; skelet mushaklarini zo‘riqish holatlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Miokard infrakti
Birlamchi dozasi birinchi kunida – 2 g, vena ichiga oqim bilan yuboriladi (in‘eksiya 4 minutdan ortiq davom etishi kerak) 2 soatdan keyin 5 g preparat infuziya holida tomchilab yuboriladi, bunda har bir grammi 5% li glyukoza eritmasining 30 ml da suyultiriladi (tomchilab yuborish 1 soat davomida o‘tkazilishi kerak). Ikkinchi sutkadan beshinchi sutkagacha preparat 5 g dan har kuni vena ichiga tomchilab yuborilishi mumkin. Agar bemor kritik holatda bo‘lsa yoki terapevtik samarasi yetarli darajada bo‘lmasa, dozasi 10 g gacha oshirilishi mumkin.
Yurak yetishmovchiligi
Dastlabki 14 kun davomida 1 g dan kuniga 2 marta vena ichiga in‘eksiya ko‘rinishida yuboriladi. Preparatni sekin (2 minutdan ortiq vaqt davomida) yuborish kerak. 15 sutkadan 44-sutkagacha dozasi kuniga 0,5-1 g gacha kamaytirilishi mumkin vena ichiga yuboriladi yoki 0,5 g gacha kamaytirilishi mumkin – mushak ichiga yuboriladi. Mushak ichiga in‘eksiya qilish uchun preparatni in‘eksiya qilinadigan joyda og‘riqni oldini olish uchun tarkibida 40 mg lidokain saqlovchi 4 ml eritmada suyultirish kerak.
Yurak jarrohligi
Operasiyadan oldingi ikki kun davomida 12 ml in‘eksiya uchun steril suvda suyultirilgan 2 g preparatni vena ichiga sekin (kamida 4 minut davomida) har kuni yuborish tavsiya etiladi. So‘ngra, aortani siqishdan oldin va to‘liq anesteziya kuzatilgunicha, kardioplegik eritmani ishlatishdan oldin soatiga 1 g dozada vena ichiga yuboriladi. Operasiya vaqtida ushbu preparat 2,5 g/l (10 mmol/l) konsentrasiyaga erishish uchun kardioplegik eritmaga qo‘shiladi va so‘ngra 4oS haroratda tana vazniga 15 mmol/kg birlamchi dozada, keyinchalik to aorta qon tomiri siqilishi tugamagunicha 10 mmol/kg/30 minut dozada koronar arteriyaga yuboriladi. Operasiya tugaganidan so‘ng va aortani siqib turgan zajim olib tashlanganidan so‘ng preparat 8 g kundalik dozada 48 soat davomida uzluksiz (4 g 500 ml 5% li glyukoza eritmasida soatiga 40 ml tezlik bilan) ravishda yuboriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ushbu preparat fiziologik faol substansiya hisoblanadi va nojo‘ya samaralari kuzatilmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kreatin fosfat digoksin, furosemid, dopamin, maksilitin, karnitin, verapamil, gidrokortizon, sitikolin, oksitosin, propafenom kabi preparatlar bilan birga qo‘llanganida 3-5 soat davomida barqarorligi saqlanib turadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat 1 g:6 ml nisbatda in‘eksiya uchun suvda eritilishi mumkin, vena ichiga yuborilish vaqti kamida 2 minut bo‘lishi kerak.
Preparat 5% li glyukoza eritmasi, in‘eksiya uchun suv, fiziologik va kardioplegik eritmada kamida 16 soat davomida barqarordir.
Preparat yurakni himoya qiluvchi vosita hisoblanadi, ammo u kardiokinetik davolashni o‘rnini bosmaydi.
Diabet bilan xastalangan pasientlar uchun preparatni 5% li glyukoza eritmasida suyultirish mumkin emas, ammo in‘eksiya uchun suv yoki fiziologik eritmada suyultirish mumkin.
Homiladorlik va period davrida qo‘llanishi
Hozirgi vaqtgacha fetal toksiklik va homiladorlikka ta‘siriga tegishli hech qanday ma‘lumotlar aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Natriy kreatin fosfat 1 g. Har bir qutida 1 g preparatli 1 flakon saqlanadi.
Saqlash sharoiti
Xona haroratida (+15oS – +25oS), quyosh nurlarining ta‘siridan va namlikdan saqlansin.
Yaroqlilik muddati
30 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari